O„zbekiston tarixi kafedrasi


-MAVZU: YANGI ERA BOSHLARIDA QASHQADARYO VOHASI (I-VII ASRLAR)



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/85
Sana07.02.2023
Hajmi1,41 Mb.
#908804
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   85
Bog'liq
Кашка. МАЖМУА 2022 - для слияния

7-MAVZU: YANGI ERA BOSHLARIDA QASHQADARYO VOHASI (I-VII ASRLAR) 
 
Reja: 
1.
Vohada dehqonchilik va hunarmandchilik.
2.
Iqtisodiy va madaniy hayot (I-VII asrlar).
3.
Qashqadaryo vohasi Turk xoqonligi davrida. Kidariylar, Eftaliylar.
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Sosoniylar saltanati, kidariylar, xioniylar va eftaliylar, 
yuyechjilar, Pirmatbobotepa, Mo‗g‗xonalar. 
Milod boshlariga kelib So‗g‗d va unga qo‗shni bo‗lgan mamlakatlarda tarixan muhim 
o‗zgarishlar yuz beradi. Milodning 220 yilida Eronda Sosoniylar hukumati qaror topadi. 
Sosoniylar saltanati to‗rt asrdan oshiqroq hukm suradi. Sosoniylar davrida mamlakat ham harbiy, 
ham iqtisodiy jihatdan yuksaladi. Sosoniy hukmdorlar o‗zlariga qo‗shni bo‗lgan davlatlarni bosib 
olish uchun kurash olib boradi. Markaziy Osiyo hududlarining bir qismi Sosoniylar qo‗liga 
o‗tadi.
Sosoniylarning shafqatsizlik bilan o‗tkazgan talonchilik siyosati mazlum o‗lkalarda qattiq 
norozilik tug‗diradi. Shunday murakkab vaziyatda Sosoniylarning qudratini kesadigan bir kuch 
paydo bo‗ladi. Bu kuch ko‗chmanchi dasht qavmlari bo‗lib, vaqti-vaqti bilan Eron davlatiga 
zarba berib, ularni holdan toydiradi. Oqibatda, V asr o‗rtalariga kelib Sosoniylar Markaziy Osiyo 
viloyatlaridagi o‗z ta‘sirini yo‗qotadi. 
Milodning IV-V asrlarida kechgan voqealar markazida kidariylar, xioniylar va eftaliylar 
deb nom olgan qavmlar muhim o‗rin tutadi. Asr boshlarida Naxshabda kechgan siyosiy 
o‗zgarishlar ma‘lum darajada kidariylar va xioniylar bilan bog‗langan. Xitoy manbalarida, Bey-
shi yilnomasida ―jujanlar hujumidan bezor bo‗lgan yuyechji yo‗lboshchisi o‗z qarorgohini Bolo 
shahriga ko‗chirdi‖, degan xabar uchraydi. 
Kidariylar kelib chiqishi jihatidan Kushaniylarga (yuyechjilar) qondosh elat, yoinki, 
ularning tarkibiga kiruvchi qavmlardan bo‗lgan. Bu yerda xioniylar masalasi ham bor. 
Elatshunos olimlar xioniylarning kidariylarga mansub qabilalar bo‗lganligi, shu boisdan, ularni 
ham ―kidariylar‖ deb yuritilganligini qayd etadilar. 
Xitoy manbalarida xioniylar haqida ma‘lumotlar uchramaydi, degan qarash mavjud edi. 
Yapon olimi K.Yenoki bu haqda boshqacharoq fikrni olg‗a suradi. U Xitoy yilnomalarida 
xunnlar tomonidan Sudening zabt etilishi haqidagi gap So‗g‗dga taalluqli bo‗lib, xunnlar nomi 
ostida xioniylar ko‗zda tutilgan, deydi. So‗g‗dning esa xioniylarga tobe bo‗lganligi aniq. 
Xioniylar o‗zlarining keyingi yurishlarini So‗g‗d hududidan amalga oshirgan. 
Manbalarda kidariylar va xioniylar qanchalik aralashtirilib yuborilgan bo‗lsa, eftaliylar bilan 
xioniylar tafovutini belgilash ham qiyin. 450-yil voqealari haqida hikoya qilinar ekan, ―Eftaliylar 
davlati‖ degan istiloh yuzaga chiqadi. 


39 
Etnik jihatdan qon-qardosh bo‗lgan kidariylar, xioniylar va eftaliylar ittifoqi oxir-
oqibatda, Eron hukmronligiga barham beradi. Sosoniylar V asr oxirlarida Eftaliylarga bosh egib, 
tovon to‗lab turishga majbur bo‗ladi. Eftaliylar 467-470 va 480 yillar oralig‗ida So‗g‗dni ham 
tobe etganlar. Markaziy Osiyoning katta qismi ular davlati tarkibiga kiradi. Toxariston eftaliylar 
saltanatining markaziy qismi bo‗lib qoladi. Eftaliylarning tarix oldidagi buyuk xizmatlaridan biri 
Sosoniy podshohlari saltanatiga barham berish bo‗lgan edi. Sosoniylarning Sharqni 
bo‗ysundirish haqidagi rejalari barbod bo‗ladi. Buning natijasi o‗laroq, Eronga tobe bo‗lib 
kelgan o‗lkalarda ozodlik harakati vujudga keladi. 
Qashqa vohasida xioniylar daxmalari saqlanib qolganmi, degan savolga qadimshunoslar 
ijobiy javob beradilar. Naxshabga yaqin Pirmatbobotepa atrofdagi tepachalar qazib ko‗rilganda 
(4-raqami bilan belgilangan nomsiz tepacha), guruhlab dafn etilgan daxma topilgan. Daxmada 
alp qomatli erkakning suyaklari bilan bir qatorda yana beshta jasad qoldiqlari ham bo‗lgan. 
S.K.Kabanov daxmani mufassal tadqiq etib, uning bir paytda amalga oshirilgan guruhlab 
ko‗mish joyi bo‗lganligini aytadi. Pirmatbobotepa yaqinidagi 4-nomsiz do‗nglik daxma xarobasi 
bo‗lib, u V asr so‗nglarida vujudga kelgan. 
Qashqa vohasining quyi qismida, Bo‗riariqning g‗arbiy tarafida paydo bo‗lgan manzillar 
V asrda ham yashashda davom etgan, ammo shu asr so‗nglarida bu yerdagi barcha qishloqlar 
bo‗shab, huvillab qolgan. Buning sababini S.K.Kabanov 468 yilda yuz bergan Valaam (Balaam), 
ya‘ni, Bolo shahrining Sosoniylar tomonidan qamal qilinishi bilan bog‗laydi. Pirmatbobotepa 
atrofidagi bir yo‗la ko‗p kishi dafn etilgan qabrlar-daxmalar ham shu davrda vujudga keladi. 
Pirmatbobotepa atrofidagi daxmalarga etnik jihatdan kimlar dafn etilganligini aniqlash 
uchun, shubhasiz, ko‗mish marosimining bir vaqtdami yoxud davomiymi ekanligini aniqlash 
juda axamiyatli edi. Qachonlardir daxma talab ketilgan, bu esa jasad qoldiqlarining holatini bir 
qadar buzgan. Daxmaning pastki qismi ancha oldin (demak, tinch vaqtlarda) amalda bo‗lgan. 
Shu tarifa, 4-tepalikdagi daxma o‗rganilganda, uning yuqori qismida bir vaqtning o‗zida bir 
necha kishini dafn etish amalga oshirilganligi aniqlangan. Bu yerda dafn etilgan kata yoshli 
erkak kishining o‗limi o‗zi bilan birga eng kamida besh kishining birgalikda ko‗milishiga sabab 
bo‗lgan. Dafn etilganlardan biri yosh bola bo‗lgan.
Bunday odat ko‗zda tutilayotgan asrlarda boshqa xalqlarda ham bo‗lgan. Kidariylar 
Hindistonda o‗rnashib qolgandan so‗ng, hindlar orasida rasm bo‗lgan eri vafot etganda xotinini 
qo‗shib ko‗mish odati, ehtimol, shu siljish bilan bog‗liqmi yoki bu urf kidariylarga kadar ham 
mavjud edimi, aytish mushkul. Harholda, bu odat Hindistonda XIX asrga qadar hukm surib 
kelgan edi. 
Eftallar haqidagi ma‘lumotlarda ularning boy-badavlat kishilari o‗zlari uchun toshdan 
yasalgan daxmalar qurishi, kambag‗allari esa yerdan kovlangan oddiy qabrlarga dafn etilishi 


40 
aytiladi. Naxshab tevarak atrofi tekislik bo‗lgani uchun ham toshdan qurilgan daxmalar haqida 
gap bo‗lishi mumkin emasdi. Yuqorida zikr etilgan oilaviy daxmada eftaliylarning dafn 
odatlariga rioya qilingan. Chunki, unda o‗lgan kishilarning tirikligidagi buyumlari ham qo‗shib 
ko‗milgan. Quyi Qashqadaryodagi shu davrga oid qabrlar tadqiq etilib, bosh suyaklari ko‗zdan 
kechirilganda, yettita bosh suyagidan 4 tasining sun‘iy ravishda suboq holga keltirilganligi 
aniqlangan. 
Qadimshunoslar muqoyasasiga ko‗ra, Quyi Qashqadaryodagi V asrga taalluqli daxmadan 
chiqqan va sun‘iy suboq holga keltirilgan bosh suyagi Shimoliy Hindistonda hukm surgan 
eftaliylar hukmdori Mixirakulaning sun‘iy shakl berilgan bosh suyagiga juda o‗xshashdir. 
Pirmatbobotepa yaqinidagi 4-nomsiz tepalikdagi daxmadan olingan bosh suyaklari o‗z tuzilishi 
bilan Mixirakula bosh suyagini eslatadi. Bu ham Quyi Qashqadaryoda eftaliylar mozorlari 
bo‗lganligini tasdiqlovchi muhim dalillardan yana biri bo‗ladi. 
Dafn vaqti ham yozma manbalardagi eftaliylarning Naxshabga kelishi sanalariga 
muvofiq, deyish mumkin. Yapon olimi K.Yenoki So‗g‗dning eftaliylar tomonidan bosib 
olinishini 473-479 yillar deb ko‗rsatadi. Samarqandning eftaliylar tomonidan zabt etilishi sanasi 
ilmiy adabiyotlarda 509 yil tariqasida ko‗rsatiladi. 468 yilda yuz bergan kidariylar 
mag‗lubiyatidan so‗ng, So‗g‗dda bosh-boshdoqlik vujudga kelib, uni bosib olish juda oson 
kechgan. 
Eftallar otashparast bo‗lganlar. Mo‗g‗xonalar – toshdan yasalgan daxmalardir. Quyi 
Qashqadaryoda Mo‗g‗lon degan joy mavjud, ehtimol, bu yerda eftaliylarning katta daxmalari 
bo‗lgandir. Pirmabobotepa obidasi ham bu yerdan uzoq emas. 
Qashqadaryoda milod boshlaridan to V asr so‗nglariga qadar hukm surgan eftaliylar 
manzillari yetarli o‗rganilgan emas. Eftallarning So‗g‗ddagi hukmronlik davri voqealari haqida 
ilmiy manbalarda ma‘lumotlar kam. 
Eftaliylar Buxoro va unga qo‗shni bo‗lgan Qashqa vohasida o‗rnashib olganidan so‗ng, 
mahalliy hokimlarni hokimiyatdan chetlashtirgan. Buxoroda aslzodalar ular zug‗umidan ko‗chib 
qutulgan. Qashqa vohasida ham ular zo‗ravonligi kam bo‗lmaganligini tasavvur qilish mumkin. 
Qashqa vohasida eftaliylarning hukm surish davri 473-479 va 563-567-yillar deb qaraladi. 
Eftaliylarning Naxshabda bo‗lishi keyinchalik bu joyda zarb etilgan va eftaliy hukmdorlar tasviri 
tushirilgan tangalar misolida ham dalolat etiladi. 
Qashqa vohasidagi VI asr ijtimoiy hayotining muhim xususiyatlaridan biri bu davrda 
qasrlar atrofida aholining jam bo‗lishi hisoblanadi. Bunga qadar dehqonlar, ozodlar va kadivarlar 
alohida-alohida qasrlarda, uy-joy va hovlilarda yashab kelgan edi. Eftaliylar hukmronligi 
ijtimoiy hayotdagi bu tabaqalanishga tahrir kiritadi. Qorahavaltepa, Tayloqotatepa, 
Komanditepa, Naymantepa, Obrontepa, Oqtepa, Chavqaytepa, Polvontepa, Soritepa, Shulliktepa, 


41 
Chorvoqtepa, Teshiktepa, Boyg‗unditepa, Qovchintepa, Poshtontepa, Kindiklitepa, Qamashitepa 
kabi kishilik manzillari mana shu davrlarda gavjum joylar bo‗lgan. 
S.K.Kabanov Naxshab vohasining yangi milod boshlaridagi tarixi haqida to‗xtalar ekan, 
bu joyga oid to‗g‗ridan-to‗g‗ri ma‘lumotlar faqatgina V asrga daxldor bo‗lib, oldingi to‗rt asrlik 
muddat yozma manbalarda yoritilmaganligini ta‘kidlaydi. Aleksandr Makedonskiy istilosidan 
so‗ng milodga qadar kechgan qariyb uch asrdan ziyod davr tarixi, yangi milodning I-IV asrlari 
haqidagi bitiklar qayerda qolgan? Bu savollarga qadimshunos olim arman manbalariga asoslanib 
javob berishga intiladi. Arman manbalari milod boshlaridagi voqea-hodisalar haqida xabar 
beradi.
Qang‗ davlati tarixi Naxshab o‗tmishining ochiq sahifalarini to‗ldirishda manba bo‗ladi. 
Qadim yozma manbalarda Qang‗ davlatiga qarashli Suse, Fumu, Yuni, Gi, YUyegyan kabi 
beshta viloyat qayd etilgan. Aksar tarixnavislar Xitoy manbalarida xitoychalashtirilgan bu 
nomlarni 
Suse-Kesh 
(Shahrisabz), 
Fumu-Zarafshon 
vodiysi 
joylashgan 
Kushoniya 
(Kattaqo‗rg‗on), Yuni-Toshkent, Gi- Buxoro, Yuyegyan-Urganch tarzida talqin etadilar. 
K.Shoniyozov So‗g‗diyonada ham qang‗arlarga qarashli bir qancha viloyatlar (Kan, Mi, 
Sao, Suse, Fumu va An) mavjud bo‗lgan, deydi. Yana u So‗g‗d yerlariga qang‗arlar egalik qilgan 
(miloddan oldingi II asrning 70 yillari) vaqtdan e‘tiboran, tobe etilgan mulklarda Qang‗ning 
hukmdori xonadoniga mansub kishilar hokimlik qila boshlaganligini ham aytadi. Uning 
ko‗rsatishicha, qadim yilnomalarda Kan hokimligiga An (Buxoro), Sao-Samarqand g‗arbidagi 
cho‗llar, Xe-Kushaniya, Mi-Maymurg, Shi-Kesh, Nashebo-Naxshab, Unage-Chorjuy kabi sakkiz 
viloyat qarashli bo‗lganligi aytilgan ekan. 
Naxshab vohasining milod boshlaridagi manzarasini yoritishda qadimshunoslikning 
keyingi yutuqlari ahamiyati katta. Agar Naxshab vohasi kushonlar davlati ta‘sirida bo‗lgan ekan, 
shubhasiz, Naxshab tuprog‗ida ulardan ma‘lum izlar qolgan bo‗lur edi. 
Kushonlar ko‗chma hayot kechiruvchi qavmlar bo‗lgan. Ularning qadimgi hayoti, 
turmush tarzi va madaniyati haqida birdan-bir aniq xabarlar qabrlarda saqlanib qolgan osori 
atiqalarni tadqiq etish orqali olinadigan ma‘lumotlardir. 
Kushonlar o‗zga ko‗chmanchi qavmlar kabi o‗lgan qabiladoshlarini qo‗rg‗onlarda dafn 
etganlar. S.K.Kabanov fikricha, Qashqadaryoda qadimgi qo‗rg‗onlar tekshirib ko‗rilgan emas. 
Qo‗rg‗onlar, qolaversa, viloyatda juda kam uchraydi. Kichik-kichik tepalar, tashqi ko‗rinishidan 
qadimgi qo‗rg‗onlarga o‗xshab ketadigan joylar tekshirib ko‗rilganda, ularning alohida uylar 
ekanligi aniqlangan. Bu davrga oid qadimiy qo‗rg‗onlar Zarafshon tizma tog‗larining old 
qismida hamda Chimqo‗rg‗on suv ombori (Qamashi tumani) havzasi o‗rnida mavjud ekanligi 
hisobga olingan. 


42 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish