sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash;
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish;
odil sudlovga erishish darajasini oshirish.
Mazkur ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida sud, huquqni muhofaza qiluvchi va
nazorat organlarining muhim vazifalari etib:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasida belgilangan sudyalar mustaqilligi,
ularning faqat qonunga bo‘ysunishi va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga
aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga og‘ishmay amal qilinishini
ta’minlash;
fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga tajovuz qilish holatlari
yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib
chiqish tartibini buzish va sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik;
tegishli axborotni o‘z vaqtida jamoatchilikka yetkazish orqali faoliyatning ochiqligi va
shaffofligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda aholi
bilan hamkorlik samaradorligini oshirish; huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni
takomillashtirish orqali tizimli kamchilik va qonunbuzilishlarni aniqlash va bartaraf etish, ish
faoliyatiga ilg‘or ilmiy-texnika vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
qilish;
Hoz. davrda koʻpchilik davlatlar uchun xalqaro terrorizm, ommaviy qirgʻin qurollarining
tarqalishi, xalqaro narkobiznes, xalqaro uyushgan jinoyatchilik, diniy radikal ekstremizm, etnik
guruhlar va konfessiyalar oʻrtasidagi mojarolar, atrof-muhitning ifloslanishi kabilar xavfsizlikka
tahdid manbai boʻlib qoldi. 21-asrga kelib bu tahdidlar bir yoʻla bir necha davlatlarga taʼsir eta
boshladi. Shuning uchun har bir davlatning xavfsizligini taʼminlash xalqaro xavfsizlikni
taʼminlashdan iboratdir.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz
mustaqilligiga erishgach, oʻzining davlat xavfsizligini taʼminlash
uchun respublikaga nisbatan mavjud xavf-xatar va tahdidlarni aniqlab oldi.
Mamlakat, shaxs,
jamiyatning milliy manfaatlari belgilandi va ularni himoya qilish mexanizmi yaratildi.
Xavfsizlikni
taʼminlashning siyosiy, metodologik asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari" asarida (1997) bayon etilgan. Davlat xavfsizligini taʼminlashga, ichki va
tashqi tahdidlarni oldini olishga qaratilgan choratadbirlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab
beruvchi "Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik konsepsiyasi" (1997) qabul qilindi.
Ushbu konsepsiya asosida shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligini taʼminlashning tashkiliy, huquqiy,
siyosiy,
iqtisodiy, maʼnaviy asoslarini bosqichma-bosqich shakllantirishga kirishildi. Xavfsizlikni
taʼminlashning tashkiliy jihatlariga davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat
kiradi. Bu faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy
xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita,
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi,
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi olib boradi. Xavfsizlikni taʼminlashning asosiy
garanti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyat yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: