125
ISHIDga qarish kurash masalasida
. 2013 yil aprel oyida Suriyada
IShIDning paydo bo`lishi Suriya shimolida kuchli ta’sirga ega bo`lgan
holda “Suriya urushi yo`nalishini o`zgartirib yubordi”. 2013
yil dekabr
oyiga qadar ushbu guruh Suriyaning 4 ta chegaraoldi shaharlari – Atmeh,
Al-Bob, Azoz va Jorablusni o’z nazoratiga oldi, bu orqali ular Turkiyaga
kirish va chiqish ustidan ham nazoratga ega bo’ldilar.
Ma’lumki, Iroq urushi davrida Al-Qoida
shafeligida tashkil etilgan
ushbu guruh 2004 yil boshida o’zini “Jamoat al-Tahvid al-Jihod” deb
nomlangan, 2004 yil oktabr oyida esa uni Tanzim Qoidot al-Jihod fi Bilad
al-Rafidayn (ikki dayo mamlakatida qo’nim topgan Tashkilot)ga
o’zgartirdi, keyinroq u Iroqdagi Al-Qoida sifatida tanildi.
2006 yil yanvar oyida ushbu guruh bir qancha kichik guruhlar bilan
birlashdi va “Mujohidin Sho’ro” deb atala boshladi. 2006 yil oktabr oyida
u Davlat al-Iroq al-Islomi (Iroq Islom Davlati) nomini tanladi. 2013 yil
aprel oyiga kelib ushbu guruh “Iroq va Shom Islom Davlati” nomini
tanladi, bu esa o’z navbatida uning Suriya
fuqarolar urushiga jalb
etilganini bildiradi
1
. Iroq va Shom islom davlatining siyosiy qurilishi
Afg’onistonda Tolibon hokimyaiti davrida o’rnatilgan siyosiy rejim bilan
bir xil ko’rinishda bo’lishi kerak. Shu yo’sinda, ushbu front o’zini Al
Qoidaning Suriyadagi filiali sifatida ommaviy ravishda tan oldi. Ammo,
ushbu davlatdga (Shom) Suriya, Livan, Iordaniya
hamda Iroqning bir
qismi kiradi va bu holat bir vaqtning o’zida AQSh, Turkiya, Isroil va Eron
uchun to’g’ridan-to’g’ri tahdid hisoblanadi.
2015 yil may oyida ISHID tomonidan Suriyadagi Palmira va Iroqdagi
Ramadi shaharlarining egallanishi Turkiya xavfsizligi uchun jiddiy tahdid
sifatida namoyon bo’ldi. 2015 yil 23 mayda Turkiya qurolli kuchlari
Suriya bilan chegaraga zirhli texnikasini joylashtirdi. CHunki chegarada
vaziyat
keskinlashib, Turkiyaga qochoqlar kelishi ancha ko’paydi.
Turkiya ISHIDga qarshi bir qator strateiyalarni amalga oshirdi:
Birinchidan, ISHIDga qarshi kurashishda G’arb koalisiyasining
hamkori, biroq o’z hududidan AQSH xavo kuchlarining Iroq va Suriyadagi
bazalariga zarba berishi uchun foydalanishiga ruxsat bermadi;
Ikkinchidan, Turkiya Mudofaa vaziri
Ismat Yilmaz Mosul shahriga
Iroq harbiylari uchun ko’maklashishga jo’nalishini bildirgan. Ular inqiroz
1
Иррегулярные конфликты. Ближний Восток. Террористические группировки «Исламское государство Ирака и
Леванта» и «Исламский фронт»: цели, задачи, формы и способы действий в Сирии и Ираке. — М.: АНО
ЦСОиП, 2014. – С.23.
126
holatida Iroq aholisini himoya qiladi, biroq to’g’ridan-to’g’ri urushga
kirmaydi
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: