O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv, mintaqalarning



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/169
Sana05.09.2021
Hajmi1,42 Mb.
#164743
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   169
Bog'liq
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta

61-savol: O‘zbekistonda mahalliy hokimiyat organlarining shakllantirilishi va bu tizimdagi 
o‘zgarishlar. (Hokim, xalq deputatlari Kengashi, ularning vakolatlari) 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari (OʻzRda) - joylardagi davlat boshqaruv idoralari. Ular 
mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari hal etadilar, 
umumdavlat man-faatlarini shu hududda yashab turgan fuqarolarning manfaatlari bilan uy-
gʻunlashtiradilar, yagona davlat hokimiyati organlarining tarkibiy boʻgʻini sifatida yuqori davlat 
organlari qarorlarining amalga oshirilishini taʼminlaydilar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 
uzoq tarixiy tajribaga, milliy anʼanalarga tayangan holda ilgʻor mamlakatlar tajribasidagi ijobiy 
tomonlarni oʻrganib, oʻz davlat idoralarini tubdan qayta isloh qildi, Mahalliy davlat hokimiyati 


organlari h. o. tizimini yaratdi. Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish sohasida bir qator 
qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
(1992 yil, 8 dek.), "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi qonun (1993 yil, 2 sentabr), "Xalq 
deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar toʻgʻrisida"gi qonun (1994 yil, 5 may) 
kabilar mu-him oʻrin egallaydi. OʻzR Konstitu-siyasining 20-bobida Mahalliy davlat hokimiyati 
organlari h. o. faoliyatining konstitutsiyaviy huquqiy asoslari oʻz aksini topgan (99—
104moddalar). Mazkur moddalarda Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. tizimi, mavqei, 
vazifalari, tuzilish tartibi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qoʻyilgan. Konstitutsiya 
mahalliy vakillik organlarining 2 boʻgʻinli tizimi (yaʼni, tuman, shahar xalq deputatlari kengashlari 
— quyi boʻgʻin; viloyatlar va Toshkent shahri xalq deputatlari kengashlari — yuqori boʻgʻin)ni 
mustahkamladi va bu mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi qonunda oʻz ifodasini topdi. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o.: qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning 
xavfsizligini taʼminlash, hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy 
byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yigʻimlar belgilash, byudjetdan 
tashqari jamgʻarmalarni hosil qilish; mahalliy kommunal xoʻjalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni 
muhofaza qilish; fuqarolik holati aktlarini qayd etishni taʼminlash; normativ hujjatlarni qabul 
qilish hamda OʻzR Konsti-tutsiyasi va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga 
oshiradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. OʻzR qonunlari, Prezident farmonlarini, 
davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi, xalq deputatlari quyi 
kengashlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, respublika va mahalliy hokimiyatga molik masalalarni 
muhokama qilishda qatnashadi. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. 2 ga boʻlinadi: mahalliy vakillik organlari va mahalliy 
ijroiya organlari. Mahalliy vakillik organlari oʻz faoliyatini kollegi-allik asosida olib boradi. 
Mahalliy kengash ishining asosiy tashkiliyhuquqiy shakli sessiya hisoblanadi. Mahalliy vakillik 
organlarining hamma boʻgʻinlari saylov yoʻli bilan tashkil qilinadi. Qonun vakillik organlariga har 
tomonlama bilimga, tajribaga ega, keng , mustaqil fikrlovchi shaxslarning saylanishini va bu 
organlar ishchan boʻlishini nazarda tutadi. 1994 yil 25 dek.da va 1999 yil 5 dek.da 
Oʻzbekistondagi mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar oʻtkazildi. M a halliy ijroiya organlari 
— hokimiyatlarga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladi va u yakkaboshchilik 
prinsipi asosida ish olib boradi. Hokimiyatlar boshqarmalar, boʻlimlar va boʻlinmalardan iborat 
boʻlib, ularning tuzilishi, tashkil etilishi va faoliyati OʻzRning Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan 
tegishli nizomlar bilan belgilanadi. Viloyatlar va Toshkent shahri ijroiya hokimiyati organlarining 
tuzilishi va shtatlari hokim tomonidan OʻzR Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, tegishli 
xalq deputatlari kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi. Tuman, 
shahar ijroiya hokimi-yati organlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi ijroiya hokimiyati organlari 
tuzilishi va shtatlari tarkibi Mahalliy davlat hok 
imiyati organlari h. o. toʻgʻrisidagi qonun bilan tartibga solinadi. Xalq deputatlari kengashlari va 
hokim munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarga asosan hududdagi muhim 
masalalar, muammolarni hal qilishda maslahatlashish uchun hokimlar huzurida maslahat 
kengashi tuzildi. Lekin bunday maslahat kengashlari tuzilishi hokimning faoliyatidagi 
yakkaboshchilik prinsipiga putur yetkazmaydi. Ijroiya hokimiyati boʻlinmalari rahbarlari davlat 
boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda va hokimning taqdimiga binoan, tegishli 
xalq deputatlari kengashlari sessiyalarida lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 
Mahalliy vakillik organlari va hokimlar qabul qiladigan hujjatlar konstitutsiya va qonunlarga zid 


boʻlmasligi lozim. Hokim tomonidan qabul qilingan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat 
birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar sudga shikoyat qilishlari mumkin. 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish