Ozbekiston tarixi kafedrasi ozbekiston tarixi


-mavzu. Xiva xonligi va Buxoro amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi



Download 0,74 Mb.
bet25/95
Sana17.07.2022
Hajmi0,74 Mb.
#814003
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95
Bog'liq
Ozbekiston tarixi kafedrasi ozbekiston tarixi

15-mavzu. Xiva xonligi va Buxoro amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi.

XXSR va BXSRning tashkil topishi

Reja:


1. 1917-1920 yillarda Xiva xonligidagi ijtimoiy - iqtisodiy ahvol. Siyosiy o'zgarishlar (Yosh xivaliklar
partiyasi
faoliyati).
Xonlikda
vaziyatning
keskinlashib
borishi.
Asfandiyorxonning olib borgan ichki va tashqi siyosati. Junaidxonning (1857-1938) 164

faoliyati. Asfandiyorxonning o'ldirilishi va Said Abdulloni xon deb e'lon qilinishi va uning taxtdan voz kechishi.


2. Hokimiyatni muvaqqat inqilobiy hukumat qo'liga o'tishi. 1920-1924 yillarda Xorazmdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, Butunxorazm birinchi qurultoyi va Xorazm Xalq Sovet respublikasi tuzilganligini e'lon qilinishi (1920 yil 26 aprel). Hukumat raisi Polvonniyoz Xoji Yusupov, muovinlari - Jumaniyoz Sultonmurodov, Qo'shmamedxon Sapievlar faoliyati.
3. G'oyaviy siyosiy kurash. Xorazmda vatanparvarlar harakati. Xalq xo'jaligining ahvoli, aholining turmush darajasi. 1917-1920 yillarda Buxaro amirligidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat. «Yosh buxoroliklar» tashkiloti faoliyati.
4. 1918 yil mart oyi voqealari. Vaziyatning keskinlashib borishi F.Kolesov voqeasi, Qizil tepa bitimi (1918 yil 25 mart). F.Xo'jaev, A.Fitrat va boshqalarni milliy harakatdagi faolliklari.

Adabiyotlar.


1. I.Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
2. Mustabid tuzumning O‘zbekiston boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari.
Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Sharq, 2000.
3. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. I qism. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002.
4. Tillaboyev S. Turkiston o‘lkasining boshqaruv tizimida mahalliy aholi vakillarining ishtiroki (Farg‘ona viloyati misolida). – Toshkent: Fan, 2008.
5. Yunusova X. Toshkentda 1892 yilgi xalq qo‘zg‘oloni. Sariog‘och, 1998.
6.Eshov B. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012.
7. Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullaev U. Vatan tarixi. (XVI-XX asr boshlari).
Ikkinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2010.
8. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003.
9. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Akademiya, 2010.
10. O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida.
Birinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2000.
11. Musayev N. Turkistonda sanoat ishlab chiqarishining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixidan (XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlari). – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2011.
12. Ismoilova J. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Toshkentning “Yangi shahar” qismi tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya. 2004.
1917 yil fevral inqilobi bo‘lib, podsho taxtdan ag‘darilgan vaqtda Asfandiyorxon Yaltada dam olayotgan edi. Bu xabarni eshitib, Asfandiyor Toshkentga, undan Chorjo‘y orqali, general Mirbadalov hamroxligida Xivaga qaytib keldi. Xonni kutib olishga chiqqanlar orasida bo‘lgan Polvonniyoz Hoji Yusupov «Vaqt» gazetasidan podshoning taxtdan ag‘darilganligi haqidagi xabarni bilib oladi va o‘z hamrohlarini ham bu xabar bilan tanishtiradi hamda ular mamlakatga bu voqeaning qanday ta’siri bo‘lishini muhokama qiladilar.
Yosh xivaliklarning dasturi, xalq orasida tayanchi, aniq bir maqsadlari bo‘lmagan. Shu sababdan ular xon yo‘qligida hokimiyatni qo‘lga olmaganlar. Xiva shahridagi rus askarlarining Muvaqqat hukumatga qasamyod qilish tantanasidan foydalanib, ulardan harbiy yordam olgan Yosh xivaliklar 1917 yil 5 aprelda namoyish qilib, Nurullaboy saroyiga kelib, qo‘rqib ketgan Asfandiyorxondan idorai mashruta (majlis) tuzishga rozilik olganda ham ularning qo‘llarida talabnoma yoki manifest yo‘q edi. Asfandiyorxon va uch qozi - domulla Ibroxim oxun alam, qozi-ul-quzot domulla Hikmatulla Xo‘ja oxun, qozi -ul-quzot domulla Xudoybergan oxunlar imzolagan manifest ham Nurullaboy saroyida shoshilinch yozilgan. Manifest mazmunini quyida to‘laligicha keltiramiz:
«Hijriy 1335 yil 25 -jumad -us -soni yoki Iso tug‘ilishining 1917 yil 5 aprelida, men -Xiva xoni Said Asfandiyor Baxodirxon quyidagi xohishimni e’lon qilaman; 165

1. Men o‘z fuqarolarimga konstitutsiyaviy boshqaruvni shuning uchun berdimki, ular davlatni o‘z xohishlari, muqaddas shariat qonunlari va zamon talabi bilan umumxalq kengashi orqali saylangan va davlat ishlarini boshqarishga tayinlangan adolatparvar va loyiq kishilar boshqarsinlar.


Mening fuqarolarim davlatni boshqarish ishida muqaddas shariat bilan kelishilgan holda adolatli harakat qilishlari shart.
Men fuqarolarimga birlik, tinchlik va ozodlikni shuning uchun berdimki, ular bir -birlari bilan aka -uka bo‘lib, tinch yashasinlar.
Xiva davlatida vazirlik va amaldorlik vazifalarini aholi tomonidan saylangan va tayinlangan vijdonli va adolatparvar kishilar bajarsinlar. Xalq xohlamagan vazir, amaldor va hokimlar ishdan olinib, jinoyati isbotlansa muqaddas shariat qonunlari asosida jazoga tortilsin.
5. Barcha amaldor va vazirlarga, davlat xizmatchilariga vazifalariga yarasha xazinadan maosh ajratilsin.
6.
Xiva davlatining moliya ishlari uchun xazinachi joriy qilib, kirim - chiqimlarni nazorat qilish topshirilsin.
7. Vazirlar va amaldorlarni nazorat qilish hamda mening yuqoridagi buyrug‘imni bajarish uchun aholi o‘z vakillarini saylagunga qadar 30 kishidan iborat vaqtli qo‘mita tayinlansin. Xiva fuqarolari tinchlikni saqlab, o‘z ishlarini amalga oshirsinlar va boshqa madaniyatli xalqlar qatoridan o‘rin olish uchun bor kuchlarini sarflasinlar».Bu manifest Xiva xoni saroyida yozildi.
Agar e’tibor qilib qaralsa, manifest asosi Islomxo‘ja islohot rejasining bir qismidek bo‘lib ko‘rinadi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar bu hujjatlarni Yosh xivaliklar dasturi sifatida talqin qilishadi.
Yosh xivaliklar hamisha ozodlik va taraqqiyot tarafdori bo‘lgan Bobooxun qozikalonni manifest asosida chaqirilgan majlisga birinchilardan bo‘lib taklif qildilar. Majlis va Nozirlar kengashini tuzish, uning faoliyatini tashkil qilish, xujjatlarini islom shariati asosida bo‘lishini ta’minlashda ulamo sifatida Bobooxun Salimov boshchilik qildi. Bu haqda Polvonniyoz Hoji Yusupov o‘z
«Xotiralar»ida shunday yozadi: «Ondin so‘ng Bobooxun eshon birlan maslaxat qilib, tamomi Xorazm qal’alariga ham Turkmaniston, qozoq, qaraqalpoq istansalariga vakil saylab kelmak uchun xatlar yuborildi». Joylarga yuborilgan kishilar xalq vakillarini saylab olib kelgach, manifestga asosan xon hokimiyati qoshida qonun chiqaruvchi organ ─ majlis va nozirlar kengashi tashkil etildi.
Majlisning birinchi yig‘ini 1917 yil 26 aprelda bo‘lib o‘tdi. Unda majlis raisi etib Bobooxun Salimov, nozirlar kengashining raisi etib Husaynbek Matmurodov saylandilar. Bu tashkil qilingan davlat organlari tarkibida yosh xivaliklarning a’zolari ko‘pchilikni tashkil qilar edi. Shu bilan birga bu holat O‘rta Osiyo xalqlari davlatchiligi tarixida yagona konstitutsiyaviy monarxiya ko‘rinishidagi davlatning shakllanganini tasdiqlaydi. YA’ni 1917 yil apreldan to 1917 noyabr-dekabr oylarigacha Xorazmda konstitutsiyaviy monarxiya ko‘rinishidagi davlat faoliyat olib borgan.
Xonlikdagi kirim-chiqim daftarini nazorat qilish, xon va amaldorlarga maosh belgilash, maorif, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligidagi ahvolni yaxshilash uchun Rossiyadan mutaxassislar taklif qilish, miltiq so‘rab Toshkentga hay’at jo‘natish, turkmanlar bilan milliy munosabatlarni yaxshilash kabi masalalarni majlisda ko‘rib chiqib, tegishli qarorlar qabul qilishda Bobooxun Salimov va Yosh xivaliklarning xizmatlari katta bo‘ldi. Bu ishlar Asfandiyorxon bilan Bobooxun qozikalon o‘rtasidagi nizoni yanada kuchaytirdi. Natijada Toshkentga yuborilgan vakillar polkovnik Tarezna boshliq hay’at bilan Xivaga kelayotgani haqidagi xabarni eshitsa ham, Bobooxun Salimov majlis raisligidan iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan. Bugina emas, oliy diniy lavozim egasi Bobooxun Salimov ramazon oyi tugagunga qadar majlis a’zolariga ham ta’til bergan. Chunki majlis a’zolaridan xon tarafdorlari turli yo‘llar bilan Yosh xivaliklarni majlisdan chiqarish, ularni xon talabi bilan jazolashga harakat qilayotgan edilar. Hatto, xon tarafdorlari ko‘pchilik bo‘lganliklari uchun majlis tashkil topgan vaqtda hibsga olingan amaldorlar, maxramlarni hibsdan ozod etib, xonga fitna tayyorlayapti deb, Nozirlar kengashi raisi Husaynbek Matmurodovni xonga qarshi suiqasd uyushtirishda ayblab, hibsga oltshga erishgan edilar. Bobooxun qozikalon shunday og‘ir sharoitda «... Husaynbekni hibsdin chiqarib, uyiga yuborganlar».
Hay’at bilan Toshkentdan qaytib kelgan Polvonniyoz Hoji Yusupov ochiq siyosiy faoliyat olib borish uchun tayanch katta kuch zarur ekanligini his etib, hurriyatparvar Yosh xivaliklar va sobiq majlis raisi qozikalon Bobooxun Salimov bilan yashirin jamiyat tuzishni maslaxat qiladi; «Ul kishi ma’qul ko‘rib, Gurlan, Mang‘it, Qilichboy, Xitoylardin ko‘p a’zolar jamlab bermakka va’da qildi».
166

1917 yil kuzida xon tarafdorlari tomonidan majlis raisligiga saylangan Ortiq oxunni raislikdan tushirib, yana Bobooxun Salimovni rais qilib saylashga harakat qilgan Yosh xivaliklar qattiq qarshilikka uchradilar. Ular dinsizlikda ayblandilar. Polvonniyoz Hoji Yusupov, Nazir Sholikorovlar sud qilindi, Yosh xivaliklarning ba’zi a’zolari qamoqqa olindi. Ularning ko‘pchiligi soldatlar kazarmasidan panoh topdilar. Soldat sovetlari va polkovnik Zaytsev bilan bo‘lgan muzokaralarda ishtirok etgan va ular yordamiga umid qilib bo‘lmasligini anglagan Yosh xivaliklar 1917 yil oxirlarida yashirin faoliyat olib borishga o‘tdilar. Chunki oktabr to‘ntarishi sabab inqilobiy ruxdagi rus soldatlari xonlik hududidan chaqirib olingan, qolgan kazak otryadlari esa xon siyosatining tarafdorlari bo‘lib, yangicha fikrlovchilarni ta’qib etishda xonga to‘la yordam berar edilar.


Yosh xivaliklarning Polvonniyoz Hoji Yusupov, Nazir Sholikorov, Otajon Sapayev, Muxiddin Umarov, kabi a’zolari turli yo‘llar bilan Toshkentga qochdilar. Ular hibsga olingan Husayn Matmurodov va boshqalarni ozod qilishga yordam so‘rab, 1917 yil 30 dekabrda Turkiston o‘lkasi XKSga murojaat qiladilar va o‘zlarini Yosh xivalik sotsial inqilobchilar deb ataydilar. Xuddi shunday nom ostida keyinchalik Turkiston Sovet Respublikasi MIKga Xivadagi ahvol to‘g‘risida doklad topshiradilar. Polvonniyoz Hoji Yusupov xotiralarida yozilishicha, 1918 yil 10 yanvarda Qo‘qon shahriga borib, u yerdagi Turkiston muxtoriyati hukumatidan ham yordam so‘rashgan.
Lekin harbiy yordam berish imkoniyati bo‘lmagan bu hukumatlar ham Xiva xoni Asfandiyorxon va rus askarlari komissari Zaytsevga zindonda yotgan Yosh xivaliklarni ozod qilib, To‘rtko‘lga o‘tkazib yuborish to‘g‘risida telegramma jo‘natish bilan cheklanadilar. Bu haqida Polvonniyoz Hoji Yusupov «Yosh xivaliklar tarixi» nomli xotiralarida shunday yozadi: «Bir kuni (1918 yilning mart oylari —P.N.) Yusuf afandi (Yusuf Ibragimov — favqulodda komissar) maslaxat berdi: «Sizlar Yosh xivaliklarning inqilobiy qo‘mitasini tuzing», deb. Man aytdim: «Bizlar 3 — 4 odammiz, nechuk qo‘mita ocharmiz?», Yusuf afandi aytdi: «Hech zarari yo‘q, 3 — 4 odam bas turur. Borib —
borib a’zolaringiz ko‘p bo‘lib ketar»,- deb bizlar uchun qo‘mita ochmoqqa buyruq qildi. Mani rais sayladi. Otajon maxram Sapayevni sarkotib, Bobojonboyni muovin, Muxiddin Umarovni xazinachi saylab, qo‘mita uchun muhrlar, daftarlar tayyor qilmoqqa buyurdi». Fikrimizcha, ana shundan keyin Yosh xivaliklar partiyasi rasmiy faoliyatini boshlagan. O‘sha vaqtdan Yosh xivaliklar inqilobiy qo‘mitasi tashkil topib, «Istagan odamlarini a’zolikka qabul qilib» qayd qila boshlaganlar. Hakim Bobojon Muxammad o‘g‘li, Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov, Yusufjon Axmadjonov, Ismoilboy Solihoji o‘g‘li va boshqalarning Xivadan qochib kelishlari bilan Yosh xivaliklarning a’zolari Toshkentda ham ko‘paya bordi.
Darhaqiqat, arxiv hujjatlarida ham Yosh xivaliklarning siyosiy faoliyati to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotlar aynan shu davrdan boshlanadi.1918 yil iyul oyida Yosh xivaliklar o‘z dasturlarini ishlab chiqdilar. Bunda ular o‘zlarini Xiva inqilobiy partiyasi deb ataganlar. Manifest tarzidagi bu dasturning dastlab quyidagi punktlari bo‘lgan:
Xon va uning hukumati tomonidan mamlakatdagi yakka boshqaruvni butunlay tugatish; Xiva hududini Turkiston Respublikasiga qo‘shib, RSFSR tarkibiga kiritish; Xiva xoni, to‘ralar, beklar va vazirlarning boyligi, har xil ko‘rinishdagi mol—mulklarini xalq boyligi deb e’lon qilish;
Yirik yer egalari mulklaridan kambag‘allar hayotini yaxshilashda foydalanish; Shariyat hukmi bilan vaqflarning barcha daromadini faqat xalq maorifi uchun sarflash; Xivadagi yangi yerlarni o‘zlashtirish uchun Amudaryodan ariqlar chiqarish; Bolalarni bepul o‘qitish uchun Xivada maktablar ochish;
Xivadagi
shahar
va
qishloqlarda
bepul
davolovchi
kasalxona
va
davolash muassasalarini ochish;
Xiva xoni hamda beklar tomonidan kambag‘al aholining majburan tortib olingan yer va boshqa boyliklarni o‘z egalariga qaytarish;
Asfandiyorxon
hukmronligi
davridagi
xazinaga
tushgan
xalq
boyligining nimaga sarflanganligini aniqlashtirish;
Ko‘priklar va aloqa yo‘llarini yaxshilashga kirishish;
Majburiy tekin mehnat (begor)ni butunlay tugatish;
Xon
va
uning
hukumatini
tugatish,
xalq
hokimiyatini
tuzish
va yuqoridagi dasturni amalga oshirishga tezda kirishish, xalq hokimiyatiga qarshi bo‘lgan xon tarafdorlari, burjuaziya va aksilinqlobchilarga qarshi ayovsiz kurash olib borish.
167

Polvonniyoz Hoji Yusupovning yozishicha, ushbu dastur Husayinbek Matmurotovning Toshkent shahridagi uyida Shokir Siddiqov raisligi va David Bakirov kotibligida o‘tkazilgan majlisda qabul qilingan. Yosh xivaliklar inqilobiy qo‘mitasi kotibi Otajon mahram Sapayev dasturning Xivani Turkiston respublikasining bir qismi, qilishdan iborat bo‘lgan 2 — moddasiga qarshi chiqib: «...ushbu hurriyatdan tamomi maxkum xalqlar istifoda qilib, o‘z istiqlolini olgan vaqtlarida, biz Yosh xivaliklar o‘zimizda bo‘lgan mustaqilligimizni yo‘q qilsak vatanga, millatga xiyonat qilgan bo‘lurmiz, tarixda yomon otli bo‘lurmiz»,-deydi. Lekin ko‘pchilik bu moddani olib tashlasak sho‘rolar hukumati bizga yordam bermas degan andisha bilan qolishiga ovoz berishdi.


Ushbu dasturning aniqlashtirilgan va RSFSRga qo‘shilish to‘g‘risidagi moddasi olib tashlanib, 12 moddadan iborat varianti «Xiva inqilobchilar partiyasining yaqin vazifalari» nomi bilan 1920 yil 8 yanvarda Toshkentdagi «Izvestiya» gazetasida bosib chiqarilgan.
1918 yil avgust boshlarida Yosh xivaliklar inqilobiy qo‘mitasining a’zolarini joylarda inqilobiy uyushmalar tuzish uchun jo‘natiladi. Buni Toshkentdagi Yosh xivaliklar inqilobiy qo‘mitasi a’zosi Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov nomiga 1918 yil 4 avgustda berilgan 12 —sonli mandat nusxasi ham tasdiqlaydi. Bu hujjat Yosh xivaliklar inqilobiy qo‘mitasining shtampi va muxri nusxasining yaxshi saqlanganligi bilan ham qimmatlidir. Yumaloq shakldagi muhrga aylana tarzda «Mlado — Xivinskiy Revolyutsyunniy Komitet’» deb doira ichiga arab harfida «Yosh xivaliklar inqilobiy qo‘mitasi» va kirillchada «Tashkent’» so‘zlari yozilgan. Demak, 1918 yil 5
iyunda Yosh xivaliklar inqilobiy partiyasi o‘z dasturi, tuzilishi, muhriga ega bo‘lgan rasmiy tashkilot sifatida to‘la shakllangan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, “Yosh xivaliklar” harakati 1904—1905 yillarda hamfikrlar, 1910 yil boshlarida manfaatlar guruhi sifatida shakllangan bo‘lsa, 1917 yilda amaldorlar, ma’rifatli boylar, milliy burjuaziya va ziyolilarning Xiva xoniga muxolifatdagi siyosiy kuch, 1918 yilda esa rasmiy siyosiy partiya sifatida namoyon bo‘lgan. Bular dunyoqarashining shakllanishi va tadrijiy rivojlanishida xonlikdagi mavjud ijtimoiy — siyosiy tuzum, Turkiya, Eron, Rossiya va Turkistondagi siyosiy o‘zgarishlar obyektiv sharoit sifatida katta ta’sir qilgan hamda rus inqilobchilari, soldat sho‘rolari va Turkistondagi mahalliy inqilobchilar ta’siri subyektiv omil sifatida katta rol o‘ynagan. Demak, jadidchilik harakatidan o‘sib chiqqan Yosh xivaliklar partiyasi 1918 yil iyun oyida Xorazm aholisi manfaatlarini himoya qiluvchi, o‘z dasturi va tashkiliy tuzilishiga ega bo‘lgan rasmiy siyosiy partiya sifatida to‘la shakllandi.
1919 yil 18 noyabrda BMIK Turkkomissiyasi va respublika inqilobiy harbiy kengashi reaksion rejimga qarshi ko‘tarilgan Xiva qo‘zg‘olonchilariga harbiy yordam berishga qaror qildi. 20
noyabrda esa G.B. Skalov RSFSRning Xivadagi to‘la huquqli vakili, N.M. Sherbakov esa Xiva askarlar guruhining bosh qo‘mondoni qilib tayinlandi. Ular 30 noyabrda Petro —Aleksandrovskka yetib keldilar. 11 dekabrda Amudaryo inqilobiy qo‘mitasi Soldatov raisligida qayta tashkil etildi.
Uning a’zolari qilib, Skalov, M.Baljonov, Sh.Hasanov, A.Makayev, kotiblari Linde va Mitinlar tayinlandilar. (Keyinchalik G.B.Skalov, G.I. Broydo, A.Izmailov, Shakirov, Boshmakov, Safanov, Bik, Ioffe kabi RSFSR va Turkkomissiyaning Xivadagi muxtor vakillari Xorazmdagi o‘zgarishlarni to‘la boshqarib turdilar. Aynan ushbu vakillar Xiva xonligining ag‘darilishi va Xorazmda yangi hukumat tuzishda katta rol o‘ynaganlar. Jumladan, G.B. Skalov buyrug‘i bilan sovet qo‘shinlari 1919 yil 25 dekabrda mustaqil Xiva xonligiga bostirib kirdi. Bular bilan Yosh xivaliklar partiyasi inqilobiy qo‘shinining bo‘lganligi hamda Xiva ishchilari harakatini tashkil qilish bo‘yicha o‘lka byurosining vakolatli vakili Hasanovning 1919 yil 4 noyabrdagi xabari bolsheviklar uchun Xiva xonligini bosib olishdek asosiy maqsadlarini xaspo‘shlash, Xorazm mehnatkashlari talabi bilan ularga yordam berish, ularni zulm va zo‘rlikdan ozod qilish uchun Xorazm hududiga kirdik deb, aytishlariga asos bo‘ldi. Holbuki, bolsheviklar o‘z ittifoqchilariga yordam berish, yetarli o‘q —dori yetkazib berish narida tursin, hatto, oziq — ovqat bilan ham to‘liq ta’minlamaganlar. Turkman qabila urug‘ boshliqlari Qo‘shmamedxon, Nurgaldixon Muhammad Ayon, mulla Berkel, G‘ulom Alixon va boshqalar Skalov va Sherbekov otryadlari tomonga o‘tib, Junaidxonga qarshi kurashganlarida ularga o‘zlari bosib olgan hududlarida talonchilik qilishiga ham ma’lum ma’noda ruxsat berilgan edi. RSFSR hukumatining Xivadagi favqulodda va muxtor vakili G.I.Broydo 1920
yil mart oyida Petro — Aleksandrovsk (To‘rtko‘l) shahrida qizil armiya jangchilaridan 63 ta asirani ozod qilinganligi va 2 aprelda Qo‘shmamedxon, G‘ulom Ali Baxshi va boshqa sardorlar bilan bo‘lgan yig‘ilishda turkmanlar orasidagi o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq asiralari borligini aniqlab, ularni o‘z ixtiyorlari bilan joylariga qaytarib yuborishni talab qiladi. G‘ulom Ali Skalov va 168

Shaydakov bilan kelishganligini aytib, urush paytida ko‘plab olib kelingan turkman asirlarini qaytarilishini talab qiladi. Qo‘shmamedxon esa RSFSR vakillari bilan kelishganligi, shu asosda o‘ljalar olinganligini aytadi va ayollar qaytarilgani bilan oilalari qabul qilmasligini bahona qiladi.


G.I.Broyda asiralarni Xivaga topshirishni, sud orqali istagiga qarab ularni oilalariga qaytarishni, bo‘lmasa tikuv sexi ochib, ularga alohida joy ajratilishini aytadi. Shu bilan birga, Taxta shahridagi Junaidxonning katta qo‘rg‘oni to‘la talon —taroj qilinib, vayron qilinadi.
Sovet davri tarixshunosligida qizil askarlar Xiva hududiga kirishdan oddin Amudaryo bo‘limi inqilobiy qo‘mitasi (Revkom) raisi Xorazm aholisiga qizil armiyaning do‘stona harakati to‘g‘risida murojaatnoma qabul qilgan deb yozilar edi. Aslida esa bu murojaatnoma 1920 yil 7 fevralda, Xiva xoni ag‘darilgandan so‘ng qabul qilingan. 8 fevralda esa «Izvestiya Turk SIKa» gazetasi RSFSR
ishchi va dehqonlariga Yosh xivaliklar inqilobiy qo‘mitasining murojaatnomasi sifatida bosib chiqqan edi. Ittifoqchilar va qizil armiyaning Xiva hududida olib borgan harbiy harakatlari to‘g‘risida doimo Toshkentga xabar yuborib turilgani qayd qilinsa—da, Turkkomissiyaning, ayniqsa, tashqi aloqalar bo‘limi boshqaruvchisi G.I. Broydo uchun ham sovet qo‘shinlarining Xiva xonligiga bostirib kirganligi tasodifiy holdek bo‘lib tuyuldi.
Junaidxon qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratgan inqilobiy qo‘shinlar 1920 yil 1 fevralda Xiva shahriga kirdi. Bu paytda Said Abdullaxon va uning amaldorlari biron qarshilik ko‘rsatmadilar hamda Said Abdullaxon qizil askarlar va Yosh xivaliklar talabi bilan taxtdan voz kechganligi to‘g‘risida manifestni imzoladi. 2 fevralda manifest xalqqa o‘qib eshittirildi va majlis chaqirilgunga qadar hokimiyat Vaqtli inqilobiy hukumat qo‘liga o‘tganligi e’lon qilindi.
Xorazmdagi yangi muvaqqat hukumat tarkibi inqilob g‘alabalarini ta’minlashda ishtirok qilgan kishilardan, shu bilan birga Xiva xoni tavsiyasi ham inobatga olinib quyidagi tartibda tuzildi: Mulla Jumaniyoz Sulton Murodov — “Yosh xivaliklar” firqasi To‘rtko‘l qo‘mitasining raisi, zavod egasi bo‘lgan, Muvaqqat inqilobiy hukumat raisi;
Matpanaboy Madraximov — shahar xalqi va savdogarlar nomidan a’zo, “Yosh xivaliklar”
Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish