O‘zbekiston tarixi


Oktyabr to‘ntarishi. Turkistonda sovet tuzumining o‘rnatilishi, bolsheviklarning mustamlaka va shovinistik siyosati



Download 4,82 Mb.
bet91/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

2.Oktyabr to‘ntarishi. Turkistonda sovet tuzumining o‘rnatilishi, bolsheviklarning mustamlaka va shovinistik siyosati

1917 yil 25 oktyabrda (yangi sana bilan 7 noyabrda) qurol kuchiga tayangan bolsheviklar Petrogradda Muvaqqat hukumatni ag‘darib tashlab, hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan egalladilar. Rossiyada yuz bergan voqealarning aks-sadosi oradan ko‘p o‘tmay Turkistonga ham etib keldi. 28 oktyabrda Toshkentning yangi shaharida rus ishchilari va soldatlari qurolli to‘qnashuvlarni boshlab, general Korovichenko qismlaridan ustun keladilar va 1 noyabrda Korovichenko va Muvaqqat hukumatning Turkiston Ko‘mitasini qamoqqa oladilar. Toshkentda zo‘ravonlik yo‘li bilan sovet hokimiyati o‘rnatiladi.

Natijada 1917 yil noyabr oyining boshida bolsheviklar faqat qurol kuchiga tayangan holda Toshkent shahrida hokimiyatni qo‘lga kiritishadi. 1917 yil 15-22 noyabriga kelib Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘lka rus ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining III s’ezdida 15 kishidan iborat hukumat-Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Soveti tuziladi. Hukumat faqat rusiy zabon aholidan iborat bo‘ldi. Turkiston Xalq Komissarlari soveti (XKS) raisi lavozimini kasbi chizmachi bo‘lgan bolshevik F. Kolesov egallaydi

Hokimiyat bolsheviklar qo‘liga o‘tishi bilan o‘lkada Muvaqqat hukumatning barcha bo‘g‘inlari tugatilib, o‘rniga avvalo jazo organlari va sovet boshqaruv tizimi o‘rnatildi. Bu tasodifiy hol bo‘lmagan. Bolsheviklar hukmronligi zo‘ravonlik o‘rnatilgandagina saqlanib qolishi mumkin edi. SHuning uchun ham, Turkiston XKS 1917 yil 28 noyabrda o‘lkada qizil gvardiya bo‘linmalarini tuzish haqida qaror qabul qiladi. Bu bo‘linmalar sovet tuzumi va bolsheviklarga qarshi ko‘tarilgan dastlabki ongli chiqishlarni bostirishda faol ishtirok qildilar. SHu vaqtning o‘zida Butunrossiya Favqulodda komissiyasi (cheka) organlari va Inqilobiy tribunallar tashkil etildi. Proletariat diktaturasining bu jazo organlari ozodlik va demokratiyani bo‘g‘ishda, to‘g‘ri fikrlaydigan kishilarni qatag‘on qilishda muhim qurol bo‘ldi.

Turkiston XKS 1917 yil oxirlarida o‘z qarori bilan “SHo‘roi Islomiya” va boshqa mahalliy demokratik tashkilotlarni tarqatib yuborildi. Bu tashkilotlarning rahbarlari keyinchalik Turkiston Muxtoriyati hukumatiga qo‘shildilar, ayrimlari sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatiga g‘oyaviy rahnamolik qildilar. Natijada zo‘ravonlik va xalqlarni ezishga qaratilgan sovet siyosati o‘zining ilk kunlaridan boshlab, Turkistondagi tub xalqlarga nisbatan mustamlakachilik zulmini yuritdi.


Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish