“Oʻzbekiston tarixi” fanidan


Istiqlolchilik harakatining mag’lubiyatga uchrash sabablari



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

Istiqlolchilik harakatining mag’lubiyatga uchrash sabablari. 
Turkistonda sovet 
hokimiyatiga qarshi ko’tarilgan qurolli harakat mag’lubiyatining ko’plab asosli sabablari bor, 
albatta. 
Eng asosiy sabablardan biri - bu Vatan kurashchilarining ulug’vor maqsadlar sari aholi 
barcha tabaqalarini jipslashtirishga qodir bo’lgan yagona milliy g’oyaga tayanmaganligida edi. 
Harakat yagona dastur asosida tashkil etilmadi. 
Qo’rboshilar siyosiy kurashda toblangan ilg’or jadid namoyandalarini harakatga faol jalb 
qila olmadilar. 
Harakatning bir markazdan turib boshqarilmaganligi, joylarda harakat qilgan kuchlar 
o’zlarining tor hududiy chegaralari bilan o’ralashib qolganligi, mahalliy qo’rboshilarning o’z 
manfaatlariga berilishi, dunyoqarashi torligi, cheklanganligi, manmanlik kasaliga chalinganligi, 
bir-birlari bilan kelisholmasligi, o’zboshimcha xatti-harakatlarga intilishi kabi hollar oxir-
oqibatda bu kurashning borishiga jiddiy salbiy ta’sir qildi. 
Qurolli harakatga qalqigan kuchlarning yetarli moddiy-ta’minot bazasiga, qurol-aslaha 
zahirasiga ega bo’lmaganligi ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. 
Tashqi dunyo bilan aloqa qilish, chetdan yordam, harbiy madad olish imkoniyati bo’lmadi. 
O’lka zo’ravoni bo’lib olgan sovetlar esa o’z qo’shinini yetarli darajada zamonaviy qurol-
yarog’lar va harbiy kuchlar bilan ta’minlay olgan edi. 
1920-yilda uning tasarrufida 115376 nafar jangchi, shuningdek 11112 ta pulemyot, yuzlab 
to’plar, bronopoyezdlar, o’nlab samolyotlar va boshqa zamonaviy qurollar mavjud edi. Harbiy 
kuchlar nisbatidagi bunday ustunlik kurash taqdirini qizillar foydasiga hal etilishiga olib keldi. 
Bu xalq harakati millionlab yurtdoshlarimiz hayoti va qismatida o’chmas fojiali iz qoldirdi. 
Ba’zi aniqlangan rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, u milliondan ziyod mahalliy millat 
kishilarining aziz umrlariga zomin bo’ldi. Minglab oilalarning o’z ona zaminini tark etib, begona 
yurtlarga bosh olib ketishlariga sabab bo’ldi. Kolaversa, qanchalab son-sanoqsiz odamlar mana 
shu milliy fojia bois mamlakatning boshqa, uzoq hududlariga surgun va badarga qilindi. 
Biroq bu xalq harakati bejiz ketmadi. U yurtdoshlarimizga katta, ibratli saboqlar berdi, 


ularning kurash tajribasining boyishiga muhim ta’sir ko’rsatdi. Zero, ona O’zbekistonimizning 
istiqlolga yuz tutib, dorilamon zamonlarga musharraf bo’lishida, bugungi baxtiyor avlod 
kishilarining mustaqillik oliy ne’matidan to’la bahra topishida o’sha 20-30-yillarda 
bobokalonlarimiz qilgan ulkan sa’y-harakatlar, to’kkan qutlug’ qonlar, bergan bemisl 
qurbonlarning ibrati oz muncha emas. Ularning yorqin, porloq xotirasi hozirgi minnatdor avlod 
kishilarining yodida, shuurida hamisha saqlanadi, faxr-iftixor tuyg’usi bilan eslanadi. 
Nazorat savollari
 
1.
1917-yilgi fevral inqilobi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida qanday o‘zgarishlarni 
yuzaga keltirdi? 
2.
«Sho‘royi Islomiya» tashkiloti qanday maqsadlar yo‘lida tashkil etilgandi? Uning faoliyati 
haqida nimalarni bilasiz? 
3.
Qanday kuchlar «Sho‘royi Ulamo» tashkilotini tuzdilar? 
4.
Nima sababdan «Sho‘royi Islomiya» va «Sho‘royi Ulamo» o‘rtasida bo‘linish yuz berdi? 
5.
Umumturkiston musulmonlari I qurultoyida qanday masalalar hal qilindi? 
6.
Umumturkiston musulmonlari II qurultoyi haqida nimalarni bilasiz? 
7.
Turkistonda Sovet hokimiyati qay tarzda yuzaga keldi? 
8.
Turkistonda tuzilgan birinchi Sovet hukumati — Xalq Komissarlari Soveti tarkibini siz 
qanday baholaysiz? 
9.
Turkiston Muxtoriyati tuzilishini taqozo qilgan asosiy omillar deb nimalarni bilasiz? 
10.
Turkiston Muxtoriyati zimmasiga qanday tarixiy vazifalar yuklangan edi? 
11.
Turkiston Muxtoriyatini halokatga olib kelgan asosiy sabablar nimalardan iborat? 
12.
Turkiston Avtonom (Muxtor) Sovet Sotsialistik Respublikasining tuzilishi qanday 
maqsadlarni ko‘zda tutardi? 
13.
Nima uchun Farg‘ona vodiysi sovetlar zo‘ravonligiga qarshi qurolli harakatning asosiy 
markazlaridan biriga aylangan? 
14.
Qarshilik harakatining taniqli namoyandalari kimlar? 
15.
1917-yilgi fevral va oktabr o‘zgarishlari ta’sirida Xiva va Buxoroda ijtimoiy-siyosiy 
vaziyat qay tarzda rivojlanib bordi? 
16.
«Yosh xivaliklar»ning maqsadi nimalardan iborat edi? 
17.
Xiva xonligi qanday yo‘sinda tugatildi? 
18.
«Yosh buxoroliklar» kimlar? Ularning rahnamolaridan kimlarni bilasiz? 
19.
Buxoro amirligi qanday ag‘darildi? 
20.
Xiva xonligi va Buxoro amirligi o‘rnida qanday respublika tashkil etildi? 



Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish