O’zbekiston tarixi kafedrasi о‘zbekiston tarixi fanidan


Yunon-Baqtriya va Parfiya podsholigining tashkil topishi va taraqqiyoti



Download 2,66 Mb.
bet19/191
Sana14.03.2023
Hajmi2,66 Mb.
#918885
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   191
Bog'liq
O’zbekiston tarixi kafedrasi î‘zbekiston tarixi fanidan

3. Yunon-Baqtriya va Parfiya podsholigining tashkil topishi va taraqqiyoti.
Aleksandr Makedonskiy vafotidan so‘ng taxt vorisligi uchun uning lashkarboshilari o‘rtasida kurash avj olib ketdi. Mil. avv. 301 yilda Frigiyaning Ips deb atalgan joyida yuz bergan qonli janglar oqibatida Iskandar saltanati uchta mustaqil davlatga bo‘linib ketdi: Makedoniya – Antiox avlodlariga, Misr – Ptolomey avlodlariga va Suriyadan to O‘rta Osiyo – Hindistongacha bo‘lgan yerlar Salavkka tegadi. Mil. avv. 293 yilda Salavk I o‘z davlati poytaxtini Bobildan Suriya – Antioxiyaga ko‘chirdi.
O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlarini Salavk I mil. avv. 306 yilda bosib olgan edi. Salavkiylar davlati hududlariga ko‘chmanchi qabilalar tez – tez hujum qilib turar edi. O‘zi notinch bo‘lsa-da, Salavk I Hindiston bilan urush harakatlari olib borgan va yengilgan. Bu hol salavkiylarning O‘rta Osiyodagi obro‘siga salbiy ta‘sir qilgan. Salavkiylarga qarshi mahalliy xalq qo‘zg‘olonlar ko‘taradi. Ayniqsa bu qo‘zg‘olonlar mil. avv. 280 yilda Salavk I vafotidan so‘ng kuchaydi. Bu jarayondan foydalangan sharqiy viloyatlar mustaqillikka intilib salavkiylarga qarshi chiqishlar uyushtirganlar. Oqibat natijada Salavkiylar davlati parchalanib ketgan. Miloddan avvalgi III asrning o‘rtalariga kelib dastlab Parfiya, so‘ngra Yunon – Baqtriya bu davlat tarkibidan ajralib chiqib mustaqillikka erishdi.
Yunon – Baqtriya podsholigi – qadimgi quldorlik davlati (mil. avv. 250 – 248 yillar orasi – mil. avv. 140 – 130 yillar). Asoschisi salavkiylarning Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. Mil. avv. 250 yilda u o‘zini Baqtriyaning mustaqil hukmdori deb e‘lon qiladi. Davlat hududiga hozirgi Janubiy Tojikiston, Janubiy O‘zbekiston va Afg‘oniston kirgan. Yunon – Baqtriya podsholigi kuchaygan paytlarda unga Pokiston, Shimoliy – G‘arbiy Hindiston hamda Sug‘diyona ham bo‘ysungan. Poytaxti Baqtra (o‘rta asrlardagi Balx) shahri bo‘lib, uning xarobalari Shimoliy Afg‘onistonda, Mozori Sharif shahri yaqinida joylashgan. Davlat bir qancha satrapliklar (viloyatlar)ga bo‘linib boshqarilgan. Yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlar natijalari iqtisodiy hayot, badiiy hunarmandchilik, haykaltaroshlik, madaniyat, shaharsozlik yunon an‘analari asosida yuksak rivojlanganligidan dalolat beradi. Yunon – Baqtriya davriga mansub eng mashhur yodgorlik Shimoliy Afg‘onistondagi Oyxonum va Janubiy Tojikistondagi Taxti Sangin yodgorliklari hisoblanadi. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, Vaxsh va Panj daryolari quyilishida joylashgan Taxti Sangindagi ibodatxona tuzilishi va topilmalari ellinizm dunyosiga xos diniy e‘tiqodlar keng tarqalganligini ko‘rsatib turibdi.
Yunon – Baqtriya podsholigi Hindiston va O‘rta Osiyo hududlarini o‘zaro bog‘lovchi hamda Xitoydan Badaxshon orqali Fors ko‘rfaziga olib chiquvchi savdo yo‘llarini nazorat qilib, xalqaro iqtisodiy – savdo aloqalarida faol ishtirok etgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan ko‘plab tangalar tovar – pul munosabatlari rivojlanganligini ko‘rsatadi. Tangalar yunon standartlari asosida kumush va jezdan quyilgan. Tangalarda (tetradraxma, draxma, obol va b.) hukmdorlar qiyofasi yuk­sak did va aniqlik bilan tasvirlangan. Diodot (mil. avv. 250 – 230), Yevtidem (mil. avv. 230 – 199), Demetriy (mil. avv. 199 – 167), Yevkradit (mil. avv. 167 – 155), Geliokl (mil. avv. 199 – 155) va boshqa hukmdorlari ma‘lum. Bitta nom bilan davlatni boshqargan hukmdorlar (mas, Diodot I – II, Yevkradit I – II) ham bo‘lgan.
Mil. avv. III asr oxiri — II asrning 1 – yarmi davlatning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Mil. avv. II asr o‘rtalaridan boshlab ichki nizolar kuchayib, inqiroz davri boshlanadi. Mamlakat alohida viloyatlarga bo‘linib, mahalliy hokimlar (Antimax, Menandr, Appolodot va b.) o‘z nomidan tangalar zarb qilishgan. Yunon – Baqtriya podsholigi mil. avv. 140 – 135 yillarda sak va yuechji qabilalari tomonidan butunlay tugatilgan1.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish