O‘zbekiston tarixi


savol. 20 – 50 yillarda ziyolilarning ta’qib qilinishi



Download 4,82 Mb.
bet95/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

2savol. 20 – 50 yillarda ziyolilarning ta’qib qilinishi

Milliy adabiyot va san’atning ahvoli qiyin va nomutonosib holatda edi. SHaxsga sig‘inishning uqubatli iqlimga qaramay ijodiy hayot so‘nmadi, yozuvchilar va adabiyotshunoslar qatori kengaydi. 1934 yili martda Toshkentda O‘zbekiston yozuvchilarining s’ezdi bo‘ldi va unda respublika YOzuvchilar ittifoqi tashkil qilindi.

O‘zbek yozuvchilarining nomlari jahonga keng yoyila boshladi. G‘afur G‘ulom, Oybek, G‘ayratiy, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Oydin Sobirova, Usmon Nosir, Uyg‘un, Komil YAshin va boshqalarning asarlarida xalqning maishiy turmushi va an’analari, mehnat qahramonlari, davrning romantikasi va shijoatlari kabi xususiyatlar o‘z badiiy ifodasini topgan.

30 yillarda kuchaygan ma’muriy- buyruqbozlik tizimi va shaxsga sig‘inish mafkurasi ijod ahlini, qolaversa respublikaning madaniy hayotini bo‘g‘a boshladi. Ijodni partiyaviylik va yagona mafkuraga bo‘ysundirilishi hayotni badiiy tasvirida vulgar – sotsial ko‘rinishlarga keng yo‘l ochdi. Partiya tomonidan yangi hayotni kuylashga bo‘lgan chaqiriq va majburiy normalar ijodiy jarayonda tarixiy o‘tmishni unutilishga olib keldi. Adabiyotida borliqni, murakkab ijtimoiy muammolarni bo‘yab ko‘rsatish, xato va kamchiliklar haqida sukut saqlash zaruriy shart bo‘lib qoldi.

Milliy madaniyat 30 – yillar qattiq fojeaga duchor qilindi, inson haq – huquqlarini poymol qilinishi kuchaydi. Abdulla Qodiriy, CHo‘lpon, Fitrat, SHokir Sulaymon, Ziyo Said, Elbek, A’zam, Ayub, Usmon Nosir, Qosim Sorokin kabi adabiyot va san’atning qobiliyatli vakillarining asarlarini o‘qishdan jamoatchilik uzoq vaqt mahrum bo‘ldi.

1937 yil dekabr-1938 yil yanvarida XKS va O‘z KP(b ) MQning “O‘zSSR Xalq Maorif Komissarligi tizimida ziyonchilik oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori e’lon qilingandan so‘ng, xalq ta’limining barcha sohalarida, ayniqsa mahalliy tilda dars beriladigan maktablar, pedagogik bilim yurtlari va institutlarida o‘qituvchi kadrlar va talabalarni “tozalash” ishlari avj oldirib yuborildi.

Xalq ta’limi tizimidagi maorifparvar ziyolilarga qarshi olib borilgan quvg‘in va qatag‘onlarga “xalq dushmanlari, chet el josuslari”-A.Ikromov, F.Xo‘jaev, I.Karimov va boshqalar o‘zlarining Maorif komissarligidagi “odamlari”- Usmonov, Ro‘ziev, Sorokin, Kojuxovlar orqali xalq maorifiga katta ziyon etkazishgan, degan bo‘htonlar “asos” qilib olindi.

Taniqli o‘zbek shoiri, dramaturg va tarjimon Usmon Nosir o‘zining “YUrak”, “Mehrim, “Norbo‘ta, “Naxshon” va boshqa she’riy dostonlari bilan shuhrat qozongan. SHuningdek, u Dobrolyubov, Lermontov asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Usmon Nosir ham 1944 yilda sovet rejimining begunoh qurboni bo‘lgan.

40 – yillar oxirlarida fan va madaniyat xodimlarining qatag‘on qilishlar davom etdi. VKP (b) MK ning 1946 yil “Zvezda” va “Leningrad” jurnallari haqidagi qarorlari qatag‘onlikning g‘oyaviy asosi bo‘lib xizmat qildi. SHu paytdan boshlab adabiyot va san’at ijodiy demokratik rivojlanish uzoq yillar davomida sun’iy ta’qib qilindi, joylara hurfikirlilik siquvga olindi.

Markazning ko‘rsatmalariga asoslanib, respublikaning partiya organlari ijodiy ziyolilarga qarshi xujum olib bordilar. Ularning asarlarida milliy g‘oyadan, ularni ayblash uchun foydalanildi. YOzuvchi va shoirlarning asarlarida o‘rta asr va inqibolgacha bo‘lgan davrdagi xalq tarixini madaniyatini badiiy tasvirlash – o‘tmishni qumsash, ideallashtirish deb ayblandi va ularga “millatchi” degan tamg‘alar yopishtirildi. SHu qabilada Oybek, Abdulla Qahhor, Mirtemir, SHayxzoda va boshqa yozuvchilar qoralandi.

1951 yil avgustda respublika matbuotida “qator shoir va yozuvchilarning ijodida mafkuraviy og‘ishlar” mavzusida maqola chop etildi. Unda Turob To‘la, Kamtar Otaboev, Mirtemir, A.Bobojonov, Sobir Abdulla, Habibiy kabi ijodkorlar millatchilikda va pankturkchilikda aylanib, tanqid qilindilar. SHuningdek Oybek, X.Zarifov, I.Sultonov va boshqalar “O‘zbek sovet adabiyoti vazifalaridan chetda turish” va “jiddiy g‘oyaviy xatoliklar” qo‘yganlikda ayblandi.

1951 yilda Maqsud SHayxzoda, SHukurullo YUsupov, G‘ulom Alimov va boshqa bir qator ijodkorlar “antisovet millatchilik faoliyatida” ayblanib qomoqqa olindilar va 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilindilar.

SHu yillari jamiyatshunos olimlardan bir guruhi chunonchi, faylasuf V.Zohidov, tarixchi A.Bobojonov, iqtisodchi A.Aminovlar panturkizmni tashviqot qilishda ayblanib ta’qib qilindi.

Qatag‘on qilingan san’at, fan va madaniyat arboblari gurillagan mustabid rejim davrida haq – huquqsizlik qurboni bo‘ldilar.Adolat qaror topib, shaxsga sig‘inish va uning oqibatlarni tugatish uchun olib borilgan kurashlardan keyin asossiz qatag‘on qilingan madaniyat va fan arboblari to‘liq oqlandilar.

O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, respublika NKVDsi “uchlik” lari tomonidan 1937-39 yillarda 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa olinib, ulardan 6 ming 920 tasi otib tashlangan edi. Millatning ilg‘or taraqqiyparvar ziyolilari qatag‘on qilinishi oqibatida xalqimiz ularning noyob asarlarini o‘qishdan uzoq vaqt mahrum bo‘ldi.

Ma’lumki, sovet hukmronligi davrida din davlatdan ajratilgan, deb e’tirof etilgan, nomigagina vijdon erkinligi e’lon qilingan bo‘lsa-da, aslida 30-yillar boshi dindor va e’tiqodli kishilarga zo‘ravonlik va siyosiy qatag‘onlikning cho‘qqisi bo‘ldi. 20-30 yillardagi mustabid tuzumning qatag‘onlik siyosati jiddiy va fojiali oqibatlarga olib keldi. Milliy ziyolilarning jismonan yo‘q qilinishi oqibatida milliy madaniyat to‘la-to‘kis rivojlana olmadi. Millatning aql-idrokli kishilari mahv etilgach, hamma “yo‘lboshchi”ning itoatkor quliga aylantirildi.

SHunday qilib, har qanday o‘zgacha fikrni kuch bilan bo‘g‘adigan, ommaviy o‘zboshimchalik va zo‘rlik bilan Vatanga sodiq necha o‘n minglab kishilarni qirib tashlagan mustabid tartibot qaror topdi va kuchaya bordi.

1930 yillarda respublikamiz hamda mintaqada ilm-fan ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan mahallliy millatga mansub olimlar etishib chiqdilar. Ular: T.Qori-Niyoziy, T.Sarimsoqov, S.Sirojiddinov, O.Sodiqov, T.Zohidov, U.Oripov, S.Umarov va boshqalardir.

Ilmiy-tadqiqot muassasalari tarmog‘i va ilmiy kadrlar sonining jadal o‘sishi, olimlar oldiga yangi vazifalarning qo‘yilishi, ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirib turish ishlarini takomillashtirishni taqozo qildi. 1932 yilda Fan qo‘mitasi ta’sis etilib, 1940 yilda uning negizida Ittifoq FA O‘zbekiston filiali (O‘zFAN) tuzildi. SHu davrdan O‘zFAN O‘zbekistonning ilmiy-tadqiqot markaziga aylandi. Uning tarkibiga geologiya, botanika, kimyo, suv xo‘jaligi muammolari, tarix, til va adabiyot institutlari; tuproqshunoslik, zoologiya, fizika va matematika sektorlari; Toshkent astronomiya observatoriyasi; iqtisodiy tadqiqotlar va kartografiya byurosi kiritildi.

1943 yilning noyabrida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi (O‘zFA) tashkil etildi, uning birinchi prezidenti etib akademik Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy saylandi.

O‘zbek matematika atamashunosligi asoschisi, taniqli matematik Toshmu-hammad Qori Niyoziy zamonaviy o‘zbek matematik tafakkurining shakllanishi va rivojiga bebaho hissa qo‘shgan olimdir. Uning Beruniy mukofotiga sazovor bo‘lgan uch jildlik “Asosiy matematik analiz kursi” nomli asarining ilmiy qimmati oliy matematikadan birinchi o‘zbek tilidagi original qo‘llanma ekanligidadir. O‘zbekiston xalqlarining madaniy hayoti tarixiga oid ilmiy ishlar, o‘zbek matematika va astronomiya ilmlari tarixi, xususan, Ulug‘bekning astronomiya maktabiga oid asarlar ham Qori Niyoziy qalamiga mansubdir.


Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish