Ilovalar
1-rasm
2-rasm
3-rasm
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
O‘ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI
Ro‘yxatga olindi: “Tasdiqlayman”
№____________ O’quv ishlar prorektori
2021-yil ________ _____ ________2021-yil
О‘ZBEKISTON TARIXI
FANIDAN
O‘QUV DASTUR
Barcha nomutaxassis ta`lim yo`nalishlari uchun
(1-kurs kunduzgi)
Qarshi – 2021
Fanning o’quv dasturi QarshiDUning O’zbekiston tarixi kafedrasida ishlab chiqildi va 2021-yil ____ ______dagi ___sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tavsiya etilgan.
Tuzuvchilar: dots M.To’rayeva
t.f.f.d R.To’xtayeva
t.f.f.d G’Karomov
Taqrizchilar: dots. A.Hasanov
dots. N.O`roqova
Fanning o’quv dasturi Qarshi davlat universiteti Kengashida ko’rib chiqildi va tasdiqlandi (2021-yil ____ ____dagi ____-sonli bayonnoma).
Fan/modul kodi
UTB104
|
O‘quv yili
2021-2022
|
Semestr
1-2
|
ECTS-Kreditlar
4
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta‘lim tili
O‘zbek va rus
|
Haftalik dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari
(soat)
|
Mustaqil ta‘lim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
O‘zbekiston tarixi
|
60
|
60
|
120
|
2.
|
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, faol demokratik yangilanishlarni amalga oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ana shu buyuk o‘zgarishlar jarayonida xalqimizning boy tarixi, betakror milliy qadriyatlari, bebaho ilmiy, madaniy merosi qayta tiklanib, butun bashariyatning noyob mulkiga aylandi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilishda Vatanimiz tarixini birlamchi manbalarga tayanib, har tomonlama va chuqur tadqiq etish yosh avlodga haqiqiy tariximizni o‘qitish orqali ularni yuksak ma’naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu fanning barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari hamda maktablarda o‘qitilishi ham ana shu yuksak ahamiyat bilan belgilanadi.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishning maqsadi – milliy tarix, milliy g‘urur va iftixor manbai hisoblanishini yosh avlod ongiga singdirish, ularda tarixiy xotira, tarixiy tafakkur ko‘nikmasini tarbiyalash milliy g‘oya va yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish, ma’naviy dunyosini boyitish ularni o‘z xalqi va Vataniga sadoqat, amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining ongli faol ishtirokchisi bo‘lish ruhida fikrlash va yashashga o‘rgatishdan iborat.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |