64-savol: O‘zbekistonda elektron axborot vositalari tizimining rivojlanishi. (Elektron gazetalar,
raqamlashtirish, internet)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda telekommunikatsiya yo‘nalishi
rivojlanishi muhimligi bugungi pandemiya sharoiti ham yana bir bor isbotladi.
Sog‘liqni saqlash, ta’lim, davlat xizmatlari, davlat boshqaruvi tizimi, savdo va xizmat
ko‘rsatishning hammasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiya
xizmatlari bilan bog‘liqligi yaqqol ko‘rinib qoldi. Yillar davomida masofadan ko‘rsatilmagan
xizmatlar sanoqli kunlarda “onlayn” shaklga o‘tkazildi.
Ekspertlarning fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22
foiz ish o‘rinlari Internet va zamonaviy texnologiyalar yordamida yaratiladi.
Shu bois joriy yil 28 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot
va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida
raqamli iqtisodiyot bilan shug‘ullanadigan yaxlit tizim yaratildi. Jumladan, “Elektron hukumat”,
iqtisodiyot tarmoqlari va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, IT parklarni tashkil etish va
boshqarish kabi vazifalar to‘liq vazirlik vakolatiga o‘tdi.
Shu bilan birga, qarorda yangi loyihalarning moliyaviy manbalari ham aniq ko‘rsatilgan.
“Elektron hukumat” doirasida 1,3 trillion so‘mlik 104 ta loyiha, iqtisodiyotning real sektorida 5,3
trillion so‘mlik 87 ta loyiha, telekommunikatsiyalar borasida 15,1 trillion so‘mlik 35 ta, agrar
sohada 24 ta, IT parklar bo‘yicha 18 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.
“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili davlat dasturi” doirasida
telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida, 2020 yil davomida 800 mingta
keng polosali Internet portlari yaratiladi, 12 ming km optik tolali aloqa liniyalari yotqiziladi.
Joriy yil boshidan bugungi kungacha:
Internet tarmog‘ida keng polosali ulanish tarmoqlarini kengaytirish maqsadida
telekommunikatsiya qurilmalarini xarid qilish bo‘yicha shartnomalar imzolangan. Bugungi
kunda telekommunikatsiya qurilmalari bosqichma bosqich keltirilmoqda. Hozirda 300 ming
sig‘imli keng polosali abonent portli telekommunikatsiya qurilmalari keltirildi va hududlarga
taqsimlanib mutaxassislar tomonidan montaj va sozlash ishlari amalga oshirilmoqda;
optik tolali aloqa liniyalarini kengaytirish loyihasi doirasida rejalashtirilgan ob’ektlarga qadar
joriy yilda 1 405 km optik tolali aloqa kabellari yotqizildi va ishlar davom etmoqda. Bu orqali
ko‘plab olis xududlarda joylashgan qishloqlarda ko‘p tarmoqli telekommunikatsiya xizmatlarini,
jumladan Internet xizmatini ashkil etish imkoni ham yaratilmoqda;
bundan tashqari ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini kengaytirish maqsadida 40 ta
server qurilmasi va 5 komplekt ma’lumotlarni saqlash qurilmalari o‘rnatilib, hozirda
mutaxassislar tomonidan montaj va sozlash ishlari amalga oshirilmoqda;
2020 yil davomida 104 ta ob’ektda 284 ta baza stansiyalari qurilib ishga tushirildi. Mavjud
460 ta ob’ektlar 3G/4G standartiga modernizatsiya qilindi. Bu yo‘nalishdagi keng ko‘lamli
modernizatsiya jarayonlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 11 may kuni raqamli
iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida
mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish, axborot texnologiyalari infratuzilmasini
rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
2020 yilda optik tolali aloqa liniyalari qamrovini maktabgacha ta’lim tizimida 41 foizdan
100 foizga, xalq ta’limi yo‘nalishida 40 foizdan 70 foizga, sog‘liqni saqlash sohasida 38 foizdan
100 foizga yetkazish vazifasi belgilangan.
Shu bois Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ijtimoiy
ob’ektlarni yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlash, shuningdek 2 200 ta yangi mobil aloqa
tayanch stansiyalari o‘rnatilib, keng polasali mobil Internet qamrovini joriy yil yakuniga qadar
90 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Karantin rejimi e’lon qilingan vaqtdan boshlab barcha operatorlar tomonidan umumta’lim
maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quvchilariga uydan bemalol fanlarni
o‘zlashtirish uchun ta’lim manbalarining veb-saytlarga, asosiy yangiliklar va rasmiy ma’lumotlar
veb-saytlariga bepul kirish (dostup) ta’minlandi.
Jumladan:
Halq ta’limi vazirligi portali va manbalariga (eduportal.uz, edumarket.uz, online-
maktab.uz, talim.uzedu.uz), Respublika bolalar kutubxonasi veb-saytiga (kitob.uz), Muhammad
al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab veb-portaliga (itschool.uz), mahalliy
videomanbaga ( “ZiyoNET” ta’lim portaliga eng ko‘p o‘qiladigan ommaviy axborot
vositalarining manbalariga (uzreport.news, xabar.uz, daryo.uz, gazeta.uz, kun.uz, podrobno.uz,
repost.uz, uznews.uz, spot.uz);
Oliy ta’lim vazirligiga qarashli saytlarga (tube.edu.uz, dist.edu.uz, mt.edu.uz, pf.bimm.uz,
lib.bimm.uz va mt.bimm.uz);
koronavirus (COVID-19) to‘g‘risida xabardor qilish, kasallik tarqalishining oldini olish uchun
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida rasmiy veb-saytga (coronavirus.uz).
Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligiga ta’til kunlari talaba
va o‘quvchilarning videodars mashg‘ulotlari joylashtiriluvchi ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari va
rasmiy veb-saytlari (UZ-domen), elektron axborot portallari xosting imkoniyatlarini
kengaytirishda va foydalanuvchilar tomonidan talab ortib ketgan holatlarda ushbu portallar
uzluksiz ishlashini ta’minlashda texnik ko‘maklashish ta’minlandi.
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim
vazirligi bilan birgalikda 3 ta televizion kanal orqali «online-maktab» rukni bilan tashkil
etilayotgan televizion videodars mashg‘ulotlarini respublika bo‘yicha yer usti raqamli
televideniye, kabel televideniye, IP televideniye, internet tarmoqlari orqali hamda yer sun’iy
yo‘ldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar
orqali ochiq holda (bepul) tarqatish ta’minlandi.Bunda abonentlar xizmatlar uchun to‘lovlarni
o‘z vaqtida amalga oshirmagan hollarda ham videodars telekanallari o‘chirilmasligi ta’minlandi
Do'stlaringiz bilan baham: |