“Oʻzbekiston tarixi” fanidan



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

8-modda.
Davlat mulki obyektlari, shuningdek, davlat korxonalari, muassasalari va 
tashkilotlarining, shu jumladan Ittifoq qaramog‘ida bo’lib kelgan korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarning mol-mulki, ularning asosiy ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va oborot yoki 
boshqa fondlari hamda o‘zga mol-mulki, ichki kommunikatsiya, transport, aloqa va energetika 
tizimlari, respublika kartografiyasi va geodeziyasi O’zbekiston Respublikasining mulkidir. 
9-modda.
O’zbekiston Respublikasining mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish respublika qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. Respublika hududida 
joylashgan, Ittifoq qaramog‘ida bo‘lib kelgan davlat korxonalarini aksiyali jamiyatlarga 
aylantirish, ularni mulkning boshqa shakllariga o‘tkazish faqat O’zbekiston Respublikasi 
qonunlarida ko‘zda tutilgan shartlar asosida va tartibda amalga oshiriladi. 
10-modda. 
O’zbekiston Respublikasi o‘z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va 
toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat 
qiladi, o‘z oltin zaxirasini yaratadi. 


O’zbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valuta jamg‘armalarida o‘z 
ulushiga ega. 
11-modda.
O’zbekiston Respublikasi o‘z pul birligi – milliy valutasini joriy etishga, jami 
pul oboroti, pul va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari emissiyasi hajmlarini mustaqil 
belgilashga haqli. 
12-modda.
 O’zbekiston Respublikasi mustaqil moliya va kredit siyosatini amalga oshiradi. 
Respublika hududida olinadigan soliqlar va yig‘imlar O’zbekiston Respublikasining davlat 
budjetiga va mahalliy budjetlarga tushadi. 
13-modda.
O’zbekiston Respublikasi chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo 
aloqalari va boshqa aloqalar o‘rnatadi, ular bilan muxtor vakillar ayirboshlaydi, xalqaro 
shartnomalar tuzadi, xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lishi mumkin. 
14-modda.
 O’zbekiston Respublikasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mustaqil subyekti 
bo‘lib, chet el investitsiyalarini amalga oshirish shartlarini, investorlarning huquqlarini 
belgilaydi, o‘zining konversiya qilinadigan valuta jamg‘armasini yaratadi, oltin va boshqa 
zaxiralarni, ayirboshlanadigan valutani sotadi va sotib oladi. 
15-modda.
O’zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga 
muvofiq holda O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etiladi. 
O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy chiqishidan, 
qaysi dinga mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar bir xil fuqarolik huquqlariga egadirlar, 
respublika konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida bo‘ladilar. 
O’zbekiston Respublikasining fuqarolari respublikadan tashqari ham O’zbekiston 
Respublikasining himoyasida bo‘ladilar. 
16-modda.
 O’zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, o‘z davlat 
ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta’sis etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi. 
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir va ularni har 
qanday tahqirlash qonun bilan jazolanadi. 
17-modda.
O’zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
hududiy butunligini va mustaqilligini e’tirof etadi. O’zbekiston Respublikasi bilan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar teng huquqlilik asosida, ular 
o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar vositasida quriladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar 
asosida erkin chiqish huquqini saqlab qoladi. 
Toshkent shahri, 1991-yil 31-avgust.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov 


O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 30-sentabr kuni 
«O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risi»gi Qonunga 
Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O’zbekiston Respublikasining 
amaldagi Konstitutsiyasi moddalari «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari 
to’g’risida»gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb 
belgilab qo’yildi. 
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi. Mamlakatimiz, 
xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat – 
O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi. 
O’zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e’lon qilingan paytda 21,5 mln. kishini 
tashkil etardi. 2015-yilga kelib aholi soni 31 mln. dan ortdi. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish