Ozbekiston tarixi kafedrasi ozbekiston tarixi


-mavzu. O'zbekiston 1925-1941 yillarda



Download 0,74 Mb.
bet28/95
Sana17.07.2022
Hajmi0,74 Mb.
#814003
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   95
Bog'liq
Ozbekiston tarixi kafedrasi ozbekiston tarixi

17-mavzu. O'zbekiston 1925-1941 yillarda
Reja:
1. O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi. SSSRda boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tuzimining
qaror
topishi
va
mustaxkamlanishi.
Partiyaning
davlat
apparatini
«maxalliylashtirish» niqobi ostida yurgizgan siyosati.
2. O’zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini qabul qilinishi va uning respublikada ma’muriy-buyruqbozlik tizimini mustaxkamlashdagi roli. Mustabid tuzimning katag’on siyosati.
3. «Inogomovchilik», «o’n sakkizlar guruxi», «Qosimonchilik». Atoqli ma’rifatchi Munavvar Qori Abdurashidxonov boshchiligidagi «Milliy istiqlol» tashkilotining tor-mor etilishi.
4. Partiya, sovet xo’jalik xodimlari, xarbiylar, ziyolilar, ruxoniylar, ishchilar va kolxozchilar orasida xam «tozalash» ishlarini o’tkazilishi. Milliy raxbar kadrlar (Akmal Ikromov, Usmon Yusupov) hayoti va faoliyati. Sovet qatag’on siyosatining asoratlari.

Adabiyotlar.


1. I.Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
2. Mustabid tuzumning O‘zbekiston boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari.
Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Sharq, 2000.
3. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. I qism. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002.
4. Tillaboyev S. Turkiston o‘lkasining boshqaruv tizimida mahalliy aholi vakillarining ishtiroki (Farg‘ona viloyati misolida). – Toshkent: Fan, 2008.
5. Yunusova X. Toshkentda 1892 yilgi xalq qo‘zg‘oloni. Sariog‘och, 1998.
6.Eshov B. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012.
7. Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullaev U. Vatan tarixi. (XVI-XX asr boshlari).
Ikkinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2010.
8. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003.
9. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Akademiya, 2010.
10. O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida.
Birinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2000.
11. Musayev N. Turkistonda sanoat ishlab chiqarishining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixidan (XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlari). – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2011.
12. Ismoilova J. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Toshkentning “Yangi shahar” qismi tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya. 2004.
Xalq ta'limi, maorif sohasida bajarilgan ishlar, maktab qurilishi. O'qitishning shakl va usullari, an'anaviy maktablarni tugatish, maktablarni pedagogik kadrlar bilan ta'minlanishi. Xalq ta'limi tizimidagi o’zgarishlar.Mahalliy yozuvchilar asarlarining milliy qadriyatlarni yoqlash va himoya qilishdagi ahamiyati. 30-yillarning boshlaridagi yozuvchi va adiblar faoliyati. O'zbek Milliy dramaturgiyasi va musiqa, teatr va kino. Tasviriy va amaliy san'at. O'zbek xotin qizlari o’rtasida olib borilgan tadbirlar va muammolar. «Hujum» kompaniyasining o’tkazilishi. Xotin qizlar mehnatining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari. O'zbekiston ziyolilarining mamlakatimizning aql-zakovati va salohiyatini oshirish yo'lidagi hissalari. Sovet davlati tomonidan “katta qirg’in”ning 189

amalga oshirilishi, qatag’on siyosatining asoratlari (1937-1938 yillar). O'zbekistonning 20-30


yillardagi xalqaro aloqalari. Ilmiy-madaniy aloqalar. Xalqaro aloqalarning cheklanishi.
Vatanimiz tarixida 1925 – 1941 yillar o‘ta salbiy va murakkab jarayonlar – monoideologiya va mustabid tuzumning ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan tizimi qaror topishi va mustahkamlanishi bilan bir qatorda, mehnatkash o‘zbek xalqining matonati, mehnatsevarligi va bag‘rikengligi tufayli erishilgan yutuqlari bilan ham ahamiyatlidir.
1925 yilning fevral oyida yetarli tayyorgarliklarsiz milliy davlat chegaralanishi amalga oshirildi. O‘zbekiston sovetlarining I syezdida «O‘zbekiston SSRning tuzilgani haqidagi deklaratsiya»si tasdiqlandi. May oyida esa Sovetlarning III syezdida O‘zbekiston SSR Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi tarkibiga kiritildi. Bu orqali ittifoq va respublika o‘rtasidagi vazifalar taqsimlandi. Lekin hal qiluvchi qarorlar faqat Markaz tomonidan qabul qilinar edi.
Sovet hokimiyati iqtisodiyotni va taqsimotni bir joydan turib boshqarishni ma’qul hisoblardi.
Shu bois, O‘rta Osiyoda vaqtinchalik bo‘lsa-da, Markazning yangi boshqaruv organi tashkil etilishi kerak edi. Xuddi shu maqsadda 1925 yilning 24 aprelida O‘rta Osiyo SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashi huzurida favqulodda respublikalararo organ, ya’ni UpolSTO - SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashining O‘rta Osiyodagi vakillik organi tuzildi. «UpolSTO va uning qoshidagi (vaqtinchalik) Iqtisodiy Byuro to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra, UpolSTO O‘rta Osiyodagi yangi tashkil etilgan respublikalar va muxtor viloyatlardagi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib, ularning xo‘jalik hayotini boshqarishi, SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashi hamda SSSR iqtisodiy komissarliklari buyruq va qarorlarining bu o‘lkada bajarilishini nazorat qilishi kerak edi. Shu bilan birga, O‘rta Osiyodagi respublikalar va muxtor viloyatlar hayotida vujudga keladigan davlatlararo nizolarni hal etish, O‘rta Osiyo va SSSR ahamiyatiga molik bo‘lgan korxonalarning, muassasalarning faoliyatiga rahbarlik qilish ana shu yangi organ vazifasiga kirardi.
1925 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Iqtisodiy Kengashining 4 sonli majlisida O‘zbekiston SSR XKS qarori bilan UpolSTO qoshida iqtisodiy vakillik organi tashkil etilgani ma’lum qilindi.
Mazkur majlisda “Iqtisodiy vakillik organi to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilinib, unga binoan berilgan topshiriq va vazifalar O‘zbekiston SSR rahbariyati tomonidan qanday bajarilayotganligini kuzatish hamda barcha iqtisodiy va xo‘jalik faoliyati ham UpolSTO orqali amalga oshirilishi belgilandi.
Iqtisodiy vakillik organiga O‘zbekiston SSR Davlat reja komissiyasi direktivalari hamda UpolSTOning muhim tadbirlarining hayotga tatbiq etilishini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.
Ushbu qaror, avvalo, Markaz hukmronligini yanada mustahkamlashga qaratilgandi. Bu esa O‘rta Osiyo respublikalari, jumladan, O‘zbekiston ham nomigagina mustaqil, amalda markazga qaram respublika ekanini ko‘rsatardi. Umuman, O‘rta Osiyoda yuqorida qayd etilgan tashkilotlarning tashkil etilishi bu hududda Markazning hukmronlik ta’sirini yanada oshirdi.
Iqtisodiy byuro o‘zining qisqa, ya’ni bir yilu uch oylik faoliyati davomida O‘rta Osiyo respublikalari iqtisodiyotini to‘la boshqarishga harakat qildi. Bu boshqaruvni yanada mustahkamlash maqsadda O‘rta Osiyo respublikalarining 1925-1926 yillarga mo‘ljallangan xo‘jalik rejasi ishlab chiqildi. Nega endi uzoqroq muddatni ko‘zlagan emas, aynan bir yillik reja ishlab chiqishga qaror qilindi? Chunki Markaz O‘rta Osiyoda yangi tashkil etilgan respublikalar va muxtor viloyatlarning xalq xo‘jaligi, aholisi, yer resurslari, irrigatsiya inshootlari va boshqa tabiiy-moddiy boyliklari haqida hali aniq ma’lumotlar ega emas edi. Shu bois, Iqtisodiy Byuro respublikalar va muxtor viloyatlar haqida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lmay turib, uzoq muddatli reja ishlab chiqishni ma’qul ko‘rmadi.
Iqtisodiy Byuroning talabiga ko‘ra, bir yillik reja shunday puxta, makkor strategiyani o‘ziga singdirishi kerak ediki, bu orqali O‘rta Osiyo respublikalari Ittifoqning xomashyo bazasiga aylanishi lozim edi. Ana shu g‘arazli maqsad Iqtisodiy Byuro ishlab chiqqan yangi bir yillik rejada to‘la aksini topdi. Bu O‘zbekistonning Markazga qaramligini har tomonlama kuchaytirishga qaratilgan choralarni boshlab berdi. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida belgilangan vazifalardan eng muhimi O‘rta Osiyo respublikalarida, xususan, O‘zbekistonda yer-suv islohotini o‘tkazish, avvalo, yersiz va kam yerli dehqon xo‘jaliklarini yer bilan ta’minlash edi. Ayniqsa, Farg‘ona vodiysida yersiz va bir desyatina(3-4 tanob) dan kam maydonga ega bo‘lganlar dehqon xo‘jaliklari 65 foizni tashkil etishi Markaz e’tiborini tortdi. Chunki Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyoda paxta yetishtiradigan asosiy hudud hisoblangan. Shu bois, yersiz dehqonlarga qanchalik ko‘p yer bo‘lib berilsa, paxta ekin maydonlari kengayib, hosil salmog‘i oshishi ma’lum edi. O‘rta Osiyo Iqtisodiy Byurosi masalaning mazkur jihatlarini yaxshi anglab yetgan edi.
190

Qolaversa, SSSR to‘qimachilik sanoatining yuqori sur’atda rivojlanib borishi ham paxta xomashyosiga bo‘lgan talabning kuchayishiga olib keldi. Butunittifoq Xalq Xo‘jalik Kengashi (VSNXO)ning taxminiy hisob-kitobiga ko‘ra, Ittifoq to‘qimachilik sanoati uchun yaqin olti yilda 140 million pud paxta tolasi zarur bo‘lgan. Biroq O‘rta Osiyo respublikalari tomonidan yetishtirilayotgan paxta Ittifoq to‘qimachilik sanoatining bu ehtiyojini mutlaqo qondirmasdi.


Masalan, 1925 yilda O‘rta Osiyo va Kavkazorti respublikalarining Ittifoq sanoati uchun 11 million pud paxta tolasi yetkazib berishi mo‘ljallangan. Ushbu raqamni yaqin 6 yilga ko‘paytirganda ham yetkazib beriladigan paxta tolasi 66 million pudni tashkil etar va bu Ittifoq sanoati ehtiyojining yarmini ham tashkil etmasdi. Muammoni to‘liq hal qilish uchun esa Markaz chetdan 74 million pud paxta sotib olishi kerak bo‘lardi. Bir pud paxta tolasini o‘rtacha 22-23 rubldan sotib olganda ham 6
yil mobaynida 1 millird 700 million rubl sarflashga to‘g‘ri kelardi. Shuning uchun O‘rta Osiyo Iqtisodiy Byurosi qanday bo‘lmasin mamlakat paxtachiligini rivojlantirishi zarur edi. 1925-1926
yillarga mo‘ljallangan xo‘jalik rejasida paxtachilikni rivojlantirish eng muhim yunalishlardan biri sifatida belgilanganining boisi ham shunda edi.
Yillik rejalarda O‘zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish bilan birga paxta tozalash va yog‘
ishlab chiqarish sanoatini taraqqiy ettirish ham ko‘zda tutildi. Shu maqsadda O‘rta Osiyo respublikalarida paxta tozalash zavodlarini qurish uchun 6,5 million rubl, yog‘ ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishga 8 million rubldan ortiq mablag‘ ajratildi. Ushbu davr xo‘jalik yuritish rejasida O‘rta Osiyo respublikalarida industrlashtirish siyosatiga ham katta ahamiyat berildi. Bu jarayonda har bir respublika va muxtor viloyatning jug‘rofiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularni asosan paxtachilik, chorvachilik, g‘allachilik va bog‘dorchilikka ixtisoslashtirishga e’tibor qaratildi. O‘rta Osiyoda ana shu yo‘nalishdagi sanoat obyektlari qurildi. O‘zbekiston va Turkmanistonda bittadan to‘qimachilik kombinatini qurish nazarda tutildi. Keyinchalik O‘zbekiston va Qozog‘istonda g‘alla omborlari – elevatorlar barpo etish boshlab yuborildi. O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston respublikalarida tegirmonlar, qog‘oz fabrikasi, teri hamda neftni qayta ishlash zavodi, tuz ishlab chiqarish obyektlari bunyod etila boshlandi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda qanday sanoat korxonalari qurilishidan qat’iy nazar, harakatning asl mohiyati - respublikadan xomashyo olib ketishga qaratilgan edi. Aynan shu yillarda O‘rta Osiyodan olib ketilgan xomashyoning umumiy miqdori 222 million rublni tashkil qilib, unda O‘zbekistonning (u davrda Tojikiston bilan birga) hissasi 189 million rublga, Turkmanistonning hissasi 24 million rublga, Qirg‘izistonning hissasi 9 million rublga teng bo‘lgan.Markazning barcha respublikalar negizida shakllantirilayotgan yagona halq xo‘jaligi kompleksi asosida olib borayotgan harakatlaridan biri O‘rta Osiyodan xomashyolarni olib ketish va o‘rniga xalqqa kerakli mahsulotlarni o‘z ko‘rsatmalariga binoan yetkazib berish edi. Mazkur yillarda O‘zbekistondan asosan paxta (180,6 mln rubl) va chorvachilik mahsulotlari (23,7 mln rubl) olib chiqib ketilgan.
Lekin bu ham Markaz manfaatlarini to‘la qanoatlantirmas edi. Shu bois, O‘rta Osiyoda kerakli xomashyolar yetishtirishni yanada ko‘paytirishga jiddiy e’tibor qaratildi. Ana shu maqsadda respublikalarda xomashyo tayyorlash masalasi Iqtisodiy Byuro Plenumida va Prezidiumida 13 oy mobaynida 6 marta ko‘rib chiqiladi. Aholini sanoat mollari bilan ta’minlash koniqarsiz darajada bo‘lgani bois, bu masala ham 5 marta Iqtisodiy Byuro Plenumining maxsus kun tartibiga qo‘yilgan edi. Shunga qaramasdan, Iqtisodiy Byuro O‘rta Osiyo respublikalari iqtisodiyotini bir yunalishga solishga, qishloq xo‘jaligi hamda sanoatini faqat xomashyo va yarim xomashyo yetishtirishga moslashtirgan holda rivojlantirishga harakat qildi.
Shu vaqt oralig‘ida O‘rta Osiyo respublikalari, mehnatkash xalqlarining xarakati tufayli, paxtachilik sohasida qator yutuqlarga erishgan bo‘lishiga qaramasdan, bu ko‘rsatkichlar ham Ittifoq to‘qimachilik sanoati extiyojini qondira olmasdi. YA’ni bu bilan Ittifoq hali paxta mustaqilligiga to‘liq erisha olmagandi. Shu bois, Sovet davlati chetdan paxta tolasini oltin hisobiga sotib olishni tezroq kamaytirib borishga intildi. Bu borada qator ishlarni amalga oshirdi. Xususan, O‘zbekistonda paxta ekin maydonlarini kengaytirishga kirishdi. Bu sug‘oriladigan maydonlarda boshqa ekinlarni qisqartirish va yangi yerlarni o‘zlashtirish hisobiga amalga oshirildi. Markaz irrigatsiya tizimini yaxshilash va kanallar qazib, yangi yerlarga suv chiqarish bilan bog‘liq ishlar uchun mablag‘ni ayamadi. Misol uchun, 1924-1925 yilda irrigatsiya ishlari uchun O‘zbekistonga 1 million 676 rubl ajratilgan bo‘lsa, 1925-26 yilda bu raqam 3 million 799 ming rublni tashkil etdi. Markaz o‘z mustabid siyosatini amalga oshirishda O‘zbekistonni paxta xomashyosi bazasiga aylantirish bilan qanoatlanmadi. 1925 yil oktabr oyidagi Iqtisodiy Byuroning navbatdagi majlisida pillachilik 191

masalasi ham ko‘rib chiqildi va respublikada bu sohani rivojlantirish mamlakat uchun muhim iqtisodiy ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Shu orqali chetdan pilla sotib olishni to‘xtatishga erishish mumkinligi aytib o‘tildi. Shu tariqa, O‘zbekiston endilikda paxta va boshqa sohalar qatori pilla yetishtirishda ham asosiy xomashyo bazasiga aylandi.


Markaz O‘rta Osiyoning murakkab iqtisodiyotini Ittifoq xalq xo‘jaligi majmuasiga faqat qattiqqo‘llik, zulm bilangina birlashtirish mumkin deb bilardi. Shu maqsadda SSSR XKSning 1926
yil 10 sentabrdagi qarori bilan O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (SredazEKOSO) tashkil etildi.
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi shakllandi va zimmasiga qator masalalar yuklatildi. Bular sirasiga ishchi-dehqon inspeksiyasi, ichki va tashqi savdo, yul transporti, pochta va telegraf xizmati, paxta kampaniyasini nazorat qilish hamda boshqa qator masalalar kirar edi. SredazEKOSOning bosh organi Plenum hisoblanib, bir yilda kamida 4 marta chaqirilgan. SredazEKOSO bolsheviklar tomonidan O‘rta Osiyo xalqlarining “sotsializmga sakrashi” sifatida baholangan, mahalliy aholi uchun esa o‘ta murakkab bo‘lgan bir davrda faoliyat yuritdi. U O‘rta Osiyoning, xususan, O‘zbekistonning birinchi (1927-32) va ikkinchi besh yillik (1933-37) rejalarini tuzishga rahbarlik qildi. Bu rejalarda Sovet hokimiyatining davlatni boshqarish usullaridan biri – “sinfiylik” prinsipiga amal qilish va buni keng qamrovli doirada qo‘llash maqsadida O‘zbekistonda va butun O‘rta Osiyoda mahalliy millat vakillaridan proletariat (ishchi) sinfini shakllantirish asosiy siyosiy vazifa sifatida belgilangan edi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalliy aholi orasida sovet davlatining xayrixohlarini ko‘paytirish edi.
O‘zbekistonda industrlashtirish jarayonini ham SredazEKOSO boshqardi. Industrlashtirishda asosan qishloq xo‘jaligi bilan bog‘langan sanoat tarmoqlarini vujudga keltirishga katta e’tibor berildi. Shuning uchun ham rejada qishloq xo‘jalik mashinasozligi, kimyo, to‘qimachilik mashinalari ishlab chiqarish, agrar sektor mahsulotlarini qayta ishlash sanoatlarini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratildi. O‘z navbatida O‘zbekistondagi qator sanoat tarmoqlari respublika hisobidan chiqarilib, Ittifoq sanoati tarkibiga kiritildi. Masalan, «Ferganaugol» tresti «Sredazugol»
trestiga aylantirildi. Umuman, foyda keltiradigan paxta, yog‘, ipakchilik kabi ishlab chiqarish korxonalarining barchasi Ittifoq sanoati tarkibiga kiritilib, ular ustidan Markaz rahbarlik nazorati o‘rnatildi. Foyda keltirmaydigan korxonalar esa respublika hisobida qoldirildi. Jumladan, o‘sha paytda neft, oziq-ovqat (vinochilik, pivo ishlab chiqarish, qand zavodlari) va kooperativ sanoatlar foyda keltirmaydigan sohalar qatoriga kirardi. Lekin shunga qaramasdan 1927 – 1928 yillarga kelib respublikada xo‘jalik hayotida sezilarli darajada jonlanish yuz berdi. Asosan paxtachillik va ipakchilik sanoatida o‘sish yuqori bo‘ldi. O‘sha yillarda paxta va pilla hosili yaxshi bo‘lganidan har ikki tarmoq sanoati korxonalari yetarli darajada xomashyo oldi. Natijada kapital mablag‘i oldingi yilga nisbatan 144,2 foizga oshdi. Biroq paxtachilik va pillachilikdagi bu o‘sish barcha korxonalarga ham foyda bermadi. Chunki respublikaning bu ikki sanoati topgan mablag‘dan asosan Ittifoq tasarrufidagi korxonalar manfaatdor bo‘ldi.
Shuningdek, mazkur davrda hunarmandchilik sanoati O‘rta Osiyo respublikalarida, ayniqsa, O‘zbekiston SSRda yaxshi rivojlangan edi. Chunki davlatga tegishli sanoat korxonalari hali aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘ladigan mahsulotlarni to‘liq yetkazib berish imkoniyatiga ega emasdi. Markaziy Statistika boshqarmasi (SSU) tomonidan 1926-1927 xo‘jalik yilida birinchi marotaba O‘zbekistonda hunarmandchilikning ahvoli o‘rganilib, bu soha ancha yaxshi rivojlanayotgani, tarmoqda ishlab chiqargan mahsulot 138 million rublga teng ekani aniqlandi. Hunarmandchilik sanoatining bir yillik ishlab chiqarishi O‘zSSR xalq xo‘jaligi umumiy mahsulotining 18 foizini tashkil qilgan. Bu paytda O‘zbekistonda hunarmandchilik bilan 130300
kishi band bo‘lgan. Sanoat rivojlanishini belgilaydigan raqamlarga nazar tashlasak, 1931 yilda O‘zSSR bo‘yicha sanoatning yalpi mahsuloti 590 million rublga teng bo‘lib, 1930 yilga nisbatdan 81,7 foizga ortgan edi. O‘sha paytda sanoat tizimida mehnat qiladiganlar 27685 nafarga yetgandi.
Bu 1930 yilga nisbatdan 54,3 foiz o‘sishga erishilganini ko‘rsatardi. Ushbu ko‘rsatgichlar ayni shu davrda sanoat rivojlanishi O‘zbekistonda yuqori bo‘lganini anglatadi. Umuman olganda, Markaz o‘z manfaatini ko‘zlagan holda sanoatni tiklash ishlarini faol olib bordi. 1928-1929 yillarda O‘rta Osiyo respublikalarida ushbu jarayon deyarli tugallangan deb hisoblandi. Va 1929-1930 yildan sanoatni keng rekonstruksiyalash, qayta qurish davri boshlandi.
O‘zbekistonda ham sanoatni qayta qurish, asosan, elektr energiyasiga bog‘liq edi. Shuning uchun energetika bazasini mustahkamlashga muhim vazifa sifatida qaraldi. 1932–1933 yillarga kelib elektr energiyasi quvvati birmuncha ortgan bo‘lsada, ayni shu sohadagi korxonalarni qurish 192

juda sust tarzda amalga oshirildi. Shu bois, gidroelektrostansiyalar bilan bir qatorda teploelektrostansiya qurilishini ham boshlab yuborish zaruriyati yuzaga keldi. O‘rta Osiyo daryolari arzon energiya ishlab chiqaradigan eng muhim va katta resurslarga ega bo‘lgan bir paytda undan foydalanish sur’ati ham nihoyatda past edi. Umuman, hududdagi daryolarning elektr quvvati imkoniyatlari Ittifoq zahirasining 14 foizini tashkil qilgan. Keyinchalik, Chirchiq, Norin, Shahrixon, Isfara, Chu hamda Vaxsh daryolarida bir nechta gidroelektrostansiyalar qurildi Shu tariqa elektr energiyasi ishlab chiqarishning ortib borishi natijasida O‘rta Osiyoda sanoat korxonalarining soni ham, quvvati ham ortib bordi. Bu orqali sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘rtasidagi tafovut ham o‘zgardi. 1931 yilga kelib sanoat yetakchi o‘ringa chiqa boshladi. Agar 1929-1930 yillarda sanoat ishlab chiqarishining salmog‘i qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatdan 45 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 1931-1932 yillarga kelib bu ko‘rsatkich 51


foizga yetdi. SredazEKOSO amalga oshirgan chora-tadbirlar natijasida O‘rta Osiyo respublikalarining birinchi besh yillik rejasidagi rivojlanish ko‘rsatkichi umumittifoq sur’atidan yuqori bo‘ldi. O‘zbekiston SSRda sanoatning o‘sishi 1927-1928 yillarda 95 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1932 yilda 150 foizga, 1934 yilda esa 362 foizga yetdi.
Yo‘l va transport tizimi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan kommunikatsiyaning muhim tarmog‘i va xalq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlari uchun eng zarur soha hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, 1927 yilning 16-19 yanvar kunlari Toshkentda SredazEKOSO va Gosplanning qo‘shma kengashi o‘tkazildi. Kengash Turkiston-Sibir temiryo‘l magistrali(Turksib)ni qurish masalasini ko‘rib chiqdi. Qabul qilingan qarorda temiryo‘lni barpo etish muddatini qisqartirish, obyektni qurilish materiallari, ishchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalari aniq ko‘rsatilgan edi. Ishni bir yo‘la ikki yo‘nalishda - Frunze (Bishkek) va Semipalatinsk shaharlaridan boshlash ma’qul deb topildi. Markaz O‘rta Osiyo respublika rahbarlariga Turksib temiryo‘l magistrali qurilishi uchun ularni zarur materiallar bilan ta’minlash va muntazam yordam berish vazifasini yukladi.
O‘zbekiston uchun muhim bo‘lgan yoqilg‘i muammosini hal qilish maqsadida Ko‘kyong‘oq ko‘mir konini rivojlantirish va undan besh yillik rejada ko‘zda tutilgan 1 million tonna ko‘mir qazib olish hamda 1927 yilda Jalolobod-Ko‘kyong‘oq-Taranbozor temiryo‘l tarmog‘ini qurib bitkazish uchun SSSR Gosplani tomonidan 400 000 rubl mablag‘ ajratildi. Toshkent shahrini yoqilg‘i bilan ta’minlash maqsadida Ugadja-Tutlik temiryo‘l tarmog‘i qurilishi ham boshlab yuborildi. Natijada 1933 yilning oxiriga kelib O‘rta Osiyo respublikalarida 3 ming kilometrdan ortiq yangi temir yo‘llar qurildi. Shuning bilan bir qatorda SredazEKOSO transportning boshqa turlarini, jumladan, suv transportini (Amudaryo orqali yuk va yo‘lovchilarni tashish uchun) tashkil etdi. Bular o‘z davrida nafaqat Ittifoq manfaati, balki O‘zbekiston SSR ravnaqi uchun ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lgan edi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Sovet hokimiyati o‘z manfaatlarini ko‘zlagan holda qishloq xo‘jaligiga katta e’tibor qaratdi. Natijada O‘rta Osiyoni “rivojlantirish”ga qaratilgan besh yillik rejalarida mahalliy ekologik vaziyat inobatga olinmay turib, sug‘orishning keng qamrovli dasturi qabul qilindi. Bu rejaga asosan sug‘oriladigan yer maydonini 1930-1931 yillarga kelib 4106806
gektarga yetkazish nazarda tutilgandi. Dehqon ho‘jaliklarini dastlab iqtisodiy rag‘batlantirish, keyinchalik esa targ‘ibot-tashviqot va ma’muriy choralar ko‘rish yo‘li bilan g‘alla, sholi o‘rniga paxta ekishga majburladi. Paxta ekkan dehqon xo‘jaliklari soliqdan ozod qilindi. G‘alla, sholi kabi sug‘oriladigan ekin ekkanlarga og‘ir soliqlar joriy qilindi.
Shu tarzda Markaz O‘zbekiston SSRning besh yillik rejasidagi paxtachilik qismini har yili qayta ko‘rib chiqib, paxta ekin maydonlarini kengaytirib bordi. Chet eldan keltiriladigan paxtadan ozod bo‘lish, to‘qimachilik sanoatini bosqichma-bosqich kengaytirish maqsadida paxtachilikni izchil rivojlantirishga qattiq kirishildi. Bularning barchasi oxir-oqibatda paxta yakkahokimligini yanada chuqurlashtirdi va kelajakda katta ekologik muammolarning kelib chiqishiga zamin yaratdi.
O‘rta Osiyo respublikalarida, ayniqsa, O‘zbekistonda paxta yakkahokimligini yuzaga keltirish qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, umuman, buning ayanchli oqibatlarini tushungan bir qator olimlar bu haqda o‘z fikr-mulohazalari bilan chiqa boshladilar. 1928-1929-yillarda mutbuot sahifalarida o‘nlab munozarali maqolalar e’lon qilindi. Hatto Bosh Paxta Qo‘mitasi vakilligi 1928
yili Toshkentda paxta yakkahokimligi masalasida olimlar, mutaxassislar ishtirokida keng munozara o‘tkazdi. Bir qator olimlar, jumladan, professorlar V.Vilyams, N.Ivanov, M.Nikolskiy, Y.Poslavskiy, N.Yarashevich, A.Chayanov o‘z chiqishlarida O‘rta Osiyo respublikalarida paxta ekin maydonlarini birinchi besh yillikda belgilangan 1.266.500 gektarga yetkazish agronomik, 193

meliorativ


va
ekologik
nuqtai
nazardan
noto‘g‘ri
ekanligini
bayon
qildilar.
Shu o‘rinda ma’lumot uchun aytish kerakki, XX asrning 20-yillari oxiriga kelib, mamlakatda bolsheviklar partiyasi yakkahokimlikka erishdi. Natijada Sovet hukumatining siyosiy, mafkuraviy siquvi kuchayib bordi. Buning birinchi qadami 1929 yilda Yangi iqtisodiy siyosat(NEP – novaya ekonomicheskaya politika)ga chek qo‘yishi bo‘ldi. Dehqon xo‘jaliklarini jamolashtirish zo‘ravonlik va sun’iy yo‘l bilan amalga oshirildi. Jamoa xo‘jaligiga kirmagan o‘ziga to‘q dehqonlar “boy-quloq unsurlar” tamg‘asi bilan jazolandi va surgun qilindi.
XX asrning 30-yillari boshlariga kelib paxta yakkahokimligiga qarshilik bildirgan olimlar quvg‘in ostiga olindi. SSSRda paxta mustaqilligi uchun keskin kurash ketayotgan bir paytda yuqoridagi kabi erkin chiqishlar Ittifoq manfaatlariga mutlaqo mos kelmas edi. Respublikada paxta maydonlarining kengayishi va hosil salmog‘ining ortishi hisobiga Markazga olib ketiladigan miqdor ham yildan-yilga o‘sib bordi. Umuman, O‘zbekistonda sodir bo‘lgan tarixiy jarayonlarning tahlili shundan dalolat beradiki, bolsheviklar g‘oyalariga tayangan sovet hokimiyati boshidanoq zo‘ravonlikka asoslangan davlat tuzishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi.
Sovet hukumati bu o‘lkani xomashyo bazasi sifatida saqlab qolish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rgan. Eng avvalo, barcha hududlarda pastdan yuqorigacha siyosiy, iqtisodiy va madaniy boshqaruv idoralari tashkil qilindi. Joylarda mahalliy boshqaruvni nazorat qiluvchi Markazning nazoratchi idoralari ham tuzildi. Bu mahalliy xalqlarga nisbatan ishonchsizlikdan dalolat edi. Xususan, XX asrning 20-30 yillarida O‘rta Osiyo mintaqasida sovet hokimiyati tomonidan tashkil etilgan Turkbyuro, Turkkomissiya, Sredazbyuro kabi siyosiy-mafkuraviy nazoratchi organlar Toshkentda ham faoliyat ko‘rasatib, hukmronlik qildilar. Mahalliy rahbarlar ularning izmidan chiqolmas, o‘zlaricha tashabbus ko‘rsatib biror bir ishni qilishlariga yo‘l quyilmas edi.
Nazorat organlarining zug‘umi, makkor strategiyasi bilan o‘lkada xususiy mulkchilikning barcha turlari bekor qilinib, ular davlat mulki, deb e’lon qilindi. Majburiy mehnat yo‘lga qo‘yildi.
Bundan norozi bo‘lgan xalq qurolli kurash boshladi. Bu kurash, ayniqsa, Farg‘ona vodiysi va Buxoroda ommaviy tus oldi. Sovet hukumatining boshqa birorta milliy respublikasida bu darajada kuchli norozilik bo‘lmagan. Shu tufayli bolsheviklar barcha ichki resurslarini o‘lkada sovetlar hokimiyatini saqlab qolish uchun safarbar qildi. Bolsheviklar rahbariyatining fikricha, O‘zbekistonda yuz bergan bu inqirozli holat joylarda sovet davlatining zaifligi, boshqaruv organlarining faoliyatsizligi, ayniqsa, o‘lka iqtisodiyotini boshqarish to‘g‘ri yo‘lga quyilmagani uchun yuz bergan edi.
O‘zbekistonda yuzaga kelgan og‘ir iqtisodiy ahvol ocharchilik va yuqumli kasalliklarni nihoyatda kuchaytirib yubordi. Shunga qaramasdan, hokimiyat tepasiga chiqib olgan bolsheviklar o‘lkada yuzaga kelgan og‘ir ijtimoiy ahvolni hal qilishdan ko‘ra Markazdan jo‘natiladigan ko‘rsatmalarni kutish va ularni bajarish bilan ovora bo‘ldi. Bolsheviklar tomonidan olib borilgan siyosat, xususan, boshqaruvning markazlashtirilishi O‘zbekiston SSR iqtisodiyotini Markaz manfaatlariga moslashtirdi. O‘rta Osiyo respublikalarining, jumladan, O‘zbekistonning ham Ittifoq yagona iqtisodiy majmuasidagi o‘rni va vazifalari belgilab berildi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligi yuzaga kelishida, sanoatining bir tomonlama, xomashyo shaklida mahsulot ishlab chiqarishga moslashtirilishida va ularning Markazga tashib ketilishida ushbu siyosatning
“xizmati” katta bo‘lgan.
O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti SSSRda boshqaruvning mustabid va ma’muriy buyruqbozlik tizimi o‘zining barcha salbiy ko‘rinishlari bilan qaror topishi va mustahkamlanishi sharoitida kechar edi. Ushbu davrning respublika ijtimoiy-siyosiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan yana bir xususiyati – Sovet mustabid davlati siyosiy tizimida sinfiy mafkura shakllanib, kommunistik partiya mutlaq xukmronlik qilar edi. Kompartiya o‘zi amalga oshirgan oktabr tuntarishi tufayli hokimiyatni qo‘lga oldi va «alohida olingan bir mamlakatda sotsializm qurish»ni o‘zining asosiy maqsadi qilib qo‘ydi. Lekin Markaz O‘zbekistonda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni ma’muriy-buyruqbozlik usuli bilan sun’iy ravishda tezlashtirib, respublikadagi haqiqiy ahvolni umuman e’tiborga olmas edi.
Natijada O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ancha ziddiyatli tus oldi. Xukmronlik qilayotgan kompartiya o‘ziga ma’qul bo‘lgan sinfiy yondoshuvga asosan jamiyatni sun’iy ravishda
«mehnatkashlar» va «mehnatkash bo‘lmaganlar»ga ajratib, ular o‘rtasidagi ziddiyatlarni kuchaytirdi. Bir tomondan, kommunistik tuzum ko‘r-ko‘rona «mehnatkashlar ommasi»ning siyosiy 194

faolligini «qo‘zg‘ash»ga, ularni partiya-davlat tuzilmalariga va jamoat tashkilotlariga keng jalb qilishga intilsa, ikkinchi tomondan, aholining «mehnatkash bo‘lmagan» - mulkdorlar, dindorlar, amaldorlar kabi qatlamining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini o‘z maqsadlari yo‘lida qabul qilingan qonun asosida cheklab qo‘ydi. Shu bilan birga, ularga qarshi doimiy ish olib bordi. Bu kurash faqat «mehnatkash bo‘lmagan» qatlamlarga emas, kommunistik rejimga qarshi chiqqan barcha kishilarga - yangicha fikr yuritadiganlarga, o‘zbek xalqining manfaatlarini himoya qilganlarga qarshi ham yuritildi.


Keyinchalik Markaz rahbariyati o‘zi olib borgan qatag‘on siyosatni asoslash maqsadida
“sinfiy kurash avjiga chiqqanligi” haqidagi shiordan keng foydalanadi. Shu tariqa iqtisodiy-ijtimoiy hayotdagi barcha kamchilik va xatolar sinfiy dushmanlarga ag‘darildi. Bu siyosat keyinchalik XX
asr 30 yillarining boshlarida mustabid tuzumning ommaviy qatag‘onlariga aylanib ketadi. Xalqqa qarshi qaratilgan ushbu kurashga kommunistik partiya va markazning rahbarlari g‘oyaviy rahnamolik qildi. Umuman, Sovet hokimiyati o‘rnatilgan kundan boshlab jamiyatning barcha sohalarini harakatga keltiruvchi kuch sifatida kommunistik partiya maydonga chiqdi.
1925 yil fevralda o‘zining I syezdida tashkiliy jihatdan rasmiylashgan respublika partiya tashkiloti ham O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsata boshladi. U o‘zi tashkil topgan vaqtda nisbatan kam sonli bo‘lib, u paytda hammasi bo‘lib 16.570 nafar partiya a’zosi va nomzodi bor edi. O‘zbekiston KP(b) keng «mehnatkashlar» ommasini o‘z ta’siriga olish uchun saflarini «ilg‘or» ishchilar, qishloq yo‘qsillari va yarim yo‘qsillar, shuningdek, xizmatchilar hisobiga muttasil kengaytirib bordi. Shu bilan birga, kompartiya o‘zini baynalmilalligini, faqat Rossiya tasarrufidagi barcha xalqlar partiyasi ekanini ko‘rsatish maqsadida sun’iy ravishda o‘zining milliy tarkibiga e’tibor berdi. O‘z KP(b) tashkil topgandan keyingi 15 yildan ko‘proq vaqt mobaynida uning milliy tarkibi ham sezilarli ravishda o‘zgardi. Partiya a’zolari va a’zolikka nomzodlarning 60 foizini o‘zbeklar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, tojiklar va boshka mahalliy millatlarningvakillaritashkiletardi.
O‘z KP(b) o‘z ta’siri doirasini kengaytirish maqsadida barcha tashkilot va korxonalarda partiya yacheykalari (bo‘linmalari)ni tashkil etib, o‘ziga bo‘ysunadigan shaxslarni u yerga joylashtirib, shu yul bilan ularni bevosita boshqarishga intildi. Shu tariqa partiya a’zolari va tashkilotlari keskin ko‘payib bordi. 1941 yilning boshlarida O‘zbekiston KP(b) tarkibida 4.132 ta partiya tashkiloti mavjud edi. Bu vaqtga kelib 6 ta viloyat qo‘mitasi, 1 ta okrug qo‘mitasi, 10 ta shahar, 9 ta shahar ichidagi tuman partiya qo‘mitasi hamda 116 ta tuman partiya qo‘mitasi orqali hududiy partiya tuzilmalarining keng tarmog‘i tashkil etildi. Natijada KP(b) o‘zining rahbarlik ta’siri bilan butun respublika hududini, undagi barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni qamrab ola boshladi.Umuman, VKP(b)ning tarkibiy va ajralmas qismi bo‘lgan O‘zKP(b) Moskvada partiya MK kabinetlarida respublika partiya tashkiloti vakillari ishtirokisiz va uning manfaatlarini hisobga olmasdan ishlab chiqilgan qarorlarni amalga oshirishga majbur edi. Shu bois ham O‘zbekiston kompartiyasining syezdlarida va MK plenumlarida VKP(b) belgilab bergan bosh yo‘l asosida respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlanish strategiyasi belgilandi. Ularda kommunistik rejimni mustahkamlashga, «sotsialistik qurilish»ni avj oldirishga, boshqa respublikalar bilan aloqalar va hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan masalalar o‘z ifodasini topgan edi. Davlat organlari va jamoat tashkilotlari partiya apparatining tazyiqi va zulmi bilan sekin-asta uning qarorlarini so‘zsiz bajaruvchi oddiy ijrochilariga aylandilar.O‘zbekiston kompartiyasi o‘z yo‘lini deyarli barcha korxonalar va muassasalarda ish olib borayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotlari, rahbar kommunistlar orqali so‘zsiz amalga oshirardi. Shuningdek, barcha rahbar lavozimlarga faqat kommunist bo‘lgan shaxslar qo‘yilishi shart edi. Partiya qo‘mitalari bu rahbar kommunistlarni xo‘jalik, ijtimoiy va madaniy qurilishning barcha sohalariga boshchi qilib qo‘ygan edi.
Ma’muriy-buyruqbozlik usulida ish olib borgan partiya qo‘mitalari mehnat jamoalarining mustaqilligini cheklar, ularning tashabbusini bo‘g‘ar, faoliyatidagi demokratik qarashlarini yo‘qqa chiqarar edi.Ma’lumki, Ittifoq davlatining oliy organi dastlab Sovetlarning Butunittifok Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi, keyinchalik SSSR Oliy Soveti bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida ham qonun chiqaruvchi, ham ijro organlari hisoblangan. Aslida esa mustabid tuzum hayot tajribasi shuni ko‘rsatdiki, davlat oliy organi bo‘lgan Oliy Sovet faoliyatini barcha bosqichlarda partiya boshqarib kelgan. Barcha qonun va qarorlar partiya organlari tomonidan tayyorlanar yoki ularning ko‘rsatmasi bilan yozilar, Oliy Sovet sessiyalarida esa ular nomigagina tasdiqlanar edi. O‘zbekiston SSR tashkil 195

qilinganidan so‘ng respublika davlat boshqaruvi tuzilmasi ittifoq organlari shaklida tuzildi. Bu ittifoqdosh respublikalarni Markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga, takomillashgan mustahkam shakli edi.


Shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari va ularning apparati vujudga keltirildi, yangi ma’muriy-hududiy bo‘linish amalga oshirildi. Avvaliga respublikaning viloyat bo‘linishidan okrug shakliga o‘tildi. Keyin yana viloyat bo‘linishiga qaytildi, tumanlar va qishloq kengashlarining keng tarmog‘i tuzildi. Ma’muriy-hududiy islohotlar yanada jipslashish va Markazni aholiga yaqinlashtirish bahonasida o‘tkazilardi. Aslida esa ular kommunistik rejim tomonidan partiya-davlat apparatining
cheksiz
hukmronligini
mustahkamlash
maqsadida
amalga
oshirilardi.
1927 yil mart oyida O‘zbekiston Sovetlarining II qurultoyi respublika Konstitutsiyasini qabul qildi.
Bu Konstitutsiya mutloq sinfiy tusda bo‘lib, bolshevikcha ekstremizm mafkurasi bilan sug‘orilgandi. Konstitutsiyaga muvofiq, «mehnatkash bo‘lmagan» qatlamlardan chiqqan ko‘pgina ijtimoiy tabaqalar, dindorlar va boshqalar saylov hukuqlaridan mahrum etilgandi. Bu orqali yuqorida aytilganidek, aholining katta qismi kommunistik rejim tomonidan davlat qurilishida va ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishdan chetlashtirilgan edi. Faqat oradan 10 yil o‘tgandan keyingina, 1936 yilgi SSSR Konstitutsiyasi asosida 1937 yil 12 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston SSRning Konstitutsiyasida bu adolatsizlikka chek qo‘yildi. Barcha fuqarolarga ularning ijtimoiy kelib chiqishi va qaysi sinfga mansubligidan qat’iy nazar saylov huquqi berildi. Biroq 1936 yilgi SSSR Konstitutsiyasi va 1937 yilgi O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasining ko‘pgina moddalari, ayniqsa, fuqarolarning keng huquqlari va erkinliklari aks etgan moddalari vaqt o‘tishi bilan soxta, nomigagina ekani ko‘rinib qoldi. Shuningdek, O‘zbekiston SSRning har ikkala Konstitutsiyada e’lon qilingan suvereniteti ham «yasama» va soxta bo‘lib chiqdi. Chunki mazkur Konstitutsiyalarga muvofiq, SSSR Davlatining «teng hukuqli» a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston SSR yillar davomida Markazga, uning partiya-davlat tuzilmalariga qaram bo‘lib keldi.
Shuni aytish kerakki, mehnatkashlarning eng ommaviy tashkiloti — kasaba uyushmalari ham partiya qo‘mitalariga to‘la-to‘kis qaram bo‘lib qolgandi. 1925 yilning boshlarida O‘zbekiston kasaba uyushmalari 90 mingdan ortiq kishini birlashtirgandi. Biroq ularda mahalliy aholi
«yevropalik»lardan birmuncha kam bo‘lib, kasaba uyushmalari a’zolari umumiy sonining qariyb 40
foizini tashkil etardi. Vaholanki, mahalliy aholi O‘zbekiston aholisining 90 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etardi. 1940 yilga kelib respublika kasaba uyushmalari a’zolarining soni 600 mingdan oshib ketdi. YA’ni 15 yil ichida O‘zbekiston kasaba uyushmalari a’zolarining soni 6,5 baravar ortdi.
Partiya hukmronligi mustahkamlanib borgan sari kasaba uyushmalari yollanma ishchilar va xizmatchilarning hayotiy manfaatlarini ta’minlashdan iborat o‘zlarining asosiy vazifalarini bajarishdan, ularning ijtimoiy muhofazalanishiga yordam berishdan mahrum bo‘lib bordi. Oxir-oqibatda ular ham hukmron kommunistik partiyaning «dastyoriga» aylanib qoldilar. Kasaba uyushmalari ma’muriy-buyruqbozlik tizimni mehnatkashlarning har qanday «isyoni»dan himoya qiladigan, barcha «zarba»ni o‘ziga oladigan vositaga aylandi.
Mustabid tuzum kasaba uyushmalari zimmasiga ishlab chiqarish harakteridagi mehnat unumdorligi uchun kurash, mehnat intizomini mustahkamlash, mahsulot sifatini oshirish va uning tannarxini arzonlashtirish singari vazifalarni yukladi. Shu tarzda kasaba uyushmalari haqiqiy funksiyalarini unutgan holda mustabid tuzum sharoitida ommaning mehnat faolligini oshiradigan va ular o‘rtasida hukmron partiya yulini o‘tkazadigan davlat tuzilmasiga aylantirildi. Umuman, Sovet hokimiyati O‘zbekistonning barcha sohalaridagi hayotini o‘z ta’siriga oladi. Bu jarayonda o‘zlariga so‘zsiz bo‘ysunadigan, ongi, qalbi ana shunday ruh bilan sug‘orilgan yosh avlodni tarbiyalashga jiddiy e’tibor qaratadi. YA’ni kommunistik mafkuraga so‘zsiz xizmat qiladigan “yangicha shaxs”ni shakllantirish asosiy g‘oya bo‘lgan. Shu maqsadda boshlang‘ich sinflardan to yuqori sinflargacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun maxsus uyushmalar tashkil etiladi va ularga yoshlarni keng jalb qilinadi.
Shuningdek, bunda yoshlar ongiga kommunistik mafkurani singdirish, ularni ushbu jamiyatning sodiq a’zosi va tuzum g‘oyalari targ‘ibotchisiga aylantirish uchun tuzilgan kommunistik yoshlar ittifoqi (kommunisticheskiy soyuz molodeji - komsomol) muhim rol o‘ynadi.
Komsomol ham partiyaga va uning tashkilotlariga bo‘ysundirilgan edi. Partiya uni o‘zining yordamchisi va «jangovar rezervi» deb hisobladi. Sovet hokimiyatini targ‘ib qiluvchi mafkuraviy jarayonlar keng tus olgani bois, O‘zbekiston komsomolining saflari yuqori sur’atlar bilan o‘sdi va 1940 yilga kelib qariyb 400 ming kishini tashkil qildi. Holbuki, 1925 yilda uning tarkibida 30,2
ming a’zo bor edi. Partiya qo‘mitalari komsomolni «sinfiy dushman»ga qarshi kurashda, qishloq 196

xo‘jaligini jamoalashtirish va xalqqa cheksiz ofatlar keltirgan mustabid tuzumning tadbirlarini ma’muriy-buyruqbozlik usuli bilan amalga oshirishda o‘zining yetakchi kuchiga aylantirdi.


Kommunistik partiya butun imkoniyati bilan mehnatkash xalqni turli siyosiy va ijtimoiy-ommaviy tashkilotlarga qamrab olib, ularga muntazam ravishda g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishga, ularni bir qolipda ushlab turishga harakat qildi. Bu jarayondan dehqonlar ham chetda qolmadi. XX asrning 20-yillarida O‘zbekiston dehqonlarini g‘oyaviy jihatdan birlashtirgan tashkilotlardan biri
«Qo‘shchi» ittifoqi edi. 1925 yilda 157 ming kishini qamrab olgan «Qo‘shchi» ittifoqi ham O‘zbekiston dehqonlarining ommaviy tashkilotidan sekin-asta qishloqda mustabid tuzum siyosatini targ‘ib qiluvchi qurolga aylandi. Borib-borib sinfiy tashkilotga aylangan «Qo‘shchi» ittifoqi jamoalashtirish va «quloqlashtirish» davrida o‘ta salbiy rol o‘ynadi.
Sovet hokimiyati o‘z faoliyatida davomida olib borgan siyosatida sinfiylikni milliy va umuminsoniy qadriyatlardan ustun tutdi. Dinning ahloqiy imkoniyatlari va tamoyillarini inkor etdi.
Respublikada Markaz ko‘rsatmasi asosida tashkil qilingan «Xudosizlar ittifoqi», «Kurashchan xudosizlar», «Yo‘qolsin savodsizlik» kabi tashkilotlar esa partiya siyosatini aholining turli guruhlari o‘rtasida amalga oshirishda oddiy vositachilarga aylandilar. Xususan, sovet hokimiyati dinga qarshi olib borgan siyosatning asosiy quroli va targ‘ibotchisi “Kurashchan xudosizlar” ittifoqi edi. 1928
yilga kelib O‘zbekistonda ular qatorida 830 yacheyka (tuzilma) mavjud bo‘lib, 14 ming a’zosi bor edi. Hatto ular tomonidan o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilish maqsadida «Xudosizlar» deb nomlangan jurnal ham tashkil etilgan. “Kurashchan xudosizlar” ittifoqi respublikadagi barcha muzeylarda bo‘limlar tashkil etib, ularda dinga qarshi tashviqot ishlarni olib borish uslublari bo‘yicha maxsus yig‘ilishlar
o‘tkazib
borgan.
Mustabid tuzumning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi mustahqamlanib borishi bilan birga respublikaning butun ijtimoiy-siyosiy hayoti muttasil siyosiylashtirilib, baynalminallashtirilib borildi. Ijtimoiy-siyosiy hayot shu darajaga borib yetdiki, har bir masalaga siyosiy nuqtai nazardan qaraladigan bo‘ldi. Oqibatda milliylik o‘rniga amalda baynalmilallik ustivor qilib qo‘yildi, milliy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlar oyoqosti qilindi. Asrlardan asrlarga o‘tib kelgan milliy va diniy bayramlar bekor qilindi, ular o‘rniga “proletar” bayramlari e’lon qilindi.
XX asrning 20-yillari boshlarida bolsheviklar lideri V.I.Lenin ishlab chiqqan “Jamiyatni sotsialistik tipda qurish”, madaniy sohani ham yangi jamiyatning muhim bo‘g‘ini sifatida sotsialistik shaklda o‘zgartirish dasturi sekin-asta O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston xalqi uchun cheksiz azob-uqubatlar, xo‘rliklar olib kela boshladiki, bu mahalliy aholi, avvalo, ziyolilarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Ular xalqning milliy madaniyatini, an’analari va urf-odatlarini, ko‘p asrlik ma’naviy merosini saqlab qolishga intildilar. Shu maqsadda Markaz zo‘ravonligiga qarshi ochiq tanqidiy fikrlar bildirdilar.
O‘zbekistonda «sotsialistik islohotlar» sekin-asta, demokratik yo‘llar bilan, xalqning muayyan tarixiy va milliy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda o‘tkazilishini talab qilishdi. Mustabid tuzumga qarshi milliy oppozitsiyada jamoat va davlat arboblari, o‘qituvchilar, yozuvchilar, shoirlar, jurnalistlar, bir so‘z bilan aytganda, barcha ziyolilar birlashgandi. Oqibatda ularga qarshi ommaviy terror boshlanadi. Aslida, Sovet hokimiyati o‘rnatilgan ilk davrdanoq, ya’ni 1918 yil 14 sentabr kuni respublika MIQ tomonidan qabul qilingan nizomga binoan kontrrevolyutsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Favqulodda tergov komissiyasi tuzilgandi. O‘sha kunidayoq Toshkent shahar Kengashi tomonidan “Qizil terror qo‘mitasi” va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etilgandi. Umuman olganda, Sovet hokimiyati o‘rnatilgandan so‘ng mamlakatda 84 konslager faoliyat ko‘rsatgan va ularda 50 mingdan ortiq mahbuslar bo‘lgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustabid tuzum o‘z faoliyatining turli davrlarida qatag‘on siyosatining yangi-yangi usullarini o‘ylab topgan. Masalan, sovet hokimiyatining O‘zbekistonda olib borgan qatag‘on siyosatini quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin: 1.1918-1921 yillar - O‘zbekistondagi milliy-ozodlik harakatiga qarshi harbiy qatag‘onlar.
2.1921-1929 yillar - zo‘ravonlik bilan o‘rnatilgan hokimiyatga, madaniy sohadagi siyosatga qarshilik qilganlarga nisbatdan o‘tkazilgan qatag‘onlar (“Inog‘omovchilik”, “O‘n sakkizlar guruhi”,
«Qosimovchilik», “Milliy istiqlol”, “Milliy ittihod” guruhlari va boshqalar).
3. 1930 – 1936 yillar: partiya va sovet organlarida faoliyat ko‘rsatayogan milliy rahbar va boshqa iste’dodli kadrlar («tozalash»), muhandis-texnik kadrlar, ilmiy soha va ta’lim tizimi, madaniy soha, huquq tartibot organlari xodimlarga qarshi, 1932 yil va 1934 yildagi qabul qilingan qonunlarga binoan va jamolashtirish jarayonidagi qatag‘onlar.
197

4. 1937-1939 yillar - barcha sohalarda olib borilgan ommaviy qatag‘onlar – “Katta qirg‘in”.


5. 1946-1953 yillar - madaniy va san’at sohalari xodimlari, shoirlar, yozuvchilar, olimlar, umuman, ziyolilarga (“Vrachlar ishi”, “Sharq yulduzi”-“Zvezda Vostoka” jurnallari) qarshi qatag‘onlar.
6. 1984 – 1988 yillar: Markaz tomonidan maxsus tashkil etilgan davlat va xo‘jalik xodimlariga qarshi qatag‘onlar ( «Paxta ishi»).
Yuqorida keltirilgan qatag‘on siyosatini tahlil qiladigan bo‘lsak, deyarli barcha soha vakillari bu ommaviy qirg‘indan chetda qolmagan. Ayniqsa, mustabid tuzum aholining ilg‘or qatlami –
ziyolilar, ayrim vatanparvar rahbarlar tomonidan bildirgan xurfikrlikka mutlaqo toqat qilmagan va ularga qarshi doimiy tarzda qatiy kurash olib borgan. Masalan, sovet hokimiyati o‘rnatilgach, xalq noroziliklari asta-sekin milliy ozodlik harakatga aylana boshlaydi. Shu bois, bolsheviklar ularga qarshi keskin choralarni qo‘llaydi. Nafaqat ilg‘or qatlam vakillari, balki ularning tarafdori bo‘lgan oddiy aholiga nisbatdan ham beshafqat jazolar ko‘riladi. Xususan, Turkiston fronti qo‘mondoni M.V.Frunze aynan shu masalada qarshilik harakati vakillari joyida otib tashlash, ular bilan aloqador bo‘lgan aholiga ham keskin chora ko‘rish to‘g‘risida buyruq bergan edi. Shundan keyin milliy ozodlik harakati vakillariga qarshi qatag‘onlar keng tus oladi.
XX asrning 20-yillari ikkinchi yarmi va 30-yillarda mavjud tuzumga muholifatda turganlarga qarshi keng qatag‘onlar o‘tkazildi. O‘z hokimiyatini o‘rnatgach sovetlar o‘ziga xos siyosiy va mafkuraviy struktaralarni shakllantira boshladi. Ushbu tashkilotlar orqali ular o‘zlaridan farqli ravishda fikrlaydiganlarga keskin choralar ko‘rdi. Ana shunday jabrlanuvchilar qatorida halqqa o‘z ta’sirini ko‘rsata oladigan, o‘z mafkuraviy va tashkiliy mustaqilligiga ega bo‘lgan diniy muassasalar va ularning xodimlari ham bor edi. Bolsheviklar dinga qarshi ayovsiz terror olib boradi: vaqflar musodara qilinadi, diniy maktablar, qozilar sudi tugatiladi va dindorlar ayovsiz qirg‘in ositiga olinadi. O‘z navbatida bu kabi adolatsizliklar mahalliy aholini bolsheviklar va ularning partiyasiga keskin ravishda qarshi qilib qo‘ydi. Ana shunday ruhdagi rahbarlarga esa keskin choralar ko‘rildi.
YA’ni respublikaning vatanparvarlik kayfiyatidagi va milliy-ma’naviy qadriyatlarni asrab qolishga intilgan, mahalliy aholi manfaatlarini ko‘zlagan rahbar xodimlar sovet hokimiyatiga qarshi deya qattiq tanqid qilindi. Ularni tarafdorlari bilan birga turli siyosiy yorliq ostida «g‘ayripartiyaviy»
guruhlar deb e’lon qilishdi.
O‘zbekiston xalqining o‘z milliy xususiyatlari e’tiborga olinishi, uning mustaqil rivojlanishi, sovet hokimiyatining milliy siyosatini o‘zgartirishi uchun qayg‘urganlarga nisbatan «18lar guruhi»; jamiyatning rivojlanishida ziyolilarning roli asosiy deb bilgan, ta’lim sohasida milliy an’analarni saqlab qolish uchun fikr bildirgan rahbarlarga nisbatan «Inog‘omovchilik harakati»; 1926 – 1930
yillarda mustabid tuzum tomonidan milliy kadr va ziyolilar O‘zbekiston oliy sudi raisi nomi bilan yuritilgan va sud xodimlariga qarshi qaratilgan navbatdagi o‘ydirma «Qosimovchilik harakati»; quloqlashtirish jarayonidagi qatag‘onlarni asli mazmun-mohiyatiga o‘z munosabatini bildirgan prokuratura xodimlariga qarshi «Badretdinovchilik harakati»; respublika rahbar xodimlari tarkibida mahalliy kadrlar salohiyatini kuchaytirish uchun qayg‘urganlarga nisbatan «Xlopkoprom» boshlig‘i R.Xudoyberganov nomi bilan yuritilgan bo‘hton «Xudoyberganovchilik harakati» singari mustabid tuzumning jazo organlari tomonidan ataylab o‘ylab topilgan uydirmalar to‘qib chiqarildi. Ularni barchasi birin-ketin «fosh etildi» va badnom qilindi. Bu kabi qatag‘onlar esa demokratiya, inson erkinliklari va huquqlari haqidagi nizomlar faqt qog‘ozdagi deklaratsiya bo‘lib qolganini anglatadi.
XX asrning 20-yillari oxiri va 30-yillar boshlarida qatag‘on qilinganlar orasida Munavvar Qori
Abdurashidxonov,
Saidnosir
Mirjalilov,
Mahmud
Hodiyev
(Botu),
Ubaydulla
Asadullaxo‘jayev, Ashurali Zohiriy, Elbek, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Otajon Hoshimov, Usmon Nosir kabi vatanparvar ziyolilar bor edi. Umuman, 1929 yilning yanvar oyidan 1933
yilgacha mustabid tuzum yurtimiz ziyolilarining 217 nafarini qatag‘on qildi. Eng ayanchlisi, ularning aksariyati otildi.
Qatag‘on siyosati faqat ziyolilarnigina o‘z domiga tortmadi, istibdodning olovida barcha baravar yondi. XX asrning 20-yillar oxiri va 30-yillar boshlarida jamoalashtirishni muddatdan oldin tugatish, yer egaligida xususiy mulkchilikni tugatish maqsadida dehqonlarga nisbatan misli ko‘rilmagan qatag‘onlar amalga oshirildi. Boy, quloq, o‘rta hol dehqon (bittagina sigiri bor dehqonlar ham ushbu kategoriyaga kiritildi) oilalari Sibir, Ukraina, Stavropol va Krasnodar o‘lkasiga - yashash uchun to‘g‘ri kelmaydigan, sharoiti og‘ir bo‘lgan hudularga surgun qilindi.
Umuman, bu jarayonda O‘zbekistonda 40 mingdan ortiq dehqon xo‘jaligi «quloq» qilinib, ulardan 198

31,7 mingi qatag‘on qilingandi. Qatag‘on siyosatining yana bir keng qamrovli pallasi 1932 yildagi ocharchilik paytiga to‘g‘ri keladi. Bunda asosan qiyin ahvolda qolgan dehqonlar qatag‘on qilinadi.


YA’ni 1932 yil 7 avgustda SSSR hukumati “Sotsialistik mulkni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunni qabul kildi. Qonunda “... davlat, ya’ni kolxoz mulkini talon-toroj qilganligi uchun sud jazo sifatida otish va barcha mol-mulkini musodara qilish», yumshatuvchi holatlarda esa «10 yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etish va butun mol-mulkini musodara qilish» belgilab qo‘yilgandi. Bu qonun halq orasida “Zakon o tryox koloskax” (“Boshoq to‘g‘risida qonun”) deb nom oldi. Chunki qonunga ko‘ra hatto uch dona bug‘doy boshog‘ini olgan odam ham jazolangan.
O‘zbekistonda mazkur qonunga muvofiq 1933 yilning o‘zida 2,5 ming dehqon javobgarlikka tortildi.
Umuman, bolsheviklar tuzumining XX asrning 30-yillari oxirida o‘z xalqiga nisbatan qilgan qatag‘onlari, ayniqsa keng ko‘lamda avj oldi. Bir tuman yoki qishloq miqyosida birorta rahbar
«xalq dushmani» deb e’lon qilinsa, uning «dumi» sifatida yana 50-60 kishi o‘z yurtidan badarg‘a qilingan yoki qamalgan edi. Shuning uchun ham qatag‘onlar respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotini larzaga keltirdi, kishilarda doimiy qo‘rquv, ertangi kunga ishonchsizlik o‘yg‘otdi. 1936
yilning oxirida o‘z Konstitutsiyasida keng huquqlar va erkinliklarni e’lon qilgan mustabid tuzum oradan bir necha oy o‘tgach ommaviy terrorni avj oldirdiki, u o‘zining ta’siri doirasida O‘zbekistonni ham qamrab oldi. Ittifoqning jazo organlari va uning respublikadagi tuzilmalari hech bir aybsiz kishilar ustidan soxta «ishlar»ni to‘qib chiqdilar, ommaviy hibsga olishlar uyushtirildi, minglab jamoat arboblari, yirik olimlar, adabiyot va san’at namoyondalari, xalq xo‘jaligi xodimlari, ishchilar, dehqonlar, din vakillari sudsiz-so‘roqsiz qamoqqa tashlandi. Kommunistik rejim shu yo‘l bilan mamlakatdagi har bir millatning eng ilg‘or ziyoli qatlamini, ya’ni mustabid tuzum mohiyatini tushunib yetadigan qismini yo‘qotishga harakat qildi. Bu qabihliklarni amalga oshirar ekanlar, ular avval o‘z kabinetlarida o‘tirib o‘nlab soxta «aksilinqilobiy tashkilotlar»ni o‘ylab topar va ularni
«fosh etish»ga kirishardi. Jumladan, 1937 – 1938 yillarda markaziy hukumatning jazo organlari va uning respublikadagi «nazoratchilari» O‘zbekistondagi yirik aksilinqilobiy tuzilmalarni «fosh etdilar» va «tugatdilar». Bular: respublika rahbarlari A. Ikromov va F. Xo‘jayev boshchiligidagi
«Burjua-millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti markazi», A.Qoriyev rahbarligidagi «Musulmon ruhoniylarning millatchi-isyonchilar tashkiloti», «Aksilinqilobiy o‘ng trotskiychi josuslar tashkiloti markazi», S.Xo‘janov boshchiligidagi «Aksilinqilobiy millatchi qozoqlar tashkiloti», «Buxoro va Turkiston baxt-saodati» nomli sovetlarga qarshi aksilinqilobiy tashkilot, respublika komsomoli MK
kotibi I.Ortiqov rahbarligida «Yoshlarning aksilinqilobiy burjua-millatchilik tashkiloti»,
«Uyg‘urlarning aksilinqilobiy josuslik-isyonchilik tashkiloti», Mirzoyan, Amelyan va boshqalar rahbarligidagi «Aksilinqilobiy eserlar josuslik-qo‘poruvchilik tashkiloti», «Ingliz josuslik rezidenturasi», «Yapon josuslik-qo‘poruvchilik rezidenturasi» edi. Endilikda ma’lum bo‘lishicha, bularning hammasi tuzumning jazo organlari kabinetlarida ataylab to‘qib chiqarilgan bo‘lib, haqiqatda bunday «aksilinqilobiy tashkilotlar» respublikada mutlaqo bo‘lmagan ekan. Soxta
«ishlar» to‘qib chiqarilgani, hech qanday asos bo‘lmagani holda jazo organlari tomonidan qamoqqa olishlar amalga oshirilgani haqida O‘zbekiston KP(b) MQ birinchi kotibi Usmon Yusupov Markaz raxbariyatiga, hususan Moskvaga quyidagilarni yozgan edi: «Xalq komissarlari organlari (NKVD
ko‘zda tutilmoqda) faoliyatida juda katta kamchilik va qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilmoqda...
Ommaviy qamoqqa olishlarga zo‘r berilgan, ko‘p holatlarda ular yetarli darajada asoslanmagan.
Ichki ishlar xalq komissarligida, uning rayonlardagi bo‘limlarida, hatto, eng ko‘p qamoqqa olish uchun musobaqa e’lon qilindi... Bu esa yetarli darajada asoslanmay qamashlarga keng yo‘l ochdi».
Biroq Usmon Yusupovning mazkur xatiga Markaz rahbariyati e’tibor bermadi. Aksincha, XX
asrning 30-yillar oxiriga kelganda, butun mamlakatda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham qatag‘onlar yanada avj oldirildi. Qatag‘onlar SSSR Oliy Sudi, SSSR Oliy Sud kollegiyasi, O‘zbekiston SSR
Oliy Sudi, O‘zbekiston SSR harbiy kollegiyasi va sudlar, SSSR NKVD qoshidagi sayyor ravishda ishlaydigan “Osoboye soveshaniye” (“Maxsus kengash”) kabi organlar hamda 1929 yilda joriy qilingan maxsus “Uchliklar” (Tuman partiya qo‘mitasining 1-kotibi, Tuman ispolkomi (ijroya komiteti) raisi, mahalliy militsiya boshlig‘i) tomonidan amalga oshirilgan.
Sovet hokimiyati tomonidan olib borilgan qatag‘on siyosatining eng cho‘qqisi 1937 – 1938
yillarga to‘g‘ri kelib, tarihda «Katta qirg‘in» nomini oldi. Ushbu davrda mashhur davlat, partiya arboblari va xodimlari, turli masalalarda o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lgan, iqtidorli va iste’dodli siyosiy liderlarni hibsga olindi. Ular orasida F.Xo‘jayev, A.Ikromov, D.Manjara, S.Segizbayev, D.Rizayev, 199

A.Karimov,


S.Boltaboyev,
N.Paskutskiy,
I.Xudoyqulov,
A.Sexer,
M.Shermuhamedov,
M.Usmonov, I.Ortiqov, K.Beregin, A.Islomov, F.Tarasov, M.Tursunxo‘jayev, K.Boltayev, N.Israilov, Y.Irismetov, mashhur tarixchi P.Saliyev va boshqalar bor edi. 1938 yilning bahoriga kelib respublika viloyatlari, rayonlar va shaharlar rahbarlarining 60 % i, yilning ikkinchi yarmida esa yana 114 kishi qatag‘on qilindi. Bularning ichida jadidlar ham nohaq jazoga tortilishdi. Sovet hokimiyati turli yapon, nemis, turk «shpionlari» bilan kurash olib borib, qatag‘on qilinajak shaxslarning sonini reja va jadval asosida respublikalarga, ular esa viloyatlarga bo‘lib berishar va bajarilishini qattiq nazoratga olib turishar edi.
«Qizil terror» o‘sha davrda qanchalik ommaviy tus olgani haqida quyidagi ma’lumotlar dalolat beradi: 1936 yilning oxiridan 1940 yilgacha bo‘lgan davrda respublika buyicha davlat, jamoat arboblari, yozuvchilar, jurnalistlardan 5758 kishi qamoqqa olingan va ulardan 4811 kishi otib tashlangan. O‘ylab chiqarilgan soxta ayblovlar bo‘yicha O‘zbekistonda 1937 – 1939 yillarda hammasi bo‘lib 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan, ulardan 37 mingdan ortiq kishi jazolangan, 6 ming 920 kishi esa otib tashlangan. Umuman olganda GULAG (Lagerlar Bosh boshqarmasi) lagerlarida o‘zbeklar soni quyidagicha bo‘lgan: 1939 yilda 24449 kishi, 1940 yilda 26888 kishi, 1941 yilda 23154 kishi, 1942 yilda 26198 kishi, 1943 yilda 20129 kishi, 1944 yilda 8380 kishi, 1945 yilda 8426 kishi, 1946 yilda 5570 kishi, 1947 yilda 4777 kishi.
Shunday qilib, 30-yillarning oxiri butun Ittifoqda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham mustabid tuzum boshlagan qatag‘on siyosatining mislsiz beboshliklari, ommaviy «Qizil terror»ning vahshiyliklari bilan tarixda qoldi va o‘zbek xalqi tarixida eng fojiaviy sahifalarni tashkil etdi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston tarixining o‘rganilmagan sahifalaridan biri bu - sovet hokimiyatining XX asrning 20-30 yillaridagi qatag‘on siyosatidir. Ushbu davr tarixini xolisona yoritish, xalqimiz qanday zug‘umlarni, xo‘rliklarni boshidan o‘tkazganini kelajak avlodga yetkazish davr talabi. Umuman, ushbu jarayonlarni mukammal o‘rganish tarixiy adolatni tiklashda muhim ahamiyatga ega.
Milliy-hududiy chegaralanishdan keyin agrar o‘zgarishlarning yangi bosqichi boshlandi.
1924—1925 yillarda o‘lkadagi mehnatga layoqatli aholining 85%i qishloq xo‘jaligi bilan band edi.
Agrar sektor mahsulotlarining salmog‘i butun yalpi mahsulotning qariyb 80%ini tashkil etardi.
Sanoatning 90%i qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlash bilan shug‘ullanardi. Bunday sharoitda agrar islohotlar o‘tkazilishi chuqur ijtimoiy ahamiyatga ega edi.
XX asrning 20-yillari o‘rtalariga kelib qishloqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bir oz oldinga siljishlar ko‘zga tashlandi. Yangi iqdisodiy siyosatga o‘tilishi munosabati bilan dehqonlar erkinroq nafas olayotgan edi. Oziq-ovqat razvyorstkasi(taqsimoti)ning oziq-ovqat solig‘i bilan almashtirilishi, ayrim bozor mexanizmlarining tiklanishi qishloq mehnatkashlariga ortiqcha mahsulotlarini sotish, qishloq xo‘jalik ekinlarini kupaytirish imkonini berdi. Natijada dehqon xo‘jaliklarining turmush darajasi birmuncha ko‘tarildi. Shunga qaramasdan, qishloq xo‘jaligini tiklashga doir asosiy masalalar hali yechilmagan, vaziyat murakkabligicha qolayotgan edi. 1924
yilda dehqonchilikda foydalanilgan yerlar respublikadagi mavjud ekin maydonlarining faqat 58,7%inigina tashkil qildi, qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti esa 1913 yildagi darajaning 47,2%ini tashkil etardi.
1921-1922 yillar Turkiston SSRda o‘tkazilgan yer islohotiga qaramasdan, qishloqlarida hamon kam yerli va yersiz dehqonlar mavjud edi. Har 100 ta xo‘jalikdan 13 tasi ekin ekiladigan yerga ega emasdi.
Hokimiyat organlari qishloq xo‘jaligini ijtimoiy qayta qurishning tarixiy jihatdan sinalgan vositalarini, «kapitalistik mamlakatlar»da dehqonlar masalasini halqilishning muhim tajribasini, boshidanoq inkor etdi. Sovet hokimiyati va kommunistik partiya rahbarlari marksizmning xato nazariy aqidalariga tayangan holda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qayta qurishning asosiy quroli sifatida zo‘ravonlikni tanladilar.
Bolsheviklar rahbariyatining mulohazasi bo‘yicha, o‘zbek qishloqlarining sotsialistik rivojlanish yo‘liga qat’iy tushib olishi uchun mafkura ta’siriga olingan qishloq iqtisodiyotinining tayanch negizlarini vujudga keltirish lozim edi. «Agrar inqilob»ning strategiya va taktikasi O‘zbekiston kompartiyasining II syezdida (1925 y. noyab.) tasdiqlandi. Syezd qarorlarida xususiy mulkchilik munosabatlari davlatning sotsialistik iqtisodiyoti ta’siriga buysundirilishi kerakligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Bunday yondashuv yer tuzilishi vazifalarini hal qilishda yangi iqtisodiy siyosatning sog‘lom imkoniyatlaridan foydalanish mumkinligini sezilarli ravishda cheklab qo‘ydi.
200

O‘zbekiston KP II syezdining mafkuraviy yo‘l-yo‘riqlariga muvofiq 1925 yil 2 dekabrda O‘zSSR MIQning favqulodda sessiyasida «Yer va suvni natsionalizatsiya qilish to‘g‘risida» dekret (qaror)qabul qilindi. Unda yerni tortib olish shart-sharoitlari va agrar islohot bosqichlari belgilab berilgan edi. Bunga ko‘ra Toshkent va Samarqand viloyatlarida 50 des.(desyatina)dan, Farg‘ona viloyatida esa 40 des.dan ortiq yeri bor xo‘jaliklarning yerlari musodara qilinishi; 7-10 des.dan ortiq yeri bor xo‘jaliklar esa qisqartirilishi lozim edi. Islohotni g‘oyaviy-tashkiliy jihatdan ta’minlash uchun markaziy partiya-davlat komissiyasi, joylarda esa viloyat, uyezd va volost komissiyalari tashkil etildi.


Islohot boshlangunga qadar O‘zbekistonning barcha mintaqalarida faol tashviqot-targ‘ibot ishlari avj oldirib yuborildi. Hamma joyda «Qo‘shchi» ittifoqi a’zolarining yig‘ilishlari, maxsus qishloq yig‘inlari bo‘lib o‘tdi. Yig‘inlarda faol chorakorlar, mardikorlar, yersiz dehqonlardan iborat islohotga ko‘maklashuvchi yacheykalar tuzildi. Ular yordamida barcha toifadagi xo‘jaliklarning ro‘yxatlari tuzilib, yerga muhtoj bo‘lganlar soni aniqlandi, «ortiqcha» ish hayvonlari va «mehnat bilan shug‘ullanmaydigan» xo‘jaliklardagi qishloq xo‘jalik asboblari hisobga olindi.
Sovet hokimiyati dehqonlarning kambag‘al qatlamini badavlat guruhlariga gijgijlash yuli bilan sinfiy nafratni avj oldirishga intildi. Bu jarayon partiya hujjatlarida «sinfiy tabaqalanishga yordam berish» deb ataldi. Bunday harakatlardan asosiy maqsad sovet hokimiyatiga qarshi bo‘lgan tabaqani, sovet davlatiga xayrixoh bo‘lgan kambag‘al dehqonlar qo‘li bilan yuqotish edi.
Bu islohotlar ommaviy jamoalashtirish (kollektivlashtirish) yillarida amalga oshirilgan
«quloqlashtirish» siyosatini ma’lum darajada boshlab bergan edi. Bunda sovet hokimiyatining shu yillardagi barcha organlari uchun xos bo‘lgan «inqilobiy-byurokratik» tafakkur mantig‘iga muvofiq miqdoriy ko‘rsatkichlar ortidan quvish, ekspropriatsiya qilinadigan(majburiy tortib olinadigan)lar ro‘yxatiga iloji boricha ko‘proq xo‘jaliklarni kiritish avj olib ketdi. Masalan, dastlabki rejaga ko‘ra 1925 yilda butun Farg‘ona viloyatida 155 ta xo‘jalikni tugatish mo‘ljallangan bo‘lsa, 1926 yilning 15 yanvariga kelib, qilingan ishlar rejaga nisbatan 3,5 baravardan ko‘proq bo‘lib chiqdi. Tugatilgan xo‘jaliklar soni 575 taga yetdi. Bu xildagi manzara hamma joyda mavjud edi. Natijada
«ekspropriatsiya qilinadiganlar» orasiga ko‘p hollarda o‘rtahol dehqonlar, hunarmandlar va hatto qishloq kambag‘al xo‘jaliklari ham kirib qolgan edi.
Ma’murlarning huquqqa zid xatti-harakatlari qishloq aholisining juda keng qatlamlari orasida, hatto dehqonlarning eng kambag‘al qismlari orasida ham qoralandi. Bu holat qishloqdagi siyosiy vaziyatni jiddiy ravishda keskinlashtirdi. Har tomondan ta’qib ostiga olingan badavlat dehqonlar yer komissiyalariga qarshilik ko‘rsatishar, yer va qishloq xo‘jalik asboblarini yashirishar, qo‘llarida qurol bilan islohotga qarshi kurashishga intilardi.
Biroq, ma’murlar davlatning butun qudratini «quloq-boy unsurlar»ga qarshi kurashga safarbar qildi. 1926 yilda O‘zSSR Sovetlari MIQ Jinoyat kodeksining 80-moddasiga qo‘shimcha kiritdi.
Unda yer maydonini yashirgan yoki qishloq xo‘jalik asboblari soni haqida noto‘g‘ri ma’lumot berganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilib, mol-mulki musodara qilinishi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston bo‘yicha 1925–1929 yillardagi agrar islohotlar natijasida «pomeshchik» tipidagi 1492ta xo‘jalik tugatildi, 27992 ta xo‘jalikning yeri tortib olindi yoki qisqartirildi. 89492 ta yersiz va kam yerli dehqon xo‘jaliklariga chek yerlari berildi. Islohotlar natijasida, bir tomondan, yersiz kambag‘al dehqonlarning ma’lum qismi yerga ega bo‘lib, qishloqlardagi ijtimoiy ahvol biroz yaxshilangan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, asrlar mobaynida o‘zbek qishloqlarida shakllangan ijtimoiy-psixologik tartib va milliy qadriyatlarning buzilishini boshlab berdi.
Kommunistik partiyaning yer-suv islohotlarini o‘tkazishdan maqsadi kambag‘al dehqon xo‘jaliklarini yer bilan ta’minlab, uning iqtisodiy ahvolni yaxshilash emas, aksincha, qishloqda
«sotsialistik ijtimoiy tuzum»ning moddiy asosi bo‘lgan jamoa bo‘lib xo‘jalik yuritish shakllarini rivojlantirishdan iborat edi.
Mazkur yo‘nalishda tashlangan dastlabki qadamlardan biri kooperatsiyalar tashkil etish bo‘ldi. Obyektiv jihatdan olganda, yangi iqtisodiy siyosatga o‘tish sharoitida kooperatsiya qishloqlarda bozor munosabatlarini tiklash va xo‘jalik hayotini jonlantirish borasida muhim voqea bo‘ldi. Chunki kooperatsiya – jismoniy shaxslarning birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun ixtiyoriylik asosida birlashuvidan iborat. Kooperatsiyaning o‘ziga xos tomoni ham shunda ediki, u har qanday sinfiylikdan xoli bo‘lsagina ijobiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin edi.
Afsuski, kommunistik rahbariyat kooperatsiya orqali qishloq ommasini sotsialistik qurilishiga jalb qilishga intilib, kooperativ harakatga bozor iqtisodiyotiga yot bo‘lgan siyosiylashgan unsurlarni 201

kiritdi, kooperativ birlashmalarning iqtisodiy va ijtimoiy mustaqilligini cheklab qo‘ydi. Natijada kooperativ birlashmalarning davlat manfaatdor bo‘lgan shakllari ko‘proq rivojlandi. Davlatning iqtisodiy manfaati esa, birinchi navbatda, paxtachilikka qaratilgan edi. Ittifoq hukumati O‘zbekistonga asosiy paxta yetkazib beruvchi respublika sifatida qarab, o‘lkada paxta yetishtirish hajmini jadallik bilan oshirishga ko‘proq ahamiyat berdi. Yangi iqtisodiy siyosatga o‘tilishi bilan hukumat paxtachilik kooperatsiyasining imkoniyatlaridan foydalanish, bu strategik vazifani hal qilish kafolati deb bildi. 1927 yil respublikada 386 ta paxtachilik kooperativlari mavjud edi.


Paxtachilik kooperatsiyasi yordamida g‘o‘za ekinlari hosili uchun oldindan shartnomalar tuzish amalga oshirildi, xomashyoni sotib olish tashkil etildi, xo‘jalikni asboblar va jihozlar bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yildi.
Tez rivojlanib borayotgan kooperatsiya tizimi qishloqning iqtisodiy o‘sishi va ijtimoiy o‘zgarishida sezilarli omil bo‘lib qoldi. Uning vositasida xususiy sektor faoliyati tartibga solib turildi, davlat krediti taqsimlandi, dehqonlarning xo‘jalik yuritishga jalb qilinishi amalga oshirildi.
Kooperativ harakat qishloqlarni ma’lum darajada bozorga tortishga, mayda tovar xo‘jaligini jonlantirishga yordam berdi. Shu bilan birga, kooperatsiyada mavjud bo‘lgan imkoniyatlardan ko‘pincha cheklangan tarzda foydalanildi. U buzilgan sinfiy qarashlar negizida namoyon bo‘ldi.
Sinfiy yondoshuv unsurlari, ayniqsa, kredit siyosatida yaqqol ko‘zga tashlandi. Misol uchun, 1927 –
1928 yillarda kambag‘al sinf vakillari uzoq muddatli ssuda(qarz)ning 92,5%ini va qisqa muddatli ssudaning 89,7%ini oldi. O‘rtahol dehqonlar sinfi tegishli ravishda 4,8 va 10,3% ssuda oldi.
Badavlat xo‘jalik vakillari deb qaralgan sinfga esa umuman berilmadi.
Qishloq xo‘jaligini sotsialistik asosda o‘zgartirish istiqbollariga yondashish jarayonida kommunistik mafkurachilar yirik agrar jamoa korxonasi yakka dehqon xo‘jaligidan yaxshiroq degan fikrga qat’iy asoslanib ish ko‘rdilar. Chunki yerdan foydalanishning jamoa tizimi markazlashgan rejalashtirishni va ko‘pmillionli qishloq, mehnatkashlarini boshqarishni osonlashtirar, qishloqdagi keng qamrovli ijtimoiy-siyosiy ishlarini butun mamlakat miqyosida tezroq amalga oshirish imkonini berardi. Eng asosiysi, jamoa xo‘jaliklari markscha tasavvurga ko‘ra, sotsializm ideallariga yot bo‘lgan «mayda burjua psixologiyasi» bilan «zaharlangan»
dehqonni sotsialistik yo‘lga solishni tezlashtirar edi. Ommaviy jamoalashtirish g‘oyasi, umuman olganda, «lenincha kooperativ reja»da o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unda dehqonlarni bosqichma-bosqich kooperatsiyalash yo‘li taklif qilingan edi, u dehqonlarning eng oddiy shakllar orqali yuqori va murakkab shakl bo‘lgan jamoa xo‘jaliklariga birlashuvini nazarda tutardi.
Ommaviy «quloqlashtirish» fuqarolar urushi qonunlari asosida haddan tashqari zo‘ravonlik bilan o‘tkazildi. Bu harakatlar joylarda amalda qanday o‘tkazilgani haqida Zarafshon viloyatidagi
«kolxoz faollari»ning Stalinga yo‘llagan xatlari asosida tasavvur qilish mumkin. Xatda shunday yozilgan: «Biz quloqlar va boylarga nisbatan zamonaviy siyosatning barcha qoidalari asosida muomala qilmoqdamiz. Faqat chorva mollari va xo‘jalik anjomlarinigina emas, balki urug‘lik va oziq-ovqatini ham olib qo‘ymoqdamiz. Onasi qanday tuqqan bo‘lsa, o‘shanday holda qoldirmoqdamiz».
Jadal jamoalashtirish, quloq qilish, o‘rtahol qatlamlarga shubha bilan qarash, qishloq aholisining boshqa qatlamlari insoniy huquqlarining poymol etilishiga qaratilgan yo‘l qishloqda siyosiy vaziyat keskin tus olishiga sabab bo‘ldi. Rasmiy targ‘ibot bu holni sinfiy kurashning kuchayishi deb atadi. Haqiqatda esa qatag‘onlar tufayli tazyiq ostida qolgan tinch qishloq aholisining noroziligi edi.
1930 yil 2 martda «Pravda» gazetasida Stalinning «Yutuqlardan esankirash» nomli maqolasi bosilib chiqdi. Unda jamoalashtirish davridagi «qing‘irliklar» uchun butun ayb mahalliy xodimlarga to‘nkaldi. Stalin ularga nisbatan g‘oyat qattiq choralar ko‘rilishini talab qildi. «Agrar inqilob»
yo‘lini bo‘shashtirish bo‘yicha ayrim tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, jamoalashtirishni jadallashtirish sur’atlari sekinlashtirildi. 1930 yilning mart-aprelida «quloq qilish» aksariyat to‘xtatildi. Barcha tumanlarda, qishloq sovetlarida quloq qilingan va hududlardan mahrum etilganlarning ro‘yxatini tekshirish bo‘yicha komissiyalar tashkil etildi. Bu ro‘yxatga tushgan o‘rtahol dehqonlarning fuqarolik huquqlari tiklandi, ularning tortib olingan chorvasi va mol-mulklari qaytarib berildi. Biroq bu xildagi «tuzatish kiritish», bolshevik ma’murlari tili bilan aytganda, «noxush oqibatlar»ga olib keldi. Ma’muriy va zo‘ravonlik usullar bilan tuzilgan kolxozlar tarqalib keta boshladi. Masalan, Farg‘ona okrugining Bag‘dod tumanida 20 fevraligacha dehqon xo‘jaliklarining 80% jamoalashtirilgan bo‘lsa, mart oyiga kelib ulardan faqat 10% qolgan 202

edi. Respublika bo‘yicha esa jamoalashtirish darajasi 1930 yil martdan maygacha 47,8%dan 27,5%ga tushib ketdi. Bunday manzarani butun mamlakatda kuzatish mumkin edi. Kolxozlardan ketib qolish natijasida 1930 yilning yozi oxirlariga kelib SSSRning qishloq xo‘jalik artellariga yozilganlarning uchdan bir qismidan kamrog‘i qolgan edi. Bunday holat stalincha rahbariyatni mutlaqo qanoatlantirmasdi.


1930 yilning sentabridayoq VKP(b) MQ barcha o‘lkalar, viloyat qo‘mitalariga va ittifoqdosh respublikalar kompartiyalari MQga «jamoalashtirish to‘g‘risida» maktub yo‘lladi. Unda «kolxoz harakatini yangidan qudratli yuksaltirishga erishish» uchun dehqonlar orasida faol siyosiy va tashkilotchilik ishlarini avj oldirish tavsiya qilingan edi. Markazning partiyaviy direktivasi jamoalashtirish sur’atlarini qayta tiklash, qishloq aholini nafrat o‘yg‘otuvchi kolxozlarga «haydab kirish» uchun yana sinab ko‘rilgan ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan ham keng foydalanildi.
Markazning tazyiqi bilan 1931 yilning bahoridan O‘zbekistonda yoppasiga jamoalashgan tumanlar tashkil etish tajribasi qayta tiklandi. Mamlakatning g‘allakor tumanlarini jamoalashtirish sur’atlari bo‘yicha «quvib yetish va o‘zib ketish» shiori yana ilgari surildi. Bu vazifani ta’minlash ilgari ishlab chiqilgan reja bo‘yicha amalga oshirildi. Natijada, 1930 yil iyun oyida respublikada 6124 ta kolxoz mavjud bo‘lib, ularga jalb qilinganlar dehqon xo‘jaliklarining 27,1 % ini tashkil etgan bo‘lsa, yilning oxiriga borib, u 37,7 % ga, 1931 yilning mayida 56,7 % ga yetdi. 1 dekabrda esa 68,2 % bo‘ldi. Yoppasiga jamoalashtirish yana avj olishi bilan «quloq-boy unsurlar»ga qarshi kurash chora-tadbirlari keng ko‘lamda olib borildi. Ta’qib qilinganlar tuman tashqarisiga, respublikaning aholi kam yashaydigan mintaqalariga chiqarib yuborilardi, u joylarda 17 ta maxsus posyolka tashkil etilgan edi. Shuningdek, ular O‘zbekistondan tashqariga, dastlab qo‘shni O‘rta Osiyo respublikalariga, 1931 yildan boshlab esa Shimoliy Kavkaz, Ukraina, Sibirga ham surgun qilindilar.
«Quloqlar»ga qarshi kurash O‘zbekistonda kun sayin avj olib bordi. 1931 yilning avgustiga kelib yana 3828 ta «quloq xo‘jaliklari» tugatildi. Respublikadan tashqariga – Ukraina, Sibir va Shimoliy Kavkazga 3871 «quloq oilasi» surgun qilindi. 1933 yilda surgun qilingan «quloq»
xo‘jaliklari soni rasmiy ma’lumotlarga qaraganda 5500 taga yetgan edi. Jamoalashtirishni jadallashtirishning «iqtisodiy» usullaridan o‘ziga xos tarzda foydalanildi. Bu usullar aslida yakka xo‘jalik sektorini iqtisodiy jihatdan bo‘lib qo‘yish siyosatidan iborat edi. Yakka dehqonlar uchun qishloq xo‘jalik solig‘i miqdori keskin ko‘paytirildi, faqat ularning o‘zidan olinadigan bir galgi soliqlar ham joriy qilindi.


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish