“Oʻzbekiston tarixi” fanidan


Diniy va milliy qadriyatlarning tiklanishi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

Diniy va milliy qadriyatlarning tiklanishi. 
Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar, 
diniy e’tiqod qayta tiklandi. Ramozon hayiti, Qurbon hayiti, qadimiy xalq bayrami Navro’z 
qayta tiklandi, bu kunlar Prezident Farmoni bilan dam olish, bayram kuni bo’lib qoldi. 
Musulmonlar O’zbekiston xalqi tarixida birinchi-marta bevosita hukumat homiyligida har yili 
Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo’ldilar. Prezident Farmoni bilan tuzilgan 
«Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg’armasi 


jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy ravnaqi yo’lida xizmat qilmoqda. 
Respublikada 17 diniy konfessiya ro’yxatga olingan va rasman faoliyat ko’rstamoqda. 170 
dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turibdi va ularda O’zbekistonda yashovchi 130 millat va elat 
vakillari o’zlarining diniy ehtiyojlarini qondirmoqdalar. 1,7 mingdan ortiq masjidlar, xristian 
ibodatxonalari, 
sinagoga
lar va boshqa diniy markazlar ta’mirlandi va yangidan qurildi. 10 ta 
diniy ta’lim muassasasi faoliyat ko’rsatmoqda. 1999-yilda Toshkentda Islom Universiteti ochildi. 
O’zbekiston hududida xalqning ulug’vor va shonli tarixiga oid 2000 dan ortiq yodgorliklar 
ta’mirlandi. 
O’zbek xalqining ming yillar davomida shakllangan, mustamlakachilik davrida oyoq-osti 
qilingan, insonparvar urf-odatlari va an’analari, madaniy qadriyatlari ehtiyotlab tiklandi va yangi 
ma’no-mazmun bilan boyitildi. Maqomchilar, to’y-marosim qo’shiqlari, shoir-baxshilar va 
folklor-etnografik 
dastalarning 
o’nlab 
ko’rik-tanlovlari 
o’tkazildi. 
Pianinochi 
va 
skripkachilarning simfonik va kamer musiqalari, zamonaviy estrada guruhlarining festival va 
tanlovlari bo’lib o’tmoqda. 
Mamlakatimizda o’zbek tilining xalq va davlat turmushidagi o’rni va ahamiyati qayta 
tiklandi. Davlat tili haqidagi qonunda o’zbek tili o’zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, 
uning ravnaqi, qo’llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo’yildi. Oliy 
davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida, korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarda ish yuritish asosan o’zbek tilida olib borilmoqda. Respublikamizning ma’muriy-
hududiy birliklari, ko’chalari, geografik o’rinlarning nomlariga yagona milliy shakl berildi va 
o’zbek tilida yozib qo’yildi. Natijada o’zbek xalqining milliy qadr-qimmati qayta tiklandi va 
mustahkamlandi. Shuningdek, O’zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning 
tillari, qadr-qimmati ham o’z o’rniga qo’yilgan. 
Ta’lim ravnaqi. Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi yutuqlarimiz ta’lim tizimidagi tub 
o’zgarishlarda yaqqol namayon bo’lmoqda. Xalq ta’limini isloh qilish, kadrlar tayyorlash 
tizimini mustahkamlash sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yangi oliy o’quv 
yurtlari tashkil etilib bilimlarning yangi tarmoqlari bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi 
Oliy ta’lim tizimidagi 16 universitetning 12 tasi mustaqillik yillarida tashkil etildi. Mustaqillik 
yillarida eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo’yicha o’nlab yangi oliy o’quv yurtlari – 
Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar 
akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent 
aviatsiya instituti, Navoiy tog’-konchilik instituti, Toshkent Moliya instituti va boshqalar tashkil 
etildi. 
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh qilish yo’llari ishlab 
chiqildi. 1997-yil 27-avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida O’zbekiston Respublikasining 


«Ta’lim to’g’risida» Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Milliy 
dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy 
qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak 
ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini 
yaratishdan iboratdir. 
Milliy dastur ro’yobga chiqmoqda. Yoshlar umumiy o’rta ta’limni 9-yillik maktablarda 
oladilar, yana uch yil davomida yangidan tashkil etilgan akademik litseylar va kasb-hunar 
kollejlarida o’rta maxsus bilim va kasb-hunar o’rganadilar. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxalq, umummillat 
ishiga aylandi. 2001-yilda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning birinchi 
bosqichi yakunlandi. 
2001-yilda Respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 608500 nafar 
o’g’il-qizlar tarbiyalandi. Ularda 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar xizmat 
qildi. 9727 ta umumta’lim maktablarida 440762 nafar o’qituvchi 6,3 mln. o’quvchiga ta’lim 
bermoqda. Umumiy o’rta ta’lim bo’yicha barcha o’quv fanlaridan Davlat ta’lim standartlari 
ishlab chiqildi va ular 346 ta maktabda tajribadan o’tkazildi, ta’lim jarayoniga joriy etildi. Davlat 
ta’lim standartlariga mos o’quv dasturlari va darsliklari yaratildi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini eng muhim, O’zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 
3-yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdir. 1998-2004-yillar davomida 
zamonaviy o’quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 54 ta akademik litsey va 533 ta kasb-
hunar kolleji barpo etildi. Bu maqsadlar uchun 135 mlrd. so’m mablag’ sarflandi. O’rta maxsus 
o’quv yurtlariga zarur bo’lgan jihozlar sotib olish uchun jalb qilingan chet el investitsiyalarining 
miqdori 150 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari ishlab 
chiqildi, amaliyotga kiritildi va darsliklar yaratildi. 2003-2004 o’quv yilida akademik litseylarda 
26,2 ming, kasb-hunar kollejlarida 531,6 ming o’quvchi ta’lim oldi. 
Oliy ta’lim tizimida katta o’zgarishlar qilindi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan – bakalavriat va 
magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 62 ta oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan 
bo’lajak bakalavr va magistrantlar soni 2003-2004 o’quv yilida 254400 nafarni tashkil etdi. 
18486 nafar professor-o’qituvchilar mehnat qilmoqdalar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 
nafari fan nomzodidir. O’tgan 4-yil davomida barcha yo’nalishlar bo’yicha bakalavr va 
magistrlar uchun qo’yiladigan talablarni o’zida mujassamlashtirgan Davlat ta’lim standartlari, 
o’quv dasturlari yaratildi. Oliy ta’lim uchun 1129 nomdagi darslik va o’quv adabiyotlari nashr 
etildi va Oliy o’quv yurtlari kutubxonlariga tarqatildi. 
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko’maklashish, qo’llab-quvvatlash 
bo’yicha davlat siyosati sobit qadamlik bilan olib borilmoqda. Iste’dodli yoshlarni moddiy va 


ma’naviy rag’batlantirish, chet elda o’qishini qo’llab-quvvatlash maqsadida “Respublika bolalar 
fondi”, “Sog’lom avlod uchun”, “Iste’dod” jamg’armalari tashkil topdi. Ta’lim sohasida 
AKSELS, AYREKS, AQSh kollejlari konsortsiumi, SARE, Tinchlik korpusi (AQSh), Konrad 
Adenauer fondi, Britaniya kengashi, SAUD Al-Baptin fondi (Misr) kabi xalqaro tashkilotlar 
bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi. 2000 dan ortiq talaba va mutaxassislar chet elda o’qib keldi. 
O’zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida kaеta qiziqish uyg’otmoqda. Moskvadagi Oliy 
ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V.Shukshunov O’zbekistonda ishlab chiqilgan bu 
Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo’q hujjat, deb ta’rifladi. O’zbekistonda 
yaratilayotgan ta’lim tizimi «Ta’limning o’zbek modeli» deb e’tirof etildi. 
Badiiy adabiyot. Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy 
an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyot 
sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqidalar hukmronligi illatlaridan ozod 
bo’ldi. 
Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol 
insonni tarbiyalash, milliy o’zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo’lib qoldi. 
Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, Xurshid Davron kabi ijodkorlaming 
tarixiy roman, pyesa va qissalarida ulug’ bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, 
Z.M.Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda 
yangicha 
talqinda 
yoritildi. 
Xalqaro 
Sholoxov 
mukofoti 
laureati 
To’lepbergen 
Qayipbergenovning «U dunyoga, bobomga xat» asari, Shukrulloning «Kafansiz ko’milganlar» 
romanida, Nazar Eshonqulovning «Qora kitob» povestida, O’tkir Hoshimovning «Tushda 
kechgan umrlar», Tog’ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» singari asarlarda mustabid sovet 
davrida xalq boshiga solingan behad kulfatlar, g’am-alamlar haqqoniy tasvirlangan. 
Tohir Malikning «Shaytanat» (4 kitob), Hojiakbar Shayxovning «Tutqin odamlar» asarlarida 
insonni iymon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi 
yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafrat tuyg’ulari 
tarannum etiladi. 
Omon Muxtorning «To’rt tomon qibla» nomli trilogiyasi, Barat Boyqobulovning 
«O’zbeknoma» tarixiy-falsafiy dostoni, Abduqhhor Ibrohimovning «Biz kim, o’zbeklar ... » 
badiiy-tarixiy asari, Azim Suyunning «Oq va qora», A.Qutbiddinning «Izohsiz lug’at» she’riy 
asarlari zamonaviy o’zbek adabiyotining yorqin ifodasidir. 
Me’morchilik va amaliy san’at. O’zbek xalqi me’morchiligi mohiyat e’tibori jihatidan 
buyuk bunyodkorlik san’atidir. Mustaqillik yillarida me’morchilik san’ati yanada rivojlanib, 
takomillashib bormoqda. Me’morchilikda ikki asosiy tamoyil ko’zga tashlanadi. Ulardan biri 
sharqona me’moriyatning an’anaviy qonun-qoidalariga rioya etishdir. Bu tamoyil Temuriylar 


tarixi davlat muzeyi, Turkiston saroyi, Oliy Majlis, Senat, Toshkent shahar hokimiyati binolari 
timsolida o’z aksini topgandir. 
Me’morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O’zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib 
o’rin olish sari intilishini namoyish etuvchi jahon me’morchiligining eng yaxshi yutuqlaridan 
foydalanishda namoyon bo’lmoqda. Bunday binolar jumlasiga «Meridian», «Afrosiyob» 
(Samarqand), «Buxoro» «Interkontinental», «Sheraton» mehmonxonalari, «O’zekspomarkaz», 
Milliy bank, Markaziy bank, «Toshkentplaza» savdo markazi, Respublika birja markazi, 
banklararo moliyaviy xizmatlar Markazi, O’zbekiston Davlat konservatoriyasi va boshqa 
binolarni kiritish mumkin. 
Toshkent shahri ko’rkiga ko’rk qo’shib turgan «Oloy», «Chorsu», «Otchopar», 
«Yunusobod», «Mirobod», «Parkent», «Qo’yliq» va boshqa bozor binolari, shuningdek, 
«Yunusobod» tennis markazi, «Jar» sport markazi, “Bunyodkor” stadioni singari zamonaviy 
inshootlar barpo etildi. 
O’zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni tiklash ishlari jadallik bilan olib 
borildi. Bunga Toshkent, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Xiva shaharlarida qayta tiklangan 
o’nlab binolar, obidalar misol bo’la oladi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish jarayonida yuzlab akademik litsey 
va kasb-hunar kollejlari uchun mahobatli binolar bunyod etildi. 
Mustaqillik yillarida haykaltaroshlik san’ati jadal o’sdi. Haykaltarosh I.Jabborov va 
K.Jabborovlar tomonidan Toshkentda Amir Temurning otliq haykali, Samarqand va 
Shahrisabzda Amir Temur haykallari, Farg’ona va Quvada al-Farg’oniy (1998), Xorazmda 
Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999) yaratildi. Haykaltarosh R.Mirboshiyev ijodiga mansub 
«Z.M.Bobur» (1993, Andijon), «Abdulla Qodiriy» (1994, Toshkent), «Cho’lpon» (1997, 
Andijon), «Ona» (1999, Jizzax shahri) kabi bir qator haykal va yodgorliklar yaratildi. 1999-yilda 
Termizda «Alpomish» haykali va majmua-kompozitsiyasi (A.Rahmatullayev va boshqalar) 
bunyod etildi. 
O’zbekistonda qadimdan amaliy san’at o’ziga xos tarzda rivojlanib kelgan. Mustaqillik 
yillarida badiiy kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi, 
naqqoshlik, kashtachilik, zardo’zlik, gilamdo’zlik, bezakchilik kabi amaliy san’at turlari tiklandi 
va yangi ma’no-mazmun bilan rivojlanib bormoqda. Mustaqillik sharofati bilan dizayn san’ati 
ham jadal rivojlanmoqda. Tasviriy san’at, rassomchilik san’atining rivojida 1997-yilda tashkil 
etilgan O’zbekiston Badiiy akademiyasi va «Tasviriy oyina» respublika ijodiy uyushmasi muhim 
rol o’ynadi. O’zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiyev, Bahodir Jalolov va boshqalar xalqimiz 
ongida milliy g’urur, Vatanga sadoqat tuyg’ularini uyg’otuvchi qator san’at asarlari yaratdilar. 
Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzo portretlari shular jumlasidandir. Tasviriy va 


miniatura san’ati yangi ma’no-mazmun bilan boyidi. Shahar ko’chalariga bugungi hayotimizni 
tasvirlovchi rasmlar o’rnatildi, binolarning devorlari odamlarga huzur-halovat, zavq 
bag’ishlaydigan naqshlar bilan bezatildi. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish