Bu davrda biz yoshlarning ma’naviy qarash va dunyoviy qarashlarimiz nimadan iborat bo‘ladi?
Kundan-kunga o‘zgarib, g‘oyat murakkablashib borayotgan jahon hamjamiyati tizimidan bu qarashlar o‘ziga munosib o‘rin topa oladimi?
Umuman, bizda Yangi asr uchun mo‘ljallangan ma’naviy mafkuraviy faoliyat maqsadlari – konsepsiyamiz bormi?
Bor bo‘lsa, u o‘zida nimalarni ifoda etadi?
Yo‘q bo‘lsa, bu xususda kimlar, qaysi ijtimoiy-siyosiy kuchlar ishlamoqda?
Ko‘rinib turibdiki, savollar bir-biridan keskin, bir-biridan dolzarb va murakkab. Lekin ularga javob topmasdan, bu muammolarni yechmasdan biz olg‘a qarab xarakat qilolmaymiz. Bir joyda depsinib turaveramiz.
Chunki hech qachon kishilik jamiyatida g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lmagan. Agarki shunday bo‘shliq paydo bo‘lsa, so‘zsiz uning o‘rnini bizning tabiatimizga begona turli xil mafkuraviy tazyiqlar egallab olishi va o‘z ta’sirini o‘tkazishi muqarrar.
Bunday xavfni o‘zimizga yaqqol tasavvur qilishimiz va uning oldini olishimiz – bugungi kunning eng dolzarb, eng murakkab vazifalaridan biridir.
Bu savollarga bulajak deputatlarimiz yoki xalqimiz vakillari qanday javob berishadi.
Yoshlar urtasida diniy erkinlik buzg’unchi va vayronkor g’oyalar qarshi qanday targ’ibot va tashg‘ibot ishlarini olib borishmoqda.
Kelajakda yoshlarimizga qanday jamiyat kurish tug’risida vadalar berishmoqda.
Bu jarayonda qanday amaliy ishlar olib borishmoqda .
Biz yoshlarni kanday g’oyalarga sherik kilib osoyishta jamiyat tuzishda bizni ishtirokimizni qanday taminlashmoqchi.
Xalq xokimiyati bulajak xalq vakillari berayotgan vadalarini ularni tashg’ibot ishlarini bajarishda amaliy yordami qanday buladi .
Xokimiyat bu jarayonga uzini kanday maslaxat va g’oyalarini taklif qiladi .
Bular berayotgan g’oya va takliflari kanchalik xayotga tug’ri keladi.
Biz O’zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshimiz.
XULOSA. Din niqobi ostidagi turli ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashda, yoshlarimiz ongiga milliy istiqlol mafkurasini singdirib, uni ma’naviy fazilat darajasiga ko‘tarish natijasida mafkuraviy immunitetni shakllantirishni taqazo etadi.
“Mafkuraviy immunitet (lotincha – biror narsadan xalos qilish) – shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyaviy ta’sirlardan himoyalashga xizmat qiluvchi tizim.
Immunitet tibbiy tushuncha bo‘lib, u organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlashga, turli tashqi ta’sirlardan, infeksiyalardan himoya qilishga qodir bo‘lgan reaksiyalar majmuini ifodalaydi. Soddaroq qilib aytganda, immunitet – organizmning o‘z-o‘zini turli kasalliklardan himoya qila olish qobiliyatidir.
Mafkuraviy immunitet tibbiy immunitetdan farqli ravishda tug‘ma bo‘lmay, shakllantirilib boriladigan tarbiyaviy jarayondir.
Yoshlarimizni o‘z vaqtida diniy mutaassib oqimlarning bo’zg’unchi g‘oyalariga qarshi zarur tushunchalar bilan qurollantirsak, ularni turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolishdan asragan bo‘lamiz. Tinchlikni saqlash hushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Ogohlik faqat harbiy mudofaa bilan belgilanmaydi. Bizning asosiy vazifamiz tinchlik va osoyishtaligimizga jiddiy tahdidga aylangan diniy mutaassiblikning tarqalishi, aqidaparast, ekstremistik va terroristik oqimlar ta’siriga tushib qolishning oldini olishdan iboratdir.
Bu yo‘lda birlashib, hamjihatlik bilan kurash olib borish har birimizning nafaqat insoniy, balki Ona vatan oldidagi eng muqaddas burchimiz hamdir.
Takidlash joizki, yoshlar millatning ertangi kuni, davlatimiz kelajagi, jamiyatimiz poydevori xisoblanadi. Agar qaysiki davlatda qonun ustuvor bo’lib, adolat tamoyillarga rioya qilinsa, o’sha millatning farzandi barkamol shaxs bo’lib voyaga yetib, xalq uchun jon fido etishga tayyor yetuk farzand bo’lib kamol topadi. Agar millat parokandaik, va notinch urushlar ichida qolsa, bo’nday millatning farzandi barkamol shaxs bo’lib, yetishmaydi. Bunaqa millat yoshlari millatning kushandasi bo’lib xalqiga faqat lanat toshlari-yu, tuzatib bo’lmas zararlar keltiradi.
Raxmonov Dilbek
Do'stlaringiz bilan baham: |