Davlat organlari: vakillik, ijroiya, sud organlari va



Download 385,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana26.07.2021
Hajmi385,8 Kb.
#128806
  1   2   3   4
Bog'liq
DAVLAT ORGANLARI - tarqatpa 3



 

DAVLAT ORGANLARI: VAKILLIK, IJROIYA, SUD ORGANLARI VA 



PROKURATURA ORGANLARI (1) 

Davlatning vakillik organlari. 

 

O’zbekiston  Respublikasi  Parlamenti  –  Oliy  Majlis.  Barcha  davlatlarda  qonun 

chiqaruvchi  davlat  organi  (yoki  davlat  hokimiyati)  Parlament  dep  nomlanadi.  Parlament 

turli  davlatlarda    har  xil  nomlanadi.  Masalan:  Rossiya  Federatsiyasida  –Duma 

(Государственная дума), Ispaniyada – Kortes, Fransiyada – General Shtatlar, Chexiyada 

–  Seym,  Germaniyada  –  Bundestag,  Turkiyada  –  Buyuk  Turk  Millati  Majlisi  deb 

nomlanadi v.h. O’zbekistonda esa parlament – Oliy Majlis deb nomlanadi. 

 

Konstitutsiyamizing 



11-moddasida; 

“O‘zbekiston 

Respublikasi 

davlat 


hokimiyatining  tizimi  —  hokimiyatning  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud 

hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi”  deyilgan. Demak bu bo’yicha,  O'zbekiston 

Respublikasining  Oliy  Majlisi  oliy  davlat  vakillik  organi  bo'lib,  qonun  chiqaruvchi 

hokimiyatni amalga oshiradi.

 

 

O'zbekiston  Respublikasi  konstitutsiyasining  XVIII  bob  76-88-moddalarida  Oliy 



Majlis  haqida,  yani,  uning  tuzilishi,  tashkil  qilinishi  va  vakolatlari  tog’risida  ma’lumotlar 

berilgan. 

 

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi  ikki palatadan  — Qonunchilik palatasi (quyi 



palata)  va  Senatdan  (yuqori  palata)  iborat  bo’lib,  vakolat  muddati  —  besh  yil  etib 

belgilangan.  Vakolat  muddati  tugagach,  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 

Qonunchilik  palatasi  va  Senati  tegishincha  yangi  chaqiriq  Qonunchilik  palatasi  va  Senati 

ish boshlaguniga qadar o'z faoliyatini davom ettirib turadi. 

 

O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  qonunga  muvofiq 



saylanadigan  bir  yuz  ellik  deputatdan  iborat.  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 

Senati  hududiy  vakillik  palatasi  bo'lib,  Senat  a'zolaridan  (senatorlardan)  iborat. 

Senatorlarning umumiy soni 100 ta. 

O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  a'zolari  Qoraqalpog'iston 

Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik 



 

organlari deputatlarining tegishli qo'shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin 



ovoz  berish  yo'li  bilan  Qoraqalpog'iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahridan 

teng miqdorda — olti kishidan saylanadi. 

O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senatining  o'n  olti  nafar  a'zosi  fan,  san'at, 

adabiyot,  ishlab  chiqarish  sohasida  hamda  davlat  va  jamiyat  faoliyatining  boshqa 

tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo'lgan  hamda alohida  xizmat ko'rsatgan shaxslar 

orasidan Prezident tamonidan tayinlanadi. 

O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  birinchi 

majlislari tegishincha Qonunchilik palatasiga saylovdan keyin ikki oydan kechiktirmay va 

Senat  tarkib  topganidan  keyin  bir  oydan  kechiktirmay  Markaziy  saylov  komissiyasi 

tomonidan chaqiriladi. 

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar 

davrida o'tkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentyabrning birinchi ish kunidan boshlab 

kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o'tkaziladi.  

O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  majlislari  zaruratga  qarab,  lekin 

yiliga  kamida  uch  marta  o'tkaziladi.  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalarining 

majlislari,  agar  ular  ishida  barcha  deputatlar,  senatorlar  umumiy  sonining  kamida  yarmi 

ishtirok etayotgan bo'lsa, vakolatli hisoblanadi. 

Konstitutsiyaviy  qonunlarni  qabul  qilishda  barcha  deputatlar,  senatorlar  umumiy 

sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart.  

Qonunchilik  palatasi  deputatlari  hamda  Senatda  doimiy  asosda  ishlovchi  Senat 

a’zolari  o‘z  vakolatlari  davrida  ilmiy  va  pedagogik  faoliyatdan  tashqari  haq  to‘lanadigan 

boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik palatasi  deputati  va  Senati 

a’zosi  daxlsizlik  huquqidan  foydalanadilar.  Ular  tegishincha  Qonunchilik  palatasi  yoki 

Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki 

sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas. 

 


Download 385,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish