Buyuk ipak yо„lining tarmoqlari
Xitoyning Anosi shahriga kelib, Ipak yо‗li bir necha tarmoqlarga bо‗linib ketgan. Xususan
bir tarmoq Anosi-Xami-Qoshg‗ar orqali Qо‗qonga, undan esa Toshkentga о‗tgan. Bu yerdan Jizzax
va Samarqand orqali Buxoroga kelgan yо‗l Urganch orqali Guryevga, u yerdan Oqsaroy orqali
Qora dengiz bо‗ylariga chiqqan. Yana bir tarmoq esa Dunxuan orqali Xо‗tanga, undan Loxurga
о‗tib ketgan. Undan tashqari Buxoroga kelib, bu tarmoq ikkiga bо‗lingan. Janubiy yо‗nalish Bu-
xoro-Qarshi-Termiz orqali Nishopurga о‗tgan va Hirot orqali Hindistonga о‗tib ketgan.
Nishopurdagi tarmoqlardan biri Tehron-Qazvin-Hamadon-Bog‗dod-Palmira yо‗nalishi bо‗ylab
О‗rta Yer dengizi bо‗yidagi Tir shahrigacha chо‗zilgan. Umuman olganda Ipak yо‗lining janubiy
tarmog‗i О‗zgan orqali О‗shga о‗tib, Quva — Marg‗ilon-Qо‗qon orqali Xо‗jand, Samarqand,
Buxoroga о‗tgan. Shimoliy yо‗nalishi esa, Xazar xoqonligi va Bulg‗or davlati orqali Kiyev Rusi va
Yevropa mamlakatlariga borib, bu tarmoq VI asrdan boshlab rivojlana boshlagan. Ipak yо‗lining
asosiy karvon yо‗llaridan tashqari ichki savdo yо‗llari ham mavjud edi.
Buyuk ipak yо„lining ahamiyati
О‗rta Osiyo hududlarida antik davrdan boshlab, rivojlanish jarayonlari Buyuk ipak yо‗li
bilan uzviy bog‗liqdir. Xususan, mil. avv. II asrdan boshlab Xitoy va О‗rta Osiyo tarixiy-madaniy
viloyatlari bilan savdo va madaniy aloqalar rivojlanib bordi. Farg‗ona, Sо‗g‗d va Baqtriyaga
ipakchilik kirib keldi. Karvon yо‗li rivojlanib borgan sari savdo-sotiq va madaniy aloqalar
rivojlanib bordi. Kushonlar va eftalitlar davriga kelib (I-VI asrlar), О‗rta Osiyo orqali о‗tuvchi Ipak
yо‗li tarmoqlari nazoratini mahalliy sо‗g‗diy aholi qо‗lga oladilar. Qо‗shni davlatlar ham Ipak
yо‗lidan manfaatdor bо‗lganligi sababli ilk о‗rta asrlarda Eron va Vizantiya hukmdorlari
sо‗g‗diylar bilan qonli kurashlar olib bordilar. Milodning boshlarida qadimgi dunyoning ilg‗or
madaniyatli davlatlari asosan tо‗rttaga: Rim, Parfiya, Xitoy va Kushon davlatlariga bо‗linar edi.
о‗arbda Britan orollaridan sharqda Tinch okeani sohillarigacha chо‗zilgan bu zabardast saltanatlar
insoniyat tarixida birinchi bо‗lib «Buyuk ipak yо‗li» deb nomlanuvchi yо‗l bilan bog‗landilar. Ipak
yо‗li rivojlanib borgan sari podsholarning о‗zaro elchilar yuborishlari, bir-birlariga har xil
sovg‗alar in‘om etishlari an‘anaga aylandi. Savdo-sotiq misli kо‗rilmagan darajada rivojlanib
bordi. Shuningdek, Sharq bilan о‗arb madaniyatining bir-biriga ta‘siri kuchaydi. Davlatlar
rivojlanishidagi
kо‗plab
madaniy о‗xshashliklar ham shu tufayli yuzaga keldi.
Buyuk ipak yо‗li bо‗ylab kо‗plab karvonsaroylar, shaharlar barpo etildi. Bu yо‗ldan borayotgan
savdogarlar kо‗pincha yо‗lning oxirigacha bormas edilar. О‗rta Osiyo viloyatlari bu yо‗lning
о‗rtasida joylashganligi sababli savdogarlar Xorazm, Samarqand, Termiz va boshqa hududlarda о‗z
mollarini sotib, mahalliy mahsulotlarni xarid qilar edilar. О‗rta asrlar О‗rta Osiyo bozorlarida
chetdan keltirilgan kо‗plab mahsulotlar mavjud ediki, hozirgi kunda ipak yо‗li ustidagi kо‗hna
shaharlar va manzilgohlardagi arxeologik qazishmalar natijasida topilayotgan topilmalar
fikrimizning dalilidir. Mil. avv. II asrda paydo bо‗lib, milodning XVI asriga qadar faoliyat
kо‗rsatgan Buyuk ipak yо‗li shu davr ichida Sharq va о‗arb xalqlarining keng miqyosidagi о‗zaro
Do'stlaringiz bilan baham: |