O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi


 O‘zbekistonda turizmning geografik hamda mintaqaviy salohiyati tahlili



Download 66,06 Kb.
bet4/6
Sana18.07.2022
Hajmi66,06 Kb.
#822887
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TURIZMNING GEOGRAFIK VA MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI

3. O‘zbekistonda turizmning geografik hamda mintaqaviy salohiyati tahlili

Hozirgi kunda mintaqaviy iqtisodiy siyosatda asosiy urg‘u mavjud tabiiy resurslar zahiralaridan oqilona va ehtiyotkorlik bilan foydalanishga va mintaqaning boshqa resurslaridan (iqtisodiy, shu jumladan tashkiliy, mehnat, moliyaviy, moddiy va axborot resurslaridan) samarali foydalanishga berilmoqda. Bunday sharoitda turizmdan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vositasi sifatida foydalanish mumkin, bu esa hududning tabiiy-resurs salohiyatidan samarali foydalanish va YaHM o‘sishini ta’minlaydi.


Turistik resurslarni kompleks rivojlantirish va ulardan oqilona foydalanish masalalari mamlakatda ichki va tashqi turizmni samarali boshqarish uchun muhimdir. Har bir mintaqa o‘zining turistik salohiyatidan mahalliy aholi va chet ellik sayyohlarning sifatli turizm xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, ularni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun foydalanishi kerak. Har qanday turdagi resurslarni samarali rivojlantirish imkoniyati salohiyatni malakali tahlil qilishga, berilgan resursning bozordagi o‘rnini yetarlicha aniq belgilashga, ushbu resurs uchun uni rivojlantirishning eng maqbul usullari va shakllarini oqilona tanlashga va ushbu resursni o‘zlashtirish va rivojlantirishda barcha ishtirokchilarning kelishilgan harakatlarini ta'minlashga asoslanadi. Yuqoridagilar turizmni rivojlantirish resurslariga to‘liq tegishli.
Turizmning serqirraligi uning bu muammodan ham unumli foydalanayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Bugun dunyoning turli hududlaridan ko‘ngilli valantiyorlar yig‘ilib tabiatning inson tomonidan buzilgan yerlarini obod qilishga ham o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Bu esa valantiyor turizmini vujudga kelishiga olib keldi.
Yurtimizda ham turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. 2018-yilda O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan mamlakatda turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan islohotlarning samarasi yo‘lida 11 ta hujjat, Vazirlar Mahkamasi tomonidan esa 25 ta normativ-huquqiy hujjat imzolandi4.
“2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarorlari kabilar bu soha rivoji uchun muhim qadamlardan bo‘ldi.
Davlatimiz rahbarining “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori ko‘plab muammolarga yechim topib berdi. Ushbu hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi ham tasdiqlangan.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, o‘tgan yillarda turizmni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilishi natijasida O‘zbekiston turli nufuzli xalqaro reytinglarda yaxshi natijalarga erishdi, jahon ommaviy-axborot vositalarida mamlakat nomi tez-tez qayd etilishi kuzatildi.
Bu O‘zbekistonning ijobiy imijini mustahkamlash, turistik salohiyat targ‘ibotini kuchaytirish yo‘lida xizmat qiladi. Misol uchun: O‘zbekiston sayohat qilish uchun dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari reytingida, O‘zbekiston eng xavfsiz mamlakatlar qatorida, O‘zbekiston Osiyoning eng sayohatbop o‘lkalari safida tan olinishi, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb e’tirof etilshi, Rossiyalik sayyohlar orasida ommalashgan MDH shaharlari o‘ntaligidan joy olishi, O‘zbekiston The New York Times'ning 2019-yilda sayohat qilish kerak bo‘lgan yo‘nalishlar ro‘yxatida ekanligi, 2019-yilda O‘zbekistonga sayohat qilish uchun 5 sabab ro‘yxatidan joy olishi, O‘zbekiston xorijiy investitsiyalar va turizm uchun ochiq mavzusidagi yirik jurnallarda nashr etilishi shu islohotlar mevasidir.
Turizm yuqori sanoat sohalaridan keyingi o‘rinda turadigan sohadir. Turizm transport xizmatlarining jadal rivojlanishi, uning sifatli bo‘lishi va ko‘p miqdordagi iste’molchi talabani qondira olishi imkoniyatlarini oshirishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan yurtimizda ham ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Yo‘llarni kegaytirish, yangi o‘tkazgich yo‘llarning tashkil etilayotganini misol qilishimiz mumkin.
Mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta’minlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususan, turizm bozorining turli segmentlariga yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikasiya qilish, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirish, maqbul va qulay ichki va xalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratish, transport yo‘nalishlarini kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish, turizm mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek, mamlakatimizning sayohat va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlash maqsadida muayyan ishlar olib borildi.
Shu bilan birga o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, joylashtirish vositalari va infratuzilma obyektlarining, ayniqsa turizm mavsumida yetishmasligi, turli transportlarda yo‘lovchilarni tashish tizimining yetarli darajada muvofiqlashtirilmaganligi, shuningdek, turistlarni mavjud turizm salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashni tashkillashtirish darajasining pastligi, ichki turizmni, mamlakat hududlaridagi madaniy meros obyektlarining va ziyoratning o‘ziga xosliklarini targ‘ib qilish bo‘yicha marketing kompaniyalarining samarasizligi turizmni jadal rivojlantirishga salbiy ta’sir qilmoqda.
Turizm tashkil etilayotgan turning o‘ziga xosligi, mavzusi, davomiyligi, harakatlanish usullari va turning boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda madaniy – tarixiy, ziyorat, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik, ijtimoiy, sport, tibbiy, yoshlar turizmi, agroturizm hamda turizmning boshqa turlariga bo‘linishi mumkin.
Respublikamizga kirib kelayotgan chet ellik turistlarning 76 foizi Buxoro , Samarqand, Xorazm va Toshkentga tashrif buyurishga qiziqsa, qolgan 24 foizi Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlariga sayohat qilishadi.
O‘zbekistonga so‘nggi 2020-yilda pandemiya sharoitida xorijiy davlatlardan turistik maqsadda tashrif buyurgan chet el fuqorolari soni 1,5 million kishini tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatgich 2019-yilga nisbatan 77,7 foizga kamaygan. Respublikamizga tashrif buyurgan xorijlik fuqorolarning asosiy safar maqsadlari qarindoshlarini yo‘qlash bo‘lib, 87,8 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga, dam olish, davolanish, xizmat yuzasidan, o‘qish uchun tashrif buyurganlar ham salmoqli qismni tashkil etadi.
Ular quyidagi davlatlardan tashrif buyurishadi: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Pokiston, Ukraina, Germaniya, AQSH, Yaponiya , Fransiya, Buyuk Britaniya, Isroil, Eron kabilardir.
O‘zbekistonda xorijiy sayyohlarning asosiy qismi chegaradosh qo‘shni mamlakatlar hissasiga tog‘ri keladi. O‘zbekistonga boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan sayyohlarning o‘rtacha xarajati 2018-yildagi holat bo‘yicha quyidagilarni tashkil etgan: Qozog‘iston – 158,3 dollor; Qirg‘iziston – 99,3 dollor; Tojikiston – 60,4 dollor; Turkmaniston – 104,6 dollor; Boshqa MDH mamlakatlari – 635,6 dollor; Uzoq xorijiy mamlakatlar – 709,4 dollor. So‘nggi yillarda turizm salohiyatini kompleks ravishda rivojlantirishda yo‘naltirilgan ko‘plab qarorlar, qonunlar , farmonlar , konsepsiyalar ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PQ-5611-son “ O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida ”gi qarori, “ Turizm to‘g‘risida ”gi qonun yangi tahriri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-avgustdagi PF-5781-son “ O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi Farmoni va boshqa shu kabi huquqiy me’yoriy hujjatlar qabul qilingan.
Shu bilan birga o‘zbekitonda Yoshlar turizmini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, shu asosda ishlangan loyihalarni amalga oshirish natijasida 2020-2025-yillarda mamlakatda yoshlar turizmini rivojlantirishga oid maqsadli ko‘rsatgichlar belgilab olingan.Jumladan, xorijlik yosh sayyohlar soni 1,3 milliondan 2020-yilda 2,2 millionga, 2023-yilda 3,3 milionga, ichki turizm bo‘rizm bo‘yicha yosh sayyohlar sonini 8,1 milliondan 2020-yilda 10 millionga, 2023-yilda 13,6 millionga yetkazish, shular qatorida 2020-yilda 20 ta, 2023-yilda 60 ta xalqaro darajadagi tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan ziyorat turizmini rivojlantirish va yurtimizga xorijlik ziyoratchilarni jalb qilish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda xalqaro va ichki turizm salohiyatini oshirishda ot turizmi (otda sayr qilish turlari)ni o‘rni beqiyosdir. Xususan, O‘zbekiston ot turizmini rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega bo‘lib, uning geografik va tabiiy joylashuvi ham mazkur yo‘nalishdagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish uchun har tomonlama qulay hisoblanadi.
Ot turizmi (otda sayr qilish) - bu insonga estetik zavq bag‘ishlaydigan va organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, muskullar (mushaklar)ni asab sistemasini mustahkamlaydigan ommaviy tadbir hisoblanadi. Otda yurish eng muhim tadbirlardan biri bo‘lib, avvalo insonni ijtimoiy faolligini oshiradi, odamlarni bir-biri bilan do‘stona aloqalarini mustahkamlaydi, shuningdek, yangi do‘stlar orttirish hamda sog‘lom turmush tarziga amal qilish va inson salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bundan tashqari otda yurish ko‘p kasalliklarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan: adenoma oshqozon - ichak, yurak, qon bosimi, arteroz kasalliklarini oldini olishda va sog‘lomlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Otda yurgan kishi qarilik chog‘larida ham qomati va xushbichimligini yaxshi saqlaydi, tetik yuradi, kuch g‘ayratini uncha yo‘qotmaydi.
Bizga ma’lumki, ko‘plab buyuk shaxslar, olimu - ulamolarimiz har qanday ob - havo sharoitida ham ancha vaqt otda sayr qilganligi tarixiy asarlarda bayon etilgan. Otda sayr qilish dam olishning eng yaxshi usullaridan biri sanaladi.
Hozirda texnika taraqqiyoti albatta bu sohaga ham o‘z tasirini ko‘rsatmasdan qolmayapdi. Yangidan yangi yo‘lovchi tashish usullari, tashish vositalari yaratilmoqda. Bu qulayliklar tabiiyki har xil tirbantlik, havo ifloslanishi, baxtsiz hodisalar kabi noxush holatlarni kamaytirib, turistik salohiyatni oshirmoqda. Havo, quruqlik va dengiz yo‘llari harakat hududlaridir.
O‘zbekistonning har bir viloyatida albatta turistik kompleks mavjud. Bu ekoturizm bo‘ladimi, etnik turizm bo‘ladimi yoki gastronomik turizmmi bularning har bir qismi soha uchun juda ahamiyatli.
Dunyo e’tiborini qozonishga urinayotgan turizm sohalarimizdan biri ekoturizm ham bugungi kunda o‘z samarasini ko‘rsatishga erishmoqda. Yurtimizning so‘lim tabiati, musaffo osmoni, ekologik toza havosi, soylardan sharqirab oqayotgan tiniq suvlar alohida etiborga molik. Bu borada Jizzax Zomin tumani, Navoiy Nurota, Sarmushsoy tabiat manzaralari, Shohimardon tog‘lari ekoturizm yo‘nalishida yetakchi sanaladilar. Ushbu hududlarda ham sayyohlar uchun imkoniyatlar mavjud ammo, ulardagi talablar yetarli darajada ularning ehtiyojlarini qondira olmayapti. Bizda bu ekoturizm yo‘nalishida faoliyat olib boradigan yetuk kadrlarimiz, infrastrukturamiz hali yuksalmagan.
Turizm sohasi doirasida yurtimizda ko‘plab xalqaro ko‘rgazmalar va forumlar o‘tkazilib xorijiy mamlakatlar investorlari jalb qilinishga harakat qilinib kelindi. Dunyoda turizm rivoji bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallagan mamlakatlar bugungi kunga kelib O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yaxshilashga harakat qilmoqda. Ulardagi mavjud infrastrukturalarni mamlakatimizda qo‘llash orqali biz ham turizm kelajagi uchun keng yo‘l ochishga bel bog‘ladik.
Mehmonxona, xizmat ko‘rsatishlar industriyasi va gidlar salohiyatini oshirish maqsadida imzolangan memorandumlar, binolar qurilish proyektlarining xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda olib borilayotgan innovatsiyalar bunga yaqqol namoyon bo‘la oladi. Dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan davlatlari Amerika, Turkiya, Koreya, Indoneziya, Malaziya, Singapur, Fransiya, Rossiya singari davlatlar bunga misol bo‘la oladi.
Davlatimiz rahbarining “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori muammolarga yechim topadi. Ushbu hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi ham tasdiqlandi. Unga koʻra:
– xorijiy sayyohlarni (2018 yilda) 5,3 mln.dan (2025) yilda 9 mln. nafarga oshirish;
– turistik xizmatlar eksportini (2018 yilda) 1 mlrd. AQSH dollaridan 2,2 mlrd. AQSH dollariga yetkazish;
– mehmonxonalar sonini (2018 yilda) 900 tadan (2025 yilda) 2994 taga koʻpaytirish koʻzda tutilgan.
Yurtimizda ham temir yo‘l, havo transporti, avtomobil transportlari yaxshi rivojlantirilmoqda. Bu esa turizm salohiyatini oshirmoqda. Bundan tashqari xizmat ko‘rsatish sohasi ham asosiy e’tibordagi masaladir.
Oziq-ovqat, mehmonxonalar, texnik xizmat ko‘rsatish, tibbiy xizmat sektorlari turizmga keng yo‘l ochdi. Bu sohalarning to‘g‘ri tashkil etilishi, sifatli va uzluksiz bo‘lishi o‘ta muhimdir. Sayyohlarning milliy kelib chiqishi va diniy e’tiqodi, an’analarini, turmush tarzini e’tiborga olish, ular uchun maxsus oshxonalar bo‘lishi bugun turizmni rivojlantirishda muhim hisoblanadi.
Muhim tashkiliy masalalardan yana biri yuqori va sifatli bo‘lishini taqozo etadigan xizmat ko‘rsatish turlaridan biri bu mehmonxonalardir. Mehmonxona narxlari, chekka hududlardagi xizmat ko‘rsatishning pastligi bu jihatga alohida e’tibor berish kerakligini ko‘rsatadi. Shuningdek, reklamaning sustligi, turistlarga yetkaziladigan ma’lumotlar bazasini toraytirmoqda. Mahalliy aholi ehtiyojlarini qondirish borasida ham muammolar yuzaga keladi. Shuning uchun biz turizmni rivoji, aynan sport turizmini rivojlantirish uchun mehmonxonalar tizimida mahalliy va xorijiy talabni inobatga olishimiz zarur.
Keyingi masala bu texnik xizmat ko‘rsatish. Bu tarmoq rivoji ham birmuncha orqada. Misol uchun o‘z mashinasi bilan sport musoboqasini kuzatishga kelgan chet ellik shaxslarning mashinasi viloyatlar hududida o‘chib qolsa yordam uchun keladigan texnik xizmat mashinalari borasida kamchiliklar bor.
Tog‘li hududlarda tibbiy yoki texnik ehtiyoj tug‘ilganda tez yordam masalasida biz jahon tajribasi havo yordamini keng yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Bu sayyohlar hayoti himoyada ekanligi bilan bog‘liq masalada tashvishdan holi bo‘lishlarida yordam beradi.
Sport turizmi nafaqat ma’lum vaqt davomida sayyohlarni katta miqdorini qabul qiladi, balki, yil davomidagi oqimning manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bunga sabab o‘tkaziladigan sport o‘yinlari biz uchun kuchli reklama vazifasini o‘tab beradi. Yangi turdagi ishlab chiqarish jarayonlari tashkil etiladi.



Download 66,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish