Заднепровский
Д
.
А
.
Древнеземледельческая
культура
Ферганы
//
МИА
. –
1962. –
№
118.
М
. –
Л
.
5
Ширинов
Т
.
Ш
.
Древнейшие
торговые
пути
Средней
Азии
(III–II
тыс
.
до
н
.
э
.).
Материалы
меж
.
семинара
ЮНЕСКО
. –
Т
., 1990.
35
Namozgohtepa, Ulug‘tepa, Sopollitepa, Jarqo‘ton kabi shahar-davlatlar
vujudga kelgan.
Bunday shaharlarda oziq-ovqat hamda qurol-yarog‘ omborlari ham
joylashgan. Ularning atrofida markazga bo‘ysunuvchi bir nechta, ba’zan 10
tagacha qishloqlar joylashgan bo‘lib, ular birgalikda davlatchiligimizning ilk
ko‘rinishi – shahar-davlatlarni tashkil qilgan
1
.
Mintaqa rivojlanishining o‘ziga xosligi Osiyocha ishlab chiqarish bilan
bog‘liq.
Yerga xususiy mulkchilikning bo‘lmaganligi O‘rta Osiyo sotsial-iqtisodiy
tarixidagi asosiy omil edi. O‘rta Osiyo xalqlari yerga bo‘lgan xususiy
mulkchilikka, hatto feodal mulkchiligiga yetib bormadilar.
Albatta, biz bu masalani hal qilayotganimizda quldorlik tuzumi va uning
asosiy belgilari nimalardan iborat, umuman olganda, O‘rta Osiyodagi
quldorlik tuzumi Gretsiya va Rimdagi quldorlik tuzumlaridan qaysi
tomonlari bilan farq qilgan, degan masalalarni hal qilib olishimiz lozim.
Quyida quldorlik tuzumining asosiy belgilarini ko‘rishimiz mumkin:
1) metall pullarni, shu bilan birga, pul kapitali, protsent va sudxo‘rlikni
joriy etish;
2) ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi vositachi sinf bo‘lgan savdogarlarning
paydo bo‘lishi;
3) yerga xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi;
4) ishlab chiqarishning hukmron shakli bo‘lgan qo‘l mehnatining paydo
bo‘lishi.
Keltirgan ushbu dalillarimiz asosan quldorlik davlatlari bo‘lmish qadimgi
Gretsiya va Rim kabi davlatlarga xosdir. O‘rta Osiyo quldorlik ishlab
chiqarish usulini chetlab o‘tgan. Bu yerda feodal munosabatlar qaror
topguniga qadar, ya’ni milodning VII asrigacha bo‘lgan ishlab chiqarish
usulining asosini: yerga davlat mulkchiligi, qishloq jamoasining hukmronligi,
urug‘, qabila tuzumining saqlanganligi, ko‘chmanchi qabilalar bilan
hamkorlik va o‘zaro munosabat hamda Buyuk Ipak yo‘lidagi qizg‘in savdo-
sotiq tashkil etgan. Bu holatlar quldorlik munosabatlarining shakllanishiga
xalaqit berdi va muqobil ishlab chiqarish usuli – «osiyocha ishlab chiqarish
usuli»ning qaror topishiga yordam berdi.
Ushbu masalalarni biz yanada muayyanlashtiradigan bo‘lsak, birinchidan,
O‘rta Osiyoda yer unumdorligini oshirish, asosan sun’iy va tabiiy sug‘orish
kanallari orqaligina amalga oshirilar edi. Qazilgan kanallarni qum bosib
ketmasligi va yaroqsiz holga kelib qolmasligi uchun ularni puxta hamda
muttasil tozalab turish talab qilinardi. Kanallarni tozalash irrigatsiya
inshootlarini ta’mirlash yoki yangi kanallar qazish ishlarida har yili minglab
kishilar qatnashardi. Sug‘orish tizimlarining yaroqsiz holga kelib qolishi
uchun vayronagarchilik keltirib chiqaruvchi birgina urush yoki beparvo
podshohning xatosi kifoya edi. Shuning uchun sharqdagi barcha mustabid
davlatlarda irrigatsiya tarmoqlarini kuzatib turish va ular to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik qilishga alohida ahamiyat berilardi.
1
Қудратов
С
.
С
.
Марказий
Осиё
ҳудудида
илк
давлатларнинг
пайдо
бўлиши
. –
Гулистон
, 1998. – 21-
б
.
36
Joylarda suv inshootlari butligini jamoalar kuzatib turardi. Irrigatsiya
ishlariga, suvni taqsimlashga, kanallar va to‘g‘onlarni tartibli saqlashga har
yili yuz minglab kishilarni safarbar etib turish faqat jamoaning qo‘lidan kelar
edi.
Shu tufayli O‘rta Osiyoda shunday bir ijtimoiy-siyosiy sistema tarkib
topdiki, bunda podsho yerning oliy darajadagi egasi hisoblanib, u yerni har
qanday formatsiyada ham hech kim bilan baham ko‘rmasdi, jamoa esa yerga
bo‘lgan huquqni an’ana yoki urf-odatlar, yo bo‘lmasa hukmdor farmoyishiga
ko‘ra olardi.
Ikkinchidan, iqlim sharoitlari ham qul mehnatining kengayishiga
muayyan to‘siq bo‘ldi. Yil bo‘yi issiq ob-havo sharoitida qul kiyim-kechak
o‘rnida lungi bilan kifoyalanadigan o‘rta dengiz sohilidan farqli o‘laroq,
qishi qattiq, bahor va kuzi sovuq keladigan O‘rta Osiyoda qulni kiyintirish,
uy-joy bilan ta’minlash kerak bo‘lardiki, buni qul mehnati qoplay olmas edi.
Aksincha, quldorlik jamiyatining klassik namunalarilari bo‘lgan Afina va
Rimda yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik urug‘chilik tuzumiga hal qiluvchi
zarba berdi. Yer tovarga aylandi, odamni urug‘chilik bilan bog‘lab turgan
barcha rishtalar uzildi. Haqiqatan ham, osiyocha ishlab chiqarish usuli
hozirda ham bizning rivojlanish taraqqiyotimizda saqlanib qolganmi yoki
yo‘qmi, degan tabiiy savol kelib chiqadi.
Prezidentimiz I. Karimov dastlab yangisini qurish, uni amalda sinab
ko‘rish, so‘ngra eskini barbod qilmasdan, sinab ko‘rilganlarni yangicha
qo‘llash lozimligini, bizda o‘zimizga yarasha “Osiyo madaniy dunyosining
ishlab chiqarish tajribasi” borligini ta’kidlaydi
1
. Haqiqatan ham, chuqur ildizi
o‘tmishdagi an’anaviy jamoa turmush tarziga borib taqaladigan
kollektivchilik asoslari O‘zbekiston xalqiga tarixan xosdir.
Bizning millatda, birinchidan, o‘z ajdodlari qadimdan yashab kelgan
joylarga bog‘langanlik, ko‘chib yurishga moyillikning yo‘qligi; ikkinchidan,
qishloq xo‘jaligining aksariyat sun’iy sug‘orishga va sug‘orma
dehqonchilikka asoslangan bo‘lsa-da, suv imkoniyatlarini juda
cheklanganligi xos bo‘lib, ular agrar siyosatimizda yerga egalik qilish, ya’ni
xususiylashtirish masalalarida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Agar yer hammaga barobar taqsimlanadigan bo‘lsa, yetmaydi. Ayrim
odamlarga yer xususiy mulk qilib berilsa, bo‘linmas fondga aylanib qolishi
mumkin. Xo‘sh, bu vaziyatdan qanday qilib chiqish mumkin?
Bizda dehqonchilik ekin maydonlarining katta qismida texnika ekinlari
yetishtiriladi va bu ekin maydonlari qudratli davlatimizning irrigatsiya tizimi
xizmat ko‘rsatadigan sug‘oriladigan yerlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Respublikamiz aholisi zich yashaydi. Aholi zichligi va suv tanqisligi
muammosi respublikamiz oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.
Kelajakda, aholi tez ko‘payib borayotgan sharoitda bu muammo, ayniqsa,
keskinlashadi.
Yerni tovarga aylantirish aholining hayotiy tayanchiga putur yetkazadi,
yer uchastkalari bilan chayqovchilik qilishni keltirib chiqaradi, dehqonni
1
Каримов
И
.
А
.
Ўзбекистон
:
миллий
истиқлол
,
иқтисод
,
сиёсат
,
мафкура
. –
Т
.,
1997. – 81-
б
.
37
ertangi kunga ishonchidan mahrum qiladi. Xususiy mulk bo‘lgan yerga
egalik qilish uchun asrlar mobaynida hukm surib kelgan ayovsiz kurash
xalqqa behad qiyinchilik keltirgani yaxshi ma’lum. Hozirgi bosqichda yerga
davlat egaligini saqlab qolish, uni talon-taroj qilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Bu sug‘orish tizimiga ham taalluqlidir.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, hozirgi
jamiyatimizda ham davlatning mavqei, uning o‘rni doimo saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |