157
Fuqaro binolarining eshiklari odatda konstruktiv yechimiga ko‟ra eshiklar taxta to‟siqli va
filyonkali (yupqa taxta yoki faner) bo‟lishi mumkin. Ichki xonalar orasidagi bog‟lanishni
ta‟minlovchi eshiklarda ostona qo‟yilmaydi.
Nazorat savollari
8.
Derazalar qanday turdagi konstruktiv elementlardan tashkil topadi?
9.
Zina konstruksiyasi qanday qismlardan iborat bo‟ladi?
10.
Eskiklar qanday turdagi konstruktiv elementlardan tashkil topadi?
14 - MA’RUZA
SANOAT BINOLARINING LOYIHALASH ASOSLARI.
Reja:
1.
Sanoat binolari tasnifi
Ishlab chiqarish sohasiga ko„ra xalq xo„jaligining ma‟lum bir qismi sanoat
korxonalaridan tashkil topadi. Sanoat korxonalari esa ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini
o„ziga qamrab oluvchi sanoat binolaridan iborat bo„ladi.
Ishlab chiqarish tarmog„idan qat‟iy nazar sanoat korxona hududidagi ob‟ektlar o„zining
funksional vazifasiga ko„ra quyidagi guruhlarga bo„linadi:
-
ishlab chiqarish
, ya‟ni korxonaning asosiy texnologik jarayoni joylashadi (asosiy ishlab
chiqarish sexlari);
-
yordamchi ishlab chiqarish
, qo„shimcha ishlab chiqarish jarayonlari joylashadi
(ta‟mirlash, asbob-uskunalar turadigan joy va h.k. );
-
energetik
, korxonalarni elektr energiyasi, gaz va h.k. bilan ta‟minlaydi (kompressorlar,
gazogenerator va h.k.);
-
transport
, korxona ixtiyorida bo„lgan transportlarga xizmat ko„rsatish va joylashtirish
uchun mo„ljallangan binolar (garajlar, elektrovoz depolari);
-
omborlar
, ishlab chiqarishga kerak bo„lgan xom ashyoni saqlash va chiqarilgan
mahsulotlarni joylashga xizmat qiladi;
-
sanitar-texnik
, suv ta‟minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga xizmat ko„rsatish binolari
(tozalovchi nasos stansiyalari, suv to„plash
minoralari, suv xovuzlari va h.k.);
-
umum korxona va yordamchi binolari
(ma‟muriy maishiy bino).
Ishlab chiqarish korxonasidagi binolar tarkibi uning vazifasi va ishlab chiqarish quvvatiga
bog„liq.
158
Sanoat binolarining hajmiy-rejaviy va konstruktiv echimi, hamda texnologik
jarayonlarning xarakteristikasiga ko„ra quyidagicha tasniflanadi:
Ichki tayanchlarining joylashuviga ko„ra -
oraliqli (oraliq o„lchami ustunlar qadamidan
ko„ra kattaroq bo„ladi), yacheykali (oraliq o„lchami ustunlar qadamiga yaqin bo„ladi), zall
ko„rinishidagi (yuk ko„taruvchi tayanchlar orasidagi masofa ancha katta bo„ladi);
Qavatlar soniga ko„ra -
bir qavatli, ikki qavatli, ko„p qavatli va aralash qavatli (14.1-rasm
);
Oralig„iga ko„ra -
bir oraliqli va ko„p
oraliqli;
Ko„tarma-transport uskunalarining mavjudligiga ko„ra –
kranli va kransiz;
Konstruktiv tizimiga ko„ra –
karkasli, karkassiz va to„liqsiz karkasli;
14.1-rasm. Qavatlariga ko„ra sanoat binolari tasnifi
a) bir qavatli bino; b) yuqori qavatida ustunlar qadami yiriklashtirilgan ko„rinishdagi ikki
qavatli bino; v) orayopma kuchaytirilgan stropil konstruksiyaga bog„langan ikki qavatli bino;
g) ustunlar qadami o„zgarmas bo„lgan ko„p qavatli bino; d) texnik qavatlarga ega ko„p qavatli
bino; e) yuqori qavatida ustunlar qadami yiriklashtirilganko„rinishdagi ko„p qavatli bino; j)
aralash qavatli bino.
Asosiy yuk ko„taruvchi konstruksiyalarining materialiga ko„ra –
temirbeton, metall, yog„och va
g„ishtli;
YOpmaning konstruktiv echimiga ko„ra –
yassi, fazoviy va osma tom yopmasi (14.2-rasm) ;
159
14.2-rasm. Sanoat bino yopmasining konstruktiv echimlari
Yassi: a) to„sinlararo; b) fermalararo; v) ramalararo; g) arkalararo;
Fazoviy: d) bir egrilikdagi qobiqlar; e) ikki egrilikdagi qobiqlar; j) giperbolik paraboloidlar; z)
burma tom; i) osma vantli tom; k) strukturli;
l)
pnevmatik; m) pnevmokarkasli.
Tom yopmasining profiliga ko„ra –
fonarli va fonarsiz (14.3-rasm);
a
b
14.3-rasm. Sanoat binolari tom yopmasining profiliga ko„ra tasnifi
a) fonarsiz; b) fonarli
Isitish tizimiga ko„ra –
isitiladigan va isitilmaydigan;
YOritish tizimiga ko„ra –
yon tomonlama tabiiy yoritish, yuqoridan tabiiy yoritish,
kombinatsiyalashgan
tabiiy yoritish, kombinatsiyalashgan va sun‟iy yoritish tizimlari;
Ventilyasiya tizimiga ko„ra –
tabiiy va sun‟iy havo almashtirish;
160
Bino me‟moriy-qurilish echimini texnologik jarayonga mosligiga ko„ra -
maxsus (bitta ishlab
chiqarish uchun mo„ljallangan) va universal.
SHuningdek, sanoat binolarini pavilon yoki yaxlit ko„rinishda barpo etiladi (14.4-rasm).
14.4-rasm. Sanoat binolarini a) pavilon yoki b) yaxlit ko„rinishda barpo
etish
Do'stlaringiz bilan baham: