O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi muhammadolim muhammadsiddiqov



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/62
Sana11.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#544188
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
Bog'liq
Мусулмон мам ХМ Асосий қўллан1 iyun


partiyasi)ni yopish kerak edi
1
. Suriya Turkiya tomonidan qo’yilgan ushbu 
talablarni bajardi. Bu inqiroz shundan dalolat berdiki, Suriya harbiy 
qo’shinlari ikki tomondan, ya’ni Turkiya va Isroil tomonidan bo’lgan 
bosimlarga bardosh bera olmaydi, natijada Turk qo’shinlari keyinchalik 
ham shunday bo’ladi degan tushunchalar paydo bo’ldi. 
Turkiya Isroilning eng yaxshi 10 savdo hamkorlaridan biri sifatida,
2012 yildan keyin (taxminan uchun 3,9 milliard AQSh dollari) va birinchi 
marta 2013 yilda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 5 mlrd. AQSh 
dollarini tashkil etib, Isroil Turkiya tovarlari uchun muhim import bozori 
bo’lib qolmoqda. Savdo o’sishi 2014 yilning dastlabki olti oyida barqaror 
edi. Biroq, tijorat aloqalari davlatniki emas, xususiy sektorga tegishli edi. 
Eng muhimi, aloqalar 2008-2009 yil G’azo urushi
2
tufayli 
yomonlashdi. Bosh Vazir Erdog’anning o’zi bir necha marta Isroilnning 
2008 yil dekabrda G’azoga qilgan hujumidan so’ng Isroilning Falastinga 
nisbatan siyosatiga qarshi turdi. U 2009 yil yanvar oyida Isroil 
harakatlarini ayblab Bryusselga qisqa tashrif buyurdi, keyin, bir necha kun 
o’tgach, Davosda Jahon iqtisodiy Forumida, prezident Shimon Peresni 
qattiq tanqid qildi. 
1
Makovsky A., Eisenstadt M. Turkish-Syrian Relations: A Crisis Delayed? // WINEP, Policywatch. –N.345. 14 
October 1998 // www.whashingtoninstitute.org 
2
Inbar E. Israeli-Turkish Tensions and Beyond. / Begin-Sadat Centre for Strategic Studies. Turkish Policy Quarterly. –
№6. –2009. –Р.45-47. 


112 
2009 yil oktabr oyida, Kichik Osiyo Eagle harbiy mashqlarida Isroilni 
ishtirok etishini Turkiya tomonidan ta’qiqlanishi natijasida Isroil Bosh 
vaziri Benyamin Netanyahu, Isroil va Suriya o’rtasida "Turkiya halol 
vositachi bo’lolmaydi" deb ta’kidlab, vositachi sifatida Turkiyaga e’tiroz 
bildirdi. Isroil Mudofaa vaziri Ehud Barak kelishmovchilik o’z vaqtida 
o’tib ketishini bashorat qildi. 2010 yil 31 mayda Turkiya va Isroil o’rtasida 
keng ko’lamdagi munosabatlarning buzilishi yuz berdi. Bunga sabab, 
gumanitar yordam Fondi faollari tomonidan “Erkinlik Flotiliyasi”ning 
tuzilishi bo’ldi. Bu guruh G’azo sektoriga qo’yilgan embargoga e’tibor 
qaramasdan, G’azo sektoriga gumanitar yordam olib borishdi. Bundan 
tashqari Isroil dengiz harbiylari gumanitar yordam ortilgan kemani 
nazoratga olish uchun operatsiyalarini amalga oshirdi. Isroil qurolli 
kuchlari Turkiyaning gumanitar yuk ortilgan “Moviy Marmar” kemasini 
qo’lga olish natijasida to’qqizta Turkiya fuqarosi halok bo’ldi va 31 tasi 
esa og’ir jarohatlandi. Bunday voqealardan so’ng xalqaro tekshiruv 
ishlarini olib borish tadbirini tashkil etish maqsadida Turkiya BMT 
Xavfsizlik Kengashiga murojaat etdi. 2011 yil sentyabrida BMT Bosh 
Assambleyasida, AQSh prezidenti Barak Obama Isroil bilan inqirozni 
bartaraf etishni uchun Erdog’andan so’radi. 
SHu bilan birga Turkiya Isroildan ikki tomonlama munosabatlarning 
tiklanishi uchun quyidagi uchta talabni ilgari surdi
1

1. Turkiyadan oshkora tarzda kechirim so’rash; 
2. Halok bo’lgan to’qqizta fuqaro oilasi uchun kompensatsiya to’lash; 
3. G’azo sektoriga qo’yilgan embargoni olib tashlash. 
2010 yil 30 sentabrda Turkiya milliy xavfsizlik Kengashi birinchi 
marta “Qizil ro’yxat” davlati nomini Isroilga nisbatan qo’llab, tashqi 
tarafdan katta xavf soluvchi kuch sifatida e’tirof etdi. Bu ro’yxatga tushish 
Isroil uchun Turkiya tarafidan o’tkaziladigan turli moliyaviy tenderlarda 
qatnashish imkoniyatini cheklaydi, shuningdek, harbiy sohadagi 
tenderlarda ham. Bundan tashqari hujjatda keltirilishicha, Isroil bu 
mintaqada “qurollanish poygasi” hatti-harakatini olib borayotganligini 
keltirib o’tilgan
2

2011 yil 1 sentabrda Isroil Turkiya tomonidan talab qilingan 
shartlarning qaysi birini bajarish yuzasidan qaror chiqdi. Unga ko’ra, uchta 
talabdan faqatgina bittasi ya’ni kompensatsiya to’lash sharti bajarilishini 
to’g’ri deb topishdi. 
1
Şahin M. Turkey-Israel relations: The unwilling alliance collapsed. // http://www.todayszaman.com/news-257337-
turkey-israel-relations-the-unwilling-alliance-collapsed.html
2
Turkish document defines Israel as 'central threat'. / The Jerusalem Post. October 30, 2010.


113 
Turkiya Isroilning “Moviy Marmara” yuzasidan qabul qilingan 
qaroriga nisbatan o’z noroziligini bildirdi va javob qaytaruvchi choralar 
ko’rishini bildirdi
1

1. Turk-Isroil munosabatlarida ikkinchi kotib darajasiga tushirdi. 
Hamma rasmiy, bu darajadan yuqori bo’lgan, ayniqsa elchilar chaqirib 
olish; 
2. Isroil va Turkiya o’rtasida qanday harbiy kelishuvlar imzolangan 
bo’lsa hammasini to’xtatish; 
3. Sharqiy O’rtayer Dengizi tomonidan navigatsiya va kemalar 
harakatini himoylanish yuzasidan ehtiyotkorlik choralarini ko’rish; 
4. Isroil tomonidan G’azo sektoriga qo’yilgan embargoni olib tashlash 
bo’yicha talabini davom ettirdi; 
5. Og’ir jarohatlangan turk fuqarolari uchun o’z huquqlarini talab 
qilgan holda Isroildan kompensatsiya va kechirim so’rashni talab qildi. 
2013 yilning mart oyida, Isroil normal munosabatlar uchun yo’l ochib, 
reyd uchun uzr so’radi. Biroq, AQSh-vositachiligiga qaramay, 2013 yil 
davomida murosaga erishishda hech qanday o’sish kuzatilmadi. 2015 yilga 
kelib ikki tomonlama munosabatlarda barqarorlik holati mavjud bo’lsada, 
Isroilning Falastinliklarga nisbatan munosabati bois buzilish ehtimoliy 
mavjud. 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish