O‘zbekiston tarixi


Turkiston mintaqasida sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat va uning tarixiy ahamiyati



Download 4,82 Mb.
bet93/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

Turkiston mintaqasida sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat va uning tarixiy ahamiyati

Turkiston Muxtoriyati hukumatining tugatilishi hokimiyatiga qarshi harakatning butun Farg‘ona vodiysida ommaviy ravishda boshlanishiga bir turtki vazifasini o‘tadi, xolos.Bu harakatning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar va kosiblar bo‘lgan. Ularga shahar aholisining aksariyat qismi: o‘ziga to‘q badavlat oilalarning vakillari, savdogarlar, islom dini arboblari hamda ba’zi boylar qo‘shildi. Harakat qatnashchilari safida oq-qorani tushungan savodxon kishilar-ziyolilar ham ko‘pchilikni tashkil qilar edi va bir so‘z bilan aytganda, ular safida xalqning barcha tabaqasiga mansub kishilar bor edi.

Dastlabki milliy harbiy harakatning tashkil topishi Kichik Ergash (taxminan 1885-1918) va Katta Ergash (taxminan 1880-1921)ning nomlari bilan bog‘liqdir.

1918 yil 27 fevralda Qo‘qon atrofidagi Bachqirda bo‘lgan janglarning birida Kichik Ergash shahid bo‘lgach, uning o‘rniga Katta Ergash (uni Mulla Ergash ham deyishgan) Farg‘ona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi ozodlik bayrog‘ini ko‘tardi. Qo‘qon uezdidagi harakatning dastlabki tayanch nuqtasi Bachqir qishlog‘i edi.

Marg‘ilonda esa militsiyaning sobiq boshlig‘i Muhammad Aminbek Ahmad-bek o‘g‘li-Madaminbek (1892-1920) kurash boshladi. “O‘z oldiga sovet hokimiyatini ag‘darish va Farg‘ona muxtoriyatini tiklash vazifasini qo‘ygan Madaminbek ustomon siyosatchi va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi”,-deb tan olinadi 1918 yilga oid arxiv hujjatlarining birida.

Turkiston mintaqasidagi mazkur harakatning muhim xususiyati shundaki, bu harakatda maqsadlar va vazifalar qanday bo‘lishidan qat’i nazar boshdan oxirigacha bir ustuvor g‘oya-Turkistonning milliy mustaqilligi yotadi. Bu harakat goh kuchayib, goh pasayib turishiga qaramay, unda ishtirok etuvchilarning tarkibi o‘zgarib turishi va ikkilamchi manfaatlar o‘rtada turganligi hamda obektiv va subektiv omillar kuchlar muvozanatiga salbiy ta’sir qilishiga qaramay, harakatning asosiy maqsadi Turkiston mustaqilligi bo‘lib qolaverdi.

Turkistondagi bu harakatning uyushgan bir shaklda namoyon bo‘lishida qo‘rboshilar ko‘rsatgan g‘ayrat-shijoatni alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Qo‘rboshilar harakatning harbiy rahbarlari bo‘lib, ular o‘z jangovarliklari bilan mashhur edilar. O‘z vaqtida Farg‘ona vodiysida Kichik Ergash, Katta Ergash, Madaminbek, SHermuhammadbek, Muhiddinbek, Islom Polvon, YOrmat Maxsum, Samarqand viloyatida Ochilbek, Bahrombek, Buxoro respublikasida Ibrohimbek, Mulla Abdul-qahhor, Anvar Posho, Salim Posho, Davlatmandbek, Fuzayl Maxdum, Xorazm respublikasida Junayidxon kabi qo‘rboshilar bu harakatni yagona kuchga birlashtirish uchun rahbarlikni birin-ketin o‘z qo‘llariga olsalar-da, lekin Turkiston mintaqasidagi istiqlolchilik urush harakati boshdan oxirigacha yagona markazga to‘liq uyusha olmadi.

Vatan ozodligi va uning tinchligi yo‘lida Turkiston ayollari ham kurash olib bordilar. Istiqlolchilar safida ayollar nafaqat oddiy jangchi, balki ayrim hollarda qo‘rboshi sifatida jang qildilar. Farg‘ona vodiysida SHakarxon va Muhiddinbekning onasi singari o‘zbek va qirg‘iz yo‘lboshchilaridan etishib chiqdi va ular qo‘rboshilar milliy istiqlol kurashi tarixiga shonli sahifalar qo‘shdilar. Karmanalik Nodira qiz esa Ibrohimbek qo‘shinida maxsus ayollar guruhiga boshchilik qilib, SHarqiy Buxoroda qizil askarlarga qarshi mardonavor kurashdi.

1920-1924 yillarda bu harakat Buxoro va Xorazm respublikalarida ham avj oldi. Buxoro va Xorazmdagi milliy muxolifatning ozodlik kurashlari alohida o‘ziga xos yo‘nalish va xususiyatga ega bo‘lib, o‘ta murakkabligi va ziddiyatliligi bilan Turkiston respublikasidagi qurolli harakatdan ajralib turadi. Buxorodagi qo‘rboshilar o‘rtasida Ibrohimbek (1889-1932) alohida salmoqqa ega. U amirlik tuzumi ag‘darib tashlangach, SHarqiy Buxorodagi qo‘rboshilar guruhlariga umumiy rahbarlik qilib, bolsheviklar va bosqinchi qizil armiyaga qarshi mustaqillik kurashini boshladi. Ibrohimbek 1921 yil sentyabrda bo‘lgan Buxoro qo‘rboshilarining qurultoyida “Islom lashkarboshisi” unvoniga sazovor bo‘ldi va Buxorodagi barcha istiqlolchilarning Oliy bosh qo‘mondoni qilib saylandi. U qisqa muddat ichida o‘n ming nafardan ortiq askar to‘plab, Qorategin va Darvoz viloyatlarini qizil askarlar qo‘lidan ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Xorazm respublikasida ham 1920 yil bahoridan boshlab qizil askarlarning misli ko‘rilmagan talonchilik va zo‘ravonliklariga qarshi harakat boshlandi. Qurolli kurashni turkmanlarning yovmut urug‘i boshlig‘i Qurbon Mamed Sardor-Junayidxon (1857-1938) boshchiligidagi guruhlar ko‘p yillar davomida kurash olib bordi. Uning qo‘shini saflarida o‘zbek, qoraqalpoq va qozoqlar ham ko‘pchilik edi. Qisqa muddatda Junayidxon o‘z qo‘shinini 20.000 kishiga etkazdi.

Umuman olganda qizil armiyaning bosqini va mustabid sovet rejimiga qarshi ko‘tarilgan qurolli harakat 1935 yilga kelib butun Turkiston mintaqasida tamomila mag‘lubiyatga uchradi.


Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish