4. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda mintaqaviy va geografik resurslardan to‘liq foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekistonda turizmga alohida e’tibor berilib, o‘sib borish tendensiyalari amalga oshirilmoqda. Shu asosda, ziyorat turizmi, madaniy turizm, tibbiy turizm, gastronomik turizm, yoshlar turizmi, ekoturizm, etnik turizm, sport turizmi va boshqa turizm turlari o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Madaniy va ziyorat turizmlarini rivojlanishida qadimiy tarixga ega bo‘lgan Samarqand, Buxoro,Xiva, Shahrisabz kabi shaharlarimizdagi tarixiy obidalar, me’moriy, diniy va madaniy yodgorliklar hamda respublikamizdagi boshqa zamonaviy diqqatga sazovor joylar bilan tanishtirish orqali ularga madaniy-ma’rifiy ma’lumotlar berish asos bo‘lib xizmat qilgan.
Rivojlanib borayotgan mamlakatlarning turizm industriyasi asosan tabiiy yoki ekologik turizm (ekoturizm) hisobiga amalga oshirilmoqda. Ekspertlarning ma’lumotlariga qaraganda ekoturizm sayyohlik bozorining 10-20% qamrab olgan, o‘sish sur’ati esa umumiy turizm industriyasining o‘sish sur’atidan 2-3 marotaba yuqori ekan.5
Shuningdek, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, sayyohlik bozorida ekoturizmdan keladigan daromad 10-14% ni tashkil etar ekan. Shu sababli ham so‘nggi yillarda jahon mamlakatlarida ekologik turizmga e’tibor kuchayib bormoqda. Ekoturizm bugungi kunda Keniya, Kosta-Rika, Yaqin Sharq va ba’zi Arab davlatlari, Yevropa qit’asidagi ayrim davlatlarning iqtisodiyotiga salmoqli daromad keltirmoqda.6
Ekologik sayohat – bizning mamlakatimizda yangi va kelajagi porloq yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ammo bugungi kunga kelib, u ma’lum xususiyatlarga ega bo‘lib, ekologik muvozanatni saqlab turolmaydi. Bu ekoturlarning ko‘pi tabiat resurslaridan bir taraflama foydalanish bo‘lib, unga qaytarishni o‘ylamaydi.
Masalan, dam oluvchilar sanitar qoidalarga rioya qilmaydilar. Bu o‘z navbatida suvni, artof muhitni ifloslanishiga olib keladi. Bu kabi «ekoturistlar» daraxtlarni sindiradilar, qushlarni inini buzadilar, qo‘riqlanadigan hayvonlarni otishdan lazzat oladilar, o‘rmon va bo‘tazorlarni kuydirish xavfi tug‘iladi. Shu kabi hollarni hisobga olib, bizning ekoturlarimizni ba’zan «qozon-turizmi» deb atash mumkin, chunki bunda ekologik tafakkurdan ko‘ra, iste’molchilik tuyg‘usi ustun turadi.
Hisoblarga qaraganda, O‘zbekistondagi turistik tashkilotlarning atigi 15 % ekologik turizm bilan shug‘ullanadi.
Ko‘p hollarda bu ixtisoslashgan firmalar, tor ekotur bozor segmentlarida faoliyat ko‘rsatadilar (saffari, ov, baliq ovida). Bundan tashqari ayrim kompaniyalar o‘z turlarida tabiat bilan bog‘liq har xil yo‘nalishlarni taqdim etadi (oromgohlar, tarixiy obidalar, diniy turizm, daryo va ko‘llar, tog‘larga sayohat qilish) O‘zbekistonda ekosayyohatchi bu shaharda yashovchi aholi bo‘lib, o‘z vaqtini tabiat bag‘rida, ya’ni shahardan tashqarida o‘tkazishni nazarda tutadi. Bunday sayyohatning davomiyligi odatda 5-7 kundan iborat bo‘ladi. Ko‘p hollarda esa bu bir kunlik tur bo‘lib, shanba va yakshanba kunlariga mo‘ljallanadi. Bu turning tarkibi oilalilar 60%, korxona jamoalari 30%, har xil tashkilotlar 10% ni tashkil qiladi.
O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish shart-sharoitlari faqatgina Toshkent viloyatining Chimyon-Beldorsoy, Burchmulla-Nanay, Xumson-Oqtosh zonalaridagina emas, balki mamlakatimizning boshqa joylarida ham ko‘rkam, sayyohatchilarni o‘ziga jalb qiladigan joylar ko‘p. Hatto infrastruktura mutlaqo bo‘lmagan joylar ham o‘zining tabiiyligi, ibtidoiy holati, ko‘rkamligi, o‘ziga xos alohida jozibasi bilan o‘ziga tortadi.
Ushbu soha xususiyatlarini inobatga olgan holda bir qator yangi ekoturistik dam olish maskanlari yaratilib kelinmoqda. Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi Sarmishsoy darasi o‘znining sirli tabiati, hayvonot olami, hamda o‘zining qadimiy qoyatosh rasmlari bilan sayyohlar e'tiborida bo‘lib kelmoqda. Ushbu maskanda sayyohlar kelib hordiq chiqarishlari uchun bir qator infrastrukturalar tashkillashtirildi va ular yana rivojlanishda davom etmoqda.
Buxoro viloyatining Romitan tumanida ''Bukhara Desert Oasis & SPA'' tematik sayyohlik maskani ham joriy yilda o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu sayyohlik obyektida Buxoroning tarixiy manzaralari Varaxsha terassasi, Sardoba hamda karvonsaroy majmualarini uchratish mumkin. Shuningdek maskanda sog‘lomlashtirish maskani, o‘tovlar, milliy va Yevropa taomlari restoranlari, sport o‘yingohi, ot sporti maydoni, ot va tuyalarda sayohat, cho‘lda elektromobillarda sayohat singari qo‘shimcha xizmatlar ham mavjud.
Bundan tashqari ushbu ertaknamo maskanda sayyohlar uchun ochiq tabiat qo‘ynida teatrlashtirilgan tomoshalar va ko‘ngil ochar shou dasturlari ham namoyish etiladi. Bularning barchasi yurtimizda ekologik turizm salohiyatining yanada rivojlanishida muhim omillardan bo‘lib xizmat qiladi.
Shu kabi namunali infrastrukturalar bilan rivojlangan obyektlar ko‘payishi yurtimiznning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy yuksalishida beqiyos hissa qo‘shishga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim bo‘ladi:
Ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlarni ishlab chiqish va ularning huquqiy mexanizmlarini yaratish;
Ekoturistlik fan, ta’lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish;
Aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o‘stirish, ekotrizm yo‘nalishidagi ta’lim va tarbiya yo‘lga qo‘yish;
Ekoturizm bo‘yicha mutaxassisliklarni o‘qitish va qayta tayyorlash;
Ekoturistlik ob’ektlarni har tomonlama baholash va ularning kadastrini olib borish;
Ekoturizm monitoringi va istiqbolini olib borishni yo‘lga qo‘yish;
Milliy davlat hududlarini ekoturizm bo‘yicha rayonlashtirish;
Davlatlarning va xalqaro jamiyatning ekoturizmga oid taktik reja va strategik tadbirlarini ommaviylashtirish;
Biologik xilma-xillikni saqlash.
Qayd qilingan vazifalarni bajarishda quyidagi ekoturistlik tamoyillarni, ya’ni ekologik munosabatlarni turizm orqali tartibga solishga yo‘naltirilgan qoidalarga qattiq, ma’suliyat bilan rioya qilish talab qilinadi:ekoturizmda tabitni muhofaza qilish va barqaror rivojlantirish masalalarining ustuvorligi; ekoturizmning tarixiy, madaniy va boshqa turizm turlari bilan bog‘langanligi; turizm va servis sohasi yo‘nalishidagi barcha ta’lim muassasalarida ekoturistik o‘quv kiritilishining maqsadga muvofiqligi; mahalliy aholining ekologik ongi va madaniyatini o‘stirishda ekoturizmni jalb qilish zaruriyati; tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning mazmunini ekoturistlik marshrutlarda aks ettirish; davlat, jamiyat, mahalliy boshqaruv idoralarning ekologik turizmdan manfaatdorligi; ekoturizmda ekologik ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlikning yagonaligi; ekoturizmda milliy g‘urur va iftixorni shakllantirishning zarurligi.
Xulosa qilib aytganda, kelajakda ekoturizmning rivojlanishi va ulardan keladigan daromadlarni ko‘paytirish bevosita jahon turistik xizmat bozorida O‘zbekistonning ekoturistik salohiyati, tabiiy potensiali va resurslarini namoyish qilish, mamlakatda joriy etilgan turistik faoliyatda ekoturistik xizmatlar sifatini tubdan takomillashtirish va ekoturistik xizmatlar hajmini jadal oshirish, sohaga xizmat qiluvchi infratuzilmani shakllantirishga bog‘liq bo‘ladi.
Xulosa
O‘rganilgan tadqiqotlar natijasida xulosa qilishimiz mumkinki O‘zbekistonda turizm mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri sifatida so‘nggi yillarda hukumat tomonidan ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan O‘zbekiston Respublikasida ,,Tturizm to‘grisida’’gi qonun, prezident qaror va farmonlari, Vazirlar mahkamasi qarorlari qabul qilinib kelinmoqda. Pandemiya tufayli turizm sohasi katta zarar ko‘rishiga qaramay ushbu sohani qo‘llab quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan qarorlar qabul qilindi.
Aholining ma’rifiy saviyasi, madaniyati, estetik talablari yuksalishi mintaqaviy turizm ko‘lamining kengayishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan xarakterlanadi. Shu nuqtai nazardan ushbu jarayonni rivojlantirishimiz zarur.
Mintaqaviy turizmga ta’sir etuvchi tashqi omillar qatoriga iqtisodiy va moliyaviy omillar barqarorlashuvini muntazam nzorat qilib borish muhim ahamiyat kasb etadi:
– iqtisodiy va moliyaviy ahvolning yaxshilanishi (yomonlashishi);
– shaxsiy daromadning ko‘payishi (kamayishi);
–turizm va sayohat xarajatlarini qoplash uchun ijtimoiy ajratilgan mablag‘lar ulushini oshirish (kamaytirish).
Bundan tashqari, siyosiy va huquqiy tartibga solishning o‘zgarishi, texnologik o‘zgarishlar, transport infratuzilmasi va savdosining rivojlanishi, shuningdek, sayohat xavfsizligi masalalariga ham alohida yondashish zarur.
Turizm rivojiga ta'sir etuvchi omillar orasida mavsumiy tarqalish omili alohida o‘rin tutadi. Mavsumga qarab turistik faoliyat hajmi katta tebranishlarga ega bo‘lishi mumkin. Shuning uchun turistik tashkilotlar va muassasalar mavsumiy tanazzullarni kamaytirishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni amalga oshiradilar, masalan, narxlarning mavsumiy tabaqalanishini joriy etish, turizmning mavsumiy tebranishlarga duchor bo‘lmagan turlarini (kongress, biznes va boshqalar) rivojlantirish.
Turizmni rivojlantirishning jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, mazkur industriyani yuqori daromadli sohaga aylantirish uchun davlat va xususiy sektordagi barcha ishtirokchilarning sa’y-harakatlarini birlashtirish va mustahkamlash zarur. Bunda, hukumatning roli xalqaro, hukumat va xususiy sektor darajalarida turizm sohasidagi rivojlanish siyosatini muvofiqlashtirish va rejalashtirishni ta’minlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |