O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi



Download 66,5 Kb.
bet1/2
Sana19.09.2021
Hajmi66,5 Kb.
#178704
  1   2
Bog'liq
Maqolaga 2019



O‘ZBEKISTON YOSHLARI BUZG‘UNCHI G‘OYALARGA QARSHI
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘z nutqlarida ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muxim va dolzarb axamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI-asrda bu masala haqiqatdan ham xayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda’’. Bugungi kunda tahlillar shuni ko‘ratmoqdaki, dunyodagi aksariyat inqiloblar va tartibsizliklar asosan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda. Boisi, yoshlar qiziquvchan, tashabbuskor va tez ishonuvchan. Shuning uchun ham jamiyatga qarshi ish ko‘ruvchi har qanday oqimlar yoshlarni o‘z tomoniga og‘dirishga urinishadi.

Men hozir “yoshlarimiz”ga, “buzg‘unchi g‘oyalar” tushunchalari, mamlakatimizda aholining 58 %ni tashkil etuvchi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yoshlar o‘rtasida huqubuzarlik holatlarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida to‘htalib o‘tmoqchiman.

Chinakam xavfsiz jamiyat- odamlarning mutlaq ko‘pchiligi hayot faoliyatining umum qabul qilingan normalariga ongli va maqsadli rioya qiladigan, ya’ni madaniyatli bo‘lgan, “buzg‘unchi g‘oyalar” soni esa ancha kam bo‘lgan jamiyat. “Buzg‘unchi g‘oyalar” targ‘ib qiluvchilar soni yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajadan osha boshlasa, bunday jamiyatga madaniyatli deb ham, xavfsiz deb ham atash qiyin. Shu ma’noda arxaik an’anaviy jamiyatlar, marginallashgan aholi foizi ancha yuqori va, shunga muvofiq, xavfsizlikning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan hamda umum qabul qilingan andazalari (hech bo‘lmaganda, fuqarolarning shaxsiy va mulkiy xavfsizligining) foizi past bo‘lgan industrial hamda postindustrial jamiyatlarga qaraganda, albatta, ancha xavfsizroq va ularning ko‘pchilik a’zolarining xatti-harakatini oldindan bilsa bo‘ladi.

Notiq din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan bunday oqimlar ayni paytda islom dini rivojlangan davlatlarda ham buzg‘unchilik, begunoh insonlarning qonini to‘kish kabi jirkanch ishlarni olib borayotganligini achinish bilan aytib o‘taman. Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol voyaga yetishi uchun yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlariga birgalikda kurashish zarurligni anglab yetmoqliklari maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Bugungi kundagi global muammolar orasida ko‘zga ko‘rinmaydigan, ko‘rinishidan sodda, hech ham ahamiyatga molik emasdek tuyiladigan, aslida esa inson ongini zabt qiladigan, o‘zi bilmagan holda uning mafkurasiga ruhiyatiga ta’sir eta oladigan, munosabatlar tizimini, milliy qadriyatlar, milliy o‘zligiga hamda madaniy tuzulmasiga zarba berib insonda o‘zgacha yot qiyofani namoyon qila oladigan ayrim axborot ta’sirlari mavjud ekanligi sir emas. Globallashuv insonning nafaqat moddiy hayot tarziga, shu bilan birga uning ma’naviyati, ruhiy olamiga ham sezilarli ta’sir о‘tkazmoqda. “Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bо‘lgani singari, hozirgi paytda uning g‘oyat о‘tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda kо‘rish, his etish mumkin.”

Ma’naviy tahdidlarning milliy ma'naviyatimiz, an'ana va marosimlarimiz, yoshlarimiz tarbiyasiga o'tkazayotgan ta'sirini o'rganish shu kungacha o'ta dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Bu sohadagi xulosalar “Seriallar yoshlarimiz tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda”, “Uyatsiz epizodlarni televideniyada ko'rsatmaslik kerak”, degan umumiy gapdan nariga o'tmayapmiz. G'arb mamlakatlari televideniyasigina emas, atrofimizdagi ba'zi mamlakatlar televideniyasida ham ko'rsatilayotgan yoki G'arbdan translyasiya qilinayotgan dasturlarga solishtirsak, televideniyamizdagi o'ta bexayo deb atalayotgan ko'rsatuvlar juda beozor va risoladagidek ko'rinadi. Ma'naviy globallashuv xorijdan faqatgina o'shanday bexayo tomoshalarning kirib kelishini bildiradimi?

Bugungi kunda ma'naviy sohada boshqa davlatlarga ta'sir o'tkazayotgan davlatlar ma'naviyatini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, ularning ma'naviyati ta'sir o'tkazilayotganlarnikidan boyroq emas. Masalan, G'arb davlatlari ma'naviy sohada ham Sharqqa hozir ko'proq ta'sir o'tkazmoqda. Ularning yurish turishidan tortib kiyinishigacha Sharqqa kirib kelmoqda. Lekin bundan G'arb davlatlari ma'naviy sohada Sharqdan boyroq degan xulosa kelib chiqmasligi kerak.

Ma'naviy jihatdan G'arbdan qolishmaydigan Sharq nima uchun ko'proq ta'sir o'tkaziladigan mintaqaga aylanib qoldi. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, iqtisodiy ta'sir o'tkazish uchun iqtisodiy jihatdan boy bo'lish kerak. Biroq, ma'naviy ta'sir o'tkazish uchun ma'naviy boylikning o'zi kifoya qilmas ekan. Masalan, dunyoda eng qadimiy tamaddunlar o'lkasi bo'lgan Yaqin Sharq keyingi yarim asr davomida, globallashuv jarayonida uzoq mamlakatlar u yoqda tursin yon atrofdagi mamlakatlarda ham sezilarli ta'sir o'tkaza olmadi. Mamlakat boy-madaniy tarixga ega bo'lsa-yu, hozirgi avlod o'sha ma'naviy boylik va an'analarni o'zlashtirmagan bo'lsa, u mamlakat ma'naviy ta'sir sub'ekti bo'la olmaydi va ob'ektligicha qoladi.Ayniqsa, globallashuv jarayonidan o’zining g’arazli maqsadlari yo’lida foydalanuvchi kuchlar bor ekan, bu o’zgarishlardagi salbiy jihatlar ham kuchayib boradi. Binobarin, globallashuv jarayoning asisiy sub’yekti va harakatlantiruvchi kuchlari manfaatlariga xizmat qiladigan bunday sayi – harakatlardan ko’zlangan maqsad milliy manfaat va qadriyatlarga tayangan an’anaviy tafakkur tarziga zarba berib, butun dunyoda g’arbona andozalarga asoslangan, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamda madaniy jihatdan yagona tamaddun hukmronligini o’rnatishidan iborat. Bunday sa’y –harakatlarning hatarli jihati shundaki, uning boshqa tamaddunlar , xalqlar va davlatlar uchun qanday oqibatlar keltirib chiqarishi, masalan, yaqinda mustaqillikka erishgan mamlakatlarning milliy manfaatlari, an’ana va qadriyatlariga qay tazda ta’sir etishi mumkinligi global hukmronlikka intilayotgan kuchlarni u qadar tashvishlantirmaydi.

Ana shunday global ta’sirlar xalqaro telekommunikatsiyalar, internet tizimi orqali yoshlarimiz ma’naviyatiga salbiy ta’sir etayotganligi bugungi kunda isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Globallashuv o’zining ta’sirini barcha sohalarda o’tkazmoqda. Bu o’zgarishlar salomlashishdan tortib, soch turmaklashgacha, kiyinishdan tortib o’zini tutishgacha bo’lgan sohalarda ko’zga tashlanmoqda.

Globallashuv jarayonida milliy an’ana va marosimlarda, kiyinish, xulq –atvorda yuz berayotgan o’zgarishlarni baholash murakkab jarayon. Berilayotgan baholarni to’g’ri yoki noto’g’ri ekanini vaqt ko’rsatadi. Ushbu hodisani milliy ma’naviyatimiz, yoshlarimiz dunyoqarashi, madaniyatiga, ma’naviy ruhiy olamiga taxdid solmasligi uchun ana shu ma’naviyatimiz negizi bo’lgan tayanch qadriyatlarini aniqlab olishimiz va ularni faqat muhofaza qilish emas, boyitish, rivojlantirish to’g’risida qayg’urishimiz kerak. Xulosa o'rnida shuni aytishimiz o'rinliki, globallashuvning xox ijobiy, xox salbiy ta’siri bо‘lsin, u jamiyat va shaxs hayotiga, ayniqsa yoshlar ma’naviyati va dunyoqarashiga , qolaversa turmush tarziga tezkorlik bilan ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun ham globallashuv jarayoniga oqilona va yetarlicha tanqidiy yondoshish, uning zararli ta’siriga qat’iy tura olish kо‘nikmalarini jadal rivojlantirish lozim. Globallashuvning salbiy ta’sirlariga qarshi tura oldigan barkamol avlodni voyaga yetkazish jarayonida tarbiyaning barcha kо‘rinishlarini uyg‘un holda olib borish shart.Globallashuv sharoitida ma'naviy tahdidlarning oldi o'z vaqtida olinmas ekan, ma'naviy va axloqiy tubanlik illatlari turli xil niqoblar ostida hayotimizga kirib kelishi va kelajagimiz uchun jiddiy xavf-xatarlardan biriga aylanishi mumkin.

Masalan bularga misol qilib 1991 yil Namangan, 1999 yil 16-fevral Toshkent, 2000-yil avgust oyida bir guruh terrorchilar Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlari tog‘li qishloqlariga va 2005 yil Andijon voqealari tinchlik va osoyishtaligimizga raxna solmoqchi bo‘lgan edi.

Bu omma madaniyati sifatida taqdim etilayotgan holatlar psixologlar, sotsiologlar, madaniyatshunoslar hamda faylasuflar tomonidan qo‘shtirnoq ichidagi“ ommaviy madaniyat” – deb nomlanmoqda. Basharti ayrim buzg‘unchi siyosiy kuchlar va, hatto, ayrim davlatlar o‘zlarini qiziqtirayotgan davlatlardagi sog‘lom ijtimoiy ongni buzish maqsadida tajovuzkor madaniy siyosatni o‘tkazishdan uyalishmas ekan, bunday hadisalarga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishish uchun biz zudlik bilan shaxslarda barqaror mafkuraviy immunitetni shakllantira olishimiz maqsadga muvofiqdir.

Hayotimizda axloqiy va estetik afzalliklar, his-tuyg‘ular, o‘zini qaror toptirishga, nufuzli maqomga ega bo‘lishga urinishlar o‘zining ular bilan qardoshligini his etish, o‘z mushtarakligi boshqalar tomonidan himoyalanganligi tuyg‘usi va shu kabilar bilan tartibga solinadi. Bularning barini insonning “qadriyat yo‘nalishlari” deb atash qabul qilingan (bu yerda faqat ijtimoiy qadriyatlar sanab o‘tilgan, lekin insonda ijtimoiy sabablarga bevosita bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab manfaatlar ham bo‘lishi mumkin).

Ushbu qadriyat qoidalari insonning turmush tarziga qo‘shilib, uning ham olam manzarasini- kishilarning hayoti va jamoaviy borlig‘i, ushbu borliq qonuniyatlari va normalari, tarkibining qadriyatlar iyerarxiyasining mohiyati haqidagi qisman ratsional (ishonchli bilimga asoslangan), biroq ko‘proq intuitiv (mental, obrazli, axborot-fragmentlar va boshqalar) tasavvurlar hamda tuyg‘ularni shakllantiradi. Shaxs ekstrautilititar manfaatlari hamda ehtiyojlarning ushbu darajasida madaniyat uning ijtimoiy monandligini tartibga soluvchi asosiy omil bo‘la oladi.

Chinakam xavfsiz jamiyat- odamlarning mutlaq ko‘pchiligi hayot faoliyatining umum qabul qilingan normalariga ongli va maqsadli rioya qiladigan, ya’ni madaniyatli bo‘lgan, qonunbuzarlar soni esa ancha kam bo‘lgan jamiyat.

Qonunbuzarlar soni yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajadan osha boshlasa, bunday jamiyatga madaniyatli deb ham, xavfsiz deb ham atash qiyin. Shu ma’noda arxaik an’anaviy jamiyatlar, marginallashgan aholi foizi ancha yuqori va, shunga muvofiq, xavfsizlikning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan hamda umum qabul qilingan andazalari (hech bo‘lmaganda, fuqarolarning shaxsiy va mulkiy xavfsizligining) foizi past bo‘lgan industrial hamda postindustrial jamiyatlarga qaraganda, albatta, ancha xavfsizroq va ularning ko‘pchilik a’zolarining xatti-harakatini oldindan bilsa bo‘ladi.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun (keng ma’nodagi) madaniyatning barcha tarmoqlari: ta’lim, san’at, din, fan, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, madaniy muassasalar- muzeylar, kutubxonalar, uyushtirilgan bo‘sh vaqt va shu kabilarning kuch-g‘ayratini jamiyatning o‘zini o‘zi ijtimoiy-madaniy rivojlantirishi va saqlab qolishi borasidagi umumiy davlat dasturi doirasida birlashtirish talab etiladi.

Shu tariqa, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurash masalasini hal qilish ishiga butun davlat siyosati, shu jumladan insonni ijtimoiylashtirish hamda uning ichki madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha barcha institutlarning kuch-g‘ayratini muvofiqlashtiruvchi madaniy siyosat ham jalb etilishi lozim.

Yoshlarimiz jamiyatimizni hammasini xam o‘g‘il bolalar tashkil qilmaydi. Aksariyat qismini xotin qizlar tashkil etadi.

Shuning uchun biz ularni xam unitib quymasdan ularga xam tegishli bo’lgan jamiyatdagi o‘z o‘rnilaridan, kelib chiqib ularni nima masala yoki qanday muomolar qiynayotganini dunyoviy va diniy masalalarda ularga qanday yordam va ko‘mak maslaxat, xotin qizlar qo‘mitalari,davlatimiz,diniy idoralarimiz tomonidan ularga qanday ko‘mak berilayotgani kurib chiqsak.

Shu jumladan kiyinish masalasi xijob, dinni libosimi yoki Arab davlatlariga taqlidmi degan masalani o‘rtaga tashlash ularni ongiga tug’ri yul kursatish lozim.

Misol tarikasida oladigan bulsak davlatimiz raxbari Suriya davlatida xoru zor bulib yurgan xotin-kizlarimizni uz yurtlariga kaytarib ularni kechirishlarini ularni jamiyatimsizda uz urinlari topish uchun yordam va ko’mak berishlarini bag‘ri keng otalarcha bo’lgan mexribonliklarini misol kilishismiz mumkin .

Chunki bugungi kunda jamoat transportlarida, oliy va o‘rta maxsus o‘kuv yurtlarida, o‘rta umumta’lim maktablarida hijobga kirgan, yuzlarini ko‘zigacha bekitib yurgan yosh-yosh qizlarimizni ko‘rishimiz mumkin.

Xotin-qizlar o‘rtasida kiyinishni o‘zgartirish yoki «hijobga kirish» orqali vahhobiylikning tashviqot qilinishi qanday yuz berayotganligiga e’tibor qaratish kerak.

Ayniqsa, yozning jazirama issig‘ida qop-qora kiyimga burkanib olgan, rangi siniqkan qizlarni ko‘rib beixtiyor o‘yga tolasan. Bizning issiq iqlimda yozda qora kiyim ikki barobar issiqni o‘ziga chaqirish deganidir. Shusiz ham nafas olish og‘irlashib turgan havoda shunday kiyim kiyganlarning ota-onalari qizlarining sog‘liqlarini o‘ylashmayaptimikin?

Bu sohada sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlari ham o‘z fikrlarini aytishlari kerak. Undan tashqari, qora kiyimlarga burkanib olish ko‘pincha azador kishilarga xos ekanligini hech kimga sir emas-ku!

Aslida, kiyinish bilan haqiqiy musulmonlik belgilanmaydi. Respublikamiz Prezidenti Oliy Majlisning XI sessiyasida ta’kidlaganidek: «Bu ishlar din niqobi ostida, men kimman – men vahhobiyman, men haqiqiy musulmonman, degan kibrli aqida bilan qilinadi. Kim haqiqiy musulmon, Kim soxta musulmon ekanini yolg‘iz Olloh taola biladi.

Oxiratda so‘roq-javob paytida hammamizga Yaratganning o‘zi bahosini beradi. Bu dunyoda birovni chala musulmon, o‘zini haqiqiy musulmon deyishga hech bir bandaning haqqi yo‘q. Buni islomdan xabardor odamlar, diniy idoralarning rahbarlari yaxshi biladilar».

Vahhobiylar esa o‘z g‘oyalarini amalga oshirishlari uchun aholining turli xil tabaqalari bilan ularga mos bo‘lgan uslubda ish olib bormoqdalar. Shular orasida ularning qopqoniga soddadillik bilan tez tushuvchi guruh bu – yosh juvonlar, qizlardir.

Yosh Xotin-qizlar psixologiyasidan ayonki, bular his-hayajon ila tez ishonuvchan, tez ta’sirlanuvchan ijtimoiy guruhdir. Mana shu omil vahhobiylarga juda qo’l kelmoqda. Ular birinchi o‘rinda yoshlarga, jumladan, Xotin-qizlarga his-hiyajonli ta’siri kuchli bo‘lgan tashqi shakl omilidan keng foydalanmoqdalar. Bu - hijobdir.

Hijobdagi qizlarning o‘zlarini tutishi, muomala uslublari, o‘g‘il bolalarning o‘ziga xos kiyinishi, tashqi qiyofasi va hokazolardir.

Yoshlarda mazkur o‘ziga xoslik, albatta, qiziqish uyg‘otadi. Shu asosda ular hijobga kirganlar, ular albatta, o‘ziga mustaqil, o‘ziga-o‘zi javob beruvchi va har qanday vositachisiz to‘g‘ridan – to‘g‘ri ilohiy olam bilan muloqotga kiruvchi sifatida tanilguvchi bo‘lib ko‘ringisi keladi.

Xuddi shu tamoyil vahhobiylar muallimlarining tarbiya uslublaridan biri sifatida universallikka ko‘tariladi. Xuddi shu ko‘p qirralik asosida o‘z g‘oyalarini mu’tadil musulmonlarga qarshi qo‘yadilar. Masalan, bir suhbatdoshimiz aytgani singari, 15 – 16 yoshlardagi qizlarni o‘ziga jalb etgan vahhobiylar maktabining muallimasi o‘z tarbiyalanuvchilariga «Sizlar ota-onalaringizdan Qur’onni o‘qish, uni mutolaa qilishni talab qilingizlar, agar ular sizlarning takliflaringizni rad etsalar, ularni ishontirishga, do‘zax azoblari bilan qo‘rqitishga harakat qilinglar.

Ota-onalaringiz sizlarning fikr va harakatlaringizga astoydillik bilan qarshilik ko‘rsatsalar, sizlar o‘z intilish va da’vatlaringizdan qaytmangizlar. Agar oxir-oqibat padari buzrukvoringiz va onaizoringiz sizning bu xohishingizni amalga oshirishni xohlamasalar, ulardan yuz o‘giringiz, shunda albatta, jannati bo‘lasizlar» deb uqtirgan.

Xo‘sh, ayting-chi, demokratik jamiyatda yashayotgan, vijdon erkinligi adolat mezoni darajasiga ko‘tarilgan mamlakatda farzand o‘zining ota-onasiga «Mening e’tiqodimni qabul qilishingiz shart, bo‘lmasa yo xayot, yo o‘lim» deb turishligi nima ko‘rgilik! Shu ham adolatdanmi?

O‘g‘il-qizlarimiz yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan shaxslar bo‘lib ulg‘ayishi kerak. Ularning ongida johilona bir yoqlamalik shakllanib qolsa, avlodlarigacha ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ehtimol, keyingi paytlarda hijobli qizlar haqidagi yaxshi-yomon so‘zlarning kelib chiqishiga ham mana shunday tarbiya sabab bo‘layotgandir.

Yurtimizda har bir shaxs kiyinish erkinligiga ega. Ammo yuziga hijob tortayotgan qizlarimiz, bu narsa boshga bir ro‘molni yopinish bilangina o‘lchanmasligini yaxshi bilishlari kerak. O‘rtada iymon va go‘zal islomiy madaniyat turibdi. Odamlarga yaxshi ko‘rinish uchun yoki kimgadir havas qilib, yoinki har turli yomonliklarni ko‘zlab kiyib bo‘lmaydi uni. Zero, «eng yaxshi libos taqvo libosidir» (Qur’oni Karimdan).

Xo‘sh, Yangi asrga biz qanday ong, qanday mafkura bilan - xalqimizni ,yoshlarimizni birlashtiradigan, unga yo‘l ko‘rsatadigan qanday milliy g‘oya bilan kirib boramiz?




Download 66,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish