52
9-MAVZU: SOMONIYLAR, QORAXONIYLAR VA QORAXITOYLAR DAVRIDA
QASHQADARYO VOHASI
Reja:
1.
Somoniylar davrida Qashqadaryoda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot.
2.
Ismoil Somoniy davrida amalga oshirilgan islohotlar.
3.
Qashqadaryo vohasi qoraxoniylar va qoraxitoylar bosqini davrida
Tayanch so‘z va iboralar:
Ismoil Somoniy, Nuh, Ahmad, qoraxoniylar va qoraxitoylar,
Bo‗g‗roxon, Sobuqtegin, Mahmud G‗aznaviy, Bo‗ritegin, Qilich Tamg‗ochxon, naymanlar,
Go‗rxon.
Somoniylar davlati
Somoniylar IX asrning birinchi choragida Movarounnahr viloyatlarini idora qilishga
muvaffaq bo‗ladilar. Nuh Samarqand viloyatini, Ahmad Farg‗onani, Yahyo Shosh va
Ustrushanani (Ilyos esa Hirotni) boshqaradi, IX asr o‗rtalariga kelib, nihoyatda parchalanib
ketgan Movarounnahr bir sulola vakillari qo‗lida ma‘lum darajada yaxlitlana boshlaydi. Asta-
sekin Samarqand, So‗g‗d, Farg‗ona, Shosh va Ustrushana Ahmad xonadoni qo‗liga o‗tadi.
IX asrning 70 yillarida Movarounnahrda siyosiy parchalanish kuchayib, ichki nizolar avj
oladi. Faqatgina Ismoil ibn Ahmad (892-907 y.) davrida siyosiy tarqoqlikka bardam berishga
intilish kuzatiladi. Movarounnahr ichki va tashqi jihatdan kuchayish yo‗liga kiradi. Ikki asrdan
ziyod davom etgan arablar istilosidan so‗ng, Movarounnahr hap jihatdan o‗zini o‗nglay
boshlaydi. Arab xalifaligi tobeligidan qutulgan yurtda markazlashgan boshqaruv amalga oshadi,
ichki nizolarga barham berila boradi.
Ismoil Somoniy asoslagan sulola saltanatining davomiyligi, eng avvalo, ularning
mahalliy kishilarga, aslzoda va dehqonlarga, shuningdek, turk sipohiylariga tayanishida ko‗zga
tashlanadi. Nizomulmulk ham Somoniylar xaqida gapirganida ular orasidagi eng aqlli, tadbirli va
odil hukmdorni Ismoil Somoniy deb biladi va uning haqida naqllar keltirib o‗tadi. Nizomulmulk
e‘tiroficha, hukmdor o‗z yurtining yaxshi katxudosi – xo‗jayini bo‗lishi lozim, mamlakatning
obodonligi uning zimmasida: ariq va nahrlar qazish, korizlar ochish, daryolarga ko‗priklar solish,
qishloqlarning farovon va dehqonchilikning rivoji uchun g‗amxo‗rlik qilishi, istehkomlar va
shaharlarda go‗zal, baland qasrlar qurishi, yo‗l bo‗ylarida rabotlar tiklashi unga obro‗ va qudrat
keltiradi. U Ismoil Somoniyni shunday hukmdorlar mundarijasiga kiritadi.
1
Nizomulmulk Ismoil
Somoniyning yaxshi odatlaridan biri fuqaro ahvolini shaxsan o‗zi so‗rab bilgani, dardiga chora
ko‗rganligida, deb qaraydi. Ismoil Somoniy shuhrati va quvvati uning saroyidagi turk
sipohiylariga ko‗rsatiladigan xurmat va muruvvatda deb biladi. Oddiy piyoda turkiy harbiysi
xizmatning har yilida bir pillapoya balandga ko‗tarila borgan. Turkiylardan tuzilgan sipohiylar
Ismoil Somoniy davlatining harbiy tayanchi edi. Muhimi, somoniylar davrida harbiy istilohlar
1
Nizomulmulk. Siyosatnoma. D.:1989. 17-bet.
53
turkiycha bo‗lgan, masalan, turk sipohiysi uchinchi yil xizmat qilganda «qorachur» nomli
belbog‗ (kamar), yettinchi yil xizmatdan so‗ng esa «visoqboshi» harbiy unvonini olgan, bulardan
so‗ng «xaylboshi», «xojib» kabi pog‗onalar bosib o‗tilgan.
Ismoil Somoniy Buxoroda hokimiyatni qo‗lga kiritishda islom ruhoniylariga tayangan.
Somoniylar davrini maxsus o‗rgangan N.N.Ne‘matov bu haqda mulohaza yuritib, ―Somoniylar
sulolasining eng ulug‗vor namoyandasi Ismoil davrida arab istilosidan so‗ng birinchi marotaba
siyosiy jihatdan parchalanib ketgan mamlakat birlashdi va amalda arab xalifalaridan mustaqil
bo‗lgan kuchli, ma‘lum darajada, markazlashgan davlat vujudga keldi, mamlakatda o‗zaro
nizolar tugatilib, tashqi xurujlar barham topdi»
1
, deganda haqdir. Ismoil Somoniy akasi,
Samarqand hukmdori Nasr orqali Iroqqa, xalifalikka yuboriladigan molu zarlarni o‗z
hokimiyatining dastlabki vaqtlarida to‗xtatganligi ma‘lum. Biroq, u islomga, ruhoniylarga,
olimlarga, fiqhlarga hurmat bilan qaragan.
Olimlar podshoh oldida yer o‗pib, ta‘zim bajo qilish rasmiyatchiligidan ozod qilinganlar.
Ismoil davrida hanafiy mazhabdagi fiqhlar orasidan eng bilimdoni tanlanib, unga ustodlik rutbasi
berilgan. Ustod (keyinchalik shayxulislom) davlat ishlariga aralashar, mansablarga siporish qilar,
mushkul muammolarni hal etishda maslahatlar berardi. Akad.V.V.Bartoldning shahodat
etishicha, o‗sha paytda butun Movarounnahrda olimlarni «donishmand»lar
2
deb ataganlar.
Somoniylar hokimiyati yillarida Nasaf ancha rivojlangan va o‗ziga xos madaniy
markazlardan biriga aylangan edi. Buni somoniylar davlati toj da‘vogarlarining Nasafda turishi
ham dalolat etadi. Buni Som‘oniyning dalilida ham ko‗rish mumkin. Somoniy Ahmad ibn
Asadning o‗g‗illaridan biri Ishoq Buxoroda shikoyatlar va arizalarni ko‗rib chiqish bilan
(qozilik) shug‗ullangan. V.V.Bartold, bu mansab faqat somoniylar xonadonidan bo‗lgan
kishilarga tegishli bo‗lgan, deb ko‗rsatadi.
SH.Kamoliddinovning: «Kitob al-ansab»ni sinchiklab o‗rganishi natijasida, bu mansabga
shoh avlodi vakillarigina emas, boshqa kishilar ham qo‗yilishi, shuningdek, bu lavozim bo‗lak
shaharlarda ham joriy etilishi mumkinligini aniqladi. Masalan, Nasafda bu ish bilan shaharning
bosh qozisi Abu Hamid Ahmad ibn Muhammad al-Kamidodiy (291/903 yilda vafot etgan)
shug‗ullangan. Shoshda Abu Ali Muhammad ibn al-Hasan at-Tammar ar-Roziy (345/957 yilda
vafot etgan), Buxoroda Abu Bakr Abdurahmon ibn-Muhammad al-Abxoriy (342/955 yilda vafot
etgan) ana shu lavozimda bo‗lganlar. Nasaf Somoniylar davrida Movarounnahrning yirik
shaharlari darajasiga ko‗tarilgan va faqat katta aholi manzillarida joriy etiladigan alohida, xos
lavozimlar unda xam amal qilgan.
1
Негматов Н.Н. Государство Саманидон. Д.:1977. 25-26-betlar.
2
Бартольд В.В. Соч.1. 292-bet.
54
Somoniylar davrida Nasaf shahrida hokim (joylardagi vazirlar) bo‗lgan kishilardan
ayrimlarining ismi shariflari xam Som‘oniy asarida zikr etiladi. Masalan, Abu Ali Muhammad
ibn Ja‘far al-Vazariy (290/903 yilda vafot etgan), Abu Ishoq ibn Muhammad al-Mastiniy, bu
kishi Nasafda hijriy 307 yilda (919/20) yilda hokimlik qilgan. Shuningdek, Abu Bakr
Muhammad ibn So‗fyon al-Usbanikasiy (375/986 yilda vafot etgan) ham Nasaf hokimi bo‗lib
turgan.
«Kitob al-ansab»da Nasafda Somoniylar davrida hokimlik qilgan hamma kishilar zikr
etilmagan. Yuqorida nomlari qayd etilgan Abu Ali Muhammad ibn Ja‘far al-Vazariy Ismoil
Somoniy davrida Nasafda hokimlik qilgan. Al-Vazariy 903 yilda olamdan o‗tgan, Ismoil
Somoniy esa undan to‗rt yil so‗ng, 907 yilda vafot etadi. Ismoilning o‗rniga o‗g‗li Ahmad taxtga
keladi va bu vaqtda Nasafda hokimlik mansabida Abu Ishoq ibn Muhammad al-Mastiniy bo‗ladi.
Ahmad ibn Ismoil 914 yilda hayotdan ko‗z yumganida ham, u shu maqomda edi. Ahmadning 8
yoshli o‗g‗li Nasr taxtga chiqqandan so‗ng ham viloyatlardagi hokimlar o‗z o‗rnilarida qolgan.
Al-Mastiniy 919 yilda Nasr podshohligining beshinchi yilida hayotdan ko‗z yumadi. Shundan
keyin oraliqda to 985 yilga qadar Nasafda kimlar hokimlik qilgan, aytish qiyin. Som‘oniy 985
yili olamdan o‗tgan Nasaf hokimi Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad So‗fyon al-Usbanikasiy
nominigina keltirib o‗tadi, xolos. Uning vafot etgan yiliga qarab xulosa chiqarilsa, al-
Usbanikasiy Mansurning o‗g‗li Nuh davrida Nasafni idora qilganligi ma‘lum bo‗ladi.
Somoniylar saltanati yillarida Buxoro, Samarqand va Nasaf kabi shaharlarda bosh qozi
bo‗lib ishlagan kishilar nomi ham «Kitob al-ansab»da qisman raqam etiladi. Manna shu tarqoq,
muntazam bo‗lmagan xabarlar va nomlarning o‗ziyoq Somoniylar davrida nechog‗li ilmli, fozil
kishilar, davlat arboblari yetishib chiqqanligini tasavvur etish imkonini beradi. Chunonchi,
Nasafning yaqinidagi G‗ubdin qishlog‗idan chiqqan Abu Bakr Muhammad al-Hasan al-
G‗ubdiniy an-Nasafiy Samarqandning bosh qozisi bo‗lib turadi. Nasaf shahrining o‗zida bu
lavozimni bir qancha vaqt Abu Hamid Ahmad ibn Muhammad al-Kamidodiy (291/903-04)
egallab turgan. Kamidodiy ham Ismoil Somoniy hayotligi davrida shu mansabga qo‗yilgan.
Kamidodiy bosh qozi bo‗lishi barobarida shikoyat va arizalarni ham ko‗rgan, ularga javoblar
aytgan. Undan so‗ng Nasafning bosh qozisi Abu Ishoq Ibrohim ibn Ma‘qil an-Nasafiy (294/907)
bo‗ladi. U bungacha Nasafda bosh qozi bulgan Tufayl ibn Zayd at-Tamimiy o‗rniga kelgan.
Nasafda Abu Muhammad Abdulloh ibn Yahyo as-Saraxsiy ash-Shirazodiy (304/917) ham
qonunchilikning bosh himoyachisi mansabiga ko‗tariladi. So‗nggi Somoniy hukdorlar davrida
Nasaf shahrida Abu Ahmad al-Qosim ibn Muhammad al-Qantariy an-Nasafiy (388/998 yilda
vafot etadi) va Ali ibn al-Husayn as-Sardoriy (370/980 yilda vafot etgan) bosh qozilik masnadida
turganlar. Abu Ahmad an-Nasafiy keyinchalik Sag‗oniyonda xuddi shu lavozimni egallagan.
55
Nuh II (Nuh ibn Mansur 976-997 y.) davrida saroy fitnalari va o‗zaro kurashlar kuchayib
ketadi. Mahalliy hokimlarning ba‘zilari mustaqillik shevasini o‗rtaga soladilar, ayrim viloyatlar
Somoniylar qo‗l ostidan chiqib keta boshlaydi. Mamlakat chuqur tanazzulni boshdan
kechirayotganligi sababli, harbiy jihatdan kuchsizlanib qolgan edi. Somoniylar saltanatidagi
ahvolni muntazam ravishda kuzatib kelayotgan qo‗shnilar, birinchi galda, turk hoqonlari bu
vaziyatdan foydalanmay qolmasdilar. 992 yilda turkiylar lashkari Somoniylar sarhadlariga yetib
keladi. Somoniylarga qarshi urush yalovini ko‗targan Qoraxoniy turkiylari edi. Ular Buxoroga
hujum qilgunga qadar Yettisuvni, sharqiy Turkistonni va Kashg‗orni o‗zlariga tobe qilib
ulgurgan edi.
Nuh mamlakatning harbiy quvvatini turklarga qarshi qaratishga intilgan bo‗lsa-da,
bundan kutilgan natija chiqmaydi. Aholini muqaddas jihodga ko‗tarish haqidagi chaqiriqlar ham
foyda bermaydi. Chunki turkiylar islom dinida edilar. Jamol Qarshiy «Kashg‗or tarixi» (XI asr)
asariga asoslanib, turk hoqoni Sotuq Bo‗g‗roxon Abdulkarim (344/955 yilda vafot etgan)
birinchi bo‗lib islomni qabul qilganligini aytadi. Ibn al-Asir ham 349/960 yilda 200000 chodirli
turklar musulmon bo‗lganligini aytib o‗tadi.
1
Nuhning ishongan kishilari – Xuroson noibi Abu Ali Simjuriy, lashkarboshi Foyiqlar
oshkora sotqinlik yo‗liga kiradilar. Simjuriy Qoraxoniy hukmdor Bo‗g‗roxon bilan yashirin
aloqa bog‗lab, Movarounnahrga qo‗shin yuborishdan bosh tortadi. Turkiylarga qarshi yuborilgan
Foyiq Bo‗g‗roxon tomoniga o‗tib ketadi. Shu tariqa, Bo‗g‗roxon Horun ibn Muso, Sotuqxoninng
nabirasi «Shixob ad-davla va zaxir ad-dava» (davlat nuri va din tayanchi) unvonlari sohibi
bo‗lgan zot Movarounnahrga qadam qo‗yganida deyarli biron-bir qarshilikka uchramaydi. Nuh
Omul tarafga ketishga majbur bo‗ladi.
Somoniylardan putur ketishining bosh omili mamlakatda hamon asosiy o‗rinni band
etuvchi dehqonlar – aslzodalar va din ahlining noroziligi edi. Dehqonlar, hatto, Bo‗g‗roxonni bir
necha bor Somoniylarga qarshi yurishga undagan edilar. Xalifalikning qolgan-qutgan
namoyandalari Somoniylar saroyida o‗zlari kutgan izzat-ikromga noil bo‗la olmaydi. Ularning
ba‘zilari, masalan, Xalifa Vasiq avlodidan bo‗lgan Abu Muhammad Abdulloh ibn Usmon al-
Vasiqiy turklar tarafiga o‗tib ketadi. Bo‗g‗roxonning Buxoroga qarshiliksiz kirib kelishida ana
shu ikki kata kuchning xayrixohligi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‗ladi.
Bo‗g‗roxonning qattiq kasalga (bavosil) chalinishi oqibatida, u tezlik bilan o‗z yurtiga
qaytishi zarur bo‗lib qoladi. Buxoroda Abdulaziz ibn Nuh (Nuh ibn Nasrning o‗g‗li) qoldiriladi.
Vaziyatning bu xilda o‗zgarishi Nuhga imkoniyat ufqini ochadi, buning ustiga, turkmanlar uni
qo‗llab-quvvatlayotgan edi. Bo‗g‗roxon Turkiston yo‗lida, Qo‗chqorboshi degan yerda vafot
etadi. Nuh 992 yilning 17 avgustida Buxoroga qaytib keladi, Abdulaziz qo‗lga olinib, ko‗zlariga
1
Бартольд В.В. Соч.1. 315-316-betлар.
56
mil tortiladi. Zarafshon vohasida yana Somoniylar hokimiyati tiklanadi. Foyiq va Abu Ali bu
paytda Nuhga qarshi ittifoqqa birlashadi. Nuhning ularga qarshi turishi uchun G‗aznaga,
Sobuqteginga yordam so‗rab murojaat qilishdan o‗zga chorasi qolmaydi. Sobuqtegin vaqtida
islomni qabul qilmagan turkiylardan bo‗lib, o‗z qabiladoshlari yoxud Somoniylarning din uchun
kurashuvchi g‗oziylari tomonidan Xurosonga olib kelingan va Nishopurda sipohsolar Alptegin
tomonidan sotib olingan edi. Falakning evrilishi tufayli ana shu sobiq qul Sobuqtegin 977 yilning
20 aprelida G‗azna amiri masnadiga ko‗tariladi.
Sobuqtegin bilan Nuhning uchrashuvi Kesh yaqinida ro‗y beradi. Sobuqtegin Kesh
tuprog‗ida Nuhga, uning dushmanlariga qarshi kurashda yordam berish uchun qasamyod qiladi.
Nuhning ishlari yomon ketmayotgan edi. Unga G‗o‗zgon va Garchiston amirlari qo‗shiladi, Abu
Alining ittifoqchisi Go‗rgon amiri Doro ibn Qobus ham uning tomoniga o‗tadi. Nuh raqiblarini
yengishga muvaffaq bo‗ladi.
Sobuqteginga bu g‗alaba uchun «Nasir ad-din va ad-davla»-din va davlat himoyachisi,
degan faxriy unvon beriladi. Sobuqteginning Nuh raqiblari Foyiq va Abu Aliga qarshi ikkinchi
yurishi Tusda uning to‗liq g‗alabasi bilan yakunlanadi. Abu Ali Nuhdan uzr so‗rab, kechirishni
so‗raydi, Foyiqqa tamomila rad javobi beriladi. Raqiblar kuchlari bo‗lib yuboriladi. Foyiq Nuh
ruxsatisiz Movarounnahrga yo‗l oladi, unga qarshi Begtuzun hojib boshchiligida sipoh
yuboriladi. Ular Nasaf yonida duch bo‗ladilar, ammo ish to‗qnashuvga borib yetmaydi.
Foyiq Qoraxoniylar mulkiga talafotsiz yetib borishga muvaffaq bo‗ladi, uni yaxshi qabul
qiladilar. Abu Ali Buxoroga qaytadi, dastlab iliq kutib olingan Abu Ali va uning hamrohlari
hibsga olinadi, shu yili Qoraxoniylarning yangi yurishi amalga oshiriladi. Movarounnahrning bir
qismigina qo‗lida qolgan Nuh turkiylarga qarshi tura olmas edi. U bu paytda Balxda turgan
Sobuqteginga murojaat qiladi. Sobuqtegin G‗o‗zgon, Sag‗oniyon va Xuttol qo‗shinlari bilan
Movarounnahrga keladi va Nasaf-Kesh oralig‗ida o‗rnashadi. U, Nuhning lashkarini ham shu
joyga kelishini, qo‗shilishni taklif qiladi. Vazir Abdulloh ibn Uzayr Nuhni qolgan-qutgan,
ozchilik qo‗shin bilan Sobuqteginga qo‗shilish taxtning obro‗siga to‗g‗ri kelmaydi, deb uni bu
yo‗ldan qaytaradi.
Bundan g‗azablangan Sobuqtegin 20 ming kishilik qo‗shinni Buxoroga yo‗llaydi. Vazir
Sobuqtegin qo‗liga topshiriladi, Nuh Sobuqtegin vajohatidan qo‗rqib, unga yon berishga majbur
bo‗lgan edi. Sobuqtegin qo‗liga Abu Ali va uning Ilmangu degan hojibi ham topshiriladi. Ular
Gardiz zindoniga tashlanadilar. Sobuqtegin va qoraxoniylar o‗rtasida sulh vujudga keladi, butun
Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo‗liga o‗tadi, Samarqand noibi qilib esa, qoraxoniylar talabiga
ko‗ra, Foyiq tayinlanadi.
Sobuqtegin Amudaryo janubidagi barcha viloyatlarning yagona xo‗jayini bo‗lib qoladi,
Nuh Xuroson ishlariga aralashmay qo‗yadi. Boshqacha aytganda, Nuh nomigagina hukmdor
57
bo‗lib qoladi. Nuh 387 yilning 14 rajabida vafot etadi (997 yil 23 iyul). Narshaxiyning yozishiga
qaraganda, uning o‗g‗li Abul Xoris Mansur ibn Nuh bir yilu to‗qqiz oy hokimiyat tepasida
turadi. Abulfazl Bayhaqiy uning aqlli va qattiqqo‗l bo‗lganligini, o‗z viloyatlarida tartib
o‗rnatganligini aytadi. Biroq Somoniylar ishi poyoniga yetmoqda edi. «Buxoro tarixi» muallifi
Abul Xorisning so‗nggi kunlari haqida gapirib, «Bektuziylar uni Saraxsda band qildilar. Shu
bilan podshohlik Somoniylar sulolasi qo‗lidan chiqib ketdi, deydi.
Narshaxiy, chamasi, Hojib Bektuzunni ko‗zda tutayotgan bo‗lsa kerak. 999 yilda, u bilan
Foyiq al-Xossa Mansur (Abul Xoris)ning Mahmud G‗aznaviy bilan qo‗shilib, kuchayishidan
qo‗rqib, uni asir olishadi, so‗ng ko‗zlariga mil tortib, Buxoroga jo‗natib yuborishadi. Abul Xoris
Mansur tez orada vafot etadi. Taxtga Bektuzun va Foyiqning qistovi bilan Mansurning ukasi
Abdul Malik II ibn Nuh chiqaziladi.
Mahmud G‗aznaviy Mansurning xuni bahonasida Somoniylarga qarshi otlanadi va
Somoniylarning so‗nggi amirini Afg‗onistonning shimoliy qismidan voz kechishga majbur etadi.
Somoniy Abdul Malik II ning qo‗lida birgina Movarounnahr mulklari qoladi. Biroq shu 999 yili
bu mulk ham qo‗ldan chiqadi. Qoraxoniy hukmdor Nasr Ilikxon Somoniylar poytaxti Buxoroni
bosib oladi, Abdul Malik va uning xonadoni a‘zolarini bandi etadi. Qoraxoniylarga bu safar ham
biron-bir qarshilik harakati ko‗rsatilmaydi. Movarounnahr xalqi muntazam kurashlardan, qon
to‗kishlardan bezib qolganligi boisidan, saltanat uchun bo‗layotgan tortishuvlarga deyarli befarq
qaraydigan ahvolga tushgan edi. Qolaversa, so‗nggi Somoniy hukmdorlar xalq hayoti bilan
deyarli qiziqmay qo‗ygan, oliq-soliqlar ortib ketgan, vaqtida ularga qarshi norozilik chiqishlari
ham sodir bo‗lgan edi. Somoniylardan bezgan, norozi bo‗lgan xalq tashqi hujumlar paytida
ularni qo‗llab-quvvatlamaydi. Bu xalqidan ajralib qolgan hukumatning qonuniy qismati edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |