“Oʻzbekiston tarixi” fanidan


-mavzu. Oʻzbekiston mustaqillikka erishish yo‘lida (1989-1991yy.)



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

11-mavzu. Oʻzbekiston mustaqillikka erishish yo‘lida (1989-1991yy.) 
Reja: 
1.I.A.Karimov – O‘zbekiston mustaqilligini asoschisi va yetakchisi 
2.Davlat mustaqilligi huquqiy asoslarining yaratilishi 
3.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
Tayanch so‘z va iboralar: 
O‘zbek tili — davlat tili. Ish bilan ta’minlash, Prezident 
lavozimi, Butunittifoq referendumi, MDH tuzishga intilish, 1991-yil avgust voqealari, 9+1 
hujjati, FHDQ, 1991-yil 25-avgustdagi farmon. 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1989 yilda, ya’ni respublika 
rahbari sifatida ish boshlagan dastlabki palladayoq haqiqiy yo‘lboshchilarga xos fazilatlarni 
namoyon etgan edi. Avvalo, u kun tartibidagi dolzarb masalalarga, respublikadagi o‘ta tang 
ahvol echimiga e’tibor qaratgan edi. SHu tariqa faoliyatining boshidayoq Islom Karimov 
respublika rahbari sifatida o‘n yillar davomida hal qilinmasdan kelayotgan va ko‘pchilik bundan 
buyon ham shunday davom etaveradi, degan kayfiyat bilan umumiy bir beparvolik bilan qo‘llab-
quvvatlab kelayotgan masalalarga oydinlik kiritdi.
Yurtboshimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy sohalarga 

O‘zbekiston 
hayotining deyarli barcha jabhalariga taalluqli bo‘lgan muammolarni aniq raqam va 
ko‘rsatkichlar asosida bilishi va ularning echimini aniq ko‘rsatib berishi uning qalbida islohot 
g‘oyalari, mustaqillik g‘oyasi uzoq yillar davomida shakllanib borganini ko‘rsatadi.
 
Atoqli nemis olimi Karl Yaspers o‘z vaqtida buyuk shaxslar boshqalarning erkinligi va 
ozodligi uchun o‘zining majburiyatini chuqur his qiladi, deb ta’kidlagan.
Darhaqiqat, tarixiy davr va ijtimoiy vaziyatning o‘zi ulkan fazilatlarga ega bo‘lgan buyuk 
shaxsni maydonga chiqaradi. Buyuk shaxs esa, tasodif emas. U o‘z xalqining maqsadlariga, 
orzu-umidlariga, intilishlariga, sevinchu iztiroblariga, baxtli va sitamli onlariga guvoh bo‘lib, 
yaxlit jamiyat ma’naviy-ruhiy sharoitida shakllanadi, rivojlanadi, kamolotga etadi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy 
vaziyat oqimida shakllandi, totalitar rejimning butun mohiyatini, o‘zbek xalqining tarixiy qadru 
qimmatini chuqur angladi. Natijada millat sha’nini tiklash orzu-umidi bilan yashadi va 
shakllandi. 
Paxta yakkahokimligi misli ko‘rilmagan darajaga etgani bois odamlarga tomorqa erlari 
berilmas, ularning qo‘shimcha daromad manbai deyarli yo‘q edi. Buning ustiga, “paxta ishi”, 
“o‘zbeklar ishi” degan soxta kampaniyalar tufayli Markazdan Gdlyan va Ivanov boshliq 


tergovchilar guruhi kelib, qishloq xo‘jaligiga ozgina aloqasi bo‘lgan barcha insonlar boshiga 
nohaq tergov va ta’qib azoblarini solar edi. Buning oqibatida qanchadan-qancha begunoh 
odamlar qamaldi, tergov jarayonlarida ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan kulfatlarga duchor qilingan 
edi. 
Aholi jon boshiga hisoblaganda, daromadi 75 so‘mdan oshmaydigan 8 million 800 mingga 
yaqin odam, respublika aholisining 45 foizi qashshoqlikda kun kechirardi. O‘zimizda 
etishtirilgan paxta xomashyosining aksariyati chetga tashib ketilib, xalq iste’molini qondirish 
uchun tashqaridan har yili 8-9 milliard so‘mlikka yaqin tayyor mahsulot olib kelingan. Ya’ni, 
yurtimizda shunchalik boy xomashyo resurslari bo‘lishiga qaramasdan, ulardan deyarli tayyor 
mahsulot ishlab chiqarilmagan. Yillar davomida yig‘ilib kelgan va nihoyat, 90-yillarga yaqin 
ijtimoiy portlash darajasiga etgan bunday og‘ir muammolar haqida birinchi marta Islom Karimov 
ochiq gapirib, ularni hal etish masalasini kun tartibiga qat’iy qilib qo‘yadi. Islom Karimov 
“Respublikaga keltirilayotgan tovarlarning 60 foizi esa mashinalar, asbob-uskunalar, engil sanoat 
va oziq-ovqat sanoati mahsulotlaridir. G‘alati bir vaziyat vujudga kelmoqda. Respublika juda 
qimmatli xomashyo - paxta, nitron, kaprolaktam ishlab chiqarayotgan bir paytda ularni qayta 
ishlashdagi sayozlik, texnologiya zanjiri nihoyasiga etkazilmagani oqibatida ayni shu 
xomashyodan ishlab chiqariladigan gazlama, sun’iy tola va tayyor mahsulotlarni chetdan 
keltirishga majbur bo‘lmoqda”, deya qat’iy ta’kidlaydi.
Islom Karimov tomonidan O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga alohida 
e’tibor qaratilib, bu boradagi strategiyaga quyidagi yondashuvlar asos qilib olinishi belgilab 
berildi: 
- mintaqamiz taraqqiyotining tarixiy asoslari, oqilona mantiq e’tiborga olinmay, ma’muriy-
buyruqbozlik usullari tazyiqi ostida shakllangan qarashlarning hammasiga barham berilishi;
- mintaqamiz taraqqiyotining istiqbollariga avvalo respublika aholisining manfaati nuqtai 
nazaridan qarash zarurligi. 
Respublikani iqtisodiy mustaqillik yo‘liga olib chiqish, uni inqiroz girdobidan chiqarish 
vazifalarini hal etishda O‘zbekiston resurslari va imkoniyatlariga baho berishga mutlaqo 
yangicha yondashish zarurligi, mavjud imkoniyatlarni Ittifoq va jahon bozori uchun qanchalik 
jozibali ekani nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish kerakligi ta’kidlandi.
Birinchidan, respublikaning ajoyib tabiiy iqlim sharoitlaridan samarali foydalanish, 
etishtirilishi lozim bo‘lgan eng foydali va daromadli ekinlarni aniqlab olish; 
Ikkinchidan, mavjud 500 ming gektar juda sho‘rxok va o‘rtacha sho‘rxok erlarning 
irrigatsion va meliorativ holatini yaxshilash masalalariga e’tiborni kuchaytirish; 
Uchinchidan, O‘zbekistonning gaz kondensanti, ko‘mirga bo‘lgan talab-ehtiyojini to‘la-
to‘kis ta’minlash, yaqin vaqt ichida neft qazib olishni 3-4 barobar ko‘paytirish, Qizilqumda 


fosforitlarning juda katta konini o‘zlashtirish, rangli va qimmatbaho metallarning juda katta 
resurslaridan respublika manfaatlari yo‘lida samarali foydalanish; 
To‘rtinchidan, respublikaning eng katta boyligi bo‘lgan uning mehnatsevar xalqi uchun 
keng imkoniyatlar yaratish singari bu boradagi muhim vazifalarga alohida e’tibor qaratilib, 
ularni amalga oshirish yo‘llari ko‘rsatib berildi. 
O‘sha davrda O‘zbekistonda iste’mol qilinayotgan kiyim-kechaklarning 25 foizi, trikotaj 
buyumlar va ip gazlamaning 30 foizdan ko‘prog‘i, poyafzalning deyarli 50 foizi chetdan 
keltirilar edi. Prezidentimiz o‘z faoliyati boshidanoq respublikamizning xalq iste’moli mollari 
jihatidan bunday qaramligini tugatish uchun sharoitlarni yaratishga katta e’tibor qaratdi. 
Jumladan: 
- engil va mahalliy sanoatni rivojlantirishning tashib kelish va chetga chiqarish 
balanslariga asoslangan konkret dasturlarini ishlab chiqish; 
zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini egallash, ishlab chiqarishning fan yutuqlari 
va intellektual mehnat ko‘p sarflanadigan tarmoqlarini jadal rivojlantirishga keskin burilish;
- mashinasozlik, radioelektronika, asbobsozlik korxonalarini tubdan yangilash va 
yangilarini qurish hamda chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilash; 
- fan va texnika taraqqiyotining oldingi marrasiga chiqish uchun mavjud barcha resurs va 
shart-sharoitlar, ilmiy texnikaviy va loyiha-konstruktorlik bazasi imkoniyatlaridan foydalanish; 
- shu asosda boshqa mintaqalar va chet ellar bilan teng huqukli sheriklar sifatida aloqalarni 
yo‘lga qo‘yish. 
Birinchi Prezidentimiz iqtisodiy suverenitetga erishishning amaliy masalalariga batafsil 
to‘xtalib:
- iqtisodiyotimizning hayotiy qobiliyatini ta’minlab turgan Ittifoq qaramog‘idagi barcha 
korxona va tashkilotlarni respublika tasarrufiga o‘tkazish; 
- Ittifoq qaramog‘ida qoldirish maqsadga muvofiq bo‘lgan tarmoq va korxonalar, 
jumladan, yopiq turdagi korxonalar to‘g‘risidagi masalani ana shu korxonalarning respublikamiz 
bilan o‘zaro iqtisodiy munosabatlarini tubdan o‘zgartirish asosida alohida hal etish. 
Zaminimizdan qazib olinadigan oltin, mineral xomashyo, foydalaniladigan er, suv, ishchi kuchi 
uchun respublikaga muayyan miqdorda pul to‘lanadigan, shuningdek, mahsulotning ma’lum 
qismi respublika korxonalariga topshiriladigan va foydaning ma’lum qismi respublika byudjetiga 
o‘tkaziladigan shartnoma munosabatlarini o‘rnatish; 
- konvertatsiya qilinadigan valyutada etkazib beriladigan oltinning uchdan bir qismi 
qiymatini O‘zbekistonga qaytarish; 
- xalq iste’moli mollari ishlab chiqaradigan deyarli barcha korxonalar, jumladan, 
«O‘zmaishiykimyo» tashkilotiga qarashli korxonalar, Toshkent zargarlik buyumlari zavodi, 


mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo korxonalarining ancha qismini, gaz kompleksining yirik 
bo‘linmalarini respublika qaramog‘iga o‘tkazish; 
- kichik korxona va tashkilotlarni, ayniqsa, aholiga xizmat ko‘rsatish, odamlarning 
kundalik ehtiyojlarini ta’minlash bilan bog‘liq shunday korxona va tashkilotlarni mehnat 
jamoalariga va xususiy kishilarga topshirishni hukumat oldida tergan dolzarb vazifa sifatida 
belgilab berdi. 
O‘zbekistonning suveren davlatchilik sari ana shunday bosqichma-bosqich intilib borishiga 
qaramay, Ittifoq idoralarining son-sanoqsiz nizomlari va yo‘l-yo‘riqlari respublikaning biron-bir 
iqtisodiy masalani mustaqil hal etish imkonini bermas edi. Bunday umrini o‘tab bo‘lgan huquqiy 
qoida va nizomlarga ko‘r-ko‘rona itoat qilinishi esa yangidan-yangi ijtimoiy mojarolarni keltirib 
chiqarishga sabab bo‘ladi. 
Shunga ko‘ra, Birinchi Prezidentimiz Farmoniga binoan, O‘zbekiston SSR Ministrlar 
Soveti huzurida xomashyo va engil sanoat mahsulotlari ta’minoti hamda ularni sotish bosh 
boshqarmasi hamda Tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqa davlat komiteti tashkil 
etildi. CHunki, oltita Ittifoq va respublika tashkiloti mavjud bo‘lishiga qaramay, engil sanoat 
xomashyosini taqsimlash va realizatsiya qilishni muvofiqlashtirishga erishilmadi, qimmatbaho 
xomashyolarning harakati nazorat qilinmadi. Buning oqibatida paxta tolasi va qorako‘lning 90 
foizi, tabiiy junning 71 foizi, sintetik tolaning 93 foizi, pilla va charmning anchagina qismi 
arzimas narxlarda respublikadan olib ketilaverdi. Ichki bozorda ham, jahon bozorida ham 
ko‘plab talab qilinayotgan mana shu g‘oyat qimmatli xomashyoning ko‘pchilik qismi SHarqiy 
Evropa mamlakatlariga eksport qilinmoqda, ular esa bu mahsulotlarni jahon narxlarida sotmoqda 
edi. Xolbuki, o‘zimizdagi aksariyat korxonalarga xomashyo etishmas, bizdan olib ketilgan 
resurslardan tayyorlangan mollarni esa respublika boshqa mintaqalardan va chet ellardan uch 
hissa ortiq narx bilan sotib olishga majbur edi.
Shunga ko‘ra, Islom Karimov notinch davrda respublika qishloq xo‘jaligini rivojlantirish 
borasidagi yangi tashabbuslarni ilgari surib, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan bir qator vazifalarni 
belgilab berdi. Jumladan: 
- respublikaga Markaz tomonidan zo‘rlab qabul qildirilgan paxta yakkahokimligiga qarshi 
izchillik bilan kurash olib borish zarurligi; 
- paxta xomashyosini respublika ichida qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish; 
- paxta xomashyosidan samarali foydalanish, ayni paytda bozorga faol ta’sir ko‘rsatish 
yo‘llarini o‘rganish; 
- paxtachilikda almashlab ekishni joriy etishga asoslangan ilmiy yo‘ldan borish; 
- aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun oziq-ovqat kompleksini ustun 
darajada rivojlantirish; 


- qayta ishlash sanoati korxonalari qurilishini jadallashtirish; 
- qishloqning ijtimoiy hayotini qayta qurish, qishloqni qashshoqlikdan qutqarish, qishloq 
xonadonini badavlat qilish yo‘lida ish olib borish zarur edi. 
Islom Karimov rahbarligida boshlangan islohotlar tufayli bir-ikki yilda ahvol asta-sekin 
o‘nglandi, paxta maydonlari qisqardi (1987 yilda 2 million 108 ming gektar erga chigit ekilgan 
bo‘lsa, 1990 yilda 1 million 826 ming gektar erda paxta etishtirildi). Sug‘oriladigan erlarni 
paxtadan bo‘shatib olish jamoa va davlat xo‘jaligi hududlarida tomorqa uchastkalarini 
kengaytirish va yakka tartibda uy-joy qurish uchun er ajratib berish kabi katta ijtimoiy masalani 
qisman hal etish imkonini berdi.
Birinchi Prezidentimiz o‘sha davrdagi jamoa va davlat xo‘jaliklarining xo‘jalik yuritish 
mexanizmini qayta qurishni, bir tomondan, rahbarlikning ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan 
usullarini bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy usullar bilan almashtirib, boshqaruvning 
butun mexanizmini shaxs va mehnat jamoasining moddiy manfaatdorligi qoidalari asosida kam 
sarf-xarajat bilan ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga erishishga qaratish zarurligini; boshqa 
tomondan, mavjud xo‘jaliklarning ichki tuzilishi ijara-kooperativ usuliga, barcha ishlab chiqarish 
vositalari va xizmat ko‘rsatish sohalari mustaqil xo‘jalik hisobidan ijara, kooperativ va 
aksiyadorlik jamoalariga almashtirilishi zarurligini ko‘rsatib berdi. 
O‘zbekiston Birinchi Prezidentining «SHaxsiy tomorqa xo‘jaliklarining egalari bo‘lmish 
dehqonlarga moliyaviy yordam berish va ularning uyushmasi moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan, dehqonlarga, shaxsiy yordamchi xo‘jalik 
egalariga moliyaviy yordam tariqasida 1 milliard so‘m ajratilishi ularning ijtimoiy ahvolini 
yaxshilashda katta omil bo‘ldi. Qo‘shimcha ajratilayotgan moliyaviy yordam asosan iqtisodiy 
jihatdan zaif xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlashga, ularning moddiy-texnik bazasini kengaytirish va 
mustahkamlashga, mahsulotni qayta ishlaydigan kichik korxonalar qurish, transport vositalari, 
kichik mexanizatsiya texnikasi va chorva mollarini sotib olishga sarflandi.
Bugungi O‘zbekiston — yangidan-yangi imkoniyatlarni namoyon etayotgan, kuchga to‘lib, 
nufuzi oshib borayotgan mamlakat. Bugungi O‘zbekiston — barcha qiyinchiliklarni engib, 
mustaqillik yo‘lidan yorug‘ istiqbol sari dadil qadam tashlayotgan, xalqaro maydonda obro‘si 
oshib borayotgan davlat. Bu— xalq bilan davlat birligidan, omma fikri bilan davlat siyosatining 
mushtarakligidan, Islom Karimov siyosiy yo‘lining naqadar xalqchilligidan dalolat beradi. 
Darhaqiqat, Islom Karimov siyosiy, tashkiliy, g‘oyaviy, ma’muriy va boshqa jihatlardan 
juda mustahkamlangan, yangicha yashashni mutlaqo istamaydigan tuzum tomirlari chirmashib 
ketgan bir sharoitda yangicha tafakkur va yangicha yashash tarafdori bo‘lib maydonga chiqdi. 
Eskilik bilan tinmay kurashib, yangilikni achchiq iztirob va mashaqqat bilan ongimizga singdirib 
keldi. Uning novatorlik kuchi mamlakatni bir tuzumdan ikkinchi bir tuzumga o‘ta hushyorlik, 


donolik bilan olib o‘tishida, o‘zi tanlagan yo‘lning to‘g‘riligiga qat’iy ishonch bilan, barcha 
sohadagi islohotlarni epchillik va uddaburonlik bilan joriy etishga intilishida namoyon bo‘ldi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning davlatchilik borasidagi faoliyatiga nazar tashlar 
ekanmiz, beixtiyor ko‘z o‘ngimizda turli davrlarda faoliyat ko‘rsatgan siyosat va davlat arboblari 
gavdalanadi. Xususan, Er yuzining turli mintaqalarida milliy ozodlik harakatlariga boshchilik 
qilgan, o‘z Vatanini mustamlakachilik iskanjasidan ozod etib, milliy davlatchiligiga asos solgan 
daholar diqqatimizni tortadi. Darhaqiqat, haqiqiy baho taqqosda beriladi. Tarixiy jarayon, voqea 
va hodisalar tahlil etilayotganda, ular bir-biriga qiyoslanganda o‘zining butun salmog‘i va 
miqyosi bilan namoyon bo‘ladi. Ana shu jihatdan qaraganda, milliy davlatchilikni barpo etish 
borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlarni jahonning ko‘plab mamlakatlari tarixida 
kechgan olamshumul jarayonlarga qiyoslash mumkin. 
Yurtboshimiz SHavkat Mirziyoev “Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan 
taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ni amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi 
strategik tamoyillarga biz o‘z ishimizda doimo suyanamiz. Bu tamoyillar O‘zbekistonda bundan 
buyon ham siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni ta’minlashning mustahkam poydevori 
hisoblanadi”, deya alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Islohotlar davrida yangilik bilan eskilik o‘rtasida hamma vaqt keskin kurashlar, ziddiyatlar 
va qarama-qarshiliklar bo‘lib o‘tadi. Taassufki, hayotda ko‘pincha yangilikdan ko‘ra eskilik, 
yaxshilikdan ko‘ra yomonlik, ezgulikdan ko‘ra yovuzlik yashovchan bo‘ladi. Ana shu hayotiy 
falsafadan kelib chiqib aytish mumkinki, turmush tarziga aylangan va kundalik hayot qobig‘ida 
o‘ralib qolgan dunyoqarashlarni o‘zgartirish oson ish emas. Bu vaqt talab etadigan hodisa. Ayni 
paytda, u siyosiy arbobdan nihoyatda kuchli iroda, mustahkam asab, sabot va matonat talab 
etadi. Bu intihosiz iztiroblar, o‘z hayotining har bir daqiqasini e’tiqod va g‘oya uchun qurbon 
qilishdek fidoyilik hamda oliy darajadagi shaxsiy fazilat ko‘rigidir. 
Jamiyat va odamlar hayotida yuz beradigan ana shunday tub burilishlar paytida Bosh 
islohotchi murakkab ma’naviy-ruhiy kechinmalar qurshovida qoladi. Islom Karimov esa 
islohotlar samaralarini bevosita yangilik bilan eskilik o‘rtasidagi jarlikdan jamiyatni bexatar olib 
o‘tish, ya’ni eng avvalo, bosqichma-bosqich odamlar ongi va dunyoqarashida burilish yasash, 
shu asosda yangicha yashash afzalliklarini ko‘rsatish yo‘lini tutdi. 
XX asr 80-yillari oxirlariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o’zgarishlar, hamda yuzaga 
kelgan vaziyat O’zbek xalqining mustaqillik uchun bo’lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Mana 
shunday jarayonda O’zbek xalqiga munosib yo’lboshchi zarur edi. Tarix taqozosi bilan elim deb 
yashovchi Islom Karimovdek jasoratli inson 1989 yil 23 iyunda O‘zbekiston ga rahbarlikka 
keldi. O‘zbekiston ning yangi hukumati Markaz bilan bo’ladigan munosabatlarni o’gartirmay 
turib, ijobiy siljishlarga erishib bo’lmasligini va buning uchun respublikaning to’liq 


mustaqilligini ta'minlash zarurligini tushunib yetdi. Uning tashabbusi bilan O‘zbekiston
hukumati tomonidan 1989 yil 15 avgustda “kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy 
tomorqa xo’jaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to’g„risida” maxsus 
qaror qabul qilindi. Garchi, bu g„oya Ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo’lsa ham, I.A.Karimov 
o‘zfikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o’sha yilning 4 oyida aholi 
qo’shimcha 90,7 ming gektar yer olishdi. O‘zbekiston ning mustaqilligi yo’lidagi yana bir 
muhim qadam O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning XII chaqiriq ikkinchi sessiyasida (1990 y. 20 
iyun) qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”dir. Deklaratsiya 12 
moddadan iborat bo’ib, uning 1-moddasida “O‘zbekiston SSR ning demokratik davlat 
mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda tashqi 
munosabatlardagi tanho hokimligidir”,-deb, yozib qo’yilgan. Sessiya qabul qilgan bu 
“Mustaqillik Deklaratsiyasi” xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Shu 
kundan boshlab respublikada O‘zbekiston ning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar 
mustaqil tarzda hal qilina bordi.
Bunga Markazning respubikalarning o‘z– o’zini ta'minlash to’g„risidagi qarorlari ham 
asos bo’lib xizmat qildi. Shu bilan birga Markaz rahbarlari: namoyishlar o’tkazish, mitinglar 
tashkil qilish, hatto g„ayri konstitutsion yo’llar bilan davlat to’ntarishi o’tkazish bo’lsada, oldingi 
buyruqbozlik tizimini mustahkamlashga harakat qildilar. 1991 yil 19 avgustga kelib, butun 
jahonni hayajonga solgan Moskvada davlat to’ntarilishiga urinish bo’ldi. To’ntarish 
tarafdorlarining asl maqsadlari Ittifoqda yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikka erishuviga 
yo’l qo’ymaslik, hamda mamlakatdagi parokandalikdan foydalanib qolish edi. Lekin, 
O‘zbekiston rahbariyati mavjud ijtimoiysiyosiy vaziyatni saqlash, respublika hududida 
favqulodda holat joriy etilishiga, Konstitutsiyaga qarshi davlat to’ntarilishini qo’llab – 
quvvatlash yo’lidagi ig„vogarona harakatlarga uchmaslik uchun o’zlarining butun 
imkoniyatlaridan foydalandilar. O’sha vaqtda O‘zbekiston Prezidenti Hindiston safarida edi. 
Safardan qaytib 19 avgust kuni kechqurun Toshkent shahri faollari bilan uchrashib, qat'iy tarzda 
O‘zbekiston nuqtai-nazarini ma'lum qildi. Respublika rahbariyati: “Markazdan, kim bo’lishidan 
qat'iy nazar, qonunga xilof ko’rsatmalarni bajarish mumkin emas”,-deb hisobladi. 20 avgustda 
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog’iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo’shma majlisi bo’di. Unda O‘zbekiston 
ning mustaqillikka erishish yo’li o’zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. I.A.Karimov – 
O‘zbekiston mustaqilligini asoschisi va yetakchisi O‘zbekiston mustaqillik tomon yo’l tutar 
ekan 1989 yilni yoz oylari va 1990 yilning bahorida O‘zbekiston hayotida uning rahbarligida 
burilish davri bo’ldi. Xuddi shu paytlarda O’zbek halqining taqdirini hal qiladigan taraqqiyot 
yo’llari ishlab chiqildi. Xususan, teng huquqli Mustaqil O‘zbekiston ning inson manfaatini 


himoya qilish ustivor vazifa deb maqsad qo’ygan demokratik yo’da rivojlanishi bosh strategik 
yo’nalish deb belgilandi. Ana shu yo’lning boshida, 1989 yilning iyunidan O‘zbekiston ning 
rahbari, 1990 yilning martidan O‘zbekiston Respubikasining Prezidenti sifatida Islom 
Abdug„anievich Karimov turdi. Dunyo mamlakatlarida yangi jamiyat qurishning “O’zbek 
modeliga” uning asoschisi va yetakchisi Islom Abdug’nievich Karimovning siyosiy chizmasiga 
qiziqish ortib bormoqda. Amerika qo’shma Shtatlarida chiqadigan nufuzli “Novoe russkoe 
slovo” haftanomasi (qarang: “Moskovskiye novosti”. 4-son, 1993 yil 10 oktyabr). O‘zbekiston
Prezidenti I. Karimovni Mustaqil davlatlar hamdo’stligining ko’p rahbarlariga namuna qilib 
ko’rsatadi va BMT havfsizlik Kengashiga murojaat qilib O‘zbekiston Prezidentining 
ijtimoiysiyosiy faoliyatiga e'tibor berishga va uning tajribasi bilan notinch mamlakatlarning 
davlat rahbarlarini tanishtirishga chaqiradi. 1996 yili Venada (Avstriya) “XX asr xalqlari 
dohiylari” nomida chop etilgan kitoblarning bir jildi O‘zbekiston Prezidentiga bag„ishlangan. 
Kitob mualliflari “... Islom Karimov kommunizmdan keyingi O’rta Osiyo mintaqasidagi eng 
buyuk davlat arbobidir” , - deb tan beradi. Islom Karimovning har bir asari, ma'ruza va 
maqolalari bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning g„oyaviy-nazariy 
asoslarini, amaliy ishlarining kundalik dasturini tashkil qiladi. Istiqlolning dastlabki bosqichida 
nashrdan chiqqan “O‘zbekiston ning o‘zistiqbol va taraqqiyot yo’li”, “O‘zbekiston – bozor 
munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” va boshqa bir qancha asarlari va nutqlarida bayon 
etilgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining birinchi navbatdagi vazifalari keyinchalik 
g„oyat muhim ahamiyat kasb etgan “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish 
yo’lida”, “Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish vazifalari” va boshqa asarlarida o‘zrivojini 
topdi. O‘zbekiston ning yaqin o’tmishida va XX asrning so’nggi o’n yilida bosib o’tgan yo’llari, 
ularning saboqlari, XXI asrda Respublika istiqlolini mustahkamlashning strategik vazifalarining 
asosiy yo’nalishlari I.A.Karimovning bir qancha xorijiy mamlakatlarda bosilib 95 chiqqan 
“O‘zbekiston XXI asr bo’sag„asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari.”, “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda.” asarlari va Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning 
birinchi sessiyasidagi (22 yanvar 2000 yil) nutqida bayon etib berildi. Ayniqsa, 2011 yilda nashr 
qilingan “ O‘zbekiston mustaqillik ostonasida ” deb nomlangan to’plam ayni o’sha davrlarda 
mustaqillikka erishuv yo’li qanchalik murakkab kechganligini yaqqol tasdiqlaydi. O‘zbekiston
respublikasining qisqa vaqt ichida ta'lim-tarbiya, madaniyat va sport sohasida erishgan katta 
yutuqlarini hisobga olib I.A.Karimovga YuNeSKO “Oltin medali”, xalqaro Olimpiya komiteti 
tomonidan “Oltin medal” topshirilishi, Rossiya federatsiyasi Oliy pedogogika akademiyasiga 
faxriy a'zo etib saylanishi bejiz bo’lmasdan I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va 
muvoffaqiyatli amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining dunyo miqyosida tan 
olinganligining belgisidir. Respublika aholisining mutlaq ko’pchiligi (97,5 foizi) bunday 


sharoitga bevosita I.A.Karimovning yetakchiligida erishildi deb hisoblaydi. O’zbek xalqi 2000 
yil 9 yanvarda bo’lib o’tgan Prezident saylovida o’zining Islom Karimovga nisbatan chuqur 
hurmati va extiromini izhor qildi. Saylovchilarning 91,9 foizi Islom Karimovga ovoz berib yana 
bir karra davlat rahbari etib sayladi. I.A.Karimov yangi davrning jahon miqyosidagi davlat 
arbobi, O‘zbekiston xalqining buyuk yo’lboshchisi sifatida mamlakatninggina emas xorijiy 
davlatlar va xalqaro tashkilotlarning qator nishonlari va faxriy unvonlari bilan taqdirlandi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Asosiy 
qonuni 1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI 
sessiyasida qabul qilindi. Mustaqillik Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo’lim, 26 bob, 128 
moddadan iborat bo’ldi. Birinchi bo’limda Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari bayon etilib, unda 
Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi 
siyosatning bosh yo’nalishlari o‘zifodasini topdi. Asosiy qonunning Ikkinchi bo’limi 35 
moddadan iborat bo’lib, Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga 
bag„ishlangan. Bunda, O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va 
erkinliklariga ega ekanligi, O‘zbekistonning butun hududida yagona fuqarolik o’rnatilganligi, 
fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari, vijdon erkinligi va uning kafolatlanishi 
yoritilgan. Insonning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga bevosita hamda o‘zvakillari orqali 
qatnashishlari, siyosiy partiyalar va harakatlarga qo’shilish huquqlari taqqoslab ko’rsatilgan. 
Asosiy qonunda fuqarolarning mulkdor bo’lishi, mehnat qilish, nafaqa olish, o‘zvaqtida dam 
olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish huquqlariga ega ekanligi aniq qilib 
bayon etilgan va bu huquqlari va erkinliklari davlat tomonidan ta'minlanadi deb taqqoslab 
qo’yilgan. Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan burchlarni chunonchi, qonunlarga 
rioya qilish, xalqimizning tarixiy, ma'naviy meroslarini avaylab saqlash, atrof tabiiy muhitni 
asrash, soliqlar va mahalliy yig„imlarni o‘zvaqtida to’lash, Vatanni himoya qilish kabi burchlari 
majburiy ekanligi ta'kidlangan. 2010 yilga kelib O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga: -
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko’p deputatlik o’rnini olgan siyosiy partiya yoki teng 
miqdordagi deputatlik o’rinlarini qo’lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif 
etiladi. -O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni 
ko’rib chiqqanidan keyin o’n kun muddat ichida uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalarining ko’rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi. 96 -Bosh vazir nomzodi uning 
uchun tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va 
Senati a'zolari umumiy sonining yarmidan ko’pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan 
hisoblanadi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a'zolari Bosh vazir taqdimiga binoan 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. -O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi o’rtasida ziddiyatlar 
doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir 
qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo’yicha 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo’shma majlisi muhokamasiga Bosh 
vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi. Bosh vazirga nisbatan 
ishonchsizlik votumi tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda 
qabul qilingan hisoblanadi.
Qaltis vaziyatda 1991-yil 19-avgustda O‘zbekiston Prezidenti
 
A. Karimov Hindistonga 
qilgan rasmiy tashrifdan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 
Uchrashuvda Prezident O‘zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda 
holat joriy etishga hojat yo‘qligi, O‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar 
bajarilmasligini qat’iy ta’- kidladi.
 
1991-yil 20-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va 
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahka- masining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va 
Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis mamlakatda vujud- 
ga kelgan vaziyatni muhokoma qilib, Bayonot qabul qildi. Bayonotda O‘zbekiston 
Respublikasining tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi. 
Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig‘vogarona harakatlarning 
oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish- mishlar va ehtiroslarga 
berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonot- da O‘zbekiston «Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi 
Deklaratsiya» qoi- dalarini og‘ishmay va izchil amalga oshirish yo‘lidan boraveradi, deb 
ko‘rsatildi.
 
1991-yil 21-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan O‘zbekiston 
hududida hokimiyat va boshqaruv ido- ralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning 
qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga 
hamda qonunlariga, O‘zbekiston Respublika- si Prezidenti farmonlariga va Vazirlar 
Mahkamasining qarorlariga so‘zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo‘ydi. Farmonda SSSR- da 
Favqulodda Holat Davlat Qo‘mitasining SSSR Konstitutsiya- si hamda qonunlariga, O‘zbekiston 
SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb 
belgilab qo‘yildi.

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish