O’zbekiston tarixi kafedrasi о‘zbekiston tarixi fanidan



Download 2,66 Mb.
bet20/191
Sana14.03.2023
Hajmi2,66 Mb.
#918885
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   191
Bog'liq
O’zbekiston tarixi kafedrasi î‘zbekiston tarixi fanidan

Parfiya podsholigi — mil. avv. taxm. 250 yilda Kaspiy dengizining janubiy va janubiy – sharqiy tomonida vujudga kelgan qadimgi davlat. Antik davr tarixchilari Parfiya saltanatining asoschisi sifatida parnlar (aparnlar) qabilasini tilga olganlar. Mil. avv. I asr o‘rtalarida Mesopotamiyadan Hindistongacha bo‘lgan hududni o‘ziga bo‘ysundirgan. Parfiya davlatining poytaxti (mil. avv. III – milodiy III asrlar) Niso shahri bo‘lgan. Parfiya milodiy III asrning 20 – yillarigacha mavjud bo‘lgan.
4. Qang‘, Dovon va Kushon davlatlari.
Qang‘ davlati, Qanhxa (qad. xi­toy manbalarida Kangkiya, zamonaviy o‘qilishda Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning o‘rta havzasida mavjud bo‘lgan davlat (mil. avv. III – mil. V asr o‘rtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi.
K. Shoniyozovning fikricha, Qang‘ davlati sharqda Farg‘ona (Davan, Dayyuan), shimoliy – sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shimoliy – g‘arbda Sarisu, g‘arbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh bo‘lgan. Xitoy manbalariga ko‘ra, Qang‘ davlatining janubiy hududiga hozirgi O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on va Urganch tumanlari kirgan bo‘lib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubda — Dayruzie (Dayuechji) davlati joylashgan. Kushon podsholigi tashkil topishi va uning hududi kengayishi munosabati bilan Qang‘ davlatining janubiy chegarasi o‘zgargan. Shu tufayli mil. avv. II asrda Xitoy elchisi Chjan Tsyan farg‘onaliklar yordamida Qang‘ davlati orqali Dayru­zie (Dayuechji) davlatiga borgan. Qang‘ davlatining qishki poytaxt shaharlari Bityan va Sushie bo‘lgan. Bityan Bin­kat shahri (boshqa manbalarga ko‘ra, Qanqa) o‘rnida, Sushie esa hozirgi Parkent tumanidagi So‘qoq (Sukeeke) nomli joyga to‘g‘ri keladi. Qang‘ davlatining yozgi qarorgohlari Issiqko‘l bo‘ylab, hozirgi Qoraqo‘l (Prjevalsk) yonida bo‘lgan. Qang‘ davlatining qo‘shini 80 – 90 ming jangchini tashkil etgan. Qang‘ davlati aholisining urf – odatlari Ruzie (Yuetszi) davla­ti aholisi urf – odatidan farq qilmagan. O‘z navbatida, ruzieliklar urf – odatlari hunlarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Qang‘ davlati hukmdori va Hun xoqonligi o‘rtasida qudachilik munosabatlari o‘rnatilgan. Shu tufay­li xitoylar hunlar ustidan g‘olib chiqib, ularni o‘z joylaridan siqib chiqarganida, hun xoqoni o‘z avlodi bilan Qang‘ davlatiga ko‘chib kelgan.
Qang‘lilarda madaniyat va san‘at ham yuksak darajada rivoj topgan. Milodiy II – III asrlarga oid xitoy manbalarida qang‘lilarning mohir sozanda, maqomchi va bastakor bo‘lganliklari, ularning mashhur raqqosalari to‘g‘risida ma‘lumotlar bor.
Qang‘ davlatining ko‘chmanchi aholisi chorvachilik, shaharlar va ularning atrofida yashagan o‘troq aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo – sotiq bilan shug‘ullangan. Ular Buyuk ipak yo‘lidagi xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarda muhim o‘rin tutganlar. Qang‘ davlati hududida jiddiy migratsion jarayonlar sodir bo‘lib turgan. Mil. III asrning 2 – yarmida Qang‘ davlati parchalanib, uning hududida Shosh (Shi), Samarqand (Kan), Maymurg‘ (Mi), Shahrisabz (Shi), Kattaqo‘rg‘on (Xe), Usrushona (Tsao) kabi kichik davlatlar tashkil toptan (O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi. 10 – jild. – T.: O‘ME, 2005. – B. 600).
Dovan (xitoycha Da – yuandan olingan) — Farg‘ona vodiysidagi qadimgi davlat. Mil. avv. II – I asrlardagi Xitoy manbalarida keng, obod, boy mamlakat — Davan haqidagi ma‘lumotlar keltirilgan. Davan shahar va voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulug‘ hukmdor qarorgohi Gushan (hoz. O‘zgan shahar deb taxmin etiladi)da bo‘lgan. Podsho hokimiyati qabila zodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan cheklab qo‘yilgan. Oliy kengash hukmdorni podsholikdan tushirishi, hatto o‘lim jazosiga hukm qilishi mumkin bo‘lgan. Davan atamasi tarixiy adabiyotlarda mil. III asrgacha uchraydi. So‘ngra Davan o‘rniga «Boxan» va «Polona» (mil. V asr) atamalari uchrab muarrixlar ushbu atamalar qadimgi Davanga mos keladi deb qayd etib o‘tganlar. Ammo arxeolog olim akademik A. Asqarovning xulosasiga ko‘ra, Davan davlati mil. avv. II asrda emas, balki ancha ilgari – mil. avv. IV yoki III asrlarda ham bo‘lgan. U davrda bu davlatning nomi Parkana bo‘lgan. Davan nomini xitoylar berganlar. Xitoyshunos N. Ya. Bichurinning fikricha, Davan – Qo‘qondir, ham shahar va o‘lkadir. Xitoyliklar Davan deb nomi toxarlar bilan bog‘liq bo‘lgan mamlakatni atashgan degan fikr bor.
Mil. avv. II asr Xitoy manbalari ma‘lumotlarida ta‘kidlanishicha, Davanda 300 ming aholi yashagan. Vohada 70 ta katta – kichik shahar bo‘lgan, poytaxti Ershi (hozirgi Marhamat) shahri edi. Davanliklar ko‘zlari kirtaygan, qalin soqolli xalq bo‘lib, savdo – sotiq ishlarida mohirliklari bilan nom chiqarishgan. Davanda xotin – qizlar izzat – ikrom qilingan. Davanda yetishtirilgan «samoviy tulporlari» — arg‘umoqlar (zotli chopqir otlarga Sharq xalqlari bergan umumiy nom) Sharqda mashhur bo‘lgan. Mil. avv. 104 – 101 yillarda Xitoy askarlari Davanga ikki bor hujum qilganlar. Birinchi – hujum Xitoy askarlarining mag‘lubiyati bilan tamom bo‘lgan, chunki ular istehkomga aylantirilgan qishloqlarning qarshiligini sindirish uchun ojizlik qilganlar. Xitoyliklar 60 ming kishilik katta qo‘shin bilan ikkinchi marta hujum qilib, 101 yilda Ershi shahrini qamal etishgan1.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish