Takrorlash
Ona tili
MAVZU 4- nazorat ishi. Ijodiy bayon
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilar vilimini sinash
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
B)Savollar orqalli
III.YANGI MAVZU BAYONI
O;quvchilarga mavzusida bayoin yozdiraman
IV.MUSTAHKAMLASH
A)mashqlar orqali
B)savollar orqali
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
Takrorlash
Ona tili
MAVZU 4- nazorat ishi tahlili
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilar yo’l qo’ygan hatolar ustida ishlash
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
B)Savollar orqalli
III.YANGI MAVZU BAYONI
O’quvchilar yol qo’ygan hatolar ustida ishlayman
IV.MUSTAHKAMLASH
Izohlash orqali
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
takrorlash
Ona tili
MAVZU 33- dars GAP HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
96- mashq. Kechasi tiniq osmonda yulduzlar charaqlaydi
gapidagi so'z birikmalarini aniqlang va birikish usuli bo'yicha sharhlang.
B)Savollar orqalli
1.So'z birikmasi va gap orasidagi asosiy farq nimada?
2.«Kesim — gapning markazi» deyilishining sababini aytib bera olasizmi?
3.So'z birikmasining tushuncha, gapning fikr ifodalashiga misollar keltiring.
III.YANGI MAVZU BAYONI
Gap bir voqea-hodisa haqidagi xabarni, so'roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir. Gap so'z birikmasidan kesim va ega, yoki faqat kesim bo'laklariga aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi, so'z birikmasi tushuncha, gap fikr ifodalaydi. Grammatik asosda gapning fikriy mundarijasi ifodalanadi. Bu fikriy mundarija fe'l kesimning mayl va zamon ma'nolari bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, Bolalar ishlayaptilar. Ozoda rasm chizmoqda gaplari ish-harakatning hozirgi zamonda bo'layotganidan darak bersa, Bolalar ishladi. Ozoda rasm chizdi gaplari esa ish-harakatning o'tgan zamonda bo'lganidan darak beradi.
IV.MUSTAHKAMLASH
A)Mashqlar orqali
97-mashq. Matnni o'qib, uni gaplarga ajrating, so'ng bosh harflarni
tiklab, zarur tinish belgilarini qo'yib ko'chirib yozing.
Nima bo'ldi qizim nega yig'layapsan Gulchehra boshini ko'tardi ro'parasida nuroniy bir mo'ysafid unga dardli tikilib turardi birov xafa qildimi yo'q dedi Gulchehra va uyalganidan qizarib ketdi dadil bo'ling dedi mo'ysafid yig'i hech mahal odamga yordam bergan emas qancha sovuqqonlik qilsangiz shuncha yutasiz asab yig'i ojizlarning udumi tramvay keldi Gulchehra mo'ysafidga nima deb javob qilishini bilmay o'zini tramvayga otdi.
98-mashq. Berilgan so'zlardan turli gaplar tuzishga harakat qiling.
Bunda kelishik, egalik va shaxs-son qo'shimchalaridan tashqari, ko'makchilardan ham foydalaning. So'zlarni qanday grammatik vositalar bilan o'zgartirganingizni ayting.
Tabrik, bugun, biz, bayram, o'qituvchi.
Ular, biz, nur, bahramand bo'l(moq), yasha(moq).
Manfaatdor, biz, butun, tinchlik, barqaror, dunyo, qaror topmoq.
Bilib oling. Gap tarkibidagi so'zlar ham ma'no tomondan, ham grammatik tomondan o'zaro bog'lanadi.
Biz morfologiya bo'limida o'rgangan kelishik, egalik, son, zamon va shaxs-son qo'shimchalari, shuningdek, ko'makchi va bog'lovchilar sintaksisda so'zlarni o'zaro bog'lash uchun xizmat qiladi. Ayrim hollarda gapdagi so'zlar tartib va ohang yordamida ham o'zaro bog'lanadi. Masalan: Oq paxtalar ochildi, Teraylik quvnab-quvnab. (Qo'shiq) Bu gapda oq va paxtalar so'zlari bir-biri bilan so'z tartibi orqali bog'langan.
Har bir gap biror maqsad-mazmunni ifodalaydi. Og'zaki nutqda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo'ladi. Ohang ayni bir vaqtda gaplarni bir-biridan ajratib ham turadi.
Ohang gap uchun eng muhim belgidir. Ayrim so'z (Kuz. Tong.) yoki so'z birikmalarini tugallik ohangi bilan aytsak, gap yuzaga keladi va biror fikr — maqsad anglashiladi: Ko'm-ko'k dala. G'arbiy chegaralardan biri.
Ayni bir sodda gapning ohangini o'zgartirish orqali ba'zan uch xil mazmun ifodalash mumkin: Buvijonim keldilar. — Buvijonim keldilar! — Buvijonim keldilar?
Yozma nutqda ana shu ohangga qarab har bir gap oxiriga yo nuqta, yo so'roq, yoki undov belgisi qo'yiladi.
99-mashq. Gaplarni tinish belgilariga mos ohang bilan o'qing.
Mazmundagi farqini ayting.
Dam olish kuni tog' sayriga boramiz. Dam olish kuni tog' sayriga boramiz? Dam olish kuni tog' sayriga boramiz!
Qor yog'yapti. Qor yog'yapti? Qor yog'yapti!
100-mashq. Siz ahmoq odam emassiz, kcchirasiz va Siz ahmoq,
odam emassiz, kechirasiz gaplarini to'g'ri ohang bilan o'qib, fikrdagi farqni sharhlang
B) savollar orqali
1.Gap nima? Gapning so'z birikmasidan farqi nimada?
2.Gapning qurilishi va grammatik ma 'nolari haqida nimalarni bilasiz?
3.Gapning grammatik asosi deganda nimani tushunasiz?
4.So'zlovchining maqsadiga ko'ra gaplar necha xil?
5.Qanday gaplar undov gaplar deyiladi?
6.Og'zaki nutqda ohang, yozma nutqda tinish belgilarining ahamiyati haqida so'zlang.
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
101- mashq. Berilgan gaplardagi so'z birikmalarini aniqlang va ularning o'zaro bog'lanishi xususiyatini sharhlang.
1. Shu paytda mehmonxonaning eshigini birov qattiq taqillatdi. (S.A.) 2. Tongda hammayoqdan bulbullarning xush ovozi eshitildi. (H.N.)
Do'stlaringiz bilan baham: |