O‘zbekiston tarixi


O‘zbekiston tarixining asosiy manbalari



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

 
3. O‘zbekiston tarixining asosiy manbalari 
Tarixni o‘rganishda manbalarning ahamiyati o‘ta muhim. Manbalar 
shartli ravishda ikkiga bo‘linadi. Birinchisi – arxeologik izlanishlarning 
natijalari. Bunday manbalar ayniqsa, yozuv paydo bo‘lguncha o‘tgan davrni 
o‘rganishda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Olimlarning fikricha, yer yuzida 
insoniyat paydo bo‘lganiga million yildan ortiqroq vaqt o‘tgan. Yozuv esa 
atigi 6 ming yil ilgari yuzaga kelgan. O‘zbekistonning tarixi bilan bog‘liq, 
saqlanib qolgan ilk yozma manba “Avesto” taxminan 3 ming yil oldin 
yaratilgan deb hisoblanadi. Demak, undan oldingi tarixning qiyofasi hozircha 
asosan arxeologik izlanishlar orqaligina tiklanishi mumkin.
Arxeologiya mutaxassisligiga aloqador bo‘lmagan oliy o‘quv yurtlarining 
talabalari, jumladan IIV Akademiyasi tinglovchilari izlanishlarda bevosita 
ishtirok etmasalar-da, biroq matbuotda e’lon qilingan ma’lumotlardan 
to‘laroq bahramand bo‘lishlari mumkin.
Yozma yodgorliklar O‘zbekiston tarixining asosiy manbai hisoblanishi 
lozim. Lekin qadimdagi mahalliy: Xorazm, Baqtriya, So‘g‘d yozuvlaridan 
12


namunalar saqlanib qolmagan. Buning asosiy sabablari arab 
bosqinchilarining faoliyati bilan bog‘liq. O‘lkada e’tiqod qilinadigan 
zardo‘shtiylik va buddaviylikni tag-tomiri bilan yo‘q qilish uchun yozma 
manbalar gulxanda yondirildi, savodli bo‘lgan din targ‘ibotchilari jismonan 
yo‘q qilindi. Shuning uchun eng qadimgi tarixning tiklanishida yunon, rim 
(Gerodot, Strabon va h. k.), xitoy, arab, fors manbalaridan foydalanilgan. 
Keyingi davr – o‘rta asrlarga taalluqli bo‘lgan juda ko‘plab arab, fors, turkiy 
tillarda yozilgan manbalar bizgacha yetib kelgan. Bugungi kunda 
O‘zbekiston kutubxonalarining o‘zida tarix va ijtimoiy hayotning o‘zga 
sohalariga oid 20 mingdan ortiq nodir qo‘lyozmalar saqlanmoqda.
Respublika kutubxonalarida tarixning turli jabhalari yoritilgan minglab 
ilmiy, publitsistik, badiiy adabiyotlar, davriy matbuot materiallari borki, 
o‘quvchi bularni o‘rganish bilan O‘zbekiston tarixi haqida to‘la tasavvurga 
ega bo‘lishi mumkin. Akademiya tinglovchilari O‘zbekiston tarixini o‘quv 
dasturi doirasida bilishlari shart. Buning uchun Vatanimiz tarixiga oid 
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yetarli.
Talabalar uchun asosiy manba sifatida O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, Oliy Majlisning umumiy va oliy ta’limga oid boshqa 
qonunlari, hukumat qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmoyishlari xizmat qiladi. Bu borada Prezident I. 
A. 
Karimovning 
asarlarini alohida ta’kidlab o‘tmoq lozim. Ularda o‘tmishni o‘rganishning 
mohiyati va metodologiyasi, yuksak ma’naviyatni shakllantirish, o‘zlikni 
anglashning ahamiyati, tarixiy, milliy qadriyatlar, diniy e’tiqodlarni tiklash 
va boshqa masalalar yoritilganki, ularni bilish va amal qilish voyaga 
yetayotgan yoshlarimiz uchun o‘ta muhimdir. Bundan tashqari, Prezident 
asarlari o‘tmishga va bugungi kunimizga taalluqli boy tarixiy ma’lumotlar 
keltirilgan yagona manba hisoblanadi.
Tarixni o‘rganuvchi har bir inson zamon bilan hamnafas bo‘lishi, ya’ni 
tinglovchi davriy matbuot bilan muntazam tanishib borishi, radioeshittirish 
va televideniye ko‘rsatuvlaridan boxabar bo‘lib, ularda ilgari surilayotgan 
g‘oyalarni o‘zlashtirib borishi kerak. Shundagina o‘quvchining fikri 
asoslangan, mukammal bo‘ladi, u mustaqil ravishda jamiyatda sodir 
bo‘layotgan jarayonlarning kelib chiqish sabablarini tushunib, ularga 
obyektiv baho bera olish darajasiga yetadi. Shu tariqa o‘quvchi O‘zbekiston 
davlatining yetuk fuqarosi bo‘lib shakllanadi.
13



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish