V.BAHOLASH MEZONI Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA 126-mashq. Uyga vazifa. Sodda va murakkab kesimlarga uchtadan (gap ichida) misol topib yozing.
Ona tili MAVZU KESIMNING BIRIKMALAR VA IBORALAR BILAN IFODALANISHI
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarqalbida hamkorlik ,do’stlik tuyg’ularini sinngdirish
C) rivojlantiruvchi maqsad – gapning tuzilishiga ko’ra turlaridan nutqda o’rinli foydalanish
DARS TURI: umumlashtiruvchi USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI: I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH A)Mashqlar orqali.
128-mashq. Uyga vazifa. Yasamoqchi bo'ldim, chumchuq ekan,
yozishim kerak, mehribonlik qilgan edi birliklarini kesim vazifasida qo'llab gaplar tuzing.
B)Savollar orqalli
Murakkab ot kesimlar qanday hosil bo'ladi?
Asosiy ma'no kesimning qaysi qismidan anglashiladi? Misollar keltiring.
Bog'lama nima? Ularning vazifasi qanday?
Kerak, zarur, darkor, lozim so'zlarining bog'lama vazifasida kelishiga misollar ayting.
III.YANGI MAVZU BAYONI Bilib oling. Kengaygan birikma va iboralar gapda yaxlit holda bitta gap bo'lagi bo'lib keladi va o'z ichida boshqa bo'laklarga ajratilmaydi.
Bunday kesimlar tuzilishiga ko'ra murakkab kesimlar hisoblanadi
IV.MUSTAHKAMLASH A)Mashqlar orqali.
mashq. Berilgan gap juftliklaridagi harakat nomlari bilan ifoda
langan sodda va harakat nomi birikmalari bilan ifodalangan murakkab kesimlarni aniqlang.
1. Vazifamiz — o'qish. Vazifamiz — bilim maskanlarida hamisha a'lo o'qish. 2. Kitob o'qishdan maqsad — anglash. Tarixni o'rganishdan asosiy maqsad — milliy o'zligimizni chuqurroq anglash. 3. Yashashning asl mazmuni — yaratish. O'zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo'lidagi bosh g'oyasi ozod va obod Vatan, erkin va faro von hayot yaratishdir. 4. Baquwat xotiraning mohiyati — unutmaslik. Komil insonlardagi olijanob xislat — o'tmishni unutmaslik
mashq. Berilgan gaplardagi murakkab kesimlarning birikmalar
yoki iboralar bilan ifodalanayotganini ayting.
1. Dadam qo'li ochiq odam edilar. 2. Respublikamizdagi eng nufuzli bilim dargohi O'zbekiston Milliy universitetidir. 3. U birdaniga to'nini teskari kiyib oldi. 4. Toshkent — O'zbekiston Respublikasining poytaxtidir.
mashq. Bog'dan kclsangiz, tog'dan keladi, yulduzni benarvon uradi, aybini bo'yniga olgan emish, ko'ngliga qil sig'madi iboralarini kesim vazifasida qo'llab gaplar tuzing.
B) savollar orqali
Nima uchun harakat nomi bilan tuzilgan birikmalar gapda bir gap bo'lagi hisoblanadi?
Iboralarni yaxlit holda bir gap bo 'lagi sanalishining asosi nimada ?
To'g'ri ma'noli turg'un bog'lanmalarni kesim vazifasida qo'llab gaplar tuzing. Ularning yaxlit holda kesim deb belgilashning sababini ayting
V.BAHOLASH MEZONI Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
mashq. Uyga vazifa. Harakat nomi bilan tuzilgan birikma, ibora va to'g'ri ma'noli turg'un bog'lanmalar qatnashdan 3 tadan gap topib yozing.