yaqinlashib, o‘zaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikda bo‘lib keladilar. Ana
shu aloqalar natijasida bu ikkala til guruhida
xalqlar qisman aralashib
boradilar va bularning qo‘shilishidan miloddan oldingi II–I asrlarda
Sirdaryoning o‘rta oqimlarida turkiy tilda so‘zlashuvchi yangi etnos vujudga
kela boshlaydi. Xuddi shu xildagi jarayon keyinroq Farg‘ona va Zarafshon
vohasida ham yuz berdi. Milodiy I–II asrlarda yangi etnos son jihatdan
birmuncha ko‘payadi va alohida elat bo‘lib shakllanadi. Shu asrlarga kelib
Sirdaryoning o‘rta qismida yashovchi xalqning alohida elat bo‘lib
shakllanishi uchun asosiy omillar mavjud edi: iqtisodiy, siyosiy, madaniy va
ma’naviy
hayot birligi, umumiy hudud va etnik nom (qandar, qang‘ar)
vujudga kelgan. Ammo bu elat antik bosqichda vujudga kelgan bo‘lib, o‘z
davriga xos siyosiy va etnik birlik edi. Qang‘ davlati yemirilishi bilan
(milodiy V asr o‘rtalarida) uning tarkibidagi elat va qabilalar tarqalib ketadi,
yangi siyosiy uyushmalar va etnik birliklar vujudga keladi.
Qang‘ davlati inqirozga uchragandan so‘ng, uning tarkibidagi salmoqli bir
qismi ilk o‘rta asrlarda Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimlarida yangi qabila
ittifoqini tashkil etadi, bular qadimiy etnik nomlari bilan qang‘ar deb atala
boshlaydi. Ammo bu yangi qabila ittifoqi ikki asr mobaynida saqlanib,
keyin
tarqalib ketadi
1
.
Qadimgi davrda o‘zbek xalqi rivojlanishining keyingi ikkinchi bosqichi
massaget-kushonlar davriga to‘g‘ri keladi va bu bosqich milodning II asridan
III asrlarigacha davom etadi. Bu davrda etnik til ko‘rinishlarining
shakllanishi mahalliy o‘troq va ko‘chmanchi aholi o‘rtasida yanada
rivojlanib, turkiy tilda so‘zlashuvchilarning etnik til tarkibi yanada
kengayadi.
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, turkiy xalqlarning shakllanishida juda
katta o‘rin tutgan massaget-yuyechji-kushon qabilalari turkiy aholiga mansub
edi. Bu
haqida Xitoy yozma manbalari, shuningdek arxeologiya-numizmatik
topilmalari ma’lumot beradi. Shuning uchun o‘zbek xalqi shakllanishining
ikkinchi bosqichini tashkil qilgan kushonlar, ya’ni oq xunnlarning qay tarzda
bizning xududimizga kirib kelganliklari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Miloddan avvalgi III asrda Oq xunnlar (kushonlar) xunnlarning bir
tarmog‘i sifatida Markaziy Osiyoning Gansu viloyatida yashagan. Oq
xunnlar Ulug‘ xunnlarning ittifoqchisi hisoblangan hamda ularga qarindosh
bo‘lgan.
Oq xunnlar bilan Xunn imperiyasining ittifoqchisi uysunlar (uysunlar,
xunnlarning bir tarmog‘i) orasida nizo kelib chiqadi va bu kurashda
yengilgan Oq xunnlar o‘z hukmdori – xonning xotini boshchiligida g‘arb
tomonga ko‘chadilar. Dastlab Ko‘char o‘lkasiga, so‘ngra
Ili vodiysiga
joylashadilar, uysunlar miloddan 150 yil avval Ulug‘ xunn davlatidan
yordam olib, Oq xunnlarni bu vodiydan ham siqib chiqaradilar.
Oq xunnlar avval Qashqar vodiysiga, so‘ngra Baqtriyaga ko‘chib
keladilar, Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘iga (Surxondaryo va Qashqadaryo
vohasiga) o‘rnashadilar, yunon-makedon (Ellin) davlatiga zarba beradilar va
ular hukmronligini yemirib tashlaydilar. Ular miloddan avvalgi ikkinchi
1
Шониёзов
К
.
Қанғ
давлати
ва
қанғлилар
. –
Т
., 1990.
20
asrda Ulug‘ Kushon davlatini tuzadilar. Bichurinning bergan ma’lumotlariga
qaraganda, ular bir yuz yigirma ming oiladan iborat, har qaysi oila bir harbiy
kishi berishga qodir bo‘lgan, bu davlat aholisi
tarkibini kushonlar tashkil
etib, ma’lum qismi juan-juanlar (mo‘g‘ullar) edi.
Shuningdek, kushonlar, qang‘a (qang‘alilar), qanlar, usunlar, tyukyu kabi
xalqlar bir-biriga yaqin lahjada so‘zlashgan hamda qonunlari (tuzuklari),
udumlari bir-biriga o‘xshash bo‘lgan. Bunga misol qilib, shuni ayta olamizki,
kushonlar va eftalitlar davriga oid ellin-baqtriya xatida beshinchi asrda turkiy
tilda bitilgan jumlalar saqlanib qolgan: «Kuysan (Kushon) tilintin to‘g‘ri
tilincha yaratmish, anatkak (sanskrit) tilintin to‘xri tilincha yaratmish»
1
. Bu
misol O‘rta Osiyo xududiga kirib kelgan kushon va eftalitlar ham turkiy
xalqlar
avlodi ekanligini, ular qatori xunnlar ham qadimgi turkiy qavmlar
bilan qarindoshligini ko‘rsatadi.
O‘zbek xalqi ajdodlari shakllanishining eng asosiy uchinchi va to‘rtinchi
bosqichlari esa Eftalitlar davlati va
G
arbiy turk xoqonligining vujudga kelishi
davriga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, bu paytga kelib turkiy tilda so‘zlashuvchi
o‘zbek xalqi ajdodlarining bir-birlari bilan qo‘shilishi va shakllanishi uchun
qulay sharoit yetiladi.
Eftalitlar davlati va g‘arbiy turkiy xalqlar hukmronligi davrida turkiy tilda
so‘zlashuvchi mahalliy aholi va eroniy aholi, shu jumladan so‘g‘diy
aholining hozirgi O‘zbekiston tuprog‘ida, Toshkent vohasi, Farg‘ona
vodiysi
va Qozog‘iston viloyatlari, Qirg‘iziston va Yettisuvdagi qardosh turkiy
qabilalar bilan aralashuvi, qo‘shilishi yuz bergan. Bunday qiyin jarayon
tufayli mahalliy qabilalarning etnik til tarkibi kengaydi va natijada turkiy
xalqlarning monolit etnik til birikmalari paydo bo‘ldi, ular Eftalitlar davlati
va
G
arbiy Turk hoqonligining asosiy tayanchi bo‘lib qoldilar.
Eftalitlar haqidagi ma’lumotlar milodning IV asriga taalluqlidir. Xitoy
manbalarida eftalitlar
Jujonlar tarkibiga kiritilib, “yeda” nomi bilan atalgan.
Keyinchalik Vizantiya manbalarida eftalitlarni oq xunnlar deb nomlaganlar.
IX–XII asrlarda fors va arab tilida yozilgan Sharqiy Osiyo manbalarida
eftalitlar tilga olinib, ular “xaytal” yoki “xeptal” deb atalgan. Ular o‘troq
hayot kechirishga o‘tib, dehqonchilik va hunarmandchilik, ko‘chmanchilar
esa chorvachilik bilan shug‘ullanganlar.
Sobiq sovet olimlaridan S. P. Tolstov va A. YU. Yakubovskiylarning
shahodat berishlaricha, eftalitlarning hokimiyatga kelishlari massaget
qabilasi boshliqlari tomonidan amalga oshirilgan to‘ntarish oqibatida ro‘y
bergan. Eftalitlar davlati IV asrda paydo bo‘lgan, uning gullab-yashnagan
davri V asrga to‘g‘ri keladi va Kushon davlatining davomi hisoblanadi.
Turkiy xalqlar asrlar osha Osiyo qit’asining siyosiy,
ijtimoiy, iqtisodiy
hayotida yetakchi guruhlardan biri hisoblanib kelgan. O‘rta Osiyo hayotida
yuqorida aytib o‘tilgan Turk xoqonligi juda katta o‘rin tutgan, u milodning
552 yilida katta ko‘chmanchi davlatga aylangan. Xoqonlikning markazi
Yettisuv bo‘lgan g‘arbiy qismi o‘z davrining birinchi o‘n yilidayoq mustaqil
davlatga aylangan.
1
Do'stlaringiz bilan baham: