millatning birligini shakllantirish borasidagi muammolar oxirigacha hal
bo‘lgani yo‘q.
Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi milliy va etnik muammolarni
o‘z-o‘zidan hal qilmaydi, bunga davlatning ushbu masalada faqat turli
manfaatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan oqilona siyosatining oqibati
sifatida qarash mumkin. Shuning uchun davlatning xalq ma’naviyatini
yuksaltirishga, o‘zligini tanishga qaratilgan chora-tadbirlari nafaqat
o‘zbeklarning ruhiyatiga, balki ba’zi bir etnik guruhlarga – mintaqaviy va
urug‘-aymoqchilik birlashmalariga ta’sir qilishini hisobga olishi lozim. Bu
muammolarning respublikada mavjudligi, ularning ba’zi mintaqalarda salbiy
oqibatlarga olib kelayotganligi haqida I. A. Karimov Samarqand va Navoiy
viloyatlari xalq deputatlari navbatdan tashqari kengashida batafsil gapirib
o‘tdi. Mazkur viloyatlarda mahalliychilik, qarindosh-urug‘chilik shu darajaga
yetdiki, birinchi rahbarlar “daromad” keltiradigan joylarga o‘z odamlarini
qo‘ydilar, o‘zlarining va hamtovoqlarining hamyonini to‘ldirishga
kirishdilar. Natijada mahalliychilik, oshna-og‘aynigarchilik ijtimoiy hayotga
va taraqqiyotga tahdid soluvchi omilga aylanadi, chunki bunda talon-taroj
uchun sharoit yaratiladi, jamiyatda adolat yo‘qoladi. I. A. Karimov bu salbiy
hodisalarning oldini olish choralarini ham belgilab berdi. Bu:
“– eski asoratlardan xalos bo‘lgan, zamon talabiga javob beradigan
yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
– ko‘ppartiyaviylik asosidagi jamoatchilik nazoratining kuchayishi,
jamiyatda demokratik tamoyillarni mustahkamlash;
– mulkchilik masalasini yechish;
– sog‘lom kuchlarni birlashtirish va yangi harakat, siyosiy kuchlar
faoliyatiga yo‘l ochib berish”
1
.
Belgilangan tadbirlar ikki narsani hal qiladi, ya’ni birinchidan, har qanday
sharoitda xalqlarning barcha sohada tengligini ta’minlaydi, ikkinchidan,
tenglik, adolatlilikning ta’minlanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi va ana
shu vosita orqali xalqlarni birlashtiradi, yakqadam qiladi.
Mustaqillik tufayli xalqning ma’naviyatini shakllantirish borasida yangi-
yangi talablar qo‘yilayapti. Ular I. A. Karimovning “Turkiston” gazetasi
muxbiri savollariga bergan quyidagi javoblarida ham aniq belgilab berilgan:
“Bu vazifa erkin fuqarolik jamiyatining ma’naviyatini shakllantirish,
boshqacha aytganda, ozod, o‘z haq-huquqlarini yaxshi taniydigan,
boqimandalikning har qanday ko‘rinishlarini o‘zi uchun or deb biladigan, o‘z
kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o‘z shaxsiy manfaatlarini
xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan komil insonlarni
tarbiyalashdan iboratdir”
2
. Albatta, bu vazifani amalga oshirish faqat
o‘zbeklargagina emas, balki O‘zbekistonning barcha aholisiga taalluqlidir.
Uni hayotga tatbiq qilish, agar xalq 130 yillik mustamlakachilik davrida
tobelikni o‘z boshidan kechirgan bo‘lsa, osonlikcha kechmasa kerak. Yana
1
Do'stlaringiz bilan baham: