Millatimiz boshiga tushgan erk va ozodlik yo’lida shahid bo’lgan millionlar vatandoshlarimiz qismatidan, xalq taqdiri bilan o’ynashgan, uni manqurtga aylantirib, o’zgalar qo’liga qaytarishga uringan siyosiy va tarixiy vaziyatdan xabardor qilindi. Sovet hokimiyati qurolli qarshilik harakatini bostirish, harakat qatnashchilarini jismonan yo‘q qilish borasida hech qanday qabixlikdan qaytmadi:
Qurolli harakat qatnashchilariga qarshi kurash uchun dastlab alohida qo‘mondonlik va front tashkil etilib qizil armiyaning sara kuchlari hamda zamonaviy qurol yarog‘lardan keng foydalanildi;
Qurolli harakat qatnashchilariga qarshi kurashda siyosiy o‘yinlardan keng foydalanib, harakat qatnashchilari bo‘lgan qo‘rboshilar orasiga nizo urug‘lari sochilib, bir-biriga gij-gijlab borildi;
Qurolli harakat qatnashchilarini iqtisodiy jihatdan ham ta’minot zahiralaridan uzib qo‘yish, oziq-ovqat, kiyim-kechak va dori-darmonlardan mahrum qilish maqsadida maxalliy axoli orasida ularga yordam berganlarga ta’qib va ta’ziqni kuchaytirdilar.
Sovet hokimiyati qurolli harakat qatnashchilariga qarshi targ‘ibot va tashviqotni kuchaytirib avflar e’lon qilish orqali ularni o‘z tomoniga ag‘darib keyin sekin astalik bilan ularni jismonan yo‘q qilish siyosatini qo‘lladilar.
Qurolli harakat qatnashchilarini butunlay tashqi dunyodan uzib qo‘yib ularga chetdan keladigan yordamni ham yo‘q qildilar va ularga g‘oyaviy ko‘mak beruvchi ichki kuchlarni ham jismonan yo‘q qildilar.
Prezidentimiz I.A.Karimov “ Tabiatda ham jamiyatda ham vakum bo’shliq bo’lishi mumkin bo’lmaganidek, mafkura sohasida ham bo’shliq vujudga kelishiga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi”116 deya yurtida tarixiy xotira va o’tmishni to’g’ri va to’la idrok etish esa, shubhasiz, milliy mafkuraning ajralmas eng
116Islom Karimov jamiyatimz mafkurasi xalqni-xalq millati-millatligi xizmat etsin. Toshkent “O’zbekiston”- 1998 yil. 7-bet
muhim olimlaridan biri hisoblanadi.Mana shu omilga tayanib biz o’zligimizni anglaymiz jahon halqlari orasida tutgan o’rnimizni belgilaymiz, bugungi kunimizni mazmunli qilishga va kelajagimiz tarixlarini chizishga harakat qilamiz.
Xulosa shuki har qanday mamlakat har bir millat faqat va faqat to’la ozodlik, sharoitida, siyosiy, iqtisodiy, manaviy va ruhiy mustaqillik muhitidagina taraqqiy etishi, dunyo ham jamiyatning to’laqonli a’zosi sifatida o’z mavqeiga ega bo’lishi, bugungi kuni va istiqbolini erkin belgilashi, haq-huquqlari va fuqoralarni himoya qilish, amalda, qonun ustivorligiga erishish ma’naviy kamolat sari qadam qo’yish ajdodlar yaratgan ma’naviy madaniy boyliklaridan g’ururlanishi yurt tabiati va boyliklariga egalik qilishi ajdodlarining tarbiyachisi bo’lishi mumkin. Va aksincha imtibdodning harqanday ko’rinishi mamlakat va millat hayotini shubhasiz izdan chiqaradi siyosiy va ijtimoiy muhitni barqarorlashtiradi, iqtisodiy munosabatlarni boshi berk ko’chaga olib kirib qo’yadi, fuqoralardagi milliy g’urur va hamiyatni yemiradi, kishilar ruhiyatida o’zining kuch qudratiga ko’rayotgan kuni va kelajagiga ishonchsizlik ohir oqibatda hayotga befarqlik kayfiyatini vujudga keltiradi. Millat or-nomussini toptaydi.
Men bu ilmiy dessertatsiyamda Turkistonda sho’rolar mustamlakachiligi istibdodining o’rnatilishi, Turkistoda sho’rolar istibdodining o’rnatilish arafasidagi tarixiy vaziyat, oktyabr to’ntarilishi. Turkiston o’lkasida sovetlar istibdodining yo’natilishi,Turkiston Muxtariyatining tashkil topishi, Turkiston muxtariyati omma tomonidan qo’llab- quvvatlanishi, Turkiston muxtariyatni qonga botirilishi va tugatilishi, Turkistonda ochorchilik, Turkistonda siyosiy bo’ron Turkiston muxtor sho’rolar sotsiolistik Respublikasi ( TASSR)ning tashkil etilishi, Turkiston komfirkasining tashkil etilishi, Osipov isyoni, Turkistonda bolsheviklar yakka xokimlik tizimining o’rnatilishi haqida batafsil ma’lumot berilib o’tildi.
“ Men fanni ilg’or, tarraqiyot, progres degan so’zlar bilan yonma-yon qabul qilaman. Fanning vazifasi kelajagimizning shakli-shamoilini yaratib berish
ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonunniyatlarini, uning qanday bo’lishini ko’rsatib berishdan iborat, deb tushinaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil bo’lmagan millatning kelajagi yo’qligini, bu tabiiy bir qonuniyat ekanini isbotlab, tushintirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotini olg’a siljituvchi kuch, vosita bo’lmog’i lozim”.117
117I.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. T: “ Sharq”-1998 yil. 25- bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |