O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi muhammadolim muhammadsiddiqov


Arab dunyosidagi etno-milliylik masalalari



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/62
Sana11.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#544188
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62
Bog'liq
Мусулмон мам ХМ Асосий қўллан1 iyun

Arab dunyosidagi etno-milliylik masalalari.
Arab davlatlari ligasi a’zosi bo’lgan mamlakatlar aholisi orasida 
nafaqat arablar va musulmonlar yashaydi. Arab mamlakatlaridan deyarli 
har birida arab bo’lmaganlar va musulmon bo’lmaganlar soni salmoqlidir, 
bu narsa esa arab dunyosining yuqorida eslatib o’tilgan tarixan 
shakllangan etno-konfessial xilma-xilligi oqibatidir. Misrda, turli hisob-
kitoblarga qaraganda, taxminan 80 million aholidan 7-11 %ini xristian 
qibtlar, Suriya, Iordaniya va Falastinda turli konfessiyadagi xristianlar 
kamida 10-12 %ni, Livanda (turli ma’lumotlarga ko’ra) - 30 dan 44 
%gachani, Sudanda qariyb 4 % xristian va 20 % animistlarni (janubida) 
tashkil etadi. Ayni mahalda Sudanda aholining 3G’1 qismi islomga e’tiqod 
qilmaydigan va turli nilot tillarida so’zlashuvchi negroidlar, Iroqda esa 20 
%dan ko’proqini kurdlar va 5 %dan ko’proqini assiriyaliklar, armanlar, 
turklar, turkmanlar, Suriya va Livanda qariyb 10 %ini greklar, kurdlar, 
armanlar, cherkaslar, turklar va turkmanlar, Iordaniyada esa 3 %dan 
ziyodini cherkaslar, chechenlar, armanlar, turklar va boshqalar tashkil 
etadi. Al-Mag’rib (Mag’rib)da, ya’ni arab dunyosi G’arbida Marokash 
aholisining qariyb 40 %ini, Jazoirda esa 20 %dan ortig’i, Liviyada 2 %ini 
va Tunisda 1%ini tashkil etuvchi barbarlar asosiy arab bo’lmagan etnos 
sanaladi. 


31 
Arab dunyosidagi etno-milliy masala murakkab ekanligi ana shu 
raqamlar bilangina cheklanib qolmaydi. Aksariyat ko’pchilik hollarda arab 
bo’lmagan etnoslar (musulmon bo’lmagan konfessiyalar) vakillari arab 
tilida so’zlashadi, arab madaniyati bilan yaxshi tanish va ijtimoiy, 
ma’naviy va maishiy jihatdan ko’pincha arablarga yaqin turadi. Jazoir va 
Marokashning ko’plab barbarlar zullisonayn, ya’ni o’z ona tilida ham, arab 
tilida ham so’zlashadi. So’zlashuv tili arab va barbar dialektlarining ajoyib 
va g’aroyib aralashmasini o’zida ifoda etuvchi viloyatlar ham mavjud 
(Jazoirdagi Kichik yoki Baboriya Qobiliyasi). Arab davlatlari ligasiga 
kiruvchi va arab mamlakati hisoblanuvchi Mavritaniyada esa, masalan, 
garchand, aholisining 25 %dan ziyodini niger-kongolez tillarida 
so’zlashuvchi afrikaliklar, aholi asosini esa (75 %ini) mavrlar, ya’ni 
«hasaniyya» deb nomlangan alohida arab dialektida so’zlashuvchi, ammo 
kundalik turmushda barbar qabilalarining qadimgi turmush tarzidan juda 
ko’p narsalarni saqlab kelayotgan arab-barbarlar tashkil etadi. 
Arab dunyosi uchun xos bo’lgan siyosiylashtirish (politizatsiya) 
etno-konfessial sohada ham o’z asoratini qoldirmoqda. Natijada esa asrlar 
davomidav tinch-totuv yashab kelgan milliy va diniy jamoatlar keyingi 
100-150 yil mobaynida ko’pincha yovlashib qolmoq, tez-tez urishib 
turmoqda yoki nihoyatdla tarang munosabatlarda bo’lib kelmoqda. 
Iroqdagi arab-kurd va sunniy-shi’a qarama-qarshiligi, Livandagi xristian-
musulmon ziddiyatlari, Sudandagi adog’i ko’rinmas shimol va janub 
kurashi, ammo, asosiysi Falastindagi uzoqqa cho’zilib ketgan fojianing 
tabiati ana shunda. Buning oqibati esa Falastin arablari katta qismining 
jonajon zaminidan haydab yuborilishi, boshqa arab mamlakatlari 
hududidla yashab turishga (jumladan, maxsus lagerlarda) qochoqlarga 
aylantirilishi bo’lib, ona yurtdan tashqarida ular (ayniqsa, Livan va 
Iordaniyada) ko’pincha keskin ijtimoiy-siyosiy va harbiy to’qnashuvlar 
markaziga tushib qolmoqdalar. Bu hol (yovlashayotgan tomonlar 
tashqaridan ta’sir o’tkazish ham) umumiyligicha Yaqin Sharq mojarosini 
tinch yo’l bilan tartibga solishga, shu jumladan, bir necha marotaba 
mo’ljallangan, ammo alaloqibat barbod bo’layotgan Isroil va Falastin 
avtonomiyasi o’rtasidagi bitimga qattiq xalaqit bermoqda. 
Arab mamlakatlari aholisi tarkibiga shuningdek tabiiy ravishda 
ijtimoiy va siyosiy vaziyatga ta’sir o’tkazuvchi iqtisodiy migratsiya ham 
o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. XX-XXI asrlar chegarasida birgina Afrika arab 
mamlakatlaridan 12 milliondan ko’proq kishi o’z mamlakati sarhadidan 
tashqarida mehnat migrantlar sifatida mehnat qildi. Bunda ulardan qariyb 3 
million kishi Yevropada, taxminan 5 million kishi Fors ko’rfazi 


32 
mamlakatlarida, 4 millionga yaqini esa AQSh va boshqa taraqqiy etgan 
mamlakatlarda bo’lgan. Ko’p hollarda ishsizlik tufayli dunyoga kelgan 
migratsiya (1990-yillarda jo’shqin demografik o’sish sharoitida Misrda 
faol aholining 16-19 %ini, Marokashda 21-25 %ni va Jazoirda 26-30 %ni 
tashkil etgan) hayotning ko’plab jihatlariga ta’sir o’tkazdi. Misrlik 
migrantlarga bu narsa mamlakatning iqtisodiy holatini yaxshilashga 
salmoqli imkoniyatlar yaratib bergan 180-250 milliard AQSh dollari 
miqdorida valyuta rexervi tashkil etishga imkon berdi. Yevropada mehnat 
qilayotgan 600 ming tunislik (mamlakat aholisining 7 %i) o’z o’tkazmalari 
bilan (XX asr oxiriga kelib qariyb 900 million AQSh dollari) davlatning 
tashqi savdo balansi defisitini jiddiy kamaytirishga erishdilar. Boz ustiga, 
sir emaski, arab migrantlari Fransiya, Ispaniya va Italiyada mehnat qilish 
davrida ko’pincha oila tuzadilar. Bu narsa ular vatanga qaytib kelganidan 
keyin aralash nikohlardan tug’ilgan bolalar hisobigina ikki madaniyat 
sohibi bo’lgan, tug’ilganidanoq ikki tilli bo’lgan, ayniqsa, Arab Mag’ribi 
mamlakatida ko’p sonli bo’lgan shaxslar ulushi ortib borishiga maydon 
hozirlaydi. Turkiyadan (jumladan, kurdlar), Ekvotarial Afrika va Sharqiy 
Yevropadan (ayniqsa, Albaniya, Gresiya, O’rtaer dengizi orollarida) 
Liviyaga migrantlarning doimiy oqib kelishi ham ana shu yo’nalishda 
amal va xizmat qilmoqda. 
Arabiston neft qazuvchi mamlakatlari aholisi etno-konfessial jihatdan 
yanada 
rang-barangdir. 
Bu 
yerda, 
falastinliklar, 
suriyaliklar, 
iordaniyaliklar va boshqa arab davlatlariga mansub kishilardan tashqari, 
hamma joyda Hindiston, Eron, Pokiston, Indoneziya, Koreya, Yaponiya va 
Afrika mamlakatlaridan kelgan migrantlar ulushi nihoyatda yuqori 
darajadir. Kuvaytda muhojirlar aholining 60 %ini, Qatarda 70 %ini, 
Bahraynda 30 %ini, Ummonda esa 10 %ini tashkil etadi, Birlashgan Arab 
Amirliklarida 1,2 million aholidan 850 mingini, ya’ni 70 %ini, Saudiya 
Arabistonida 16 million aholidan qariyb 2 millionni, ya’ni 13 %ga yaqini 
muhojirlardir. Yaman bo’yicha aniq-raso ma’lumotlar yo’q, shunday 
bo’lsa-da, Fors ko’rfazi mamlakatlari va Malayziyada ana shu 
mamlakatdan migrantlar ulushi salmoq bo’lib, bu ham etno-milliy 
aralashib ketishga imkoniyat tug’diradi. Arab mamlakatlariga kelgindi 
mingrantlar orasida 22 millatga mansub shaxslar uchrashini aytib o’tish 
ham kifoya qiladi. 
Ayni mahalda arablar Amerika Qo’shma Shtatlari va G’arbiy 
Yevropaga ko’chib o’rnashgan musulmon muhojirlar orasida ham 
peshqadamlik qiladilar, bu mamlakatlarda ular tegishlicha 2,5 million va 
15,0 millionni tashkil etadi. Bu — o’ziga xos xuusiyatlariga, 


33 
muammolariga, moslashish qiyinchiliklariga, o’zlari nafaqat tantanavor 
vitrinalar va peshtaxtalar orqali ko’rib G’arb dunyosini spesifik idrok etish 
tarziga ega bo’lgan ulkan diasporadir. Muhojir arablar go’yoki Sharq va 
G’arb avangardiga o’xshaydi. Aynan G’arb arablarning muammolari va 
umumiyligicha butun Sharqning muammolarini tushunishi va anglashiga 
ana shu avangard tinchlik elchisi yoki «beshinchi koloniya» vakili bo’lishi 
ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. 2001 yil 11 sentyabrda Nyu-Yorkda ro’y 
bergan fojiadan keyin asosan «islom terrorchiligi» va butunjahon 
sivilizatsiya markazlariga «Sharqdan bo’ladigan tahdid» to’g’risida so’z 
yuritish odat bo’lib qoldi. Buning uchun esa asoslar mavjud. Ammo har 
qanday mojaroda hamisha ikkala taraf mavjud bo’ladi. Ulardan har 
birining xulq-atvori juda ko’p hollarda raqibning yurish turishiga bog’liq 
bo’lishi ham ma’lum. 
G’arb va Sharqning, mazkur holda esa, Arab Sharqi va Amerika-
Evropa g’arbi bir-biriga qarshi turishining oddiy bo’lmagan, afsuski, o’ta 
chigallashib ketgan masalalarini tushunib yetish uchun esa tarixga, arablar 
va g’arblik kishilar o’rtasida asrlar davomida nafrat va ishonmaslik 
urug’ini sochib kelgan harbiy-siyosiy qarshi turish va diniy murosasizlik 
an’analariga murojaat qilmoq kerak. Shuning barobarida o’zaro bir-biriga 
ta’lim berish va o’zaro bir-birini boyitish davrlari haqida, 
sividizatsiyalararo, millatlararo va shunchaki insoniy aloqalar xususida, 
g’arb ham, butun jahon haligacha arablardan qarzdor va minnatdor 
bo’ladigan hamma narsa to’g’risida bir eslab ko’rish va tarakkur qilmoq 
joiz.

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish