O’zbekiston tarixi va manbashunoslik



Download 1,19 Mb.
bet2/60
Sana09.07.2022
Hajmi1,19 Mb.
#766628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
O`zbekistonnning eng yangi tarixi 2021 2022 yil

Seminar mashg’ulotlari

136

II.1

Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.




II.2

Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati.




II.3

O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li




II.4

O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiyi slohotlar




II.5

Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanish




II.6

O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar




II.7

Mustaqillik yillarida O’zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyoti




II.8

O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar




II.9

Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi.




II.10

O’zbekiston va jahon hamjamiyati.




II.11

Yangilanayotgan O’zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari..






II.12

O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda o’rni va nufuzining ortib borishi




II.13

O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslar bo’yicha samaradorlikning eng muhim ko’rsatkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar




IV

Glossariy

147

V

Talabalar bilimini baholash mezonlari

149

V

Fan bo‘yicha test savollari

150



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


TARIX FAKULTETI


«O’ZBEKISTON TARIXI VA MANBASHUNOSLIK» kafedrasi


O’zbekistonning eng yangi tarixi
fanidan
MA’RUZALAR MATNI
Tuzuvchilar: A.Abduqayumov
I.Yo`ldoshev



Termiz-2021



1-Mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.
Reja:

  1. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.

  2. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari.

  3. Intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari.

  5. XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar.

1.O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.
O‘zbekiston tarixi ko‘hna bo‘lib, olamshumul voqeliklarga juda boy. Mamlakatimiz jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri hisoblanib, O‘zbekiston tarixi qadim va yaqin ajdodlarimizning hayotiy kechmishlari qanday bo‘lganligi, jahon tarixi taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini holisona va haqqoniy o‘rganadi. Umuman, O‘zbekiston tarixi fani ajdolarimiz hayotida sodir bo‘lgan tarixiy voqealarni tahlil qilishni, ularning sabablari va mohiyatini, ichki va tashqi omillarini, umumiy va o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishni ko‘zda tutadi.
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi o‘ta muhim masala bo‘lib, u fanning tub ilmiy-nazariy asoslarini tashkil etadi. Ma’lumki O‘zbekiston tarixi sovet davrida eng qadimgi davrdan boshlab 5 ta taraqqiyot bosqichiga: ibtidoiy, quldorlik, feodalizm, kapitalistik, sotsialistik (kommunistik) jamiyatlarga bo‘lingandi.
Mustaqillik yillarida tarixchi olimlar “Yangi tarix” ta’limoti va tarix fanini o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslariga suyangan holda shonli boy tariximizni ilmiy asosda davrlashtirish sohasida ma’lum yutuqlarni qo‘lga kiritdilar va tarixni sinflar kurashidan iborat, deb tushunish, uni 5 ta formatsiyaga bo‘lishdan batamom voz kechdilar. O‘zbekiston tarixiga oid dastur, darslik, va o‘quv qo‘llanmalari sovet tuzumi davrining soxta, to‘qima materiallaridan butunlay holi qilindi. Ularda O‘zbekiston tarixi shartli ravishda eng muhim davrlarga, o‘zbek davlatchiligi tarixiy davrlariga, xususan, dastlabki davlatlar (qadimgi davrlardan IX asrgacha), IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi, Amir Temur va Temuriylar davrida o‘zbek davlatchiligi. Amir Temur va Temuriylar davrida o‘zbek davlatchiligi, O‘rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari, Rossiya imperiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati, Sovetlar davri siyosati va Mustaqil O‘zbekiston davlati tarixiy davrlariga bo‘lindi.
O‘zbekiston tarixi fani uchun tarixiy manbalarning o‘rni va ahamiyati nihoyatda katta. Zotan, manbalar tarixni tilga kiritadi. Manbalar o‘z holatiga ko‘ra, yozma va moddiy ko‘rinishlarga ega bo‘ladi, tariximizning eng qadimgi, ya’ni yozuvsiz zamonlarga oid davrini o‘rganishda arxeologik, antropologik va etnogafik manbalar yordamga keladi.
Moddiy ashyoviy manbalarga qadimda inson qo‘li bilan yaratilgan hamma narsalar kiradi. Yozma manbalarga esa qoyatoshlarga, sopol, yog‘och, teriga va xokazolarga bitilan qadimgi yozuvlar va kitoblar kiradi. O‘zbekiston tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba zardushtiylik dining muqaddas kitobi “Avesto”dir.Tarixiy manbalar davr nuqtai nazaridan qadimiy va joriy (kundalik) ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, o‘z mazmun va mohiyatiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi maqomga egadir. Birlamchi manbaga tarixiy hujjatlarning asl nusxasi kirsa, ikkilamchi manbaga esa, mana shu birlamchi manbalarning e’lon qilingan nusxalari, kitob holatiga keltirilganlari kiradi.
Manbalar o‘z holatiga ko‘ra yozma va moddiy ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Yozma manbalar eng qadimgi yozuvlar, bitiklar va kitoblardan iborat. Tariximizning eng qadimgiyozuvsiz zamonlarga oid davrini o‘rganishda arxeologik, antropologik va etnografik manbalar yordamga keladi. Bularga qadimgi manzilgohlar, shahar harobalari, qo‘rg‘on qoldiqlari, turmush va xo‘jalikda ishlatiladigan buyumlar, mehnat va jang qurollari, turli-tuman ashyolar kiradi. O‘zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. Shuning uchun ham u matematika usulidan keng foydalaniladi. Tarixiy voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda o‘rganiladi. Shu bilan birga tarixiy voqelikning sabab va oqibatlari aniqlanib, shakl-shamoyillari va holati belgilanadi. O‘zbekiston tarixi o‘tmishda ijtimoiy-iqtisodiy hayotining rivojlanishi va tanazzulning sabab va oqibatlarini o‘rganib, ulardan kelajak uchun zarur saboq va xulosalar chiqaradi. O‘zbekiston tarixi insoniyat jamiyatining faqat bir qirrasini emas, balki hamma tomonlarini uzviy bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. SHuningdek, ta’lim sohasida ham bir qator islohotlar o‘tkazilib, barkamol avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan islohotlar rivojlantirilib borilmoqda. Bugun jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning mazmun-mohiyatini tahlil etish, turli xil yot g‘oyalardan yoshlarni himoya qilish uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekistonning eng yangi davri tarixini chuqur o‘rganish yosh mutaxassislarning bugungi davr siyosatini, jahon hamjamiyatidagi o‘rnini, davr qahramonlarini, ayniqsa o‘zining ham shu jarayon ishtirokchisi ekanligini to‘g‘ri va to‘liq anglashi jamiyat taraqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish