Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti moxt dariy- ingliz 2 kurs talabasi Asqarova Mahzunaning Yordamchi tarixiy fanlar fanidan 2oraliq nazorat ishi. Mavzu: samarqand tarixi



Download 61 Kb.
Sana03.12.2019
Hajmi61 Kb.
Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti MOXT dariy- ingliz 2 kurs talabasi Asqarova Mahzunaning Yordamchi tarixiy fanlar fanidan 2oraliq nazorat ishi.

Mavzu: SAMARQAND TARIXI.

SAMARQAND — Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 y.dan). 1925—30 ylarda Respublika poytaxti. O’zbekistonning jan.-g’arbida, Zarafshon vodiysining o’rta qismida (Darg’om va Siyob kanallari orasida) joylashgan. O’rtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Sdan Toshkent— Dushanba, Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Uchquduq—Qo’ng’irot t.ylari, Katta O’zbekiston trakti(Toshkent— Termiz yo’li) o’tadi. Shahar aholisi va xo’jaliklari Shovdor, Bog’ishamol ariqlaridan suv oladi. Iyulning o’rtacha t-rasi 25,9°, eng yuqori t-ra 40—42°, yanv.ning o’rtacha t-rasi 0,2°, eng past t-ra —26°. Mayd. 0,09 ming km2. Aholisi 383,3 ming kishi (2004); 1975 y. 299 ming, 1970 y. 267 ming, 1959 y. 196 ming, 1939 y. 136 ming, 1897 y. 55 ming.

1865 y. 26 ming. S. shahar Kengashiga qarashli 4 shaharcha (Ingichka, Kimyogarlar, Farhod, Xishrov) mavjud.

Tarixiy yozma manbalarda S.ning yoshi qadimiyligi to’g’risida ma’lumotlar bor. Muha.mmad sh-Nasafiy «al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand», Haydar as-Samarqandiy (12-a.) «Qandiyai Xurd», Abu Tohirxoja Samarqandiy «Samariya», Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va b. ko’plab mualliflarning asarlarida bu hakda yozib o’tilgan. Shu bois o’rta asrlardan Sharqda ommalashib ketgan maqollardan birida «G’arbda Rim, Sharqda Samarqand» deyilgan. Samarqand va Rim insoniyat taqdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib «Boqiy shaharlar» nomini olganlar. Xalq iborasi «Samarqand sayqali ro’yi zaminast» [Samarqand yer yuzining sayqali (jilosi)] behuda aytilmagan. Amir Temur S.ni o’zgacha mehr b-n qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi.

«S.» so’zining kelib chiqishi to’g’risida bir qancha taxmin va gipotezalar mavjud. Sharq mualliflari «Samarqand» so’zining birinchi qismi, ya’ni «Samar» so’zi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sun’iy ta’riflarni taklif etdilar. Biroq tarixda bunday ismli kishi to’g’risida ma’lumotlar aniqlanmagan. So’zning ikkinchi qismi «kent» (qand) — qishloq, shahar degan ma’noni bildiradi. Ba’zi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha «Samarya»ga yaqin, ya’ni «yig’ilish, yig’in» so’zidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokandadeb atalgan . Bu haqiqatga ancha yaqin bo’lib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir. 11-a. olimlaridan Abu Rayxrn Beruiiy na Mahmud Koshg’ariy shahar nomining kelib chiqishini «Semizkent», ya’ni «semiz qishloq» so’zining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar.

S. jahonning eng qad. shaharlaridan biri — 2700 y.dan ortiq tarixga ega. S. mil. av. 4-a.dan mil. 6-a.gacha Sug’d davlatining poytaxti bo’lgan. Arxeologik qazishmalardan ma’lum bo’lishpcha, yuqori paleolit davrida ham S. hududida odamlar yashagan (q. Samarqand makoni). Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufning (mil. av. 1-a. oxiri — mil. 1-a.) yozishicha, S. qal’asi devorining aylanasi taxm. 10,5 km bo’lgan. Mil. av. 329 m. makedoniyalik Aleksandr (Is-kandar Maqduniy) qo’shinlari S.ni vayron qilgan. S. 6-a.da Turk xoqonligi tarkibiga kirgan va mahalliy hokimlar tomonidan boshqarilgan. 7-a. boshidan Zarafshon vodiysi S. hokimlari qo’l ostiga o’tgan. Bu davrda S. Hindiston, Eron, Misr va Vizantiya davlatlari b-n savdo-sotiq qilgan. Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qo’shinlari 712 yilda S.ni egallagan. Qo’zgolon ko’targan shahar aholisining bir qismini qirib tashlagan. At-Tabariy keltirgan ma’lumotga ko’ra, samarqandliklar shahriston (ichki shahar)ni arablarga bo’shatib berishga majbur bo’lganlar. Arablar shahristonda masjid va minbar qurganlar.

Mahalliy aholidan tortib olingan qimmatbaho buyumlar va oltin, kumush b-n bezatilgan sanamlar (xilat ul-as-nom) ni eritib 10 ming misqol qimmatbaho metall olingan. 776—783 y.larda arablarga qarshi Muqanna boshchiligida qo’zg’olon ko’tarilgan (q. Muqanna qo’zg’oloni). Arablarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonlarni bostirishga faol qatnashgan mahalliy zamindor aholi vakillari 9-a. 20- y.laridan Movarounnahr va viloyatlarini boshqarishga tortildi, jumladan, S.ni boshqarish Somoniylar qo’liga o’tdi. O’sha vaqtdan S. — Somoniylar davlatining poytaxti bo’ldi. 887 y.dan birinchi marta somoniylar kumush tangalari S.da zarb qilina boshladi. Somoniylar poytaxti Buxoroga ko’chirilgandan (889) so’ng ham S. Movarounnahrning eng yirik hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri bo’lib qoldi. 11-a.dan S. Qoraxoniylar davlatitarkibiga kirgan. P-a.da S.ni Saljuqiylarbosib olgan. 12-a.dan Qoraxitoylarga tobe bo’lgan. 1210 y.dan Muhammad Xorazmshoh davlati tarkibida. 1212 y. samarqandliklar Xorazmshohga qarshi qo’zg’olon ko’targan. 1220 y. Chingizxon qo’shinlari S.ga bostirib kirib. shaharga o’t qo’ygan va aholining ko’p qismini qirgan, qolganlari shaharni tark etib omon qolgan. Bir necha yildan so’ng S. qayta tiklana boshlagan. 13-a.ning 2-yarmida S.ga kelgan venesiyalik sayyoh Marko Polo «Sonmarkon katta va mashhur shahar» deb yozgan.Mo’g’ullar hukmronligi davrida S. Chig’atoy ulusi tarkibida bo’lgan.

14-a. o’rtalarida Monarounnahrda mo’g’ullarga qarshi xalq harakatlari bo’lib o’tdi. Sarbadorlar qo’zg’oloninatijasida shaharda bir necha oy xalq hokimiyati o’rnatildi. 14-a. oxiri na 15-a.da S.ning iqtisodiy-siyosiy va madaniy hayoti ancha yuksaldi. Amir Temursaltanati poytaxti sifatida S. jahonga mashhur bo’ldi. Bu davrda S. ko’pgina Sharq va Yevropa davlatlari b-n savdo aloqalari o’rnatgan. S.da ko’plab hashamatli me’moriy inshootlar qurilgan. Yirik sharqshunos olim V.V.Bartold ta’kidlaganidek, Amir Temurning fikriga ko’ra, S. jahonning birinchi shahri bo’lishi kerak edi. Amir Temur vafoti (1405)dan so’ng S. taxtini Ulug’bek egalladi. Ulug’bek davrida S. da qurilishlar avj oldi. Qo’shni davlatlar b-n aloqalar kuchaydi. 15-a. oxirida S.ni Zahiriddin Muhammad Bobur egalladi (1497). 1500 y. Shayboniyxon S.ni deyarli urushsiz bosib oldi. 16-a. o’rtalarigacha S. Shayboniylar davlatining poytaxti bo’lib turdi. O’sha vaqtdan rus bosqiniga qadar (1868) Buxoro xonligi (amirligi) tarkibida bo’lib keldi. 1723— 30 y.larda qozoqlar bosqini davrida katta talofat ko’rdi. 1740—47 y. larda Nodirshohga tobe bo’ldi. 17-a.ning 1-yarmida olchin urug’idan chiqqan o’zbek harbiy-zamindorlarining yirik vakili Yalangto’sh Bahodir S. hokimi bo’lgan. 1758—1868 y. larda esa S. Buxoro amirligiga itoat qilgan.

1868 y. 1 mayda S. yaqinidagi Cho’pon-ota tepaligida rus podshosi qo’shinlari b-n samarqandliklar o’rtasida qattiq jang bo’ldi. S. aholisi shaharni bosqinchilardan mardonavor himoya qildilar. Nihoyat ruslar katta talofatlar berib shaharni 2-mayda egalladilar. Keyinchalik S. va Kattaqo’rg’on bekliklari birlashtirilib, Zarafshon okrugi tuzildi. So’ngra unga Panjakent va Zarafshon vodiysi yuqorisidagi tog’li r-nlar ham qo’shildi. 1886 y. Zarafshon okrugi S. viloyatiga aylantirildi. S. uning ma’muriy va savdo markaziga aylandi. O’sha vaqtdan boshlab, shaharda yangi tipdagi binolar qurila boshladi, yangi sanoat korxonalari qad ko’tardi. 20-a. boshiga kelib S.dagi korxonalar, t.y. ustaxonalarida ishchilar soni ko’paydi. 1917 y. 5 dek.da S.da hokimiyat sho’rolar qo’liga o’tdi. 1918 y. 11 apr.da S.da sho’rolarning viloyat syezdi bo’li, syezdda Turkiston Muxtor Respublikasi tuzilishi e’lon qilindi. 1925—30 y.larda S. O’zbekiston poytaxti bo’lib turdi. 1991 y. O’zbekiston mustamlakachilik asoratidan qutilib, mustaqillikka erishgach, S. respublikaning yirik madaniy markaziga aylandi.

S.ni arxeologik jihatdan o’rganish ishlari 19-a.ning oxirlarida boshlangan edi. 1895 y.da sharqshunos olim V.V.

Bartoldning tashabbusi b-n tuzilgan «Turkiston arxeologiya havaskorlari to’garagi» a’zolari S.dagi Afrosiyobni ko’p asrlar xazinasi deb qarab, unda keng ko’lamdagi arxeologik qazishma ishlarini olib bordilar. V.Ya.Vyatkin, NM.Veselovskiypar o’tkazgan arxeologik qazishmalar natijasida turli xildagi qad. buyumlar topilib muzeyga berildi. 1908 y.da V.L.Vyatkin S. chekkasida joylashgan Ulug’bek rasadxonasining o’rnini anikladi va qazish ishlarini o’tkazdi. Natijada rasadxona xarobasi hamda uning yer ostidagi butun qolgan qismi qazib ochildi. O’sha davrdan boshlab O’rta Osiyo xalqlarining qad. madaniy merosini o’rganishda dastlabki qadamlar qo’yildi. 1912—13, 1929—30 y.larda V.L.Vyatkin, 1912 y. M.Ye.Masson Afrosiyobda qazish ishlarini olib bordilar. A.I. Terenojkin 1945—48 y.larda S. 2500 yillik tarixga ega deb belgiladi; shahar tarixi davrlashtirildi.

1950-ylardan boshlab Afrosiyobda muntazam arxeologik qazishmalar o’tkazish, ayniqsa, 1958 y.dan V.A. Shishkin rahbarligida, 1966 y.dan boshlab esa Ya. G’. G’ulomov boshchiligida faollashdi. Afrosiyobni o’rganish ishlari ko’lamini kengaytirish maqsadida, 1966 y.da doimiy harakatdagi Afrosiyob kompleks arxeologiya ekspedisiyasi tashkil etildi. 1970 y.da S.da O’zbekiston FAning mustaqil Arxeologiya in-ti tashkil etilishi S.dagi arxeologik qazishmalarni yanada keng ko’lamda olib borishga imkoniyat yaratdi. Arxeologik qazishmalar natijasida S.ning yoshi aniqlandi va 1970 y.da shaharning 2500 y.lik yubileyi keng nishonlandi. 1971—77 y.larda Sh. Toshxo’jayev, 1978—85 y.larda G.V. Shishkina qazishma ishlarini olib bordilar. Mustaqillik yillarida arxeologik qazish va i.t. ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida fransiyalik akad., sharqshunos arxeologlar Pol Bernar va Frans Grene. o’zbek arxeolog olimlari prof. M. Isomiddinov. A.Anorboyev va tadqiqotchi A. Otaxo’jayevlar b-n hamkorlikda ishladilar. Natijada, Afrosiyobdagi eng quyi madaniy qatlamlarni o’rganish jarayonida yer sathidan 10—15 m chuqurlikda mil. av. 9—7-a. o’rtalariga oid ashyolar topildi. Bular qo’lda yasab rangli naqsh berilgan sopol idishlarning parchalari va shuningdek, guvaladan tiklangan 7 m qalinlikdagi mudofaa devori qoldiqlaridir. Afrosiyobning 19 gektarlik ark qismi devor b-n butunlay o’rab olingan. Afrosiyobning boshqa joylari ham tekshirib ko’rilganda quyi qatlamlaridan shunga o’xshash va mil. av. 9—8-a.larga oid ashyolar topildi.

Afrosiyobdan topilgan ushbu namunalar Fransiyada radiokarbon tadqiqot usulida o’rganilib, ular mil. av. 8-a.ga, aniqrog’i 2750 yoshga taalluqliligi isbotlandi.

S. bunyod bo’lganidan buyon u O’rta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida katta mavqyega ega bo’lib keldi. Shaharning Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashganligi, bu yerda qadimdan hunarmandchilikning joyi to’qish, mashhur Samarqand qog’ozi i.ch., kulolchilik, temirchilik, novvoylik, qandolatchilik, badiiy kashtachilik va b. turlari hamda savdo-sotiq ishlarining rivojiga turtki bo’ldi. S.da qadimdan ravnaq topgan hunarmandchilik turlari mahalla-guzarlarning nomlarida saqlanib qolgan, mas.

«So’zangaron» (igna tayyorlovchilar). «Kamongaron» (o’q-yoy yasovchilar) va b. nomlar hoz. kungacha yetib kelgan.

1841—42 y.larda Buxoroga Rossiya elchisi qilib yuborilgan sharqshunos N.V.Xanikovning yozishicha, o’sha vaqtda S. baland devor b-n o’ralgan bo’lib, uning 6 ta darvozasi: Buxoro, Paykobod, Shohizinda, Qalandarxona, So’zangaron, Xoja Ahror bo’lgan. Kechalari shaharga kirib-chiqish taqiqlangan. Shahar devorining aylanasi 13,9 km, uning umumiy maydoni esa 10,4 km2 ni tashkil qilgan. Shaharda juda ko’p bog’, ariq-zovur va hovuzlar, ikkita g’ishtin karvonsaroy va uchta hammom (2 tasi Xoja Ahror hammomlari, bittasi Miri hammomi) faoliyat ko’rsatgan. Ko’chalar shaharning 6 ta darvozasini Registon maydoni b-n bog’lagan. Bibixonim masjidi b-n Chorsu o’rtasidagi ko’cha ancha serqatnov bo’lgan. Qo’rg’on shaharning g’arbiy qismida bo’lib, uning uz. 3,2 km li tashqi devori va ikkita darvozasi bo’lgan.

Qo’rg’onda hokim saroyi, sipohilar yashaydigan uylar joylashgan. Shahar aholisining soni 25—30 mingga yetgan.

S.ning yevropacha tipdagi qismini qurish ishlari 1871 y.da boshlandi. O’sha vaqtda okrug gubernatori general Abramovning buyrug’iga muvofiq, mahalliy aholining yer uchastkalari musodara qilinib va sotib olinib, ofiserlar hamda amaldorlarga, kichik harbiy lavozimdagi oilali kishilarga, va mustasno tariqasida, rus savdogarlari hamda meshchanlarga bo’lib berilgan. Kichik lavozimdagi harbiylarga «Soldatskaya slobodka» deb ataluvchi shim.-g’arbiy buluk ajratilgan. O’sha davrda Eski va Yangi shahar o’rtasida xiyobon va bog’ barpo etildi, harbiy gubernator uyi, kazarmalar, ofiserlar majlis o’tkazadigan bino kurildi. Podsho Rossiyasi mustamlakachiligi davrida S.da bir nechta qayta ishlovchi mayda korxonalar vujudga keldi. Shaharda 34 paxta tozalash, 20 vino, bir necha spirt, pivo z-dlari, tegirmonlar ishlagan. Metallni qayta ishlash z-dida bir qancha presslash, 2 ta yo’nuvchi, 2 ta vint kesish stanogi bo’lib, cho’yan buyumlar, zanjir, o’roq, panshaxa, ketmon, bolta kabi buyumlar ishlab chiqarilgan. S. — aholisining soni va sanoatining ko’lami -bo’yicha O’zbekiston-da yetakchi o’rinlar-dan birida. 1930-y. larda pillakashlik va shoyi to’qish f-kalari, meva konserva z-di, choy qadoqlash f-kasi qurildi. 1940—70 y.larda S.da «Krasniy dvigatel», «Kinap», tamaki-fermentasiya z-dlari, yigiruv f-kasi, superfosfat z-di, poyabzal va tikuvchilik f-kalari, uysozlik k-ti, chinni z-di va b. korxonalar qurib ishga tushirildi.

Sho’ro davrida shaharning yevropaliklar yashaydigan qismi obod qilindi, aholisi ham ko’chib keluvchilar hisobiga ortib bordi. Eski shahar qismi esa o’z holicha tashlab qo’yildi, ko’p me’moriy yodgorliklar qarovsiz qolib, xaroba holiga kelib qoldi.

Mustaqillik yillarida S.da sa-noat korxonalari qayta jihozlandi. Ularda bozor talabiga mos mahsulotlar i.ch. amalga oshirildi. Sanoatning asosiy qismi xususiylashtirildi. Aksariyat yirik, o’rta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Ko’plab qo’shma korxonalar tashkil qilindi. Samarqand viloyatidagi mulkchilikning barcha turiga oid 135 yirik sanoat korxonalarining asosiy qismi S.da joylashgan. Bular «SamKochAvto» (avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqariladi), «Alpomish» (traktorlar, gilza-porshenlar), «Tajriba-mexanika» (parmalash uskunalari), «Kinap» (kino-apparatura), avtomobillar uchun elektrotexnika asbob-uskunalari z-dlari, uy-ro’zg’or sovitkichlari korxonasi, superfosfat, ammofos o’g’itlari, sulfat kislotasi ishlab chiqaradigan superfosfat z-di, liftsozlik, marmar taxtalar, g’isht, asfalt-beton z-dlaridir.

Shahardagi yengil sanoat korxonalaridan pillakashlik, shoyi to’qish, trikotaj, tikuvchilik, mebel, poyabzal f-kalari, chinni z-di faoliyat ko’rsatadi. Oziq-ovqat sanoatida: un-tegirmon, makaron, choy qadoklash, sut-moy, meva-konserva, vino, pivo, spirt-araq va alkoglsiz ichimliklar, qandolat shirinliklari ishlab chiqaradigan korxonalar mavjud.

Samarqand viloyatida mustaqillik yillarida qurilgan qo’shma korxonalarning asosiy qismi S.da joylashgan. Bular: O’zbekiston—Turkiya «Sam-KochAvto», O’zbekiston—Amerika—Angliya «UzVAT», O’zbekiston—Chexiya «Praga» (mineral suv qadoklash), O’zbekistoi— Latviya «Bravosut» qo’shma korxonalari va b. Shahar korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning aksari qismi chet ellarga eksport qilinmokda. Shaharda minglab kichik va o’rta biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlik faoliyati b-n shug’ullanuvchilar bor. S.da 25 dan ortiq yo’nalishda avtobuslar qatnaydi. Trolleybus qatnovi yo’lga qo’yilgan. Shahar Toshkent xalqaro aeroporti avialiniyalari orqali Respublika viloyatlari va xorijiy davlatlar b-n bog’langan. 2003 y. 30 dekabrdan yo’lovchilar tashuvchi Toshkent — Samarqand elektr poyezdi ishga tushirildi.

S. qadimiy tarixi va me’moriy yodgorliklari tufayli butun dunyo tan olgan haqiqiy muzey shahriga aylandi. Shu bois respublika hukumati qarori b-n 1982 y.da S.

Vatanimiz tarixida tutgan beqiyos o’rni, samarqandliklarning asrlar davomida milliy fan va madaniyatimizni rivojlantirishga qo’shgan buyuk hissasining e’tirofi sifatida S. «Amir Temur» ordeni b-n mukofotlandi (1996 y. 28 avg.). Ordenni 1996 y. 18 okt.da O’zR Prezidenti I.A. Karimov topshirdi.



Xulosa

Xulosa qilib aytganda Samarqand yer yuzining sayqalidir. Bu yurt minglab buyuk insonlar yetiwib chiqqan muqaddas maskandir. Bu yurtda qadimgi ziyoratgohlar muqaddas qadamjolar yurtimizni faxri bulgan Registon kabi binolar bor. Bu buyuk binolar hali kup yillar insinlar hayratini owirib kuzini quvnatib yuradi. Men shunday buyuk va aziz yurtda tug'ilganimdan faxrlanaman! Har safar Samarqand haqida so'z ketganda qalbim faxr va g'ururga tuladi. Bu yurt necha buyuk insonlarni bag'riga olgan yurtdir. Amur Temur, Mirzo Ulug'bek, Al Buxoriy, Motrudiy, bizning birinchi prizidentimiz Karimov Islom Abdug'aniyevich va boshqa kuplab insonlar bu yurtda abadiy qolganlar. Bir so'z bilan aytganda men o'z ona vatanimni tug'ilib o'sgan maskanimni juda ham sevaman. O'z vatanim uchun joninida berishga tayyor bulgan yosh avlodlaridan biriman.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Ziyo. net

  2. Ensiklopediya

Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat