Fayzulla Xo’jayev, Sho’royi Islomiya, Ittihodi taraqqiy, Birlik uyushmasi, Milliy istiqlol, Turkiston milliy birligi» tashkiloti)
O’rta Osiyo xalqlari 1917-yil, oktabr harbiy to’ntarishidan so’ng 1934-yilning o’rtalari va 1935-yilga qadar milliy istiqlol va ozodlik uchun sovetlar bosqiniga qarshi kurash olib bordilar. Ommaning, xalqning kuchi birlikda, yagona siyosiy kuch - tashkilotga uyushib dasturiy asosda kurash olib borishdilar. Buni jahonning ilg’or va rivojlangan mamlakatlarning tarixiy tajribasi allaqachon isbotlagan. Shu ma’noda “Uyushmagan millat inqirozga mahkum”101 deganda Zakiy Validiy To’g’on ming marta haq edi. Bu oddiy hayot haqiqatini o’z vaqtida to’g’ri tushungan milliy istiqlol va ozodlik kurashining buyuk fidoyilari millami yagona maqsad yo’lida birlashtirib, yovuz va shafqatsiz mustamlakachi bolsheviklarga qarshi ongli, siyosiy kurashga boshlab borishga qodir tashkilotni tuzishga intildilar. Ular bu yo’lda ma’lum yutuq va muvaffaqiyatlarga erishdilar, izlandilar, qoqindilar, umid va ishonch bilan olg’a intildilar. Milliy istiqlol va ozodlik uchun dushmanlarga qarshi kurash olib borgan vatandoshlarimizning bosib o’tgan tarixiy yo’llari, ularning bu boradagi yutuqlari, muvaffaqiyatlari, yo’l qo’ygan xatolari va kamchiliklari kelajagi buyuk O’zbekistonning ravnaqi uchun ijodiy mehnat qilayotgan bugungi avlodlarga o’rnak, namuna, saboq va tarbiya maktabidir.
Abdulla Rahimboev (1896—1938) — davlat va jamoat arbobi. Abdulla Rahimboev 1896 yilda Xo‘jand shahrining Razzoqi mahallasida savdogar oilasida dunyoga keldi. 1910—1912 yilda u Samarqanddagi erkaklar gimnaziyasida, so‘ngra Toshkentdagi o‘qituvchilar seminariyasida bilim oldi (1917). U 14 ta tilni bilgan. A.Rahimboev 1919 yildan boshlab sovet idoralarida xizmat qila boshladi. Turkiston ASSR MIQning raisi (1920—1922), Turkiston ASSR Maorif xalq komissari lavozimlarida ishladi. Uning ongiga “kommunistik g‘oya”ni singdirish uchun 1922 yilda u Moskvaga chaqiriladi. Markaziy hukumat qoshidagi “tayyorlov”dan so‘ng A.Rahimboev Buxoro Kompartiyasi va Turkiston KPning
101 «Турон тарихи» тўплам. T-1992. 21-bеt.
Markaziy Qo‘mitasi kotibi lavozimlarida ishladi (1923—1924). O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazishda faol qatnashdi va bu tadbirni qo‘llab- quvvatladi.
A.Rahimboev 1925 yildan Moskvada yashay boshladi. SSSR xalqlari Markaziy nashriyoti boshqarmasi raisi lavozimida ishladi (1928). So‘ngra u Dushanbega yuborildi. Tojikiston SSR XKKning raisi (1934-1937) sifatida faoliyat ko‘rsatdi. A.Rahimboev 1937 yilda kamoqqa olindi va 1938 yil 7 mayda otib tashlandi.102
Do'stlaringiz bilan baham: |