“ISLOM IQTISODIYOTI VA MOLIYASI, ZIYORAT TURIZMI” KAFEDRASI
“TURIZM (ZIYORAT TURIZMI)” YO‘NALISHI
“TURIZM IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI”
FANIDAN
KURS LOYIHASI
MAVZU: TURIZMNING GEOGRAFIK VA MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI
Bajardi: 4-kurs talabasi S.Zokirjonov
Tekshirdi: i.f.d., prof. N.Tuxliyev
Toshkent – 2022
M U N D A R I J A:
Kirish…………………………………………………………………...….3
1.Mintaqaviy turizm mohiyati va iqtisodiyotdagi ahamiyati..........………...5
2.Turizm geografiyasi mazmun – mohiyati...……………..……..………..10
3.O‘zbekistonda turizmning geografik hamda mintaqaviy salohiyati tahlili.…………………………………………………………………….15
4.O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda mintaqaviy va geografik resurslardan to‘liq foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari…….…..…..21
Xulosa…………………………………………………………….………28
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati…………………………………….30
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Jahon turizmi bugungi kunda yuksalib borayotgani va yo‘nalishlar o‘rtasidagi raqobat kuchayib borayotgani sababli, noyob mahalliy va mintaqaviy hududlarda nomoddiy madaniy meros obyektlari sayyohlarni jalb qilishning asosiy omiliga aylanib bormoqda. ‘
Turizm jahon iqtisodiyotning barqaror rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanib, nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan mamlakatlar va mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining qudratli katalizatoriga aylandi.
Turizm, ayniqsa, XXI asrga kelib, keng taraqqiy etmoqda. Turizm – zamonaviy iqtisodiyotning muhim faoliyat sohalaridan biri bo‘lib, insonlarning ehtiyojlarini qondirishga va aholi turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan soha sifatida qaraladi. o‘z tabiatiga ko‘ra turizm ma’lum bir resurslar, jo‘g‘rofiy omillar va mintaqaviy o‘ziga xosliklar bilan bog‘liqdir. ‘
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasida iqtisodiyotni yanada modernizastiyalash va liberallashtirishga alohida etibor qaratilgan. Ushbu ustuvor yo‘nalishda turizm industriyasini jadal rivojlantirish mamlakatimizni barqaror yuqori suratlar bilan rivojlantirishda asosiy omil va turtki bo‘lishi nazarda tutilgan.
Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev farmonidagi quyidagilarni ta’kidlab o‘tish zarur: “Turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, ushbu sohani barcha hududlarni va o‘zaro bog‘liq tarmoqlarni kompleks ravishda jadal rivojlantirishni yetakchi kuchga aylanishi lozim”1
Turizmni mintaqalar iqtisodiyotiga ta’sirini o‘rganish va aniq ilmiy xulosalar qilish, hududlarni kompleks va mutanosib rivojlantirish, uzoq va o‘rta muddatda mavjud turistik salohiyatdan samarali foydalanish, eng asosiysi aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli birlamchi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalardan biri bo‘lib har bir mintaqada turizmni rivojlantirish hisoblanadi, chunki bu ko‘p jihatdan milliy turizm imidjining shakllanishi va rivojlanishini, hamda xalqaro turizm rivojlanishining imkoniyatlari va tendensiyalarini belgilab beradi.2
Do'stlaringiz bilan baham: |