O’zbekiston



Download 192,77 Kb.
bet16/21
Sana31.12.2021
Hajmi192,77 Kb.
#213731
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qollanilgan qatagonlik siyosati 1918-1934 yillar

Turar Risqulov (1894—1938) — Turkiston xalqining taniqli davlat va jamoat arbobi. T.Risqulov 1894 yil Yettisuv viloyati Verniy uezdining SHarqiy To‘rg‘ay volostida kambag‘al qozoq chorvadori oilasida tug‘ildi. Uning otasi Risqul Jilhaydarov volost boshqaruvchisi Uchkempirovni o‘ldirgani uchun avval Verniy (hozirgi Olmaota) shahridagi qamoqxonaga tashlanadi, so‘ngra Sibirga surgun qilinadi (1904—1905). YOsh Turar otasining xohishi bilan qamoqxonaga ketadi. U ilk saboqni turmadagi savod chiqarish maktabida oladi. So‘ngra u Avliyoota uezdi Merki shahridagi rus-tuzem maktabi va Pishpek (hozirgi Bishkek)dagi qishloq xo‘jalik o‘quv yurtini tugatadi (1907—1914). T.Risqulov 1914 yili Toshkentga keladi va turli yumushlarni bajaradi. U 1916 yilda chor Rossiyasiga qarshi ko‘tarilgan milliy-ozodlik kurashida faol qatnashdi. 1916— 1917 yilda Toshkent o‘qituvchilar institutida o‘qidi.


1918—1924 yillar T.Risqulov hayotida asosiy davr hisoblanadi. SHu yillarda u Turkiston Avtonom Respublikasida muhim vazifalarni bajaradi: Turkiston Sog‘liqni saqlash xalq komissari (1918—1919), Ocharchilikka qarshi kurash Markaziy Komissiyasi raisi (1918—1919), RKP(b) TKP Musulmonlar byurosi raisi (1919—1920), Turkiston ASSR MIQ raisi (1920 y. yanvar—iyul), Turkiston ASSR XKK raisi (1922 y. sentyabr — 1924 y. yanvar) lavozimlarida ishladi. T.Risqulov Turkistondagi ocharchilik va uning dahshatli oqibatlarini tugatish uchun kurashdi, bolsheviklarning mahalliy xalqlarning ochlikdan qirilishiga befarq, mensimaslik munosabatini ochiq tanqid qildi. T.Riskulov boshchiligidagi

102 Ўзбекистоннинг янги тарихи. Иккинчи китоб. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида(tuzuvchilar M.Jo’rayev, R.Nurullin, S.Kamolov va boshqalar). T. “Sharq”-2000. 76 – bet.

ayrim milliy kommunistlar Markazning shovinistik siyosatini, Turkbyuro va Turkkomissiyaning zo‘ravonlik kirdikorlarini, qizil askarlarning bosqinchilik va talonchiliklarini ochib tashladilar. O‘lka Musulmonlari Byurosi raisi sifatida u “Turk Respublikasi” va “Turk Kompartiyasi” tuzish haqidagi masalani Markaz siyosiy rahbariyati oldiga ko‘yadi. Biroq Markazning topshirig‘i bilan Turkkomissiya Turkiston xalqlari birlashishiga yo‘l qo‘ymaydi. Aksincha, ularni ajratish chora-tadbirlarini ko‘radi.

Turkiston xalqlarini birlashtirish tarafdori bo‘lgan T.Risqulov lavozimidan bo‘shatilib Markazga chaqirib olinadi. U Markazning nazoratida: RSFSR Millatlar ishi xalq komissarining ikkinchi o‘rinbosari, ushbu komissarlikning Ozarbayjondagi Muxtor vakili lavozimlarida ishladi (1920—1922). Biroq, Turkistonda istiqlolchilik harakati kuchayib, siyosiy vaziyat keskinlashgach, u Turkistonga yana qaytariladi. T.Risqulov istiqlolchilik harakatiga qarshi kurashga rahbarlik qilgan sovet davlat arboblaridan biri bo‘lishiga qaramasdan, u istiqlolchilar kurashining mohiyatini to‘g‘ri tushungan va ularga hayrihohlik bilan qaragan edi.

Markaz 1924 yil boshidan Turkiston xalqlarini bo‘lib tashlash maqsadida O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralash o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi. Turkiston xalqlarining birligi, Turk Respublikasi tashkil qilish tarafdori bo‘lgan T.Risqulov Turkistonda turishidan Markaz manfaatdor emas edi. Shuning uchun u 1924 yil fevralda Markazga yana chaqirib olinadi T.Risqulov Komintern Ijroiya Qo‘mitasining O‘rta SHarq bo‘limida ishladi, Mo‘g‘uliston Res- publikasida o‘z tajribasini o‘rtoklashdi (1924—1926), RSFSR Xalq Komissarlari Kengashi raisining muovini (1926—1937) lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. U qaysi lavozimda ishlamasin, har doim O‘rta Osiyo respublikalari, xususan, O‘zbekiston va Qozog‘iston manfaatlarini himoya qildi.

T.Risqulov Turkistondagi 1916 yil qo‘zg‘oloni va istiqlolchilik harakati to‘g‘risida va boshqa mavzularda bir qator maqolalar, asarlar yozdi. Jumladan, uning «Inqilob va Turkistonning tub aholisi» (1-qism, Toshkent, 1925) asari hozirgi kunda ham qimmatlidir.

T.Risqulov 1937 yilda Moskvada qamoqqa olinadi va mustabid sovet tuzumi tomonidan 1938 yilda otib tashlanadi.103




Download 192,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish