«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti


Sanoat binolari ko‘tarma-transport uskunalari



Download 13,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/102
Sana03.01.2022
Hajmi13,86 Mb.
#317292
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102
Bog'liq
arxitektura va qurilish konstruktsiyalari

Sanoat binolari ko‘tarma-transport uskunalari 
Sanoat  binosiga  keltirilgan  xom-ashyo,  tayyor  maxsulotlar  va  jihozlarni  ko„tarish,  olib  qo„yish 
va tashish uchun ko„tarma-transport uskunalaridan foydalaniladi.  
 
Ko„tarma-transport jihozlari ishlashiga ko„ra ikki guruhga bo„linadi: vaqti-vaqti bilan (temir 
yo„l va elektrokarli kranlar) va to„xtovsiz harakat qiladigan (pnevmatik va konveyerli). 
 
Vaqti-vaqti  bilan  harakatlanadigan  ko„tarma-transport  uskunalariga:  tallar  (ko„targich), 
telejkalar, osma kranlar, ko„priksimon va pol ustida harakat qiladigan kranlar kiradi. 
 
To„xtovsiz  harakatlanadigan  transport  sifatida  esa,  lentasimon  va  kovshli  konveyerlar 
qo„llaniladi. 
 
Tallar
  -    ko„tarma-transport  kranlari  bo„lib,  harakatlanish  va  ko„tarish  mexanizmlari 
yordamida  harakatlanuvchi aravacha (telejka)dan iborat. Tall yuklarni ikki yo„nalishda: vertikal 
va harakatlanish yakka rels (monorelsi) bo„yicha olib boradi. Odatda, harakatlanuvchi yakka rels  
prokatlangan  qo„shtavrdan  iborat  bo„ladi.  Tall  kranining  yuk  ko„tarish  qobiliyati  1  t.  dan  10 
tonnagacha  bo„lib,  ko„pincha  2  tonnalisi  ishlatiladi.  Ushbu  kran  o„zi  harakatlanayotgan  yakka 
rels ostidagi ishlab chiqarish maydoniga xizmat ko„rsatadi.  


161 
 
 
 
14.5-rasm. Elektr ko„targichlar (elektrotallar) 
a, b – osma qo„zg„almas; v, g – o„zi harakatlanadigan; d,e – kran haydovchisining kabinasi bilan; 
j- elektrotallarni harakat qilish zonasi (tarh va qirqimi) 
 
Osma  kranlar
  –  yuk  ko„taruvchi  to„sin  (1)    va  2  yoki  4  g„ildirakli  harakatlanuvchi 
mexanizmlardan  (2,3),  hamda  elektr  ko„targich  (elektrtall)dan  iborat  bo„ladi.  Kran 
harakatlanuvchi  osma  yo„llar  yuk  ko„taruvchi  stropil  konstruksiyaning  pastki  belbog„iga 
mahkamlanadi. Osma kranning boshqaruvi pastdan amalga oshiriladi.  
 
Osma kranlar yukni uch yo„nalishda: vertikal, ko„ndalang va bo„ylama tomonga olib boradi. 
Osma  kranlarning  yuk  ko„tarish  qobiliyati  10  tonnadan  oshmaydi.  Osma  kranlar  ishlab 
chiqarishning to„liq  maydoniga xizmat ko„rsatadi. 
 
Oraliq  eni,  yuk  ko„taruvchi  konstruksiyalar  qadami  va  transport  operatsiyalariga  qarab  bir 
oraliqda bir va undan ortiq kranlar ishlashi mumkin. Yo„llar soniga  qarab  osma kranlar bir, ikki 
va ko„p oraliqli bo„ladi. 
Bir oraliqli kranlar uzunligi 3,6 m dan 18 m gacha. 


162 
 
Ikki oraliqli kranlar uzunligi 16,2 m dan 27 m gacha. 
Uch oraliqli kranlar uzunligi 28,2 m dan 34,8 m gacha. 
 
Kran  oralig„i  o„lchamini  1,5  m  bo„lib  (2  osma  mahkamlanish  nuqtalari  orasi),  bunda 
oraliqlar 3 m dan 15 m gacha (1,5 m dan oshib boradi).  
 
 
14.6-rasm. Ko„tarma-transport uskunalari bilan jihozlangan bir oraliqli sanoat binolarining 
ko„ndalang ko„rinishi: 
a-osma  kran  bilan  jihozlangan;  b-ko„prik  krani  bilan  jihozlangan;  1-yuk  ko„taruvchi  to„sin;  2-
harakatlanuvchi  mexanizm;  3-osma  yo„l;  4-elektrotall;  5-kran  boshqaruvchi  kabinasi;  6-  kranni 
yo„l  bo„ylab  harakatlanuvchi  mexanizmi;  7-ko„taruvchi  kran;    8-  yuk  ko„taruvchi  mexanizm 
bilan jihozlangan  aravacha; 9-kranosti yo„li; 10-elektr tok o„tkazgichlari. 
 
Ko„priksimon kranlar
 – katta quvvatga ega bo„lgan murakkab turdagi kranlar hisoblanadi. Ushbu 
kran  yuk ko„taruvchi ko„prik (7), harakatlanuvchi mexanizm (6); yuk ko„taruvchi aravacha (8) 
va    boshqaruv  kabinasi  (5)  dan  tashkil  topadi.Ko„priksimon  kran  ustunlar  konsol  qismiga 
joylashgan to„sinlarga mahkamlangan relslar bo„yicha harakatlanadi.  
YUk ko„tarish qobiliyati 1  – 520 t.     Asosan 5  -30 t.  li  ko„prik  krani  qo„llaniladi.  Agar kran 
50/10  t.  deb  belgilansa,    surati  asosiy  yukni  ko„tarishi,  mahraji  yordamchi  mexanizmni  yuk 
ko„tarishini belgilaydi. 
 
Ko„priksimon  kran  yukni  uch  yo„nalishda:  vertikal  –  yuk  ko„taruvchi  telejkaning  yuk 
ko„targichi (lebyodkasi) yordamida, ko„ndalang - yuk ko„taruvchi telejka va bo„ylama - kranning 
o„zi harakat qilishi hisobiga olib boradi.  
 
Sanoatda  bo„layotgan  ishning  vaqt  mobaynida  davomiyligiga  qarab  ko„priksimon  kranlar 
quyidagi: 
-
 
O„ta og„ir rejimli ish (K 
foydal.koef.
>0.8); 
-
 
Og„ir rejimli ish (K 
foydal.koef.
 = 0.4 – 0.8); 
-
 
O„rtacha rejimli ish  (K 
foydal.koef.
 = 0.25 – 0.4); 


163 
 
-
 
Engil rejimli ish (K 
foydal.koef.
 = 0.15 – 0.25) kranlarga bo„linadi. 
 
Texnologik jarayoniga qarab bir oraliqda 2 ta va undan ortiq kran ishlashi mumkin. Kranlar 
80 m /min. tezlikda harakat qiladi. 
Kran  tagidagi  yo„llarining  asosiy  o„q  chiziqlariga  nisbatan  joylashishiga  qarab,  kran  oraliqlari 
13,5 m dan 33,5 m gacha olinadi. 
Osma va ko„priksimon kranlar asosiy yuklarni bino karkasiga uzatib berish hisobiga ishlaydi. Bu 
esa sanoat binosining hajmiy-rejaviy echimiga o„z ta‟sirini o„tkazadi.  
 
14.7-rasm. Chorpoya krani 
Shu  boisdan  ham,  sanoat  binolarini 
loyihalash 
davrida 
kranlarni 
yuk 
ko„tarish  qobiliyatini  mumkin  qadar 
kamaytirish 
yoki 
bino 
karkasiga 
tushadigan  ta‟sirni  kamaytirish  lozim. 
Shu  maqsadda  katta  o„lchamli  sanoat 
binolarida chorpoya kranlar ishlatiladi. 
Ushbu kran katta oraliqli binolarda qo„llanilib,  pol  ustidagi  rels  bo„yicha harakatlanadi.  Bunda 
bino qavatlarini ham yuqori bo„lishi talab etiladi.  

Download 13,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish