Qo’qon ayollar she’riyatining otashqalb mumtoz ijodkori- Mahzuna.
Mahzuna – o’zbek shoirasi. Mahzuna- tahallusi asl-ism sharifi Mehribon mulla Boshmon qizi, taxminan 1811-yilda Qo’qonda tug’ilgan. Qo’qonning Qatag’on daha Mulla Boshmon mahallasidan bo’lib, otasi mahalla masjidi imomi Mulla Boshmon Oxunddir. Ota-onasi qo’lida savod chiqargan. Arab, fors, tillarini mukammal o’rgangan. Navoiy, Jomiy, Fuzuliy, va boshqa ijodidan ta’sirlangan, o’zbek va tojik tillarda she’rlar yozgan. Hayoti va ijodi haqida shoir Fazliyning ,, Majmuai Fazliy tazkirasida Mahzunaning oqila va hozirjavobligi, Qo’qondagi eng mashhur shoira ekanligini aytgan. Hashmat, Pisandiy, tarixchi Ahmadjon to’ralar ham Mahzunaning barkamol shoiraligini xabar qiladilar. Uning she’riy qobiliyati, shaxsiy fazilatlari haqida eng ko’p va iliq fikrlar, yozib qoldirgan yagona shoir hozircha Fazliydir. Fazliy ,, Garchi ul zaifa bo’lsa ham, nutqining mazmundorligi, jihatidan erkaklardan ustundir’’ deydi. Fazliy bilan Mahzunaning mashhur mushoirasi, ,, Oshiq bo’lmisham’’ ( o’zbekcha ) muhammasi, ,, Sahbo’’ ( Forscha ) g’azaligina bizgacha yetib kelgan. Shoiraning devonlari ham mavjudligi haqida ma’lumotlar mavjud, lekin ular hali topilmagan. Ba’zi manbalarga ko’ra, shoira imom qizi bo’lishiga qaramay oilaviy hayotda baxtsiz edi, Fazliy bilan esa she’riy yozishma bellashuvlarini oshkora usulda olib borgan. Mahzunaning vafot etgan sanasi noma’lum. Quyida shoiraning Fazliy bilan mushoirasidan parcha keltirib o’taman.
Fazliy:
Yuz ofarin so’zingga lubbi lubob ko’rmay,
Arzi jamol etaru, oyina ob ko’ramay?
Mahzuna:
KImdin chiqar bu so’zlar bag’rin kabob ko’rmay,
Ganj o’lmag’ay muyassar holing xarob ko’rmay,
Fazliy:
Masturai suxang’a po’shidalig’ munosib,
Ma’ni arusini bas man beniqob ko’rmay.
Mahzuna:
Yo’q aybi so’zlarimni gar bo’lmasa muaddab,
Andoqki o’t ko’kargay hech oftob ko’rmay,
Fazliy:
Bir nukta ayla zohir, Fazliyni qo’yma Mahzun
To ketmayin Namongon sandin javob ko’rmay.
Mahzuna:
Baytulhazan ichinda uzlat tutub bu Mahzun
Fazli ilohidur bu, yo’qsa kitob ko’rmay.
Yuqorida keltirilgan ajoyib Fazliy va Mahzuna o’rtasidagi mushoiradan ham bilish mumkinki, har ikkisi ham nihoyatda otashqalb, qalami o’tkir mualliflardan hisoblanadi. Bu mushoirani o’zi va yozilgan so’zlarida muallliflar hayotida aks etgan yoki o’sha davrda aks etayotgan voqealar bevosita tasvirlangan. Bundan ko’rinib turibdiki, shoir Fazliy Mahzuna ga befarq emas o’z ishqini she’riy yo’l bilan bayon etib, Mahzunadan javob so’rayapti, Mahzunani so’zlaridan ham ma’lumki u ham Fazlliyga nisbatan befarq emas, buni qanday bilish mumkin, so’nggi ikki misrada keltirilgan jumlada Mahzuna o’zini Kabatulloh ichida uzlatda o’tiribman deydi, Fazliyni esa ilohiy ya’ni bu yerda Mahzuna mubolag’a ishlatib Fazliyni ilohi ya’ni majoziy ma’noda kitob ko’rmay sizdek bo’la olmayman demoqchi. Nafaqat, shoira she’rlar balki g’azallarida ham adolat va haqiqat, sevgi-muhabbat haqida yonib yozadi. Jumladan quyidagi g’azalda ham buni isbotini ko’rishimiz mumkin. Ma’lumot o’rnida shuni aytib o’tmoqchimanki, Mahzuna g’azallarini shoir M.Muinzoda fors tilidan o’zbek tiliga tarjima qilgan. Shoiraning g’azallaridan namunalar:
Qachonkim, lali nobing so’zda mayli no’xshand etdi,
Hazin jon-u ko’ngulnu talxkomu dardmand etdi.
Hama ushshoq elin qatl etgali bebok jallodim,
Qoshidin tig’ tortib, tori kokildin kamand etdi,
1Qiyo boqaymu deb Mahzun, ko’ngul ko’p intizor erdi,
Bihamdillo ki mujgon novakidin bahramand etdi.
Shoiraning g’azallarida ishq muhabbat barq urib turibdi. Bu esa uning nihoyatda otashqalb shoiraligidan dalolat beradi. Bundan tashqari Shoiraning Muxammasi ham ishq ahliga ba’g’ishlangan. Quyida shoiraning muxammasidan ke;tirib o’tishni lozim deb topdim.
Orazin ochqoch quyosh anvorini aylar adam,
Jon g’izolig’a berur vahshiy ko’zi ta’limi ram,
Lablarini oldida qand-u asaldur misli sam,
Zulfu qaddu orazidin munfail bog’I eram,
Kishvari husn ichra bir yaktoya oshiq bo’lmisham,
Rashki Yusuf bir buti zeboya oshiq bo’lmisham.
Shoira Mahzuna haqida tarixchi olim bo’lgan Po’latjon Qayyumiy o’zining ,,Tazkirai Qayyumiy asarida judayam qimmatli ma’lumotlar beradi. Budan tashqari bir qator rus olimlari ham Mahzuna haqida maqolalarida to’xtalib o’tishgan. Jumladan Ivan Buninning maqolasi yorqin misoldir. ,, Sharq Yulduzi ‘’ jurnalining bir sonida ham Mahzuna va uning faoiliyati haqida so’z boradi. Mhzunaning g’azallarida asosiy e’tibor reallikka qaratiladi ya’ni vafo qilmagan yordam shikoyat ila so’z ochgan oshiqdan ayb axtarish gunoh, negaki shoira ul yorning bevafoligini oshiq jon bergan lahzada yor ag’yor ila arjumand bo’lmoqqa shayligi ila isbotlashga kirishadi. Mahzunaning ,, Etdi ‘’ radifli g’azalining eng yuqori cho’qqisi, alaloqibat oshiq ishq kuyida chin haroratni , otashnii anglashi va intizor ko’ngil chin sevgidan bahramandligi ila intiho topadi. Mazmun shundan iboratdir. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Shoira Mahzuna nafaqat mumtoz adabiyotmizning atoqli va ardoqli, go’zal, otashalb shoirasi, o’z davrining mard va jasur bir so’zli sohibjamol ayoli, ishq va ishq ahli fozillarini tushunib, dardini o’z g’azallarida aks ettira bilgan, bir so’z bilan aytganda qalami o’tkir realist shoiradir. Men Mahzuna kabi mard va jasur, zabardast shoira avlodi ekanligimdan faxr tuyg’usini his qilaman.
Foydalanilgan Adabiyotlar.
1.Jalolov T., ,, O’zbek shoiralari’’, T., 1980; B-123
2. Po’latjon Domla Qayyumov, ,, Tazkirai Qayyumiy ‘’ T., 1998: B-345
3. R. Shamsutdinov, Sh. Karimov, O’. Ubaydullayev. ,, Vatan Tarixi ‘’ T., ,, Sharq ‘’ 2010. B-100.
4. Sh. Karimov ,, O’zbekiston tarixi va madaniyati’’ T; ,, O’qituvchi ‘’ 1992, B-119.
5. Azamat Ziyo. ,, O’zbek davlatchiligi tarixi’’ T, ,, Sharq ‘’ 2000, B-800.
6. ,,Sharq qo’lyozmalari markazi ‘’ inv. 4463-121- a varaq.
Do'stlaringiz bilan baham: |