Ona tili
MAVZU : So’z birikmasi va gap
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
91- mashq. Maktab devoriy gazetasiga ona tili va adabiyot to'garagining mashg'ulotlari haqida xabar maqola yozing. Unda asosiy fikrni beruvchi jumlani ajratib ko'rsating
B)Savollar orqalli
III.YANGI MAVZU BAYONI
Bilib oling. So'z birikmasi ham, gap ham so'zlarning grammatik aloqaga kirishuvidan yuzaga keladi. So'z birikmasi biror narsa, belgi, harakat yoki holatni aniqlashtirgan holda anglatadi. Gap esa ma'lum bir fikrni, tasdiq yoki inkor hukmni ifodalab keladi. Gapning markazi kesimdir. U kesimlik qo'shimchalari bilan shakllangan bo'ladi.
IV.MUSTAHKAMLASH
A)mashqlar orqali
92-mashq. Berilgan so'z birikmalari va gaplarni qiyoslang, so'z birik
masi va gap orasidagi farqlarni aniqlang. Kesim ulardan qay biriga xos?
1. Qiziqarli mashg'ulot — Mashg'ulot qiziqarlidir. 2. Oydin kecha — Kecha oydindir. 3. Maqolani o'qimoq — Maqolani o'qidim. 4. Qattiq sovuq — Sovuq qattiq. 5. O'qishli asar — Asar o'qishli.
93-mashq. Berilgan so'z juftliklaridan so'z birikmalari hosil qiling,
ularni qo'llab gaplar tuzing:
1) berilgan, topshiriq; 2) vazifa, bajarmoq; 3) samarali, ishla- moq; 4) maktab, kelmoq.
N a m u n a:
Maktabga kelmoq. — Maktabga kelishdan maqsad o 'qishdir. — Maktabga keldik...
94-mashq. Berilgan so'z birikmalarini va gap juftliklaridagi gap
kesimini aniqlang va uning kesimlikni ifodalovchi qanday vositalar bilan shakllanib kelganligini tushun- tiring.
1. Chiroyligul. Gul chiroyli (chiroylidir, chiroyli edi). 2. Muhandis akam. Akam muhandisdir (muhandis edi, muhandis bo'ladi). 3. Shirin qovun. Bu qovun shirin (shirindir, shirin edi). 4. G'azalni yodlash (yodlamoq). G'azalni yodlaymiz (yodlang, yodladim). 5. Ko'chat o'tqazish. Ko'chat o'tqazing (o'tqazdik, o'tqazamiz).
95-mashq. Kesimlik qo'shimchalari bilan kelgan quyidagi so'zlarga
so'roq berib, ularni kengaytiring:
yozdik, oling, qurdilar, g'oliblardansiz.
N a m u n a: yozdik (kimlar? nimani? nimaga? nima bilan? nimada? nimadan?)
Biz yozdik. Biz gapni ko'chirib yozdik. Biz sinf doskasiga yozdik. Biz bo'rda (bo'r bilan) yozdik. Biz kitobdan yozdik. Biz gapni sinf doskasiga bo'rda (bo'r bilan) ko'chirib yozdik.
B)savollar orqali
1.So'z birikmasi va gap orasidagi asosiy farq nimada?
2.«Kesim — gapning markazi» deyilishining sababini aytib bera olasizmi?
3.So'z birikmasining tushuncha, gapning fikr ifodalashiga misollar keltiring.
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
96- mashq. Kechasi tiniq osmonda yulduzlar charaqlaydi
gapidagi so'z birikmalarini aniqlang va birikish usuli bo'yicha sharhlang.
Ona tili
MAVZU So’z birikmalarini tahlil qilish
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
96- mashq. Kechasi tiniq osmonda yulduzlar charaqlaydi
gapidagi so'z birikmalarini aniqlang va birikish usuli bo'yicha sharhlang.
B)Savollar orqall
1.So'z birikmasi va gap orasidagi asosiy farq nimada?
2.«Kesim — gapning markazi» deyilishining sababini aytib bera olasizmi?
3.So'z birikmasining tushuncha, gapning fikr ifodalashiga misollar keltiring.
III.YANGI MAVZU BAYONI
Tahlil tartibi
Berilgan gapdagi so'z birikmalarini aniqlab yozib chiqish.
Har bir so'z birikmasini alohida-alohida tahlil qilish:
hokim so'z bilan tobe so'zning birikish turini ko'rsatish;
hokim so'z va tobe so'zni aniqlash;
hokim so'z va tobe so'zni bog'lovchi grammatik vositani ko'rsatish;
hokim so'z va tobe so'zning qaysi so'z turkumi bilan ifodalanganligini izohlash.
so'z birikmasining hokim so'ziga ko'ra turini izohlash (otli so'z birikmasi, fe'lli so'z birikmasi).
Tahlil namunasi
Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini yaxshi tasvirlab berdi.
(As.M.)
Gapda 4 ta so'z birikmasi mavjud: yaxshi tasvirlab berdi, miqyosini tasvirlab berdi, ishlarning miqyosi, sahrodagi ishlar.
1) yaxshi tasvirlab berdi — bitishuv; hokim so'z — tasvirlab berdi, tobe so'z — yaxshi; ohang va ma'no vositasida birikkan; sifat (ravish vazifasida) + fe'l; 2) miqyosini tasvirlab berdi — boshqaruv; hokim so'z — tasvirlab berdi, tobe so'z — miqyosini; tushum kelishigi qo'shimchasi (-ni) vositasida birikkan; ot + fe'l; fe'lli so'z birikmasi;
ishlarning miqyosi — moslashuv; hokim so'z — miqyos, tobe so'z — ishlarning; qaratqich kelishigi (-ning) va egalik (-i) qo'shimchalari vositasida birikkan; ot + ot; otli so'z birikmasi;
sahrodagi ishlar — bitishuv; hokim so'z — ishlar, tobe so'z — sahrodagi; ohang va ma'no vositasida birikkan; sifat + ot; otli so'z birikmasi.
IV.MUSTAHKAMLASH
A)mashqlar orqali
Topshiriq. Quyidagi gaplarni so'z birikmalari bo'yicha sintaktik tahlil
qiling.
1. Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan shamol darpardani xomusbgina silkitardi. (O'.H.) 2. Ahmadjonaka o'zhayotida esda qoladigan hech nima ko'rmadi. (Yo. Shukurov) 3. Quyosh yo'lini hech qanday kuch to'sa olmaganidek, bizning haq yo'limizni ham hech qanday kuch to'solmaydi. (Yo.Shukurov)
B)savollar orqali
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
Do'stlaringiz bilan baham: |