Sovet tuzumining milliy rahbar – xodimlarga nisbatan qatag‘onlik siyosati (20 – 30 y.)
1918 yil aprel oyida RSFSR tarkibidagi Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzildi. Bolsheviklarning majburdan yon berishi bilan hokimiyat organlarida mahalliy aholi vakillari ishtirok qila boshladi. 1919 yil sentyabr oyida mahalliy aholining Sovetlarga jalb qilinishiga xalaqit beruvchi sovet hokimiyatining o‘lkadagi tayanchi faqat rus ishchilari deb hisoblaydigan, mahalliy aholiga ishonchsizlik bilan qarovchi Turkistonning bir qator rahbarlarga nisbatan choralar ko‘rildi. SHu o‘rinda qayd qilish lozimki, o‘lkada mustamlakachilik siyosatini olib borishda Markaz tashkil Turkkomissiya va RKP (b) Mk Turkbyuro, keyinroq uning o‘rniga VKP (b) MK ning O‘rta Osiyo byurosi kabi tashkilotlar katta xizmat ko‘rsatdilar.
1922 yil 30 dekabrda tashkil topgan SSSR qudratli unitar (qo‘shma) davlat bo‘lib, unda rasmiy federatsiya subektlari suveren huquqlar va real mustaqillikdan mahrum edilar, imperiya tarkibidan chiqib keta olmasdilar. O‘zbekiston ham faqat nomigagina SSSR tarkibidagi suveren ruspublika hisoblangan, aslida esa ittifoqqa har tomonlama qaram edi. SSSRda qaror topgan boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi jamiyatning barcha sohalarini o‘z maqsad va vazifalariga bo‘ysundirgan, ijtimoiy-siyosiy hayot o‘ta siyosiylashtirilib, o‘zgacha fikrlashlarga qarshi shafqatsiz kurash olib borilar edi.
1920 yillar tarixga o‘ta murakkab va ziddiyatli, turli ijtimoiy guruh va kuchlar siyosiy qarama-qarshiligi avj olgan, Turkistonda Markazning imperiyacha munosabatlar mustahkamlanayotgan, o‘lkadagi ochlik, iqtisodiy tanglik, vayronaga aylangan sanoat, transport, qishloq xo‘jaligini tiklash, ya’ni sovetlarning “tinch sotsialistik qurilish” yo‘liga o‘tish davri bo‘lib kirdi. Ushbu davrdagi eng dolzarb masalalardan biri bu- hokimiyat masalasi edi. Milliy muxolif kuchlar esa xokimiyat masalasini birinchi navbatda xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgi-lashda ko‘rishar edi. Sanoat va qishloq xo‘jaligining inqirozi, ochlik, inqilobcha zo‘ravonlikning kuchayishi mahalliy xalq milliy manfaatlarining ochiqdan-ochiq inkor etilishi Turkistondagi turli ijtimoiy qatlamlar orasida sovet hokimiyatiga nisbatan ishonchsizlik va norozilikni keltirib chiqarmoqda edi.
1921 yilning bahoriga kelib sovet hokimiyati oldida vayron bo‘lgan qishloq xo‘jaligini tiklash vazifasi ko‘ndalang bo‘lib turdi. Buning asosiy sababi esa dehqonlarning ko‘plab ko‘tarilishlari bo‘ldi. Bu esa siyosatni qaytadan ko‘rib chiqish, sanoat bilan qishloq xo‘jaligi o‘rtasida ta’sirchan iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish zaruratini keltirib chiqardi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi respublika milliy daromadining asosiy qismini berganligi, dehqonlar esa aholining 80 foizini tashkil etganligi tufayli sovet xokimiyatining dastlabki yillarida agrar masala markaziy o‘rinni egallardi.
Markaz Turkiston o‘lkasiga asosiy xomashyo bazasi sifatida qarab kelganligi bois, o‘lka qishloq xo‘jaligining bosh sohasi hisoblangan paxtachilikni rivojlantirishga alohida e’tiborini qaratdi. Xususan, RKP (b) MKning 1922 yil 11 yanvaridagi “Turkiston Kompartiyasiga” deb nomlangan xatida, Turkiston Kompartiyasining qishloq xo‘jaligi sohasidagi faoliyatida birinchi o‘ringa sug‘oriladigan erlarda ekin maydonlarini tiklash, paxtachilikni rivojlantirish hamda mavjud sug‘orish tizimini tuzatish masalalari hal etilishi lozimligi ta’kidlandi. Paxtachilikni tiklash va rivojlantirish ishlariga rahbarlik qilish uchun 1920 yilda Bosh Paxtachilik Qo‘mitasi va paxta etishtiruvchi respublikalarda unga bo‘ysunuvchi paxtachilik qo‘mitalari tuzildi.
YAngi iqtisodiy siyosat(YAIS)tufayli qishloq xo‘jaligida kooperativ va shirkatchilik harakati ham avj oldi. 1923 yilda Turkiston respublikasida qishloq xo‘jaligi va kredit kooperatsiyalar tizimi tashkiliy jihatdan tugal ravishda shakllandi deyish mumkin. Davlatning kooperativ qurilish siyosati ikki yo‘nalishda olib borildi. Bir tomondan, kooperatsiya mayda tovar xo‘jaligini sotsializmga jalb qilish vositasi, shaxsiy va jamoa manfaatlarining kelishuv shakli sifatida baholansa, ikkinchi tomondan kooperatsiyaga xususiy sektorni siqib chiqaruvchi ijtimoiy qurol deb qaraldi. Biroq, har kimni ham kooperativga qabul qilishavermasdi. Sinfiy tanlov mavjud edi. Kambag‘allarga ustivorlik berilardi.
20-yillar boshlaridagi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotining alohida xususiyati-bu o‘lka mahalliy aholisining milliy o‘z-o‘zini anglashining o‘sganligi deyish mumkin. Hokimiyat pog‘onalaridagi milliy rahbar kadrlar ham tuzumga, uning siyosatiga ochiqdan-ochiq qarshi fikr bildirib, mahalliy aholining manfaatlarini himoya qildilar.
Lekin milliy rahbarlarning vatanparvarlik chiqishlari Markazning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Markaz ularga qarshi siyosiy quvg‘inni avj oldiradi, xususan:
Turkistondagi rahbar xodimlar, xususan Turor Risqulov (Turk MIK raisi) Turkiston mustaqilligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashdek demokratik tamoyillar uchun kurasha boshladi. 1920 yilda TKP Musulmon byurosining III konferensiyasi va TKP ning V o‘lka konferensiyasida T.Risqulovning turk xalqlari kommunistik partiyasi tuzish va Turkiston respublikasini Turk respublikasi deb atash haqidagi g‘oyalari ko‘rib chiqildi va ma’qullanadi. Biroq bu g‘oyalarning asl maqsadi turkiston mustaqilligi bo‘lganligi bois, Markaz T.Risqulov va uning tarafdorlarining fikrlariga qarshi chiqdi. Marakazning Turkistondagi hukmronligining ijrochisi Turkkomissiya bu harakatni rad etdi va millat fidoiylarini quvg‘inga uchratdi.
A.Ikromov va T.Risqulov o‘lkada ulug‘ davlatchilik shovinizm, burjua millatchiligi yuzaga kelayotganligi to‘g‘risidagi masalalarni ko‘tarib chiqdilar. A.Ikromov partiya ichida toqat qilib bo‘lmas holatlar, qo‘rqinch hissi mavjudligini ochiq – oydin bayon qildi. U Turkistonda ko‘p sohalarda mustamlakachilik qoidalari saqlanib qolganligini ko‘rsatib o‘tdi. Ushbu vatanparvarlarning chiqishlari, keyinchilik jismoniy mahv etilishda ayblov uchun asos bo‘ldi.
Turkistonning sotsial – iqtisodiy rivojlanishi borasida bildirilgan muqobil fikr mualliflari millatchilikda ayblandilar. Ayni shu damlarda O‘zbekistonning ilg‘or, xurfikrli farzandlari “qosimovchilik”'>“inog‘omovchilik”, “18 lar guruhi”, “qosimovchilik” kabi guruhbozlikda va davlatga qarshi, millatchilikda ayblanib qatag‘on qilindilar.
20 yillarning oxiriga kelib respublikada mustabid tuzum o‘zini to‘liq namoyon etdi. Siyosiy qatag‘onliklar avj oldi.
1929 yilda mashhur jadidlar, ma’rifatparvar Munavvar qori Abdurashidxonov boshliq “Milliy istiqlol” tashkiloti a’zolarini qamoqqa olish boshlandi.
Bu tashkilotning qamoqqa olingan 85 a’zosidan 15 tasi otildi, qolganlari ahloq tuzatish lagerlariga jo‘natildi. “Milliy ittixod” tashkilotining a’zolari ham qatag‘on qilindilar. Mashhur jamoat arboblari Mannon Abdullaev (ramzi), Nosir saidov, Maxmud Mirxodiev, Xosem Vasilov, Sobir Qodirov va boshqalar o‘lim jazosiga hukm qilindilar, so‘ngra uzoq muddatli qamoq jazosiga almashtirildi
1930 yilda Davlat banki apparatida o‘tkazilgan tozalash vaqtida qator rahbar xodimlar qamoqqa olindilar. O‘zbekiston SSSR Sudi raisi Sa’dulla Qosimovning “qosimovchilik” deb nomlangan ishini ko‘rib chiqish boshlandi. 30 yillarning boshida dindor va e’tiqodli kishilarga nisbatan zo‘ravonlik siyosati qatag‘onlikning cho‘qqisi bo‘ldi. Juda katta miqdorda islom, xristian, budda diniga ta’luqli asarlar yo‘q qilindi. Bu davrda O‘zbekistondagi dindorlar, ulamolarning asosiy qismi qamoq lagerlariga jo‘natildi. O‘tmishda nafaqat diniy rusumlar ado etadigan, balki madaniyat, fan, tarbiya, san’at markazi, xalqning ko‘p asrlik merosini saqlovchisi bo‘lgan machit va madrasalar deyarli yopib qo‘yildi, ayrimlari buzib tashlandi.
Butun respublikaning hayoti Markazning qattiq nazorati ostida o‘tdi. Partiya direktivlaridan har qanday chekinish kontrrevolyusion, siyosiy muxolifat deb baholandi.
1937 yildan “Antisovet”, “Xalq dushmanlari” ni qidirib topish, jazolash keng tus oldi. Siyosiy boshqaruv organlari (OGPU) faoliyati asosan ana shunday shaxslarni masalan, F.Xo‘jaev, A.Ikromov, D.Manjara, A.Karimov kabi partiya va davlat rahbarlari hisbga olindi. Davlat ularni o‘lim jazosiga xukm qildi.
O‘zbekiston Ichki Ishlar Xalq Komissarligining “uchliklar” olib borgan faoliyati oqibatida 1939 – 1953 yillar mobaynida 61799 kishi qamoqqa olingan, ulardan 56112 nafari turli yillarga qamoq jazosiga, qolganlari otuvga hukm qilingan.
Keyinroq ularning ko‘pchiligi oqlandi, ming afsuslar bo‘lsinki bu adolatga o‘limidan so‘ng sazovor bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |