Aholi tabiiy harakati ko’rsatkichlari qanda aniqlanadi?



Download 142,64 Kb.
Sana03.07.2022
Hajmi142,64 Kb.
#735340
Bog'liq
statistika 7-12


7 variant

  1. Aholi tabiiy harakati ko’rsatkichlari qanda aniqlanadi?

Aholi sonining tug’ilish va o’limlar hisobiga o’zgarishini aholining tabiiy harakati deb ataladi. Aholining tabiiy harakatiga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlar qatoriga aholi nikohdan o’tish va ajralish ham kiradi.Aholi sonini o’zgarishni ifodalashda mutloq va nisbiy sonlar yordamida olib boriladi. Nisbiy sonlar o`lchov birligi koeffitsiyent protsent va promilleda hisoblanadi. Aholning tabiiy harakatining asosiy ko`rsatkichi aholining tug’lish darajasi hisoblanadi. Tug’ilish darajasi –turli xil ko`rsatkichlar yordamida o’rganiladi, ya’ni tug’ulishning umumiy, maxsus, xususiy va tug’ilishning yig’indi (summarniy) koeffitsentlari asosida o’rganiladi. Umumiy tug’ilish koeffitsenti har 1000 aholiga nisbatan tug’ilgan bolalar sonini ifodalaydi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
K(tug’)=A(tug’)/A(o’rta)*100

Bu yerda: KTug’- tug’ilishning umumiy koeffitsenti. A tug’–tug’ilgan aholi soni A- aholining o’rtacha soni



  1. Pul muomalasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va statistikaning vazifalari nimalardan iborat?

Pul muomalasi statistikasi pul munosabatlarini faqatgina o’rganish, o’zgartirish quroli, hamda ularni miqdoriy o’lchash va kompleks tahlil qilish metodlari yig’indisi bo’lib qolmasdan, balki u pul muomalasi jarayonini tashkil qilishni rivojlantirish va bu jarayonni boshqarishni samaradorligini va umumiy sotsial-iqtisodiy rivojlanish samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan umumiy vazifalarni echishda bevosita qatnashadi. Shu nuqtai nazardan pul muomalasi statistikasining umumiy vazifalari quyidagilardan iborat: pul muomalasi ko’rsatkichlarni guruhga, tiplarga va maxsus sinflarga ajaratish, pul munosabatlarini bir butunlikda tasvirlash, tahlil qilish va bashoratlash uchun ularni zarur va etarli miqdorini aniqlash; pul muomalasini darajasini, dinamikasini, va tarkibini xarakterlovchi ko’rsatkichlarini hisoblash, tahlil qilish va bashoratlash; pul muomalasidagi umumiy qonuniyatlarni va o’ziga xos evolyutsion xususiyatlarini aniqlash, pul muomalasi ko’rsatkichlarini o’zgarishini mamlakatni umumiy iqtisodiy rivojlanishi ko’rsatkichlarini o’zgarish sur’atlari va proportsiyalariga ta’sirini o’rganish (odatda bu ishni teskarisi ham bajariladi, ya’ni umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’zgarishini pul muomalasi ko’rsatkichlariga ta’siri o’rganiladi).
8 variant

  1. Aholi ro‘yxati deganda nimani tushunasiz va uning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

Aholi roʻyxatlari – Mamlakat yoki muayyan hududda maʼlum vaqt yoki davrda yashayotgan aholining demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarining jarayoni toʻplami. Baʼzan aholi roʻyxati tushunchasiga, shuningdek ushbu maʼlumotlarni yigʻish, ishlash va nashr etishni ham qoʻshadilar. Aholi roʻyxatlari ilmiy talablarga hamda amaliyot ehtiyojlariga javob berish, aholi soni, tarkibi va joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish maqsadida oʻtkaziladi. Aholi roʻyxatlari oʻtkazilganda uyma-uy yurib, har bir yashovchi haqida maʼlumot yigʻiladi. Aholi roʻyxatlarini oʻtkazish boʻyicha bir qancha ilmiy tamoyillar mavjud. Ularning ichida jami voqea va hodisalarni qamrab olish tamoyili eng muhimi hisoblanib, roʻyxat oʻtkazilayotganda muayyan joydagi jami aholi qamrab olinishi shart. Faqat shundagina aholi roʻyxatlari oʻtkazilayotgan hududdagi demografik jarayonlar toʻgʻrisida toʻlaqonli maʼlumot olish mumkin. Aholi roʻyxatiga demografiya belgilari (jinsi, yoshi, oilaviy holati), iqtisodiy belgilari (mashgʻuloti, iqtisodiy faoliyat sohasi yoki turi), maʼlumoti (savodliligi, maktabga borishi), etnik alomatlari (millati, tili, baʼzan dini) va hokazo maʼlumotlar olinadi. Ayrim aholi guruxlari uchun nikohga kirgan oy-kuni, tugʻilgan bolalari soni ham olinadi. Ar.da koʻpincha oila (uy sohibaligi), kim oila boshligʻi ekanligi hisobga olinadi. Ushbu maʼlumotlar vaqt va hudud doirasida taqqoslashga yarokli boʻlishligi uchun, jami aholiga bir xil mazmundagi savollar takdim qilinishi kerak, yaʼni mamlakat miqyosida aholi roʻyxatlari yagona dastur asosida oʻtkazilishi shart. Bunda BMT tomonidan berilgan tavsiyalarga tayaniladi. Aholiga tegishli maʼlumotlar aniq boʻlishligi uchun ularni har bir kishidan shaxsan olinadi. Roʻyxat odamlarning oʻz joyida muqim yashab turgan davrida, yaʼni asosan qishda qisqa muddatda, bir necha kun yoki hafta mobaynida oʻtkaziladi, lekin barcha maʼlumotlar kritik (jiddiy) lahzasi (odatda roʻyxatga olishning birinchi kuni) da olinadi – shungacha oʻlganlar va tugʻilganlar koʻrsatilmaydi. Javoblar roʻyxat varakalariga yagona nusxada yoziladi.

  1. Asosiy kapitalning eskirishi va amortizatsiya ajratmalarini hisoblash qanday amalga oshiriladi?

Amortizatsiya (lot. amortisatio – qoplash), asosiy kapital (fondlar) amortizatsiyasi – asosiy kapital (mashina, mexanizmlar, jihozlar, binolar, inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarga oʻtib borishi. Asosiy vositalar moddiy yoki jismonan va ma’naviy eskiradi. Moddiy eskirish mehnat vositalaridan foydalanish jadalligi va uning korxonada ishlatilgan muddatlari bilan belgilanadi.
Amortizatsiya normasini hisoblashning an’anaviy usullari:
1. Chiziqli usulda:
NA=100/AFXKM
2. Kamayuvchi qoldiq usulida:
NA=100/ AFXKM*KILG
3. Qiymatni foydali xizmat qilish yillar soni yig‘indisi bo‘yicha chegirib borish usulida:
NA= Фойдали хизматкилиш муддатигача колган йиллар сони/Фойдали хизматкилиш муддати йиллар сони йигиндиси
Qiymatni ishlab chiqariladigan mahsulot hajmiga mutanosib ravishda chegirib borish usulida:
9 variant

  1. Moliya bozorini statistik o’rganishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati nimalardan iborat?

Moliya bozori statistikasining o‘rganish obyekti foyda olish maqsadida amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar va bitimlardir, o‘rganish predmeti esa shu operatsiya va bitimlarni ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni hisoblashni o‘rgatuvchi metodlar yig‘indisidir. Boshqacha aytganda, moliya bozori statistikasi deganda, qisqa va aniq moliyaviy hisob-kitoblarni ta’minlaydigan statistik metodlar ymg‘indisi tushuniladi. Moliya bozori statistikasi ommoviy hodisa va jarayonlar bo‘yicha xulosa chiqarib qolmasdan, balki alohida olingan operatsiya va bitim qatnashchilari bo‘yicha ham xulosa chiqarish mumkin. Bu tamoyil moliya bozori statistikasining boshqa statistika fanlaridan farqi va ustunligidir. Moliya bozorini o‘rganishda statistika umumiy va maxsus metodlardan foydalanadi. Umumiy metodlarga statistika nazariyasida batafsil bayon etiladigan statistik kuzatish, guruhlash, jamlash, tasvirlash va statistik tahlil qilish metodlari kiradi. Maxsus metodlarga – turli stavkalarda oshgan qiymatni hisoblash, diskontlash metodlari, ekvivalent, nominal va samarali stavkalarni aniqlash, to‘lovlarni jamlash va almashtirish, moliyaviy rentalarni hisoblash metodlari, qarzlarni qoplash metodlari, operatsiya va bitimlarni daromadlilik darajasini o‘rganish, maxsus kursni aniqlash va tahlil qilish metodlari va h.k. metodlar kiradi.

  1. Doimiy va mavjud aholi o’rtasidagi qanday bog’liqlik mavjud?

Doimiy aholi – bu hisob o’tkazilayotgan vaqtda mazkur hudda bo’lish, bo’lmasligidan qat’iy nazar istiqomat qiluvchilar soni. Mavjud aholi – mazkur hududda doimiy istiqomat qilish yoki qilmasligidan qat’iy nazar hisob o’tkazilayotgan vaqtda hududda mavjud bo’lgan aholi.
Bog’liqligi:




  1. Variant

1.Aholining kelajakdagi sonini prognozlash qanday amalga oshiriladi?
Makroiqtisodiyotning bo’lajak istiqbolini oldindan rejalashtirish, eng avvalo, aholining kelgusida o’zgarishini istiqbolini aniqlashdan boshlanadi. Aholining istiqbolda ko’payishini begilash: kelgusida shakillanadigan demografik tarkibiy o’zgarishlarni aniqlash; hududiy miqyosida aholining tabiiy ko’payishi va migratsiya ko’lamini tahmin qilish; mehnat tarkibiy o’zgarishini oldindan athlil qilishdan iboratdir. Aholining istiqboldagi sonini hisoblash global va yoshini siljitish usullari yordamida hisoblash mumkin. Global usulda hisoblashda aholining yil boshidagi sonini (A0), tabiiy o’zgarishi (Kto’) yoki umumiy o’zgarishi koeffitsentlari boshlang’ich ma’lumot vazifasini bajaradi. Buni quyidagi formula yordamida aniqlanadi.


bu yerda A1 va A0-aholining joriy yil oxiridagi va keyingi yil boshidagi soni; Kto'-tabiiy o’zgarish (yoki umumiy o’zgarish) koeffitsiyentlari. Bu usul aholining istiqboldagi sonini hisoblashda qo’l keladi

2Pul muomalasi statistikaning asosiy ko’rsatkichlari nimalardan iborat?
Pul muomalasini odilona tashkil qilinganligini va eng asosiysi, samarali ishlayotganligini baholashda statistik ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ko’rsatkichlarni uchta blokka bo’lishadi: makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, likvidli (pul turlari) aktivlarni va pul massasini xarakterlovchi ko’rsatkichlar.
Makroiqtisodiy blok ko’rsatkichlari pul va pul muomalasini iqtisodiyotning real sektori bilan bog’liqligini ifodalaydi va quyidagi ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi: nominal pul massasi; pul oboroti; pul aylanish tezligi; real pul massasi; nominal, real pul massasi va pul aylanish tezligi indekslari; iqtisodiyotni monetarizatsiya darajasi; pulning xarid qobiliyati.
Pul muomalasi ko‘rsatkichlari:
- pul oqimlari ko‘rsatkichlari;
- pul massasi (agregatlari) ko‘rsatkichlari;
- pul emissiyasi ko‘rsatkichlari;
- pul massasini hududlararo migratsiyasi ko‘rsatkichlari;
- pul aylanishi (oboroti) ko‘rsatkichlari

11 variant



  1. Pul muomilasi statistikasidagi asosiy kategoriyalar, klassifikatsiyalar nimalardan iborat?

Pul muomalasini odilona tashkil qilinganligini va eng asosiysi, samarali ishlayotganligini baholashda statistik ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ko’rsatkichlarni uchta blokka bo’lishadi: makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, likvidli (pul turlari) aktivlarni va pul massasini xarakterlovchi ko’rsatkichlar. Makroiqtisodiy blok ko’rsatkichlari pul va pul muomalasini iqtisodiyotning real sektori bilan bog’liqligini ifodalaydi va quyidagi ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi: nominal pul massasi; pul oboroti; pul aylanish tezligi; real pul massasi; nominal, real pul massasi va pul aylanish tezligi indekslari; iqtisodiyotni monetarizatsiya darajasi; pulning xarid qobiliyati. Pul turlari yoki likvidli aktivlar blokiga: oborotdagi naqd pullar; bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar; banklar kassasidagi naqd pullar; naqd bo’lmagan pul massasi; pul multiplikatori; pul bazasi; pul oborotidagi qimmatli qog’ozlar; jahon pullari (xalqaro likvidli aktivlar). Pul massasi pul agregatlari bilan ifodalanadi. Nominal pul massasi deganda muomaladagi pulning statistik miqdori yoki likvidli shakldagi aktivlar zaxirasi tushuniladi. Demak, pul moliyaviy aktivlarni bir shakli. Pul bilan boylikni almashtirmaslik kerak. Puli bor odam boy odam emas, likvidli aktivlarga (barcha turiga) ega bo’lgan kishi boy odam hisoblanadi.

  1. Aholi statistikasining predmeti, ob’ekti va vazifalari nimalardan iborat?

Statistikaning o’rganish ob’ekti insoniyat hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir, predmeti esa shu ommaviy voqea va hodisalarni miqdoriy tomonlarini o’rganuvchi, aniq sharoit va vaqtda hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini o’rgatuvchi metodlar yig’indisidir. Statistika fanining predmeti deb ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uyg’unlikda, aniq makon va zamonda o’rganishga aytiladi. Statistika o’z ob’ektini ma’lum metodlar yordamida o’rganadi. Statistika dialektik metodga asoslanib, o’z predmetining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ommaviy hodisa va voqealarni o’rganishning maxsus statistik metodlarini yaratgan. Ularning yig’indisi statistika metodologiyasi deyiladi. Har qanday statistik tekshirish statistik kuzatish, jamlash va guruhlash hamda statistik tahlildan iborat uch bosqichga bo’linadi. Tekshirishning har bir bosqichida maxsus statistik metodlar qo’llaniladi. Birinchi bosqichda – statistik kuzatish metodi, ikkinchi bosqichda – jamlash va guruhlash metodlari, statistik jadvallar va grafiklar, uchinchi bosqichda turli umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni (mutloq, nisbiy va o’rtacha miqdorlar, dinamika ko’rsatkichlarini tahlil qilish, balans, indeks va boshqa) hisoblash va tahlil qilish metodlari.
12variant

  1. Aholi kategoriyalari deganda nimani tushunasiz?

AHOLI toifalari (DEMOGRAFIK STATISTIKADA) - bu hudud yoki hudud aholisining shu hudud bilan aloqasiga qarab umumiy tavsifi. Aholining uch toifasi mavjud: doimiy, haqiqiy va yuridik aholi. Aholini ro'yxatga olish va so'rovlar odatda bir yoki ikkita toifani, ko'pincha rezident va haqiqiy aholini hisobga oladi. Aholini ro'yxatga olish jarayonida doimiy va mavjud aholi kategoriyalari hisobga olinadi. Shuningdek, aholi ro'yxati davomida har bir aholi yashash joylaridagi doimiy aholi, vaqtincha ketganlar va vaqtincha kelganlar hisobga olinadi. Doimiy yashovchi va vaqtincha ketganlar yig‘indisi doimiy aholini, doimiy yashovchi aholi va vaqtincha kelganlar yig‘indisi mavjud aholini ifodalaydi. Umuman doimiy va mavjud aholi sonida katta farq bo‘lmaydi. Ushbu farq aholi maskanlarining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiari bilan bogMiq. Aksariyat hollarda yirik shaharlarda* aholining dam olish hududlarida mavjud aholi soni doimiy aholi sonidan ko‘proq bo'ladi. Doimiy aholi - ma’lum aholi maskani yoki hududda ushbu vaqlda doimiy yashovchi asosiy aholini ifodalovchi insonlar yigindisidir. Mavjud aholi — aholi ro’yxati, ya'ni aholini hisobga olish davrida ushbu aholi maskani yoki hududida boklgan barcha insonlar yig‘indisidir.Yuridik aholi - ushbu aholi maskanida maxsus ro‘yxatdan o‘tgan kishilar yigindisidir.

  1. Pul muomalasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va statistikaning vazifalari nimalardan iborat?

Pul muomalasi statistikasi pul munosabatlarini faqatgina o’rganish, o’zgartirish quroli, hamda ularni miqdoriy o’lchash va kompleks tahlil qilish metodlari yig’indisi bo’lib qolmasdan, balki u pul muomalasi jarayonini tashkil qilishni rivojlantirish va bu jarayonni boshqarishni samaradorligini va umumiy sotsial-iqtisodiy rivojlanish samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan umumiy vazifalarni echishda bevosita qatnashadi. Shu nuqtai nazardan pul muomalasi statistikasining umumiy vazifalari quyidagilardan iborat: pul muomalasi ko’rsatkichlarni guruhga, tiplarga va maxsus sinflarga ajaratish, pul munosabatlarini bir butunlikda tasvirlash, tahlil qilish va bashoratlash uchun ularni zarur va etarli miqdorini aniqlash; pul muomalasini darajasini, dinamikasini, va tarkibini xarakterlovchi ko’rsatkichlarini hisoblash, tahlil qilish va bashoratlash; pul muomalasidagi umumiy qonuniyatlarni va o’ziga xos evolyutsion xususiyatlarini aniqlash, pul muomalasi ko’rsatkichlarini o’zgarishini mamlakatni umumiy iqtisodiy rivojlanishi ko’rsatkichlarini o’zgarish sur’atlari va proportsiyalariga ta’sirini o’rganish (odatda bu ishni teskarisi ham bajariladi, ya’ni umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’zgarishini pul muomalasi ko’rsatkichlariga ta’siri o’rganiladi).
Download 142,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish