O„zbekiston tarixi kafedrasi


Qarshi mang„itlari saltanati



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/85
Sana07.02.2023
Hajmi1,41 Mb.
#908804
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   85
Bog'liq
Кашка. МАЖМУА 2022 - для слияния

 
Qarshi mang„itlari saltanati 
So‗nggi Ashtarxoniy hukmdor Abulfayzxon davrida (1711-1747) Buxoro xonligi bir 
nechta mustaqil hokimliklarga bo‗linib ketadi. Xonlikka tobelikdan chiqib, mustaqillik da‘vo 
qilgan bekliklarda qavm boshliqlari boshqaruvni o‗z qo‗llariga oladilar. 


101 
Hokimiyat talashuvlar natijasida bir-biriga dushman bo‗lgan urug‗ boshliqlari o‗zlariga 
qo‗shni bo‗lgan tuman yoxud shahar va qishloqlarni atayin talon-taroj qilar, oqibatda aholi 
turmushi izdan chiqar, qishloq xo‗jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq, madaniyatga katta putur 
yetar edi. Abulfayzxon davrida Qashqadaryoda ikki katta o‗zbek urug‗i – mang‗itlar va 
kenagaslar boshliqlari o‗rtasidagi ixtilof avjiga chiqadi. Mang‗itlar vohaning quyi qismida – 
Qarshi va uning tevarak-atrofida, kenagaslar esa Shahrisabz, Kitob tumanlarida joylashgan edi. 
Bu urug‗ boshliqlari xon huzurida o‗z mavqelarini oshirish nuqtai nazaridan kelisha olmas edilar. 
Xonlikda obro‗ e‘tibori baland urug‗ boshlig‗i katta imtiyozlarga ega bo‗lardi. 
Mavqe talashuvlar xalqni jonidan bezor qiladi. Katta shaharlar nufusi tinch go‗shalarni 
axtarib, o‗z makonlarini tark qiladilar. XVIII asrning 20-yillarida Samarqand butunlay huvillab 
qoladi. Bunday holatni Qashqa vohasining Qarshi va Shahrisabz singari shaharlarida ham ko‗rish 
mumkin edi. 
Xonlik urug‗ boshliqlari o‗rtasidagi adovatni bosti-bosti qilish o‗rniga, bir tomonga yon 
bosar, shu bilan qarama-qarshilikni, ataydanmi, yanada kuchaytirar edi. Jumladan, kenagaslar 
boshlig‗i Ibrohimbiy Otaliq mang‗itlarga qarshi kurashda omadi yurishmaganiga sabab deb 
bilgani Abulfayzxonga oxir-oqibatda oshkora dushmanlik yo‗liga o‗tadi. U Samarqandga borib, 
«Chingiz avlodidan bo‗lgan» xorazmlik shahzoda (ham kuyovi) Rajabni xon deb e‘lon qiladi. 
Abulfayzxon siyosatidan norizo bo‗lgan boshqa qavmlar ham Ibrohim Otaliq atrofiga 
jam bo‗ladi va ular bir necha yil davomida Buxoroga qattiq xavf tug‗dirgan yurishlar qiladi. Bu 
vaqtda Boxoroda bo‗lgan Pyotr I ning elchisi Beneveni aytishicha, g‗alayon ko‗targanlar gohida 
poytaxtni besh oylab qamalda tutib turganlar. Garchand, Rajabxon tez orada vafot etgan bo‗lsa-
da, Buxoro yon-atrofidagi qishloqlarni talash ishlari qariyb yetti yil davom etadi. Buxoro bu 
hujum va talashlardan juda xarob holda keladi. Viloyatda ocharchilik ruju qilib, kishilar qattiq 
azoblarni boshdan kechiradilar. Bu paytda Abulfayzxon poytaxtida atigi ikki mahallada odamlar 
yashab turgan ekan. 
Xonlik poytaxtida ahvol shu darajada bo‗lganidan keyin, uning viloyatlaridagi hayot tarzi 
nechog‗lik ekanligini tasavvur qilish qiyin emas. Buning ustiga, Nodirshoh Afshor o‗zi tobe 
etgan shahar va qishloqlardan qo‗shin oladi. Eron lashkarlariga Qarshi hokimi Muhammad 
Hakim Otaliqning o‗g‗li Muhammad Rahim ham o‗z yigitlari bilan xizmatga kirgan edi. 
Muhammad Rahim keyinchalik Ashtarxoniylar sulolasini tugatib, yangi – Mang‗itlar 
sulolasiga asos solgan kishi edi. Nodirshoh «tarbiyasini» olgan Muhammad Rahim to‗rt-besh 
yillik xizmatdan so‗ng, Buxoroga keladi va amirul umaro mansabini egallaydi. Abulfayzxon 
ko‗p o‗tmay (1747) olamdan o‗tadi. Bunda Muhammad Rahimning qo‗li bor edi. Otasi o‗rniga 
nomiga xon bo‗lgan Abdulmo‗min bir yilga yetar-yetmas, 1748 yilda zindonda yo‗q qilib 
yuboriladi. 


102 
Muhammad Rahim o‗z hokimiyatining dastlabki yillarida an‘anaga rioya qilib, soxta 
xonlar qo‗yishda davom etadi. U harbiy amaliyotdan xabardor kishi sifatida butun siyosiy aql-
idrokini tutday to‗kilgan mamlakatni tiklash ishlariga safarbar qilishga qaratadi. Abulfayzxon 
zamonida mayda-mayda xonlikchalarga bo‗linib, davlat ichida davlatchalar bo‗lib olgan Urgut, 
O‗ratepa, Jizzax, Shahrisabz singari joylar qattiq kurashlar natijasida yana Buxoroga 
bo‗ysundiriladi. Hisorni zabt etishda qattiqqo‗llik qilinadi. Bu joyda yashab kelayotgan 
o‗zbekning yuz (juz) urug‗i Buxoro xonligining markaziy qismiga ko‗chirib keltiriladi. Hozirgi 
vaqtda Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yashayotgan yuzlar 
aslida Muhammad Rahim farmoniga muvofiq bu joylarga ko‗chirib kelingan edi. Bu bilan u 
kuchli bo‗lgan yuz qavmini zaiflashtirishni ko‗zda tutgan edi va shunga erishadi ham. 
Muhammad Rahimning birlashtirish uchun olib borgan kurashlarida uning Nodirshoh 
qo‗shinida orttirgan tajribalari qo‗l keladi. Buning ustiga unda Erondan keltirilgan harbiy 
anjomlar bo‗lib, ular ko‗p jihatdan o‗zbek beklarining ibtidoiy qurollaridan afzal edi. 1752 yilda 
Qashqa vohasining yuqori qismidagi shaharlar, qal‘alar birin-ketin Muhammad Rahimga 
bo‗ysunadiki, bunda ana shu qurollar, o‗rnatilgan yangi harbiy nizom ustunligi xam ish beradi. 
Muhammad Rahim Buxoro xonligi xududlarini kengaytirib, o‗z mavqeini mustahkamlay 
boshlagach, uning obro‗-e‘tibori ham osha boradi. 1756 yilning kuzida din peshvolari tashabbusi 
bilan unga rasmiy ravishda xon unvonini berish masalasi qo‗yiladi. Muhammad Rahim bunga 
xaqli xam edi. U Abulfayzning qiziga uylangan, xonlik taxti vorisligiga da‘vo qilishi mumkin 
edi. Muhammad Rahim Otaliq xonlik unvonini butun xalq yig‗ini hal xilishini o‗rtaga qo‗yadi. 
Shunday yig‗in chaqiriladi ham. 
Yig‗inda o‗zbek urug‗larining vakillari, sayidlar, din arboblari, qozilar, qo‗shin 
boshliqlari, amaldorlar, e‘tiborli fuqarolar, hunar ahli vakillari qatnashadilar. Unga yakdillik 
bilan xon unvoni beriladi. Muhammad Rahimni oq kigizga o‗tqazib, xonlik masnadiga 
chiqaradilar. Marosimda nufuzli urug‗ boshliqlari bilan bir qatorda, ulug‗ eshonlar, sayidlar, qozi 
va hojilar qatnashadi. Ashtarxoniylar davrida bu xildagi ma‘rakada faqat to‗rt asosiy urug‗ 
boshliqlari ishtirok etar edi, xolos. Bu ham Muhammad Rahim asos solgan yangi sulolaning 
siyosati nimaga qaratilganligini ishora qilar edi. Muhammad Rahimxon devonida 
mansabdorlarning aniq belgilangan joylari bo‗lgan, xonning chap tomonidagi birinchi o‗rin 
naqiblarniki bo‗lgan, o‗ng tomonidagi birinchi joy esa shayxulislomga atalgan. Devondagi 
mansabga qarab joy olish an‘anasi mang‗it amirlari davrida o‗zgarib borgan. Muhammad 
Rahimxon o‗z hokimiyatida ruhoniylarga qattiq tayanganligini shayxulislomga berilgan yuksak 
o‗rin misolida ham ko‗rish mumkin edi. 
«Turon podshohlari odatiga ko‗ra», Muhammad Rahimxon davlatning eng oliy 
lavozimlarini o‗ziga sadoqatli bo‗lgan 32 o‗zbek urug‗lari vakillariga bo‗lib beradi. Bunda 


103 
viloyat va tuman bekligi lavozimlari ham tegishli kishilarga berilgan. Buxorodagi oliy din 
arboblari ham katta martabaga noil etilgan. Saroyda avvaldan mavjud bo‗lgan unvon va amallar 
qayta tiklanadi va unga xonning yaqinlari-mang‗itlar, xitoy-qipchoq va boshqa o‗zbek urug‗lari 
namoyandalari qo‗yiladi. Abulfayzxon davrida iqtisodiy tanglik sababli «qisqarib ketgan 
mansablar» qayta tiklanadi. Bu xonlikning o‗zini rostlay boshlaganligi, izdan chiqqan 
boshqaruvning qayta jonlanganligi nishonasi edi. Xonning amakisi, taxtning bo‗lajak vorisi 
Doniyolbiy parvonachilik lavozimini oladi va bir vaqtning o‗zida Karmana hokimi qilib 
tayinlanadi. Qo‗ldan chiqqan viloyatlarni, shaharlarni tobe qilgan sipohiylarga alohida shaharlar, 
qishloqlar, tumanlar suyurg‗ol qilib beriladi. Ulardan keladigan daromad ham tartibga solinadi. 
Muhammad Rahimxon davrida oliy diniy mansablar quyidagicha edi: hoji kalon, 
shayxulislom, naqib va qozi kalon hamda harbiylar qozisi – qozi askar. Hojikalon va 
shayxulislomlik amallariga Jo‗ybor shayxlari vakillari quyiladi. Shu tariqa, Muhammad 
Rahimxon tamomila izdan chiqqan boshqaruv arkonini mustahkamlaydi. Uning ishni boshqaruv 
arkonini takomillashtiruvga qaratganligi keyinchalik mang‗itlar sulolasining umrini XX asr 
birinchi choragi oxirlariga qadar uzaytirgan asosiy omil bo‗lgan edi. 
Mang‗itlar hokimiyatiga asos solgan Muhammad Rahimxon 1759 yilda vafot etadi. 
Muhammad Rahimxon vafotidan so‗ng hokimiyatga uning amaki ukasi Doniyolbiy Otaliq 
(Doniyor) keladi. U xonlik unvonini qabul qilmagan.
Doniyolbiy Otaliq Muhammad Rahimxon boshlagan islohotlarni nihoyasiga yetkaza 
olmaydi. Boshdan u hokimiyat jilovini oldirib quyadi. Amalda tizgin Davlatbiy qushbegi qo‗liga 
o‗tadi. Otaliq o‗zicha biron-bir davlat ahamiyatiga molik masalani hal qila olmagan. Qushbegi 
bundan foydalanib, o‗zining boyishini o‗ylagan, zulmni, haqsizlikni avjiga chiqargan. 
Chor Rossiyasi Doniyolbiy hukmronligi yillarida xonlik yuragiga qo‗l solib ko‗rish 
paynda bo‗ladi. Dastlab savdo-sotiq bitimi tuzish taklifi o‗rtaga qo‗yiladi. Doniyolbiy bir narsani 
sezibmi, yoinki, o‗zi hal qilolmasligi oqibatidami, har holda, buni 92 o‗zbek urug‗i bilan 
kengashib hal qilajagini bildiradi. 
Doniyolbiy Otaliq kuchli va donishmand hukmdor emas edi. Muhammad Rahimxon 
markaziy hukumatni kuchaytirish, xonlik sarhadlarini kengaytirish bobida erishgan 
muvaffaqiyatlar uning davriga kelib patrat topa boshlaydi. Shahrisabz, O‗ratepa, Samarqand kabi 
viloyatlar mustaqillik da‘vosini qilib, xonlikka bo‗ysunishdan bosh tortadi. Ayrim 
amaldorlarning xalqni talashga o‗tib ketganligi, ichki ziddiyatlarning kuchaya borishi, urug‗ 
boshlqlarining mavqe talashib, o‗zaro dushmanlikni kuchaytirishi oqibatida xalkning ahvoli 
borgan sari og‗irlasha boshlaydi. Buning ustiga shar‘iy bo‗lmagan yasoq, yorg‗u kabi 
soliqlarning qo‗shimcha joriy etilishi fuqarolar hayoti darajasining pasayib ketishiga bois 
bo‗ladi. Doniyolbiyning hokimiyatni o‗zlariga tashlab qo‗yganidan foydalangan qushbegi va 


104 
qozikalon xazinani o‗marishdan tashqari, oliq-soliqlar yig‗imiga ham xiyonat qiladilar, ko‗z 
ko‗rib, quloq eshitmagan bedodliklarni o‗ylab chiqaradilar. 
Poytaxtda vujudga kelgan bunday vaziyat Otaliqqa qarshi kuchlarning paydo bo‗lishiga 
olib keladi. Doniyolbiyni ochiqdan-ochiq «zolim» deb atay boshlaydilar. Otaliqqa qarshi kuchlar 
safida uning o‗g‗li, ma‘rifatli Shoh Murod (Mas‘um) ham bor edi. Doniyolbiyning hokimiyatda 
bo‗lishi (1759-1785) poyoniga yetmoqda edi. Doniyolbiyning o‗n ikkita o‗g‗li bo‗lgan. Shoh 
Murod o‗zining bilimi, haqgo‗yligi, adolatpeshaligi bilan elning va nihoyat, otasining nazariga 
tushadi. Otasi uni valiahd qilib tayinlaydi. 
Doniyolbiy vafotidan so‗ng (1785 yil), Shoh Murod Buxoro taxtini egallaydi. U ham 
otasi singari xonlik unvonini qabul qilmagan. O‗zini amir deb yuritgan. Biroq V.V.Bartoldning 
mulohazasiga ko‗ra, Shoh Murodning amirligi turkiy beklarning an‘anaviy amirligi ma‘nosidan 
o‗zgacharoq, islomiy yo‗sinda, xalifalik mohiyatiga ega bo‗lgan – amir al-mo‗minin ma‘nosini 
tashigan. 
Amir Shoh Murod o‗zining o‗n besh yillik (1785-1800) saltanatida Eron podshohi 
Nodirshoh bosqini tufayli Buxoro xonligi tarkibidan chiqib ketgan Amudaryo chap sohilidagi 
mulklarni (Balx) qaytarishga, Marv va unga tutash yerlarni ham tobe qilishga erishadi. 
XVIII asrning oxirlarida amir Shoh Murod nomi bilan bog‗lanadigan yana bir ijobiy jihat 
uning izdan chiqqan sug‗orish tarmoqlarini tiklashi va kengaytirishida ko‗rinadi. Bu haqda 
V.V.Bartold ham so‗zlab, «uning podshohligi davrida (1785-1800) Zarafshon, Amudaryo va 
Qashqadaryodagi sug‗orish tarmoqlari tiklangan edi», deydi. 
Amir Shoh Murod o‗z mamlakatini XIX asr bo‗sag‗alarida birqadar quvvatli qilishga 
erishgan edi. Oliq-soliqlar obodonchilik, qishloq xo‗jaligini yuksaltirish singari muhim ishlarga 
sarf qilinar edi. Sug‗orish tarmoqlarini tiklash, yangi ariqlar qazish, dambalar qurish ishlariga 
aholini jalb etish – hashar amalga oshirilgan. 
Markaziy Osiyo shaharlari XVIII asrda yuz bergan og‗ir tanazzuldan birdaniga o‗zini 
o‗nglab, tiklanib keta olmagan. Qarshi shahrini tiklash ishlariga faqatgani amir Shoh Murod 
davrida kirishiladi. Bu shahar mang‗itlar sulolasining o‗ziga tayanch ma‘volaridan hisoblanar 
edi. Bu ishga XVIII asr oxirlarida, ya‘ni amir Shoh Murod o‗limidan bir oz vaqt oldin hokim 
qilib yuborilgan shohzoda, valiahd Haydar jalb etiladi. Qarshi shahrining qo‗rg‗oni, masjid va 
madrasalari, karvon saroylari, namozgoh masjidi shu davrda ta‘mirlanadi, shahar 
obodonlashtiriladi.
Amir Haydar XIX asrning boshlanishida (1800 yilda) taxtga chiqadi. Uning hokimiyati 
1826 yilga qadar davom etadi. Amir Haydar vafotidan so‗ng (1826) taxtni o‗g‗li Nasrullo 
egallaydi. Amir Nasrullo 1826 yilda taxtga chiqib, o‗ttiz to‗rt yilga yaqin, ya‘ni 1860 yilga qadar 
hukm suradi. 


105 
XVIII asr ikkinchi yarmida Buxoro xonligi Turkiston tuprog‗ida vujudga kelgan uch 
davlat o‗rtasida «markaziy o‗rinni» ishg‗ol qilishiga qaramasdan, hatto, XIX asr boshlarida unda 
mayda feodal mulklar o‗z mustaqilligini saqlab qolgan edi. Shulardan biri Shahrisabz bekligi edi.
Qarshi XIX asr boshlarida iqtisodiy jihatdan birqadar taraqqiy qilgan edi. Bu davrni 
maxsus tadqiq etgan olim P.P.Ivanovning shahodatiga ko‗ra, Buxoro, Samarqanddan so‗ng 
(Samarqand aholisi 30 ming bo‗lgan) uchinchi o‗rinda Qarshi shahri turgan. 
Amir Shoh Murod va Amir Haydarlar davrida amalga oshirilgan sug‗orish inshootlari, 
chiqazilgan ariqlar dehqonchilik taraqqiyotiga ma‘lum darajada omil bo‗lgan esa-da, hosil 
beradigan yerlar ko‗lami o‗troq aholi ehtiyojlarini to‗la qondira olmagan. Qishloqlarda 
dehqonlarning ahvoli yaxshi emas edi. Uylar yoppasiga paxsadan ko‗tarilar, kapalar, o‗tovlar 
ham iste‘molda edi. Yerto‗lalarda kishilar yashab turganligi ham manbalarda qayd etiladi. 
Shahar aholisidan tashqari, yer va suvi bo‗lmagan, chorvasi yo‗q qishloq kishilarining bir 
qismi hunarmandchilik bilan shug‗ullangan. Bunday turmush sharoiti faqat ehtiyoj orqasidan 
bo‗lib qolmasdan, Qashqa vohasidagi ko‗p asrlik an‘ana bilan ham bog‗liq edi. Masalan, 
Kasbida kulolchilik taraqqiy etgan bo‗lsa, G‗ilon, Koson, G‗uzorda temirchilik, to‗qimachilik, 
bo‗yoqchilik va boshqa sohalar rivojda bo‗lgan. 
Qarshida Shahrisabz, Kitob, G‗uzor va Kosonda bo‗lgani singari sanoat ham oyoqqa tura 
boshlaydi. Paxtani, junni, ipakni qayta ishlash korxonalari buning misoli bo‗ladi. 


106 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish