«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati



Download 0,66 Mb.
bet10/24
Sana21.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#570100
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
EEICHUT

Boshqarish usuli

Kuchlanish qo’shuvchi transformator G2 ning boshlang’ich faza siljish burchagi, grad

Asosiy transformator faza kuchlanishi,
Uа, V

Kuchlanish qo’shuvchi transformator kuchlanishi,
ΔU, V

Kuchlanish qo’shuvchi transformator chiqishidagi kuchlanish,
Uа’, V

Bo’ylama

0










180










Ko’ndalang

30













60













90













120













150













210













240













270













300













330












Hisoblash natijalarini qayta ishlash

  1. 12– rasm,B и 13– rasm,B asosida bo’ylama va ko’ndalang boshqarish uchun tegishli vektor diagrammalar tuzilsin. Hammasi bo’lib 12 ta vektor diagrammasi tuziladi.

  2. Ko’ndalang va bo’ylama boshqarish usullarining samaradorligi va qo’llanilish sohalari bo’yicha xulosalar qilinsin.



Nazorat savollari

    1. Kuchlanish qo’shuvchi transformatorning asosiy vazifasi nima?

    2. Kuchlanish qo’shuvchi transformatorlar odatda qanaqa holatlarda qo’llaniladi?

    3. Bo’ylama boshqarishda kuchlanish qo’shilishini hosil qilish qanday amalga oshiriladi?

    4. Ko’ndalang boshqarishda kuchlanish qo’shilishini hosil qilish qanday amalga oshiriladi?

    5. Qaysi usul yordamida kuchlanish qo’shibgina qolmay balki asosiy va qo’shimcha transformatorlar orasidagi faza siljish burchagini ham o’zgartirish mumkin?

    6. Nima uchun ko’ndalang va bo’ylama boshqarish usullarini birgalikda qo’llaganda samaradorlik yuqori bo’ladi?

    7. Qaysi boshqarish usuli yordamida reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish mumkin?

    8. Nima uchun asosiy va qo’shimcha transformatorlar orasidagi burchakning minimal qiymati 300ga teng bo’ladi?



Laboratoriya ishi №4. Yuqori garmonika filtrlari ishini modellashtirish


Ishdan maqsad

  1. Yuqori garmonika filtrlari vazifasi, uskunalari va ish tartibi bilan tanishish

  2. Filtrlarning asosiy turlari va sxemalarini o’rganish

  3. Parallel rezonans filtrlarining filtrlash qobiliyati va xususiyatlari bilan tanishish

Ishning nazariy qismi
Chastotalari ta’minlovchi tarmoq chastotalaridan yuqori bo’lgan tok va kuchlanishlar yuqori garmonika deyiladi. Garmonika chastotasi quyidagi tenglik yordamida aniqlanadi: fn=f*n, bu yerda f =50 Gs – ta'minlovchi tarmoq chastotasi, n – garmonika nomeri. Masalan, agar 3 – garmonika bo’ladigan bo’lsa – 150 Gs, beshinchisi – 250 Gs va hokazo. Yuqori garmonika tarmoqda har xil nochiziq xarakterdagi to’g’rilagichlar, invertorlar, chastota o’zgartgichlari, kuchli payvandlash uskunalari, elektr yoyli pechlar va boshqa o’zgartgich uskunalar ishlatilganda hosil bo’ladi. Tortuvchi tarmoqlara yuqori garmonikalarning asosiy manbasi sifatida elektrovozlarning o’zgartgich qurilmalar(to’g’rilagich va invertorlar) va o’zgartgich o’zgarmas tok tortuvchi nimstansiyalar hisoblanadi. Liniyada yuqori garmonika borligining asosiy belgisi bu sinusoida formasining buzilishidir.
Yuqori garmonikani tashkil etuvchilar elektr ta’minot tizimi ishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va transformatorlar, elektr mashinalarida qo’shimcha isroflarni yuzaga keltiradi hamda quvvat koeffitsiyenti va izolyatsiyaning ishlash muddatini kamaytiradi, tarmoqda avariyalar sonini kopayishiga olib keladi.
GOST 13109-97 «Нормы качества электрической энергии в системах электроснабжения общего назначения» ga asosan garmonika darajasiga qarab ikki xil bo’ladi:
1) n – garmonika tashkil etuvchi koeffitsiyent

Bu yerda Un – n–garmonikani tashkil etuvchi kuchlanish
U1- 1 – garmonikani tashkil etuvchi kuchlanish
Кu(n)ning n normal qiymati 5-1,5% oraliqda joylashadi
2) kuchlanish sinusoidasining buzilish koeffitsiyenti 6-20 kV kuchlanishlar uchun Кu ning ruxsat etilgan normal qiymati – 5% , 220 – 380 V kuchlanishlar uchun esa – 8%.

Paydo bo’layotgan garmonika o’zgartgich uskuna va uning ish rejimiga bog’liq. Masalan, bir fazali to’g’rilagich va invertor eng katta amplitudada juft tartibli garmonikaga ega bo’ladi(2,4,6,8 va hokazo), uch fazali transformator ishlaganda 3ga karrali juft tartibli garmonikaga(6,12 va hokazo) ega bo’ladi. O’zgaruvchan tok chiziqli elektr tarmoqlarida (elektropech, lyuminatsion lampali yoritish uskunalari) toq tartibli garmonikalar kuzatiladi. Garmonika qancha katta bo’ladigan bo’lsa, amplituda shuncha kichkina bo’ladi. Shuning uchun elektr energiya sifati buzilishi kichik tartibli garmonikalarda kuzatiladi.
Garmonika darajasini kamaytirish uchun 2 turdagi rezonans filtrlari qo’llaniladi: kuchlanish rezonansli (15 – rasm, А) va tok rezonansli (15– rasm, B)

А) B)


15 – rasm.
Filtrlarning rezonans chastotasi ma’lum formula yordamida aniqlanadi
(Gs)
Bu yerda L – filtr–reaktor(g’altak) induktivligi, Gn; C – kondensator sig’imi, F. Kuchlanish rezonansli filtrlar kichik qarshilikka ega bo’ladilar, shuning uchun ular yuklamaga parallel ulanishadi va garmonikani shuntlaydilar(16 – rasm,А). Tok rezonansli filtrlar katta qarshilikka ega bo’ladilar, shuning uchun ular yuklamaga ketma-ket ulanishadi va garmonika filtrda so’ndiriladi. (16 – rasm, B).
А) B)


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish