“Oʻzbekiston tarixi” fanidan


Xalqaro vaziyatning o‘zgarishi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

Xalqaro vaziyatning o‘zgarishi. 
XXI asr bo‘sag‘asida jahon taraqqiyotining mazmuni 
tubdan o‘zgardi. Ilgari bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan - SSSR va AQSH yetakchilik qilgan ikki 
ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi. Dunyoda «sovuq urush» siyosati 
hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. 
XX asrning 90-yillariga kelib, sotsialistik dunyoning yetakchisi bo‘lgan ulkan imperiya - 
SSSR parokanda bo‘ldi, sotsialistik sistema halokatga uchradi. Varshava Shartnomasi bloki 
tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina SSSRning parchalanishi 
natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan, mustaqil O‘zbekiston davlati tashkil etildi. «Sovuq 
urush» siyosati barham topdi. 
Xalqaro vaziyatda tub o‘zgarishlar sodir bo‘lsa-da, dunyo tinchligiga tahdid soluvchi xavf-
xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qoldi. Bu quyidagi hollarda namoyon bo‘lmoqda: 
• Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy – iqtisodiy notenglik va ziddiyatlar 
yanada o‘sdi. Mamlakatlar o‘rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg‘or texnologiya, erkin 
sarmoyalarni to‘plash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta. Dunyoning katta qismida 
iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar mavjud. 
• Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o‘rtasida milliy-etnik va diniy nizolar 
kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Mintaqaviy mojarolar tufayli 30 
milliondan ortiq odam o‘zi yashaydigan joylarni tashlab, boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida 
ketishga majbur bo‘lgan; 
• Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayirmachilik va diniy ekstremizm 
tahdid qilmoqda. Xalqaro terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida vujudga kelgan 
ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar o‘rtasida «haqiqiy» va «soxta» 
dindorlik belgilari bo‘yicha qarama-qarshilik chiqarishga, millatlarni parchalashga, islom 
sivilizatsiyasi bilan boshqa sivilizatsiyalar o‘rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib 
chiqarishga urinmoqdalar;
• «Sovuq urush» siyosatiga chek qo‘yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi kamaygan 
bo‘lsa-da, bu turdagi ommaviy qirg‘in qurollarning ko‘p miqdorda saqlanayotganligi, yadro 
quroliga ega bo‘lgan davlatlar sonining ko‘payib borayotganligi dunyo uzra umumiy xavfsiz-
likka jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda; 
• Jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanayotganligi, nosog‘lom ekologik vaziyat, 
jumladan, Markaziy Osiyoda Orol dengizining qurib borishi bilan bog‘liq ekologik tanglik in-
soniyat boshiga xavf solib turibdi; 


• Tobora kuchayib borayotgan korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, yashirin 
qurol oldi-sotdisi insoniyatni tashvishlantirmoqda. 
Bularning barchasi dunyo hali ham ilgarigidek mo‘rt bo‘lib turganligidan dalolat beradi. 
Bizni qurshab tugran olam g‘oyat murakkab va muammoli bo‘lib keldi, hozir ham shunday 
bo‘lib qolmoqda. 
Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro 
munosabatlarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tanglik, mojaro barcha 
mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo‘lib qoldi. Hatto, ayrim olingan mamlakat 
ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish ham jahon hamjamiyatining vazifasiga 
aylandi. 
Davrimizning muhim xususiyati aholi talab-ehtiyojlarining g‘oyat darajada o‘sganligi bilan 
belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning aholisi talablari, ehtiyojlarini 
to‘liq qondirib bo‘lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham boshqa mamlakatlar bilan 
iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish obyektiv zaruriyat bo‘lib qoldi. 
Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham 
boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyoramiz yaxlit va bo‘linmasdir. Shu bois, barcha 
mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog‘langan, o‘zaro aloqadadir. 
O‘zbekiston xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish nuqtayi nazaridan va o‘z taraqqiyot istiqbol-
lari jihatidan qulay geografik-strategik im- koniyatlarga ega. 
Qadim zamonlarda Sharq bilan G‘arbni bog‘lab turgan Buyuk ipak yo‘li O‘zbekiston 
hududi orqali o‘tgan. Bu yerda savdo yo‘llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlar 
tutashib bir- birini boyitgan. Bugungi kunda ham Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan yo‘llar 
Markaziy Osiyodan, uning o‘rtasida joylashgan O‘zbekistondan o‘tmoqda: 
• Markaziy Osiyoda geografik-siyosiy jihatdan markaziy o‘rin tutgan O‘zbekiston ushbu 
mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni 
mustahkamlash imkoniyatlariga ega. 
• O‘zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida joylashgan. 
• Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqada yetakchi o‘rinda 
turadi. 
• Tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral xomashyo zaxiralari va strategik materiallarga 
ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini ta’minlashga qodir. 
• O‘zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, o‘zini neft, gaz, rangli 
metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega. 


• Yurtimizning jahonga mashhur boy ma’naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat 
sivilizatsiyasida salmoqli o‘rin egallab, dunyoning ma’naviy va siyosiy jarayonlariga ta’sir 
o‘tkazish salohiyatiga ega. 
O‘zbekistonda qulay imkoniyatlar bilan bir qatorda geografik-siyosiy jihatdan qiyinchiliklar 
tug‘diruvchi omillar ham mavjud. Jumladan: 
• O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Qrim havzasining neft va gazga juda 
boy konlari joylashgan yarim xalqaning strategik markazida joylashgan. Shu bois, bu hududda 
butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko‘pgina yirik davlatlarning bir-biriga mos 
kelmaydigan manfaatlari o‘zaro to‘qnashmoqda; 
• 
Yana 
bir 
noqulaylik 
shundan 
iboratki, 
O‘zbekiston 
etnik, 
demokratik, 
iqtisodiy 
va 
boshqa 
muammolar 
yuki 
ostida 
qolgan 
mamlakatlar bilan chegaradoshdir; 
• Sovetlar davrida Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda kommunikatsiyalar nomaqbul 
ravishda shakllantirilgan. Janubiy yo‘nalishda transport kommunikatsiyalari amalda rivoj 
topmagan. O‘zbekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz 
bandargohlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakat. Bir necha davlatlar hududidan o‘tadigan olis 
yo‘llar, O‘zbekistonning iqtisodiy aloqalarini chegaralaydi, yuk tashishni qimmatlashtirib, 
mahsulotlarning raqobatga bardosh berishiga salbiy ta’sir etadi; 
• 
Suv 
resurslarining 
cheklanganligi, 
ekologik 
muammolar, 
Orol 
fojiasi ham mamlakatimiz uchun noqulay omildir. 
Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos 
keladigan puxta tashqi siyosiy yo‘lni belgilash, jahon hamjamiyatiga qo‘shilish, xorijiy 
mamlakatlar bilan siyosiy diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o‘rnatish 
masalalari dolzarb vazifa sifatida ko‘ndalang bo‘lib turardi. Bu osongina yechiladigan vazifalar 
emas edi. Masalaning murakkabligi shundan iborat ediki, Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, 
tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva, markaziy hokimiyat 
tomonidan olib borilar edi. Respublikalar esa, jumladan, O‘zbekiston ham tashqi dunyodan 
ajralgan, to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilolmaydigan yopiq mamlakat edi. Shu bois, davlatimiz tashqi 
siyosat yuritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasini, tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan 
kadrlarga ham ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar tayyorlovchi birorta ham o‘quv yurti 
yo‘q edi. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishni talab 
qilmoqda edi. 
Prezident Islom Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» va 
boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalari nazariy va amaliy jihatdan puxta 
asoslab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida tashqi siyosat qoi-


dalari qonunlashtirildi va u jahondagi ko‘plab mamlakatlar bilan hamkorlik jarayonlari ortga 
qaytmasligining huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.O‘zbekistonni xalqaro huquq subyekti 
sifatida belgilaydigan, respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga 
soladigan qonunlar qabul qilindi. «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy 
prinsiplari to‘g‘risida»gi, «Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari 
to‘g‘risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar hamda normativ 
hujjatlar ana shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko‘lamli hamkorlik uchun mustahkam 
huquqiy kafolat yaratib berdi. 
Tashqi aloqalarni ta’minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi. Tashqi ishlar 
vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat 
Milliy banki, ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari shular jumlasidandir. Jahon iqtisodiyoti va 
diplomatiyasi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat 
qurilish akademiyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi 
uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 
Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo‘li asos qilib olindi. 
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 
- mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiq- lik, umuminsoniy 
qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 
- davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 
- boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 
- nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; 
- kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; 
- inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish; 
- ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan 
qoidalari va normalarining ustuvorligi; 
- davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida 
ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; 
- tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 
- davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, davlat milliy 
manfaatlarining ustunligi; 
- tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida 
rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik. 
Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan 
tinchliksevar tashqi siyosati uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi


ularning 130 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar 
o‘rnatildi. Toshkentda 45 mamlakatning elchixonasi, yigirmaga yaqin xalqaro tashkilot va 
moliyaviy muassasa vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar va 
xalqaro tashkilotlar huzurida O‘zbekistonning 46 diplomatik va konsullik vakolatxonalari 
ochilgan va faoliyat ko‘rsatmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish-irodasi va taklifiga ko‘ra 1992-yil 2-martda 
jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot - Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘ldi. 
1993-yil 24-avgustda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochildi va ish boshladi. 
Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993-yilda bo‘lgan 48-
sessiyasida ishtirok etishi va unda 27-sentabrda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna 
va yosh, navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy 
Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMT ning Toshkentda doimiy 
ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini 
hal etish va boshqa masalalar bo‘yicha bir qator takliflar o‘rtaga qo‘yildi. 
O‘zbekiston rahbariyati va BMT rahbarlarining sa’y-harakatlari natijasida O‘zbekiston 
BMTning Xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Qochoqlar 
ishi bo‘yicha oliy qo‘mitasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi 
tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, Aholi joylashish jamg‘armasi, Narkotik 
moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqqiyoti tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi 
tashkiloti singari ixtisoslashgan muassasalarga a’zo bo‘ldi. 
O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995- yil 15-16-sentabr kunlari 
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan Toshkent kengash-
seminari bo‘lib o‘tdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kel-
gan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligini ta’minlash, mojarolarning oldini olish, integratsiya 
jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan o‘z 
fikrlarini, takliflarini aytdilar. Kengash yakunida qabul qilingan Bayonot jahon xalqlarini, 
xususan, Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni 
mustahkamlashga, iqtisodiy va ekologik hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi. 
O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri Markaziy Osiyo 
mintaqasini yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish masalasida o‘z ifodasini topdi. O‘zbekiston 
Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasi minbaridan turib so‘zlagan 
nutqida Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish g‘oyasini ilgari surgan edi. 
O‘zbekistonning bu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 
1997-yil 15-16-sentabr kunlari Toshkentda 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish