ALISHER NAVOIY
Buyuk o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441- yilning
9- fevralida tug'ildi. Shoirning she'rlari XV asrning 60- yillaridayoq mashhur bo'la boshladi. Shoirning ilk devonlari bundan darak berib turibdi.
Yillar o'tishi bilan Alisher Navoiy asarlarining shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyilishi, ularning o'nlab tillarga tarjima qilinganligi buning dalilidir.
Alisher Navoiy asarlari o'zining badiiyligi, mazmundorligi va go'zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa'diy, Hofiz Sheroziy, Abdu- rahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: «Shukrlar bo'lsinki, u she'rlarini turkiy (ya'ni o'zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda
ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o'qimas edi». ?
B Savollar orqali
Savollar
Qaysi matnda hissiyot kuchli?
Qaysi matnda fikrlar aniq va isbotlar bilan berilgan?
Har ikkala matndagi axborot deyarli bir xilmi?
Ikki matnni qiyoslab, ular orasidagi asosiy farq nimada ekanligini ayta olasizmi?
BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
Uyga vazifa
mashq. Oilangiz a'zolari haqida awal ma'lumotnoma matni, so'ng jodiy-tavsifiy matn tuzing.
Ona tili
MAVZU 9- dars INSHO - IJODIY MEHNATNING OLIY KO'RINISHI
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
32-mashq. Oilangiz a'zolari haqida awal ma'lumotnoma matni, so'ng jodiy-tavsifiy matn tuzing.
B) Savollar orqalli
Ma 'lumotnoma matni qanday tuziladi, unda nimalarga e 'tibor qaratiladi ?
Ijodiy-tavsifiy matnning asosiy belgilari haqida gapiring.
Insho matnning qaysi turiga kiradi?
III. YANGI MAVZU BAYONI
Bilib oling. Insho — ijodiy mehnatning oliy ko'rinishi, mu- rakkab aqliy mehnat mahsulidir. U muallifdan o'z fikrlarini zarur dalillar asosida mantiqan izchil va badiiy tarzda, grammatik va uslubiy jihatdan to'g'ri izhor etishni talab qiladi. Shuning uchun ma'lum mavzuda insho yozishdan oldin shu mavzuga oid badiiy yoki hayotiy manbani, unga oid ilmiy adabiyotlarni chuqur o'rganib chiqish, tezis (qisqa ifoda) yaratish, dalillash uchun ko'chirmalarni yig'ish, xomaki rejani shakllantirib olish talab qilinadi.
Didaktik maqsadlarga ko'ra insholar ikki xil bo'ladi: a) ta'limiy insholar; b) sinov insholari.
Ta'limiy insholar sinfda yoki uyda o'quvchi tomonidan yozilib, ijodiy fikr yuritishga, mavzuni to'g'ri bayon qilishga qaratiladi.
Sinov insholari o'rganilgan mavzularga doir bilimlarni, insho yozish ko'nikma va malakalarni sinash uchun yirik mavzular tugagandan so'ng, choraklar yoki o'quv yili oxirida o'tkaziladi.
MUSTAHKAMLASH
A)mashqlar orqali
INSHO - IJODIY MEHNATNING OLIY KO'RINISHI
34- mashq. Matnni o'qing. Uni og'zaki hikoya qiling. Matn oxirida berilgan savollarga javob bering.
INSHO - IJODIY MEHNAT
Insho o'quvchining ma'lum bir mavzuni mustaqil ravishda ochib bera olish, o'z fikrlarini yozma shaklda to'g'ri, ravon, savodli bayon qila olish ko'nikma va malakalarini, shu mavzu bo'yicha bilimlarini namoyish etuvchi ijodiy matn — kichik bir asardir. Yozuvchi va shoir, olim va muxbir o'zi yozadigan asar, ilmiy ish, maqolaga katta mas'uliyat bilan qaragani kabi o'quvchi ham insho yozishdan oldin unga har tomonlama tayyorlanishi lozim. Zero, insho o'quvchi ma'naviyati va ma'rifati ko'zgusidir. Unda o'quvchining bilimlari, his-tuyg'ulari, fikrlarini bayon etish ko'nikma va malakalari o'z aksini topadi.
Inshoning har bir turi o'z shakliy va mazmuniy xususiyatlari- ga ega.
Savollar
Insho nima? U muallifning qanday xislatlarini namoyon qiladi?
Inshoda badiiy asardan va boshqa kitoblardan aynan olingan o'rinlar qanday berilishi kerak?
Ikki o'quvchining ayni bir mavzuda yozgan inshosi bir xil bo'lishi mumkinmi?
Ikki o'quvchining ayni bir mavzuda yozgan inshosida qanday umumiyliklar, o'xshashliklar bo'lishi mumkin?
Inshoning yozma axborot bilan qanday o 'xshash va farqli tomonlari bor?
mashq. «Konstitutsiyamiz — baxtimiz qomusi» mavzusida kichik
insho yozing
mashq. Rassom N. Qo'ziboyevning «Navoiy va Husayn Boyqaro»
deb nomlangan asarini kuzating. Undan foydalanib, shu sarlavha ostida insho yarating
B Savollar orqali
Inshoga nega «ijodiy mehnatning oliy ko'rinishi» deb baho beriladi?
Insho yozishdan oldin qanday tayyorgarlik ishlari qilinishi kerak?
Didaktik maqsadlarga ko'ra insholar necha xil bo'ladi?
BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
Uyga vazifa
37- mashq. Uyga vazifa. «Onajonim — mehribonim» mavzusida insho yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |