O‘zbekiston tarixi


Miloddan avvalgi VIII–VII asrlardan to milodiy



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

2. Miloddan avvalgi VIII–VII asrlardan to milodiy
VII asrgacha o‘lkamizda davlatchilik
taraqqiyotining xususiyatlari 
 
 
Xorazm Markaziy Osiyodagi eng qadimgi davlatlardan biri hisoblanadi. 
Ko‘pchilik tarixchi olimlarning fikriga ko‘ra, Amudaryo quyi oqimida uzil-
kesil tarkib topgan qadim Xorazm elatining shakllanishida asosan vohaning 
tub aholisi qatnashgan. Ba’zi bir manbalarda esa xorazmliklarni Janubiy 
Turkmaniston yoki Shimoliy Eron yerlaridan tarqalgan elatlar deb 
ko‘rsatiladi.
Xorazm sulolasini barpo etgan afsonaviy qahramon – qadimgi Eron 
dostonining qahramoni Siyovush janubdan kelgan degan fikrlar ham mavjud. 
Siyovush qadimgi fors tilida “qorabosh”, qadimiy turkiy tilda “qorasoch” 
“xorasmiy” degan ma’nolarni bildiradi, aftidan “xorazm” so‘zi ham shundan 
kelib chiqqan. Bu to‘g‘rida, albatta, boshqa taxminlar ham bor.
Gerodotning xorazmiylar to‘g‘risida bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 
“Osiyoda bir tekislik bor. Uning atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan. Bir vaqtlar bu 
yerlar xorazmiylarga qarar edi, chunki u yer xorazmiylar, girkaniyaliklar, 
parfiyaliklar va boshqa xalqlar yerining chegarasidadir. Bu yerni o‘ragan 
tog‘lardan “Anes” nomli bir daryo oqib chiqadi. Dastlab bu daryo besh 
tarmoqqa ajralar edi, har qaysi tarmoq mazkur xalqlardan birining yerini 
sug‘orar edi,”
1
deb yozgan bo‘lsa, Strabon: “xorazmiylar sak va massagetlar 
tarkibiga kiruvchi xalq bo‘lgan”
2
, degan fikrni ilgari surgan.
Qadimgi Xorazmning mohir bilimdoni va tadqiqotchisi akademik 
S. P. Tolstov: “Xorazmiylarni alohida qabila bo‘lgan deb hisoblash unchalik 
to‘g‘ri emas. Ular har xil massaget qabilalari qo‘shiluvining, birinchi 
navbatda, sakarovakalarning, ya’ni Xorazm davlatchiligi tarkibiga kiruvchi 
sakarovakalarning hosilasi bo‘lsa kerak”, deb yozadi
3
.
Xorazm so‘zining ma’nosiga kelsak, olimlar uzoq tortishuvlardan so‘ng 
bu so‘z “baliq yeyuvchilar mamlakati” ma’nosini bildiradi, degan xulosaga 
kelganlar. Haqiqatan ham, Markaziy Osiyoda qadim zamonlardan beri 
baliqchilik va baliqxo‘rlikda xorazmiylarga teng keladigan xalq bo‘lmagan. 
Lekin bu ma’lumotlar ham aniq emas. Ba’zi bir manbalarga qaraganda, 
massagetlar ittifoqi tarkibiga kirgan xorazmiylar mamlakatining nomi 
1
Бартольд
 
В

В
.
 
К
истории
орошения
Туркестана
. – 
М
., 1965. – 
С
. 25–26. 
2
Эрматов
 
М
.
 
Этногенез
и
формирование
узбекского
народа
. – 
Т
., 1968. – 
С
. 54. 
3
O‘sha manba.
38


“Xvayrizem” bo‘lganligi to‘g‘risida ham Strabon ma’lumot beradi. 
“Xvayrizem” degan so‘z “quyoshli yer” yoki “quyosh mamlakati” degan 
ma’noni bildiradi (xvar – quyosh, zem – yer). Garchand qo‘limizda bulardan 
ortiqroq ma’lumotlar bo‘lmasa-da, biz mantiqan shuni aytishimiz mumkinki, 
Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida, Kaspiy dengizining sharqidagi 
tekisliklarda, Janubiy Turkmaniston vohalarida yashovchi bir necha sak va 
massaget qabilalarini o‘zida birlashtirgan qadimgi qabilaviy Katta Xorazm 
davlati mavjud bo‘lgan.
Bu qabilaviy birlashmalardan iborat bo‘lgan davlat miloddan avvalgi VIII 
asrlarda, hali forslarning “Ahmoniylar” davlati maydonga kelmasdan burun 
Midiya davlatining tashkil topishiga yordam berganliklari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarga ham egamiz
1
.
Xorazmiylar va barcha sak xalqlarining kiyimlari ham deyarli bir xil – 
yoqasiz jun chakmon bo‘lgan. Uning yumaloq etagi yuqorida va quyida 
ayrilib ketgan. Etakka nimadandir jiyak tikilgan (mo‘yna yoki hoshiya), uzun 
va tor ishtonlar. Xorazmiylar va sak-xaumvarkalarning boshida iyagi ostidan 
tang‘ib qo‘yilgan quloqchinga o‘xshagan ko‘loh bo‘lgan. Shu bilan bir 
qatorda bellarida doimo uzun xanjarlar osib yurganlar
2
. Xorazmliklarning 
diniga keladigan bo‘lsak, ularning dini, asosan, zardushtiylik bo‘lgan. 
Xorazmda, Jonbosqal’ada olib borilgan arxeologik qazilmalar natijasida olov 
ibodatxonalari topilgan.
Ilmiy adabiyotda Zardushtraning birinchi qadamlarini Xorazm bilan 
bog‘lovchi nazariyaning juda ko‘p tarafdorlari bor, chunki tarixiy an’analar 
Xorazm haqida zardushtiylikning muqaddas olovi azira-xo‘rra birinchi marta 
yoqilgan mamlakat, Axuramazda Zardushtraga namoyon bo‘lgan, shuning 
uchun ham hamma borib ko‘rishni orzu qilgan muqaddas mamlakat – 
«Eronvedj» (Avestoga muvofiq Ayriana-vaedja) sifatida gapiradi. 
Xorazmning geografik va iqlim sharoitlariga mos keluvchi Eronvedjning 
tasviri Avestoda berilgan. Katta Xorazm davlatining poytaxti qaysi shahar 
bo‘lgan, degan savolga javob berish juda mushkul. Chunki o‘sha davrlarda 
har qaysi qabila yoki qabilalarning birlashmasi o‘zlarini tashqi dushmandan 
himoya qilish uchun mayda yoki katta qal’alar qurganlar, bu qal’alar bir 
butun urug‘, qabilaning yashash joyi bo‘lgan. Shunday qal’alarga Eresqal’a, 
Angqal’a, Yonboshqal’a va boshqalarni kiritish mumkin. Ularning hammasi 
o‘z vaqtida, sharoit hamda vaziyatga qarab “Katta Xorazm” davlatining 
poytaxti vazifasini bajargan. Markaziy Osiyoning iqtisodiy va madaniy 
jihatdan eng yirik markazlaridan biri – Xorazm miloddan avvalgi IV asrda 
Ahamoniylardan ozod bo‘ldi.
Miloddan avvalgi IV asrga kelganda Amudaryoning quyi havzasidagi 
hududida Qadimgi Xorazm davlati tashkil topdi. Farasman ismli shaxs uning 
podshosi sifatida tilga olingan. Iskandar Zulqarnayn Hindiqush orqali 
Baqtriyaga, undan So‘g‘diyonaga qo‘shin tortib kelganida, Xorazm podshosi 
Farasman uning huzuriga sovg‘a-salomlar bilan kelgan va shimol tomonlarga 
yurish qilsa, o‘z qo‘shini bilan yordamga tayyor ekanligini bildirgan. 
1
Ўзбекистон
ССР
тарихи

Т
. 1. – 
Т
., 1970. 
2
O‘sha manba.
39


Umuman olganda, qadimgi Xorazm haqidagi ma’lumotlar bor-yo‘g‘i ana shu 
qisqa materiallardan iborat.
Baqtriya podsholigi mamlakatimizning janubida miloddan avvalgi VIII–
VII asrlarda vujudga kelgan eng qadimgi davlat tuzilmalaridan biri bo‘lib, 
joylashishiga qarab Baqtriya yoki yunonlarning aytishicha, Baxriana qadimgi 
fors tilida Baxtrish nomlari bilan atalgan, uning poytaxti hozirgi Mozori 
Sharif (Shimoliy Afg‘oniston) yaqinidagi Balx shahrida joylashgan edi.
Qadimgi Baqtriya podsholigining mavjud bo‘lganligi, eng avvalo, 
zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da Baxdi viloyati nomi bilan 
qayd etilgan. Shuningdek, qadimgi yunon va rim tarixchilari, geograflari ham 
Baqtriyaning hududi butun Shimoliy Afg‘onistonni o‘z ichiga olgan bo‘lib, 
shimoldagi chegara Oks (Amudaryo) daryosigacha cho‘zilgan, undan 
shimoldagi yerlar esa So‘g‘diyonaga qarardi, deb yozib qoldirganlar.
O‘rta asrlarda yashagan taniqli avstriyalik olim V. Tomoshek o‘zining 
“Baqtra, Baqtriana, Baqtrish” nomli kitobida Baqtriya podsholigining 
shimoliy chegaralari Amudaryogacha emas, balki Hisor tog‘ tizmalarigacha 
tarqalganligini aytib, hozirgi Surxondaryo viloyati ham qadimgi Baqtriya 
podsholigi tarkibiga kirganligini ta’kidlaydi
1
.
Bulardan tashqari, qadimgi Baqtriya davlatining mavjudligini yunon 
tarixchisi Ktesiyning Ossuriya podshosi Ninaning Baqtriyaga qilgan yurishi, 
Baqtriyaning nihoyatda ko‘p aholisi va shaharlari, mustahkam qal’alari 
bo‘lganligi, unda Oksiart ismli shoh bo‘lib, uning boyligi nihoyatda ko‘p 
bo‘lganligi to‘g‘risidagi hikoyalaridan anglash mumkin. Shuningdek, tarixchi 
Strabonning “Baqtriyaning bir qismi Ariyadan shimol tomonga, katta qismi 
esa sharq tomonga cho‘zilgan edi. Baqtriya keng o‘lka, bu yerda zaytun 
daraxti mevasidan boshqa hamma hosil yetishtiriladi” degan tarixiy 
ma’lumotlari ham yo‘q emas. Yana u – baqtriyaliklarning asosiy shahri 
Baqtra bo‘lib, u Zarkasnoy deb ham atalgan. Bu shahar orqali o‘tgan daryo 
Oksga borib qo‘shiladi, ikki daryoning quyilish joyida Adransa va boshqa 
ko‘pgina shaharlar bor edi”, degan nihoyatda qimmatli fikrlarni ham yozib 
qoldirgan. Arxeolog olimlarimiz A. 
Sa’dullayev, E. 
Rtveladze va 
Z. A. Hakimovning Surxondaryo viloyatidagi Bandixontepa va Qiziltepada 
olib borgan arxeologik qidiruv-qazish ishlaridan miloddan avvalgi VIII–VI 
asrlardagi Baqtriya podsholigi hayotiga oid yodgorliklari topildiki, bularning 
barchasi haqiqatan ham Shimoliy Afg‘oniston hozirgi O‘zbekistonning 
janubiy viloyatlari bilan Tojikiston hududining katta qismini o‘z ichiga 
olgan, poytaxti Balx shahri bo‘lgan qadimgi Baqtriya podsholigi o‘tganligini 
isbotlaydi.
Qadimgi Baqtriya podsholigining tabiiy boyliklari juda ko‘p bo‘lgan, 
ayniqsa, badaxshon yoqutining shuhrati Old Osiyo mamlakatlarigacha yetib 
borgan. Qadimgi Baqtriya aholisining tarkibi, asosan, boxtalardan iborat 
bo‘lgan. Hukumati va huquqiy tuzilishiga ko‘ra esa, haqiqiy davlat bo‘lish 
bo‘sag‘asida turgan qabilaviy birlashmani tashkil etgan.
Bu birlashmaning tepasida qabilalararo ittifoq kengashining ustidagi 
o‘zining ijtimoiy-siyosiy hokimiyatini o‘rnatib olgan harbiy lashkarboshi – 
1
Ўзбекистон
ССР
тарихи
. – 
Т
., 1970. 
40


podsho turgan. Shuning uchun ham olimlarimiz bu davlatni qadimgi Baqtriya 
podsholigi deb atashgan
1
.
Qadimgi So‘g‘diyona o‘lkamizdagi eng qadimgi davlat tuzilmalaridan 
biri bo‘lib, u to‘g‘ridagi dastlabki ma’lumotlar “Avesto”da “daryo Marv, 
Xorayza, Gavalardan So‘g‘dga, undan Xorazmga qarab mavjlanib oqardi”, 
deb tilga olingan bo‘lsa, yunon tarixchisi Gerodot ular shimoli-sharq 
tomondan Baqtriyani So‘g‘ddan ajratib turuvchi Oks (Amudaryo), So‘g‘dni 
komadovlardan ajratib turuvchi Yaksar (Sirdaryo) daryolari oralig‘iga 
joylashgan So‘g‘diyonani ham egallab olishadi. Qadimgi So‘g‘diyona va 
baqtriyaliklarning turmush tarzi va ular odati komadovlarnikidan 
(ko‘chmanchilardan) farq qilmasligini yozgan edi. Qadimgi 
so‘g‘diyonaliklarning tarkibiga kelsak, Ptolemeyning ko‘rsatishicha, 
so‘g‘dlar bir necha qabilalardan, xususan, so‘g‘d tog‘larining orqasida 
joylashgan oksidranxlar, xorazmiylar bilan qo‘shni bo‘lgan oksianlar hamda 
aripan yoki ariaklardan tashkil topgan bo‘lib, nihoyatda jangovar (urushqoq) 
xalq bo‘lgan.
Umuman olganda, so‘g‘dlarning tog‘ va dashtlarda yashaganlari 
ko‘chmanchilarcha, sug‘oriladigan vohalarda yashaganlari esa o‘troq tarzda 
turmush kechirganlar.
So‘g‘dlar o‘z mamlakatini qadim zamonlarda So‘g‘d deb ataganlar va bu 
mamlakatning poytaxti hozirgi Samarqand shahri yaqinida joylashgan 
Marokanda shahri bo‘lgan.
Marokanda shahri miloddan avvalgi VII–VI asrlarda (taxminan 2500–
2600 yillar oldin) Markaziy Osiyodagi eng muhim shaharlardan biri bo‘lib, 
bu yerda savdo-sotiq, hunarmandchilik, ayniqsa, mato to‘qish, shisha ishlab 
chiqarish, sopol idishlar yasash, qurolsozlik va boshqa ishlar taraqqiy etgan. 
Bu yerlik aholi esa bevosita Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlar bilan 
savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Bu ma’lumotlar hozirgi kunda 
Samarqanddagi Afrosiyob xarobalarini tekshirayotgan olimlarimiz 
tomonidan o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Shunday qilib, biz haqli ravishda aytishimiz mumkinki, miloddan oldingi 
VIII asrning oxiri VII asrning boshlarida hozirgi Zarafshon va Qashqadaryo 
vohalarini o‘z ichiga olgan, poytaxti Marokanda bo‘lgan qadimgi qabilaviy 
davlat – So‘g‘diyona mavjud bo‘lgan. Xuddi shuningdek mamlakatimizning 
boshqa joylarida, masalan, Choch va Parkanada ham qabilaviy davlatlar 
vujudga kela boshlagan.
Umuman olganda, Baqtriya – So‘g‘d – Xorazm davlatlarining siyosiy va 
xo‘jalik hayotiga yakun yasab quyidagi xulosalarimizni beramiz: Markaziy 
Osiyoni Ahamoniylar saltanati bosib olgunga qadar (bu voqealar miloddan 
avvalgi VI–IV asrlarda sodir bo‘lgan edi) bu ona zaminda harbiy 
demokratiya prinsiplari asosida tarkib topgan davlatlar mavjud bo‘lgan. 
Ularning hududiy doirasi, ichki davlat tarkibi va ijtimoiy-iqtisodiy hamda 
madaniy aloqalari haqida hali olimlar o‘rtasida ko‘p ilmiy munozaralar 
1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish