O„zbekiston tarixi kafedrasi



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/85
Sana07.02.2023
Hajmi1,41 Mb.
#908804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
Кашка. МАЖМУА 2022 - для слияния

NAZORAT SAVOLLARI
1.
Aleksandr Makedonskiy bilan birga yurtimizga kelgan yunon tarixchilari milodning IV 
asri oxirida Qashqadaryo vodiysidagi qaysi shaharlarni eslab o‗tishgan?
2.
Qashqadaryo va Surxondaryo oralig‗idagi Boysuntog‗ning qaysi g‗oridan neandartal bola 
(8-9 yoshdagi) qoldig‗i topilgan? 
3.
Mezolit va neolit zamonlari davomiyligi necha ming yil deb hisob qilinadi? 
 
1
Kabirov J., Sagdullayev A. Markaziy Osiyo arxeologiyasi. – T.: 1990. B.141. 


11 
QASHQADARYO VOHASI ERON VA YUNON HUKMRONLIGI DAVRIDA
 
Reja: 
1.
Ahamoniylar davlati 
2.
Eron hukmdorlarining bosqinchilik yurishlari 
3.
To‗maris jasorati 
4.
Aleksandr Makedonskiyga qarshi Spetamen boshchiligida kurash 
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Ahamoniylar davlati, Eron, Turon, Doro, Kir, To‗maris, 
Aleksandr Makedonskiy, Spetamen, Satibarzan, Marokanda, Gerodot, So‗g‗d, Boxtar Zamin, 
Granik jangi, Bess.
Eron va Turon aloqalari tarixi miloddan avvalgi II ming yilliklarga bog‗lanadi. Asrlar 
kechishi bilan ikki mamlakat o‗rtasidagi totuvlik buziladi. Turon shohlarining Eronga, aksincha, 
eroniylarning Turonga yurishlari, bosqinlari avjga minadi. Bu ayniqsa, Afrosiyob zamonida 
keskin va shiddatli tus oladi.
Abulqosim Firdavsiy Turon deganda asosan turkiy elatlarni ko‗zda tutadi. Samarqand 
hukmdori Afrosiyob qo‗shinlari turklardan iborat edi: 
Afrosiyob kelmish, askari yuz ming, 
Turklardan tanlangan askari yuz ming
1

Afrosiyob qo‗shinlarida boshqa qavmlar vakillari ham bo‗lgan. Buni ―turklardan 
tanlangan askari yuz ming‖ degan misra anglatib turibdi. Lekin ahamiyatli jihati shundaki, 
qadimgi Turon va Eron munosabatlarini chuqur o‗rgangan shoir turk askarlariga ayricha 
e‘tiborni qaratmoqda. Eron va Turon o‗rtasida kechgan nizolar yurt talash bilan, mamlakatni 
kengaytirish bilan bog‗liq bo‗lgan, albatta. Turon podshohlari Eron mulklarini tobe qilishga 
intilgan bo‗lsa, aksincha, Eron hukmdorlari Turonni tiz cho‗ktirishga jon-jahdi bilan uringanlar. 
Shu boisdan, asosiy jang harakatlariga etnik bo‗yoq berish, ya‘ni turk va eroniylar kurashi, deb 
qarash bejiz emas. 
Miloddan VI asrda Markaziy Osiyo Ahamoniylar davlati (miloddan avv.550-330 y.y.) 
asoratiga tushib qoldi. Markaziy Osiyoning eroniy podshohlar tomonidan zabt etilishi 
manbalarda yetarli aks etmagan. Bu jihatdan qadim yunon muarrixining ―Quyi Osiyoni Garpag 
odamsiz qoldirgan bo‗lsa, yuqorisini – xalqlarni birin-ketin bosib olgan, ulardan birortasiga ham 
rahm-shafqat qilmagan Kir qirg‗in qilgan edi‖, degan so‗zlari ahamiyatli.
Gerodotning bu shahodatidan milodgacha bo‗lgan 530-522 yillarda kechgan vahshiyona 
qirg‗in-barotni tasavvur etish qiyin bo‗lmaydi. Markaziy Osiyoda yashovchi qavmlar 
bosqinchilarga qarshi shijoatli va mardonavar kurash olib borganlar. Turon va uning janubiy 
qismi bo‗lgan So‗g‗d va Baxtar Zaminni bo‗ysundirish haqidagi Kirning makkorona rejasi 
1
Firdavsiy. Shohnoma. T.:1975. B.582. 


12 
malika To‗maris boshliq massagetlar tomonidan barbod etiladi. Massagetlar malikasi 
To‗marisning Eron shohi Kir ustidan qozongan g‗alabasida qadim qashqadaryoliklarning ham 
ulushi bo‗lganligini e‘tirof etmoq lozim. 
Markaziy Osiyo ko‗chmanchi qavmlarining Kir ustidan qozongan g‗alabasi juda katta 
ahamiyatga ega bo‗lgan edi. Bu jangda Ahamoniylar saltanatining asoschisi Kir o‗ldiriladi. 
Milodga qadar bo‗lgan 522 yilda Doro I Eron taxtini egallaydi. Doro I to 486 yilga qadar 
hukm suradi. Kirning o‗limidan to Doro I ning taxtga chiqishi (Kirning massagetlar tomonidan 
o‗ldirilishi 530 yilning iyuli so‗nglari - avgusti boshlarida sodir bo‗ladi. Bu Markaziy Osiyo 
xalqlari tarixida birinchi to‗g‗ri aniqlangan sanadir) o‗rtasida sakkiz yil vaqt bor. Doro I hukm 
surgan yillarda Eron qo‗shini Turon yerlariga bir necha bor hujumlar qiladi. Bu davrda 
Ahamoniylar saltanatiga Markaziy Osiyoning ko‗pgina joylari tobe bo‗ladi. Behustin tog‗ida 
baland qoya toshlarga (birinchi ustun) Doro I o‗zi fath etgan mamlakatlarning nomlarini o‗yib 
yozdirgan. Bu yozuvlarda Doro I ga Turon mulklaridan Xorazm va So‗g‗diyona bo‗ysunganligi 
qayd etiladi. 
Doro I ga qarshi mag‗rur shaklar qattiq kurash olib boradilar. Doro I taxtga chiqqanining 
uchinchi yili tigraxavda shaklariga qarshi yurish qilgan. Bu qirg‗in barotda shaklar mag‗lub 
bo‗lganlar. Ammo shaklarni bo‗ysundirish eron podshohi uchun oson kechmagan. Buni 
Poliyenning cho‗pon Shiroq haqidagi rivoyati ham ishorat etadi. Shiroq tomonidan hiyla bilan 
cho‗li biyobonga olib chiqib ketilgan Doro I qo‗shini suvsiz, oziq-ovqatsiz, halokat yoqasiga 
kelib qoladi. Shunda Doro I tong payti baland do‗nglikka chiqib, quyoshga topinadi-da, 
ma‘budalardan yomg‗ir yog‗dirishni iltijo qiladi. Poliyenning hikoya qilishicha, Doro I ning 
iltijosi o‗laroq, yomg‗ir yog‗adi va uning qo‗shinlari halokatdan qutulib qoladi. Uzoq o‗tmishdan 
elas yetib kelgan bu aks sado Markaziy Osiyo xalqlari ajdodlarining eroniy bosqinchilarga qarshi 
shiddatli va uzoq kurash olib borganligini fahmlashda o‗ziga xos dalillardir. 
Eron hukmdorlari tobe qilgan yurtlarni ayovsiz talagan. Ahamoniylar o‗zlariga tobe 
bo‗lgan xalqlarni zzish va talashning benihoya vahshiyona usullarini o‗ylab topganlar. Bu esa 
belgilab qo‗yilgan boj-xirojdan tashqari yana bo‗lak yo‗llar bilan xazinani to‗ldirishga xizmat 
qilardi. Gerodot ana shulardan biri sifatida suv taqsimoti haqida hikoya qilgan. Podshoh amri 
bilan sug‗oriladigan yerlarga oqadigan ariq va daryolarga qulay joylarda to‗g‗onlar qurilgan.
Ayni ekin-tikin suv ichadigan yoz oylarida to‗g‗onlar taqa-taq bekitib qo‗yilgan. Shunda 
dehqonlar bola-chaqasi bilan shoh amaldorlari eshigi oldida dod-faryod solib, suv berishni 
iltimos qilganlar. To‗g‗onlar katta tovon evaziga ochilgan. Dalalar suvga qonar-qonmas, suv 
yana yopib qo‗yilgan. Gerodot fors hukmdorlarining bu nayrangidan qattiq taajjubga tushadi. 
Ahamoniylar saltanati 200 yildan ko‗proq hukm suradi. Eron bu davrda jahonning 
qudratli davlatlaridan biriga aylangan edi. Eron hukmdorlari kuch bilan bo‗ysundirgan xalqlap 


13 
hamisha erk uchun kurashganlar. Ahamoniylar saroyidagi ichki nizolar tobe elatlar noroziligi 
bilan qo‗shilib, katta quvvatga ega bo‗lgan saltanatni yemiradi. Tarixiy manbalar So‗g‗d bilan 
Xorazmning Ahamoniylar tobeligiga qanday tushib qolganligi haqida aniq ma‘lumot bermagani 
kabi, bu o‗lkalarda yashovchi xalqlarning kurashi, ozodlikni qo‗lga kiritishi haqida ham lom-
mim demaydi. Aleksandr Makedonskiy yurishi boshlangan davrda Xorazm mustaqillikka 
erishgan, eroniy hukmdorlar zulmidan qutilgan edi. Milodgacha bo‗lgan IV asrning ikkinchi 
yarimlarida shaklar ham eroniylar zulmidan qutilishga muvaffaq bo‗ladilar. 
Ahamoniylar davlati quldorlikka asoslangan harbiy-aristokratik saltanat edi. Arkoni 
davlatni forslardan va qisman midiyaliklardan (kurdlardan) bo‗lgan oliy tabaqa zodagonlar 
tashkil etar edi. Tobe mamlakatlar aholisi hech bir haq-huquqqa ega emas, ahamoniylar harbiy 
quvvatini mustahkamlash uchun qurol-yarog‗, oziq-ovqat, ot-ulovdan tashqari, qimmatbaho 
gazmollar, qurilish ashyolari, oltin-kumush yetkazib berishga mahkum qilingan edi. Ana 
shunday bir vaziyatda Doro III saltanati yunoniylar hujumiga duch keladi. 
Forslarga qarshi yurish aslida Aleksandr Makedonskiyning otasi Filipp II (milodga qadar 
bo‗lgan 359-336 yy.) davrida amalga oshirilishi mo‗ljallangan edi. Makedoniya uning davrida 
rivoj topib, harbiy quvvati mustahkamlangan, yon-atrofdagi qo‗shni davlatlar, xususan, 
Yunonistonning katta qismi bosib olingan edi. Filippning niyati forslardan o‗ch olish bo‗lgan. 
336 yilda Filippning o‗n ming kishilik qo‗shini forsiylar bilan Kichik Osiyoda jangu jadalga 
kirishadi. Bu orada fitnaning qurboni bo‗lgan Filipp o‗z qo‗riqchisi tomonidan o‗ldiriladi. 
Hokimiyat uning yigirma yoshli o‗g‗li Aleksandr qo‗liga o‗tadi. Aleksandr Makedonskiy 
otasi Filipp boshlagan ishning mohiyatini to‗la anglab yetgan. Forslar ustiga qilinadigan bosqin 
rejasidan u oldindan xabardor bo‗lgan. Makedoniyalik hukmdorlar, turgan gapki, Ahamoniylar 
idora qilib turgan qudratli davlatga qarshi harbiy harakatlarni boshlashdan avval, uning ichki va 
tashqi ahvolini chuqur o‗rganganlar. Josuslar yetkazib turgan ma‘lumotlar sababli, Aleksandr 
Fors hukmdori saroyidagi ichki nizolarning nihoyat darajada tomirlab, parokandalik so‗nggi 
nuqtaga kelib qolganini yaxshi bilgan. 
Eronda Doro I saltanatga kelgan davrdan boshlab kuch-qudrat bir qadar bo‗shashgan, 
satrapliklar mustaqillik da‘vo qilayotgan, ayrim o‗lkalar esa ozodlikka erishib, o‗z davlatlarini 
tiklagan edilar. Saroyda uzoq vaqt davom etgan fitnalar Ahamoniylarning o‗z quvvatiga bo‗lgan 
ishonchini juda susaytirib qo‗ygan edi. Bir vaqtlar shon-shavkati Osiyo-yu Afrikaga, Ovrupoga 
yoyilgan Ahamoniylar mamlakatining barcha hududlarida tobe xalqlarning norozilik kurashlari 
davom etayotgan edi. Iskandar Moqiduniyning Doro III ga qarshi hujumi shunday g‗ulg‗ulali 
davrda boshlanadi. 
Milodga qadar bo‗lgan 334 yilda Granik nahri bo‗yidagi jangda, muhimi, Iyesa shahri 
yaqinidagi muhorabada Iskandar g‗olib keladi. U, Kichik Osiyoni, Suriya, Falastin, Finikiya va 


14 
Misrni egallaydi. Doro III uchun ayniqsa, 331 yilning kuzi xosiyatsiz boshlanadi. Gavgamela 
yonida bo‗lgan shiddatli kurashda Eron qo‗shini yengilib, Doro III qochishga majbur bo‗ladi. 
Aleksandr Doro III ni o‗ldirmaguncha forslar ustidan qozongan g‗alabasi to‗laqonli 
bo‗lmas edi. Doro III ning ketma-ket mag‗lubiyati uning o‗z yaqinlari o‗rtasida ishonchsizlikni 
vujudga keltiradi. Bundan foydalangan Doroning qarindoshi, Boxtar (Baqtryona) satrapi Bess 
hokimiyat tizginini o‗z qo‗liga olishga intiladi. Bu vaqtda harbiy harakatlar Bess mulkida, 
Boxtar zaminda kechayotgan edi. 
Bess, chamasi, yutqizilayotgan urushda o‗zgarish yasashga, oldingi shukuhni tiklashga 
intilgan. O‗zini podshoh deb e‘lon qilishi, Ardashir laqabini olishi shundan dalolat beradi. Biroq, 
qanchadan-qancha mamlakatlarni hukmi ostiga olgan, harbiy quvvati va tajribasi katta bo‗lgan 
Iskandar bilan Bess maqei teng emas edi. Doro III tirikligida qo‗shinning eng sara, ish ko‗rgan 
qismi qirilib bo‗lgan edi. Bess yangi kuchlarga umid bog‗lab Amudaryoni kechib o‗tishga, 
Boxtar Zaminda o‗rnashishga qaror qiladi. Amudaryo ortidagi xalqlarning kuchiga, ularning 
vatanparvarlik hissiyotiga, or-nomusiga umid bog‗lagan Bessning bundan o‗zga chorasi 
bo‗lmagan. 
Voqealarning shu nuqtasida Qashqa vohasi bilan bog‗liq voqea-hodisalar tarix 
maydoniga chiqadi. Arrianning yozishiga qaraganda, Iskandar Boxtarga, Bessni ta‘qib qilib 
borar ekan, yo‗l-yo‗lakay drangiylarni, gadrosiylarni va araxotlarni o‗ziga tobe qiladi. Bess 
qo‗shinlari safida Dorodan yuz o‗girgan forslar, 7000 ming boxtarlik ko‗ngillilar, Sirdaryo 
ortidan kelgan shaklar bor edi. Iskandarga qarshi yuzma-yuz jangga Bess tayyor bo‗lmagan. 
Bess Iskandarning yaqinlab kelganini eshitib, Oksni (Amudaryo) kechib o‗tadi-da, Navtoqqa 
kelib o‗rnashadi. 
Bessga So‗g‗d lashkarlari boshlig‗i Spitamen, Sirdaryo ortidan kelgan shaklar, Oksiart 
hamkorlik qiladi. Boxtar qo‗shini daryo ortiga o‗tishni va Iskandar bilan jang qilishni istamaydi. 
Iskandarga qarshi birlashgan Eron-Turon kuchlarida parokandalik yuz beradi, bu esa Yunon 
hukmdorining g‗alabasini ta‘minlashda dastlabki omil bo‗ladi. Iskandar daryo orti yurishlarida 
qattiq qarshilikka duch keladi. Yo‗lda uchragan qal‘alar osonlikcha taslim bo‗lmagan. Shiddatli 
jangu jadallardan so‗ng tog‗da joylashgan Toshqo‗rg‗on zabt etiladi.
Arrianning xabarida Boxtar mamlakatining qolgan qismi ham qo‗lga kiritilganligi 
aytiladi. Iskandar tobe etgan yurtga Artabazni satrap qiladi. Milodgacha bo‗lgan 330 yilning 
bahorida Boxtar Zaminni egallagan fotih, bu joyni o‗zining navbatdagi o‗lkalarni tobe etishida 
tayyorgarlik maydoni deb qaraydi. Satibarzan isyoni bostiriladi, uning o‗zi esa o‗ldiriladi.
Satibarzanning Iskandarga qarshi harakatlari Yunon hukmdorini Boxtar tuprog‗ida bir 
oycha tutib turadi. Bessning yunoniylarga qarshi kurashi ham Iskandar shiddatini susaytirib, 
lashkariga bir qadar talofat yetkazadi. Ko‗pgina olimlar Bessning jangovar harakatida ijobiy 


15 
alomatlarni ko‗radilar. Bess va Iskandar kurashi davom etgan oylarda, birinchi galda, vaqtdan 
yutilgan edi. Mana shunday fursatda Amudaryo va Sirdaryo o‗rtasida yashovchi aholi Iskandar 
bosqini dahshatini, uning qirg‗inbarot va xo‗rlashga asoslanganligini anglab yetadi. Shu 
sababdan ham, tez orada bu yurtda yunon kelgindilariga qarshi keng miqyosda ommaviy 
qarshilik harakati kuchayib ketadi. 
Iskandarning Naxshabdagi harbiy harakatlari haqida tarixiy manbalarda ma‘lumot yo‗q 
hisobi. Milodgacha bo‗lgan 330 yilning bahorida Boxtarni bo‗ysundirgan fotih, tez orada 
Amudaryoni kechib o‗tgan va o‗ziga qarshi urush holatida bo‗lgan kuchlar joylashgan manzil – 
Naxshabga yurish qilgan. Naxshab va unga tobe joylar qisqa fursat ichida talon-taroj etilgan. 
Iskandar qo‗shini oyog‗i yetgan qal‘a va qishloqlar vayron qilingan. Iskandarning asosiy yutug‗i 
shunda bo‗lganki, u tez harakat qilgan, oqibatda, unga qarshi turganlar yetarli kuch to‗plashga 
ulgura olmagan. Spitamen, shu sababdan, ozgina lashkar bilan kurashni davom ettirishga majbur 
bo‗lgan. 
Iskandar So‗g‗d poytaxti Marokandaga (Samarqand) tomon yurishni davom ettiradi. 
Bosqinchilarga qarshi So‗g‗d qo‗zg‗aladi. Iskandar ustamonlik qilib, Sirdaryo ortidagi shaklar 
bilan ittifoq tuzib, elchilar jo‗natish tadbirini ko‗zlaydi. U shu yo‗l bilan Turon kuchlarini bo‗lib 
qo‗yib, ularni yakka-yakka mag‗lub etishni o‗ylagan edi. 
Shaklar bosqin xavfini sezib, hushyor tortadilar va jangga hozirlik ko‗ra boshlaydilar. 
So‗g‗diylar bosqinchilarga qarshi jangovar harakatlarni kuchaytiradi. Kurash maydoniga chiqqan 
kishilar turli-tuman toifa vakillari edi. Bir tomondan Spitamen suvoriylari, ikkinchi yoqdan 
Boxtar va So‗g‗d zodagonlari ham Iskandarga qarshi hayot-mamot jangi olib borardilar. Yunon 
bosqinchilariga qarshi kurash xalq harakati tusini oladi. Iskandar qo‗zg‗olgan xalqni beayov 
qiradi, xo‗rlaydi, talaydi. Buni hatto Iskandarning maddoh yilnomachilari ham tan olishga 
majbur bo‗lgan.
Marokanda qamali, Spitamenning chekinishi voqealari sabab Iskandar Diodor aytgani 
kabi, 120 mingdan ziyod kishining yostig‗ini quritadi. Iskandarning mukammal harbiy yaroqqa 
ega bo‗lgan qo‗shini So‗g‗d bo‗ylab qanchalik ajal urug‗ini sochmasin, Spitamen fidoiylari unga 
biror kun ham tinchlik bermagan. Uning kichik to‗plarga bo‗lingan suvoriylari kutilmagan 
joylarda zarba berar, dushmanga kundan-kun ziyoda talofat yetkazar edi. Shu sababdan Iskandar 
lashkarini 5 qismga bo‗lib, butun So‗g‗d bo‗yicha qadam-baqadam uning izidan boradi, o‗ziga 
qarshi ko‗tarilgan vatanparvarlarni qilichdan o‗tkazadi. 
Turon aholisi, so‗g‗dliklar yunon bosqinchilariga qarshi uch yil davomida qahramonona 
kurash olib boradilar. Naxshab hududida, Zarafshon vohasi, Hisor tizma tog‗larida, O‗ratepa va 
Sirdaryo qirg‗oqlarida bo‗lib o‗tgan qattiq janglar, garchi Aleksandr foydasiga hal bo‗lgan esa-
da, bosqinchilar qo‗shiniga ham katta talofat yetkazadi, uning qudratli kuchini zaiflashtirdi.


16 
Aleksandrning So‗g‗d tuprog‗ida uch yil o‗ralashib qolishi dalilining o‗zi yerliklarning 
harbiy qudrati darajasini baholash uchun yetarlidir. So‗g‗dda, shaklar kurashida, Boxtarda, 
―Sisimitr qoyasi‖da Aleksandrga yetkazilgan jarohatlar, uning hayotdan erta ko‗z yumushiga 
sabab bo‗lmay qolmagan. 
Yunon-makedon qo‗shinlari bosib olgan mamlakatlardagi ahvolni tarixiy asarlar 
ma‘lumotlari asosida xulosa qilganda, yunoniy va makedoniyaliklar, o‗zlari bosib olgan 
hududlarga qadam qo‗yishi bilan, bu joylarga taraqqiy qilgan yunon quldorchiligining 
qoidalarini joriy qiladilar: qo‗pol kuch ishlatish, aholini cheklanmagan tarzda ezish, boylik 
orttirish uchun ularni o‗zga yurtlarga qul qilib sotish singari mustabidlik zulmi manzarasi hosil 
bo‗ladi. 
Shu bilan birga, yunon madaniyatining Sharqqa o‗tkazgan ta‘sirini va aksincha, 
Sharqning Yunoniston, umuman, Ovrupoga ko‗rsatgan madaniy ta‘sirini unutmaslik kerak. Ellin 
madaniyati taraqqiyotiga Markaziy Osiyo xalqlari benazir hissa qo‗shganlar. 
Aleksandrning kuch va qilich bilan tobe qilingan mamlakatlari uning vafotidan ko‗p 
o‗tmay (milodgacha bo‗lgan 323 yil), mustaqillik kurashini avj oldiradilar. Qul qilingan, ezilgan, 
xo‗rlangan xalqlar qo‗zg‗ala boshlaydilar.
So‗g‗d va Boxtarda qoldirilgan yunon askarlari o‗z vatanlariga qaytish uchun isyon 
ko‗taradilar. 20 ming piyoda va 3 ming otliq qo‗shin jo‗nash taraddudini ko‗radi. Bu 
sipohiylarning ketishi yunoniylar saltanatiga putur yetkazar edi. Shu sababli, Aleksandrning 
noibi Perdiika vataniga qaytmoqchi bo‗lgan yunon qo‗shinini qirib tashlaydi. Bu fotih istilochilik 
siyosatining ichidan chirib, tamom zil ketishi alomati edi. 


17 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish